Б). Yon hakamlarning ishoralari:
Tashlash usuli ishchi zona ichida sodir bo`lganini ko`rsatish uchun yon hakam qo`lini yelka barobarida ishchi zona chegarasi bo`ylab uzatadi va bu holatda 3-5 soniya ushlab turadi.
Texnik harakat yoki dzyudochilarning biri ishchi zonadan tashqarida ekanini ko`rsatish uchun yon hakam qo`lini yelka barobarida ko`tarib, o`ngga va chapga O`rtadagi hakam e`lon qilgan baho yoki jazo yon hakam fikricha noto`g`ri bo`lsa, uni ko`rsatishlik uchun yon hakam qo`lini boshi uzra ko`tarib, 2-3 marta silkitish kerak.
Yon hakam o`z fikrini ko`rsatishi uchun yuqoridagi ishoralarni ko`rsatishi kerak.
Xantey holatida, buyruq e`lon qilinishidan oldin yon hakam bayroqchalarni ushlagan holda qo`llarini yelka barobarida qilib, oldinga uzatadi. O`rtadagi hakam Xantey e`lon qilganidan keyin yon hakamlar darhol o`z fikrlariga muvofiq g`olib deb hisoblayotgan dzyudochining kiyimiga mos rangdagi bayroqchani ko`taradilar.
Yon hakam yotgan holda Kurashish – ne-vaza holatida matte buyrug`i e`lon qilinishi zarurligini o`rtadagi hakamga bildirishni xoxlasa, u ikkala qo`lini tizzalari ustiga kaftlarini tepaga qilib, oldinga uzatadi, keyin qo`llarini bir necha marta ko`tarib tushiradi.
O`rtadagi hakam va yon hakamlar dzyudochilarni 1 soniyaga bo`lsada nazardan qochirmasliklari kerak.
Baholashga doir atamalar.
Har bir texnik harakat, tashlashlar turlicha baholanadi. O`rtadagi hakam, bajarilgan texnik harakat, uning fikricha, quyidagi mezonlarga mos kelgandagina bahoni e`lin qiladi.
Ippon:
Dzyudochi nazorat qilib turib, raqibini orqasining katta qismiga, sezilarli kuch va tezlik bilan tashlasa;
Dzyudochi raqibini bosib tursa va raqibi osayekomi e`lon qilinganidan keyin 25 soniya vaqt ichida bosib turish holatidan chiqib keta olmasa;
Dzyudochi ikki yoki undan ortiq marta oyog`i yoki qo`li bilan gilamni (tatami ni) ursa, bu bosib turish usuli, bo`g`ish usuli yoki og`ritish usulining natijasi hisoblanadi. Ovoz chiqarib tan berish xisobga olinmaydi.
Bo`g`ish usuli yoki og`ritish usulining natijasi aniq bo`lganda.
Muqobil: dzyudochi xansoku-make bilan jazolansa, uning raqibi g`olib deb topiladi.
Bir vaqtda bajarilgan harakat: Ikkala dzyudochi ham gilamga bir vaqtda bajarilgan hujum natijasida yiqilishsa va ―hakamlar uchligi‖ kimning bajargan usuli afzal ekanini aniqlay olmasa, bu usul baholanmaydi.
Agar o`rtadagi hakam, dzyudochilar ne-vaza – yotgan holda Kurashish holatida bo`lishganda ippon bahosini xato e`lon qilsa va dzyudochilar o`rinlaridan turishsa, hakamlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq, hujum qilayotgan dzyudochining manfaatlarini cheklamaslik uchun, dzyudochilarni avvalgi holatiga qaytarish mumkin.
Og`ritish usuli qo`llanilayotgan paytda tashlash usuli baholanmaydi.
Agar hujum qilayotgan dzyudochi tashlash usulidan keyin, ippon bahosining mezonlaridan qochish maqsadida ―ko`prik‖ (ensa va ikkila tovon) holatida yiqilso`rtadagi hakam, baribir qo`llanilgan usulga muvofiq, bu holatni orqaning katta qismiga tushish holatiga tenglashtirabi.
Olimpiya o`yinlari, Jahon chempionatlari, Qit`a va XDF turnirlarida Dzyudo Qoidalari to`liq qo`llanilishi kerak. musobaqalarda musobaqa tashkilotchilari darajasi yetarlicha baland bo`lmagan dzyudochilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida o`zgartirishlar kiritish huquqiga egadirdar. Masalan, yuqori darajada bo`lmagan musobaqalarda tashkilotchilar hakamlarga texnik harakatning natijasi ko`rinarli bo`lganda ippon e`lon qilishga ruxsat berishlari mumkin yoki kichik o`smirlar va bolalar musobaqalarida bo`g`ish va og`ritish usullarini qo`llashni ta`qiqlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |