Tonerni mustahkamlash Fotosezuvchi barabandan qog‘ozga o‘tkazilgandan keyin qog‘oz o‘z harakatini davom etadi va yana bir korotron ustidan, razryadli korotrondan o‘tadi. U zaryadni yechadi. Bu printerni boshqa qismlari bilan to‘qnashmasidan oldin qog‘ozni varag‘ini elektrli neytrallashtirish uchun zarur. Shunday qilib varag‘ida qandaydir tasvirga ega bo‘lgan toner sepilgan. Toner kukun ko‘rinishida bo‘ladi, va arzimagan ta’sir tasvirni buzadi. Qog‘ozda toner qotishi uchun 200°Cgacha qizigan 2valik orasidan yumalatib o‘tkaziladi. (8.13-rasm ) Bunday isitish tonyerdagi zarrachalarini erishiga va qog‘ozga yopishib qolishiga olib keladi. Muhr jarayoni tugaganda qog‘oz printerdan chiqib keladi.
Tayanch so’z va iboralar: Phaser, Matritsali, Sieko Epson.
Rangli lazer printerlari: Bosmani bunday turi uchun ham monoxromli rusumlarda ishlatilgan texnologiya ishlatiladi, faqat bir rangli toner o‘rniga to‘rt rangli toner ishlatiladi. Rangli lazer printerlari bir vaqtda hamma rangni bosib chiqarmaydi, faqat bittasini bosadi. Bundan faqat bitta fotosezuvchi baraban borligi ma’lum bo‘ladi; bitta bet 4ta o‘tishda pechat’ qilinadi. Rangli lazerli printerda qog‘oz uzatish mexanizmi juda murakkab. Monoxrom bosishda barabanni aylanish tezligi va qog‘oz uzatish tezligi bir xilligini ta’minlash kerak, ranglida bosmalangan varaqni qaytarib bosish jarayonini 4 marta qaytarish kerak bo‘ladi. Printerlarni ba’zi rusumlarida barabanda 4 ta rangni “aralashmasi “ (ya’ni baraban tonerni barcha ranglari tushishi uchun bir nechta aylanishlar qiladi ) sodir bo‘ladi va qog‘ozga bosiladi. Har qanday xolda ham barcha toner ranglarini qog‘ozga ko‘chirilgandan keyin mustaxkamlash blokka – qizdirilgan valiklarga tushadi. Rangli lazerli printerlar narxi doim tushishiga qaramasdan, ular qiymati baribir qimmat. Biroq bunday bosishlarni tezligi katta emas. Bu qog‘ozda tayer tasvir paydo bo‘lishi uchun baraban bir nechta aylanishi kerak bo‘ladi.