Xato bahoni bekor qilish: bir qo`l bilan xato ishorani ko`rsatib, ikkinchisini bosh ustida ko`targan holatda, 2-3 marta o`ngga va chapga silkitish.
Xantey – g`olibni aniqlash: g`alaba qilgan dzyudochining kiyimiga yoki bog`ichiga mos rangdagi bayroqchani bosh ustida baland ko`tarish.
Kachi – uchrashuv g`olibi: qo`lning kaftini ichkariga qilib, g`olib tarafga qaratib ko`tarish (bosh barmoq ichkarida).
Dzyudochiga yoki dzyudochilarga kiyimini tartibga keltirish zarurligini ko`rsatish: qo`llarni belbog` barobarida, kaftlarini o`ziga qaratgan holatda chap kaftni o`ng kaft ustida qilib kesishtirish.
Dzyudochining shifokor tarafidan tekshiruvini qaydnomada qayd qilinishligi zarurligini ko`rsatish: o`rtadagi hakam bir qo`lini kaftini pastga qilib jarohatlangan dzyudochi tarafga yo`naltiradi, ikkinchi qo`lining ko`rsatgich barmog`ini tepaga qilib, ikkinchi tekshiruvda esa ko`rsatgich va o`rta barmoqlarini tepaga qilib qaydnomalarni yurituvchi hakam tomonga yo`naltiradi.
Shifokor tomonidan yordam ko`rsatish: yengil jarohatlarda (burun qonashi, va hk.) qo`lini kaftini yuqoriga qilib dzyudochi tarafga to`g`ri qilib uzatish.
Shifokorning erkin davolashi: ikkala qo`lini kaftlarini yuqoriga qilib jarohatlangan dzyudochi tarafga uzatish.
Jazoni e`lon qilish (shido, xansoku-make): qoidani buzgan dzyudochini ko`rsatgich barmog`i bilan ko`rsatish.
Bellashuvni sust olib borish: ikkala qo`lni oldida ko`kragi barobarida ko`tarish va ularni aylantirib, qoidani buzgan dzyudochini ko`rsatgich barmog`i bilan ko`rsatish.
Har bir rasmiy ishoradan keyin qaysi dzyudochining bahosi yoki jazoni olgani yetarli darajada aniq bo`lmasa, o`rtadagi hakam ko`k yoki oq dzyudochini boshlang`ich joyini ko`rsatgich barmog`i bilan ko`rsatib beradi.
Uzoq to`xtash bo`lganda, o`rtadagi hakam dzyudochi yoki dzyudochilarga oyoqlarini chalishtirib o`tirishga ruxsat berish uchun, ularga boshlang`ich o`rnini qo`llari bilan kaftlarini yuqoriga qilgan holatda ko`rsatishi kerak.
Yuko, vaza-ri ishoralarini ko`rsatilayotganida qo`l harakatini qarama-qarshi yelkadan boshlashi kerak va o`rtadagi hakam shunday holatni egallashi kerakki, ishora yon hakamlarga ko`rinarli bo`lishi va ikkala dzyudochi uning ko`rish maydonida bo`lishi kerak.
Xato ishora ko`rsatilganda, tezlik bilan bekor qiluvchi ishorani ko`rsatib, keyin to`g`ri bahoni ko`rsatishi kerak.
Bekor qilinayotgan baho e`lon qilinmaydi va barcha ishoralar 3-5 soniya davomida ko`rsatib turilishi kerak.
G`olibni e`lon qilayotganda o`rtadagi hakam (dzyudochilar ham) boshlang`ich holatda turadi, keyin o`rtaga bir qadam tashlab g`olibni ko`rsatadi va orqaga bir qadam tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |