4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
68
rivojlanar edi. Uning tovarlilik darajasi oshdi. Yerda ishlamaydigan aholining oziq-ovqat
mahsulotlari- ga, sanoatni esa xom ashyoga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyoji to'liqroq qondirila
boshlandi. O'z navbatida yerlarni yiriklashtirish jarayoni ish kuchi zaxirasini vujudga keltirib uni
sanoatda foyda- lanishga imkon yaratadi.
Sanoat to'ntarilishining shart-sharoitlari. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobi natijasida:
•
kapitalistik rivojlanish oldida turgan to'siqlarni olib tash- landi.
•
yerga burjua mulkini o'rnatildi
•
milliy bozorni shakllanishini jadallashtirildi
•
mamlakatda monarxiya boshchiligida yer va moliyaviy aris- tokratiya ittifoqi
shakllandi
Amalga oshirilayotgan proteksionizm siyosati olib kelinayot- gan xorijiy tovarlarga yuqori
bojxona bojini o'rnatdi. Jahon bo- zorida boshqa tovarlar bilan raqobatlashish uchun Angliya fab-
rika usulida va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi zarur edi.
Angliya ilmiy tadqiqotlarga va ixtirolarni amaliyotga joriy etishga yetarli bo'lgan kapitalni
jamlashga muvaffaq bo'ldi. Ker- akli mablag'ning manbalari:
•
davlat qarzi;
•
soliq stavkasini oshirilishi;
•
ishlab chiqarish va savdoni kengaytirilishi.
Angliyaning XVIII asrdagi savdo urushlari yangi mustamlaka-
larni bosib olinishi bilan yakunlanar edi. XVIII asrda Angliya 120 ta mustamlaka bosib
olish urushlarida qatnashdi.
Britaniya mustamlaka imperiyasini shakllanishi Yetti yillik urush (1756-1763) bilan
yakunlandi. Unda g'alaba qozonib Angliya Fransiyani Hindistondan siqib chiqardi, Kanadani
bosib oldi va qudratli mamlakatga aylandi.
Angliya burjuaziyasi mustamlakalarni talash evaziga katta mablag' to'pladi.
Mustamlakalarga olib borilayotgan tovarlar mo- nopol yuqori narxlarda sotilar edi.
Mustamlakalardan esa tovarlar suv tekin narxlarda olib kelinar edi.
64
Angliya yiliga 20 ming qora tanlilarni Amerikaga olib borib qul sifatida sotish evaziga juda
katta foyda topar edi.
Sanoat to'ntarilishining yo'nalishlari va oqibatlari. Sanoat to'ntarilishi - bu qo'l mehnatiga
asoslangan manufakturadan sanoat burjuaziyasi va sanoat proletariatini shakllanishi bilan
birgalikda amalga oshadigan fabrika-zavod ishlab chiqarishiga o'tishdir.
Sanoat to'ntarilishining yo'nalishlari:
•
To'ntarilish birinchi bo'lib tekstil sanoatida boshlandi. Mato va gazlamalar yangi
mashina va uskunlarda ishlab chiqarilib, ar- zon narxlarda bozorda sotila boshlandi va
raqobatchilarni siqib chiqardi
•
Keyingi yo'nalish - metallurgiya sanoatini rivojlanishi bo'lib, oxir natijada u ko'mir
qazib olishga kuchli ta'sir ko'rsatdi.
•
Ko'mir qazib olishni rivojlanishi transport kommunikatsiyasi taraqqiyotiga olib
keldi.
•
Transportni rivojlanishi savdoni taraqqiy etishiga turtki bo'ldi.
•
Yakuniy bosqich bo'lib mashinasozlik tarmog'i namoyon bo'ldi. Bunda metallga
ishlov beruvchi mashinalar ishlab chiqarila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: