Mikrofon va naushniklar. Mikrofon tovush tebranishini elektr tokining tebranishiga o'zgartirib beruvchi elektr akustik asbob bo'lib, kiritish qurilmasi hisoblanadi. Mikrofonlar telefon va mag-nitofon, tuvushni va video tasvirni yozish kabi qurilmalarda, radiobva televideniyada, radioaloqa uchun hamda ultratovushli nazorat va o'lchash uchun qo'llaniladi
Ishlash tamoyili bo'yicha mikrofonlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Dinamik mikrofon:
- g'altakli.
- tasmali.
2. Sig'imli mikrofon:
- Ko'mirli mikrofon.
4. Pezomikrofon.
Mikrofonlar quyida keltirilgan tavsiflar bilan baholanadi:
- sezgirligi;
- amplituda-chastotali ko'rsatkichi;
- mikrofonning akustik ko'rsatkichi;
- yo'naltirish ko'rsatkichi;
- mikrofonning shaxsiy shovqini darajasi.
Naushniklar - musiqani, nutqni yoki boshqa tovushli signallarni shaxsiy eshitish uchun mo'ljallangan qurilmadir. Mikrofon bilan bitta majmuada telefon yoki boshqa ovozli aloqa vositalari orqali muzo-karalar olib borishga mo'ljallangan vositalar bo'lishi mumkin.
Elektr signalni uzatish usuli bo'yicha naushniklarning quyidagi turlari mavjud:
- simli - manba bilan sim orqali ulangan, shuning uchun yuqori sifatni ta'minlaydi;
- simsiz - manba bilan simsiz kanal, infraqizil. Bluetooth yor-damida ulangan. Ixcham, ammo ta'sir ko'rsatish radiusi chek-langan. Simli naushniklarga qaraganda tovushni eshittirish sifati past.
Kanallar soni bo'yicha quyidagi turlari mavjud:
- stereofonik - signallar liar bir radiokarnayga alohida kanal bo'yicha uzatiladi (eng ko'p tarqalgan turi);
- monofonik-umumiy signalga ega bo'lgan ikkita radiokarnayga ega;
- qo 'shimcha kanalli - bar bir quloq uchun bittadan ko'p radio-karnay mo'ljallangan, bu o'z o'rnida kanallarni chastota ko'rsat-kichlari bo'yicha bo'lish imkonini beradi.
Tuzilishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
- quloq ichiga qo'yiladigan - quloq chig'anog'iga joylashtiri-ladigan;
- ichki kanalli - quloq kanaliga joylashtiriladigan;
- qoplamali - quloqni qoplaydigan;
- to 'liq o 'Ichamli yoki monitorh ~ quloq ustini butunlay qoplaydigan.
Harakatlar tartibi:
1. Shaxsiy kompyuterni tarmoqdan o‘chiring.
2. Shaxsiy kompyuterning korpusini oching.
3. Tovush kartasini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan slotni toping.
4. Tovush kartasini kerakli slotga joylashtiring va karta slotga to‘gri joylashguniga qadar kartani bosib turing.
Agar karta slotga kirmasa, uni bosmang, yaxshisi, hamma bajarganlaringiz to‘g‘ri ekanligini tekshirib chiqing.
5. O‘rnatishning to‘g‘riligini tekshiring.
6. Tizimli blokning korpusini yoping.
7. Shaxsiy kompyuterni ishga tushiring.
8. O‘rnatish to‘g‘ri bajarilganida, yangi jihozning uskuna ustasi ishga tushishi kerak. Agar bu hol ro‘y bermasa, uni qo‘l yordamida ishga tushiring.
22.1-rasm.
Пуск->Настройка->Панель управления->Установка оборудо-вания bo‘limiga kirish zarur.
9. Tovush kartasiga mo‘ljallangan drayver dasturli diskni tayyorlang (odatda, u sotish to‘plamiga kiradi) va diskdagi kerakli o‘rtailuvchi dasturni yuklang(8.3-rasm).
22.2-rasm.
10. O‘rnatgandan so‘ng, tovush kartasi uskunalar ro‘yxatida paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirib ko‘ring (22.3-rasm).
22.3-rasm.
Tovush kartasini o‘rnarish yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |