5.3.
Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
◄
Iqtisodiy qoloqlik sabablari
XIX asr boshiga kelib Germaniya hanuzgacha iqtisodiy qoloq- likdan chiqish bo'yicha
asosiy muammolarni yechmagan edi. Bun- ing asosiy sabablaridan biri mamlakatning siyosiy
tarqoqligidadir. Faqatgina 1815 yilga kelib Vena kongressi qaroriga binoan 34 ta monarxiya va 4
ta erkin shaharlarni birlashtiruvchi
Germaniya itti- foqi
tuzildi. Shu davrda ham yagona pul tizimi,
o'lchov birligi yo'q edi. Mamlakat ichidagi bojxonalar iqtisodiy, savdo va transport aloqalarining
imkoniyatlarini chegaralar edi.
Nemis hunarmandchilik tovarlari rivojlangan mamlakatlarning fabrikalarida ishlab
chiqarilgan mahsulotlari bilan raqobat qila ol- masdi. O'tgan asrning oxirida paydo bo'lgan nemis
manufaktur- asi hali ancha kuchsiz edi. Nemis savdogarlari, ustalar va boshqa boy shaharliklar
yirik manufaktura ishlab chiqarishini tashkil etish bo'yicha yetarli mablag' to'plamagan edilar.
◄
Agrar inqilobining prusscha yo'li
1850 yilning martida Prussiyada dehqonlarning qaramlig- ini bekor qiluvchi, lekin yirik
yunkerlik yerga egalik qilishni va ko'pchilik feodal sarqitlarini saqlab qoluvchi qonun qabul
qilindi. Asta-sekin agrar islohotlar boshqa nemis yerlarini qamrab oldi: Bavariya, Nassay,
Vyurtenberg, Gessen-Darmshtadt, Baden va boshqalar. Bunday holatni olimlar qishloq xo'jaligida
kapitalistik evolutsiyaning prusscha yo'li
deb nomlagan edi. Shimoli-g'arbiy yerlarda va
Bavariyada grossbauerlarning
4
xo'jaliklari shakllandi. Janubi-g'arbda mayda dehqon xo'jaliklari
ko'p edi.
Qishloq xo'jaligi ixtisoslashuvining o'sishi va "savdo" hudud- larining ko'tarilishi
iqtisodiyotdagi progressiv tendensiyalarni aks ettirdi. Germaniya kartoshka va lavlagi yetishtirish
bo'yicha jahonda birinchi o'ringa chiqdi. Nemis qishloq xo'jaligi mahsuloti va oziq-ovqat sanoati
mahsulotlari nemis eksportining asosiy qis- mini tashkil etardi.
◄
Burjua inqilobi
Mamlakatda burjua inqilobi bo'lib o'tgan bo'lsa ham ko'pchilik muammolar o'z yechimini
topmagan edi. XIX asrning birinchi yar- mida Germaniya dengiz savdosida yetakchilikni o'ziga
qaytarib ololmadi. U hanuzgacha jahon savdo yo'llaridan chetda qolib ke- tardi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini
bosqichma-bosqich bartaraf etish harakat- lari muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatning paydo
bo'lib boray- otgan yirik sanoati proteksionizm va bojxona himoyasiga muhtoj edi.
1818 yildayoq bojxona qonuni Prussiya hududida bojxona postlarini, ichki bojlar va
aksizlarni to'plashni bekor qildi. Prussi- yaniki emas bo'lgan tovarlarga bir xildagi tariflar
belgilandi.
1833 yilda 20 ga yaqin shimoliy Germaniya davlatlarini bir- lashtirgan
Bojxona ittifoqi
tuzildi va u yevropa mamlakatlari bilan savdo shartnomalarini imzolash huquqiga ega bo'ldi. Bu
iqtisodiy va siyosiy birdamlikda muhim qadam bo'lib, yirik sanoat uchun ichki bozorni
kengaytirish va chuqurlashtirish imkonini berdi, temiryo'l qurilishini rag'batlantirdi.
◄
Sanoat to'ntarilishini boshlanishi
XVIII
asr oxiri - XIX asr boshida sanoat ishlab chiqarishi jaray- onida nemislar xorijiy
(ayniqsa, ingliz) texnika va texnologiyasidan foydalana boshladilar. Ingliz mashinalari bazasida
paxtani qayta ishlash sanoati rivojlandi. Toshko'mir asosida ishlaydigan cho'yan eritish pechlari
3
История мировой экономики: учебник для вузов / под ред. Г. Б. Поляка, А. Н. Марковой .- 3-е изд., стер. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - С.
303.
4
Grossbauer - Germaniyada qisloq kapitalisti, quloq
78
5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr)
o'rnatildi.
Germaniyada sanoat inqilobi bir necha bosqichdan o'tdi. 50- yillarga qadar uning
boshlang'ich bosqichida asosan tekstil sano- ati tarmoqlari rivojlantirildi. Keyingi 20 yil davomida
og'ir sanoat (ko'mir, metallurgiya, mashinasozlik) rivojlantirildi. 70-yillarning oxirlarida sanoat
inqilobi yakunlanib, ishlab chiqarish monopoli- zatsiyalashishi amalga oshdi.
An'anaviy ravishda sanoat inqilobi tekstil sanoatini qamrab oldi. Saksoniyada paxtani qayta
ishlash sanoati, Sileziyada - zig'irpoya tolasini yigirish rivojlandi. Leypsig yarmarkalarida
shoyidan tikil- gan mahsulotlar keng namoyish etilardi. Tekstil sanoati tobora mashinalashib borar
edi. 1864 yilda Bojxona ittifoqi hududida 310 ta ip yigirish uskunalari va 750 mingta mexanik dug
mavjud edi.
Og'ir sanoatda ham katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Bug' mashinasini paydo bo'lishi
ko'mirga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Ko'mir qazib olish ikki barobar o'sdi, shaxtalarda band
bo'lganlar esa to'rt barobar o'sdi. Og'ir sanoatning boshqa tarmoqlarida band bo'lganlarning soni
XIX asrning birinchi yarmida 12 marotaba o'sdi. Reyn-Vestfal sanoat rayoni alohida taraqqiy topib
200 domna pechlari joylashgan va Germaniya ishchilarining % shu yerda faoliyat yuritardi.
◄
XIX asrning 50-60 yy.dagi sanoat o'sishi.
Yangi tarmoqlar va texnologiyalarni shakllanishiga yirik ixtiro- lar va ishlanmalar sababchi
bo'ldi. E.V.Simens tomonidan dinamo- mashinani (1867 y.) ixtiro qilinishi, hamda toshko'mirdan
sun'iy bo'yoq olishni (1856 y.) boshlanishi bularga misol bo'la oladi. Ka- liy o'g'itlarini ishlab
chiqarish boshlandi.
Bu davrda mamlakatning kredit tizimiga asos solindi, aksioner banklar va kompaniyalar
tashkil etildi. XIX asrning 50-60 yillarda Prussiyada 300 ga yaqin tog' sanoati, metallurgiya,
sug'urta, temir yo'l va boshqa jami 2,5 mlrd.marka kapitalga kompaniyalar tashkil etildi.
XIX asrning 50-70 yillarda Germaniya sanoati misli ko'rilmagan o'sish sur'atlariga erishdi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha Germaniya Angliya va Fransiyadan o'zib ketdi. XIX asrning 50-yillarda
sanoat mahsuloti hajmi ikki barobar o'sdi, XIX asrning 60-yillarda esa yana 1,5 barobarga o'sdi.
Jahon sanoati ishlab chiqarishining 13 % Germaniyaga to'g'ri kelardi. Bunda og'ir
sanoatning hissasi katta edi. 60-yillarda ish-
79
IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
80
lab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish 23%ga, iste'mol buyum- lari esa 9%ga o'sdi. XIX
asrning 50-60 yillarda ko'mir qazib olish besh barobar, cho'yan ishlab chiqarish yetti barobar, temir
yo'llar uzunligi uch barobar, bug' mashinalari quvvati to'qqiz barobar o'sdi. Bu ko'rsatkichlar
bo'yicha Germaniya Fransiyadan o'zib ket- di. Lekin hali sanoat inqilobi to'liq tugamagan edi.
Sanoat tarmo- qlarining ba'zilarida hunarmandchilik ishlab chiqarishi saqlanib qolgandi. Qishloq
xo'jaligi sanoatdan ko'ra usunlikka ega edi.
◄
Savdo
Sanoatlashtirish bo'yicha yutuqlar savdoni rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat
ichida tovar aylanmasi ko'paydi. XIX asrning 50-60-yy.lar davomida mamlakat ichida yuk
tashishlar 190 mln.t-km.dan 4045 mln.t-km.gacha, ya'ni 21 marotaba oshdi. Pul aylanmasi 27
marotabaga oshdi. Yirik yarmarkalarda savdo kengaydi. Yirik universal magazinlar tashkil etildi.
Tovar birjalari yirik ulgurji bitimlarni rasmiylashtira boshladi.
Tashqi savdo ham orqada qolmadi. XIX asrning 50-yy.larning o'zidayoq nemis tovarlarini
eksporti uch barobarga, import esa ikki barobarga o'sdi. Savdo balansining ijobiy saldosiga
erishildi.
XIX
asrning 50-60-yy. davomida tashqi savdoning umumiy hajmi uch barobarga
ko'paydi.
◄
XIX asrning 70-90-yy.dagi sanoat o'sishi.
XIX
asrning 70-yillar boshlari Germaniyada yangi, kuchli iqtisodiy ko'tarilish davri
hisoblanadi.
Bunda yetakchi rolni franko-pruss urushidagi g'alaba (1870
1871
yy.) va mamlakatni siyosiy jihatdan yagona German imperi- yasiga birlashishi
(1871 y.) o'ynadi. Fransiya ustidan g'alaba Ger- maniyaga 5 mlrd.frank kontributsiya
5
keltirdi va
u nemis ishlab chiqarishini jihozlashga sarflandi. Undan tashqari, Germaniya fran- suzlarning boy
provinsiyalariga ega bo'ldi - Elzas va Lotaringiya
6
- va Fransiyadan temir rudasi Germaniyaning
Reyn va Saar basseyn- laridagi ko'mir-metallurgiya bazasini to'ldirdi. Bu Germaniya og'ir
sanoatidagi metallurgiya, metallni qayta ishlash, mashinasozlik
5
Kontributsiya - urushda mag'lub bo'lgan mamlakat tomonidan g'olib mamlakatga to'lanadigan mablag'.
6
Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация
«Дашков и К°», 2007. - С.260.
82
5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr)
tarmoqlarini mamlakatda yetakchilik qilishini ta'minladi. Fransiyada rivoj topgan paxtani
qayta ishlash sanoati korxonalarini o'ziga qo'shib olish natijasida Germaniyada gul bosilgan matoli
mahsu- lotlar ishlab chiqarish ikki barobar o'sdi.
1879 yilda mamlakatda proteksionistik siyosat qo'llanilib, import mahsulotlariga bojlarni
oshirish orqali milliy sanoatni rivojini qo'llab-quvvatladi. Hanuzgacha temir yo'l qurilishi davlat
tomonidan qo'llab-quvvatlanardi. Temir yo'lning asosiy qismi davlat mulkiga o'tgandi.
◄
Sanoat to'ntarilishining yakunlanishi va uning oqibatlari
XIX
asrning 70-yy.lar oxirida sanoat inqilobini yakunlanishi bilan ishlab chiqarishning
o'sishi yanada kuchaydi. Nemis industri- yasi yangi texnik ixtirolarga tayangan edi: elektromotor,
ichki yon- ish dvigateli, bug' turbinalarini yaratilishi, elektroenergiyani ma- sofaga uzatish va
boshqalar. Mamlakat korxonalariga ko'plab yollanma ishchilar kelib qo'shildi. Yollanma ishchilar
asosan yetakchi mamlakatlardagi eng yuqori tug'ilish natijasida va xonavayron bo'lgan
hunarmandlar va dehqonlarni kelib qo'shilishidan vujudga keldi.
Umuman olganda XIX asrning oxirgi 30 yilligida nemis sanoa- tining ishlab chiqarish
hajmi besh marotaba o'sdi, Fransiyada uch barobar, Angliyada esa ikki barobar o'sdi. Natijada XIX
asr oxiriga kelib Germaniya agrar-industrial mamlakatdan qudratli industri- al-agrar mamlakatga
aylandi.
Shahar aholisi tinimsiz o'sib bordi, XIX asrning 70-90-yy.da 33%dan 50%gacha o'sib,
1910 yilga kelib 60%ni tashkil etdi.
◄
Qishloq xo'jaligi
XIX
asrning 70-yillarga kelib agrar islohotlar yakunlandi. Ammo bu tarmoqda mahsulot
yetishtirishning o'sishi feodalizm qoldiqlari va absolyut rentaning katta hajmi sababli sekinlashgan
edi. Sharqiy Prussiyaning bir qator yirik pomestelarida ko'pchilik dehqonlar erkinlikka ega
bo'ldilar, lekin ularning yerlari yo'q edi, va ular yunkerlar pomestelarida yollanma ishchi bo'lib
qolishdi.
Qishloq xo'jalik o'rtoqliklari vujudga kela boshladi. Qishloq xo'jaligi texnikasi va mineral
o'g'itlar kengroq qo'llanila boshlan- di.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini bunday intensiv metod- lar yordamida yuritilishi ijobiy
natijalarni berdi: hosildorlik yarim
81
barobar o'sdi, texnik ekin maydonlari kengaydi, qoramol soni ko'paydi.
◄
Monopoliyalar
XIX
asrning oxirgi 30 yilligida ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi
monopolizatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Qazib olish va u bilan bog'liq og'ir sanoat
tarmoqlarida kartel va sindikatlar ko'pchilikni tashkil etardi. Bu turdagi birlashma- lar faqatgina
mahsulot sotilish sohasini monopollashtirgan edi. Texnik-iqtisodiy va tashkiliy jihatdan
korxonalar erkinlikni saqlab qolishgan edi.
Tog', metallurgiya, mashinasozlik va qurilish tarmoqlarida yirik monopoliyalar shakllandi.
XIX asrning 80-90-yy. ichida mingta ishchisi bor korxonalar soni to'rt barobar ko'paydi. Reyn-
Vestfal toshko'mir sindikati tashkil etildi. U o'ziga Rur basseynida ko'mir qazib olishni 95%ni
bo'ysundirdi va mamlakatda ko'mir qazib ol- ishni 40%ga egalik qildi.
Sanoatning elektrotexnika (AEG-Umumiy elektr jamiyati va "Simens"), po'lat quyish va
harbiy sanoat ("Krupp" firmasi), kimyo (G.Farbenindustri), kemasozlik (Shimoliy-German Lloyd
va Gamburg-Amerika kompaniyasi) tarmoqlarida yirik monopolistik birlashmalar shakllandi.
Kartel va sindikatlar soni 50 barobarga ko'paydi, ya'ni 1870 y.da 6 tadan 1900 y.dagi 300 tagacha.
Nemis monopoliyalarining o'ziga xos xususiyati - ular o'nlab va yuzlab korxonalarni birlashtirar
edi.
◄
German imperializmining ekspansiyasi
XIX
asr oxirida Germaniya imperialistik g'oyalarni targ'ibotini kuchaytirdi, va uni xom
ashyo yetishmovchiligi va o'z mahsulot- larini sotish bozorlari cheklanganligi bilan asosladi.
Mamlakat iqtisodiyoti ichki bozor chegarasidan chiqib ketdi, lekin arzon narxlardagi xom ashyo
keladigan va o'zida ishlab chiqarilgan tovarlarni bojlarsiz sotish imkoni bo'lgan mustamlakalarga
ega emas edi.
Milliy chegaralarni kengaytirish g'oyasi Pangerman ittifoqi- ni (1891 y.) yaratishda, yangi
IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
hududlarni bosib olish zaruratida namoyon bo'ldi. Togo, Kamerun, Shimoli-G'arbiy Afrika,
Karolina, Marian va Marshallov orollari bosib olindi. Lekin baribir Ger-
82
IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
maniya mustamlakalari Angliya mustamlakalariga nisbatan hudud bo'yicha 11 marotaba
va aholisi bo'yicha 32 marotaba kichik edi.
Germaniyada qudratli harbiy-sanoat kompleksi shakllanib, unga mamlakatning butun
industriyasi ishlar edi. Armiya va flot- ga xarajatlar sezilarli oshdi. Quruqlikdagi qo'shinlarning
qurol- yarog'lari takomillashdi. Yirik harbiy-dengiz floti shakllandi. Mamlakat jahonni qayta
taqsimlashda qatnashish uchun urushga tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |