Uchinchi bosqich: O‘rnatishga tayyorgarlik.Bu bosqichda hamma simlar va shtekerlarni kompyuter blokidan uzamiz va boltlarni burab olib blokning o‘zini ochamiz. Statik kuchlanishni olib tashlash uchun kartani qo‘yishdan oldin va keyin otvyortkani blokning orqa va yon qismi bo‘ylab o‘tkazish kerak bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich (zarur bo‘lganda): Eski kartani olib tashlash. Kartani ulanish joyidan olib tashlashdan avval uni sinchiklab ko‘zdan kechirish va unga ulangan barcha simlarni chiqarib olish lozim. AGP va PCI standart kartalari uchun bu shart emas, lekin ko‘plab multimediya imkoniyatlari mavjud kartalar kirish kabellariga ega bo‘lishi yoki xuddi Voodoo 5 5500 uchun bo‘lganidek, ichki kuchlanishli sim zarur bo‘lib qolishi mumkin. Simlar va kabellar bilan ishlayotganda, yo‘riqnomalarga qat’iy rioya qilish kerak. Ba’zi yangi ona platalar AGP kartalari uchun maxsus mustahkamlovchi mexanizmlarga ega, bu esa kartani yechishini murakkablashtiradi.
Avval kartani blokka mahkamlovchi bolt burab olinadi va karta avaylab chiqariladi. Karta ikki qo‘l bilan, harakatlarni yuqoriga va bir oz o‘ng tarafga sekinlik bilan harakatlantirilib chiqarib olinishi kerak.
Beshinchi bosqich: Yangi videokartani o‘rnatish
Bir xil interfeysning kartalarini almashtirganda (AGPni AGPga, PCIni PCIga) blokda hech narsani o‘zgartirishga hojat yo‘q. Agar yangi karta interfeys bo‘yicha eskisidan farq qilsa yoki integrallashgan yechimdan o‘tish kerak bo‘lsa, unda korpusning orqa paneli ko‘rinishiga ba’zi o‘zgartirishlarni qiritish lozim. Odatda, AGP sloti (platada u bitta) jigarrang ko‘rinishda bo‘ladi. PCI slotlari esa (ular bir nechta) oq rangda bo‘ladi. Karta o‘rnatiladigan slot korpusdagi qaysi ulanish joyga mos kelishini ko‘ring va himoya vositasini chiqarib oling. Kompyuterning blokini chang tushishidan himoya qilish uchun boshqa ulanish joylarni himoya vositasisiz qoldirish mumkin emas.
Keyin videokartani ustidan bosib turib o‘rnating. U hech qanday muammolarsiz o‘rnashishi, halqachaning (skobaning) yuqori qismi korpusdagi kartani mustahkamlash joyiga ustma-ust tushishi lozim. Ozgina surilish bo‘lsa ham kartaning to‘g‘ri joylashgan-joylashmaganligini tekshirib ko‘rish zarur.
Videokarta o‘rnatilganidan so‘ng kartaning AGP/PCI interfeysi ona plataning slotiga aniq tushayotganiga yana bir marta ishonch hosil qilish kerak. Keyin videokarta kompyuter korpusiga shuruplar bilan mahkamlanadi. Ayrim tajribali mutaxassislar kartani mahkamlamay qoldiradilar, ba’zan bu ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi, chunki monitorning kabelini ulayotganda videokartani qattiq bosib, uni joyidan qo‘zg‘atib qo‘yish yoki chiqarib yuborish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |