Savol va topshiriqlar
1. Plataning chiziqli chiqishi nima?
2. Plataning chiziqli kirishi.
3. Akustik tizim va eshitish moslamalari uchun ulanish joyini tushuntiring.
4. Mikrofon yoki monofonik signalning kirishi.
5. MIDI joystika uchun ulanish joyi.
22- Mavzu: Turli xil ovoz qurilmalarini qo’shish.
Reja
Tovush kartasini o‘rnatish
Tovush platasining vazifasi.
Tayanch so’z va iboralar: mikrofon, naushniklar, elektr signalni, stereofonik, monofonik-umumiy, qo 'shimcha kanalli, quloq ichiga qo'yiladigan, - ichki kanalli, qoplamali, to 'liq o 'Ichamli, monitor
Tovush kartasi qanday xususiyatlarga ega bo’lmasin, undan foydalanish akustik tizimsiz amalga oshmaydi. Eng soda tovush kartasi. naushnik yoki bir juft kolonkani ulash mumkin bo'lgan chiziqli chiqish razyomiga ega.
Tovush kolonkalari. Shaxsiy kompyuter g'ilofidagi dinamik. raqamli mikrosxema chiqishiga ulanganligi sababli, musiqani eshittirish uchun tovush kartasi chiqishiga tashqi tovush kolonkalari ulanadi. Monitor ichiga joylashtirilgan tovush kolonkalari ham tashqi tovush kolonkalari toifasiga tegishlidir.
6.4-rasmda tovush kolonkasining 2 ta modeli ko'rsatilgan. Xuddi shunday barcha kolonkalar atigi ikkita tartibga soluvchi (regulator) -tovush balandlig'i va tembr (yuqori chastotalarni boshqarish) bilan ta'minlangan. Ular naushnikni ulash uchun qo'shimcha razyom qismi bilan ta'minlangan.
Bu kabi tovush kolonkalarining tuzilishi juda soddadir. Plastmassali g'ilofda 2 ta dinamik kallaklar o'rnatiladi. ularning biri quyi chastotali, ikkinchisi yuqori chastotali bo'ladi. Kolonkalardan (faol kolonka) birining ichida 220 V tarmoqdan quvvat oluvchi kuchaytirgich mavjud. Passiv kolonka shu kuchaytirgich chiqishiga ulanadi. Kolonkalarning chastota diapazoni taxminan 100-15000 yoki 80-18000 Hz ni tashkil etadi. Yanada yuqori sifatli tovush olish uchun, yuqori sifatli kolonkalar yoki Dolby Digital 5.1, tarkibida sabvufer va beshta kolonka - ikkita old tarafda, ikkita orqa tarafda va bitta markazda bo'lgan hajmli tovush tizimini qo'llovchi tovush kartasi zarur (a-rasm). Sunday tizimlar, odatda, tovush platasidagi Speaker-out/Subwoofer (kolonka sabvuferga chiqish) yoki S/PDIF razyomlari yordamida kompyuterga ulanadi.
Oltita kolonkadan iborat tovushli majmuani qo'llashda, ularning joy lashuvi ham katta ahamiyatga ega. Kolonkalarning noto'g'ri joylashtirilishi DVD formatdagi videofilmlarni maxsus effektlar bilan ko'rish imkonini bermaydi. 6.6-rasmda yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tovush kolonkalarini xonada joylashtirish sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |