II BOB: Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asarida Amir Temur va Boyazid munosabatlari.
2.1. Amir Temur va Boyazid o’rtasidagi maktublari va diplomatiya.
Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z qudratining o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati tufayli erishgan. Sohibqironning vorislari Shohrux, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Bobur kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temuming diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirishgan.
Tinchlik, tomonlar manfaatdorligi, raqibiga shafqat qilish va unga imkon yaratish, har qanday sharoitda ham elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya qoidalariga qat’iy amal qilish, inson hayoti daxlsizligi - Amir Temur tashqi siyosati va dipldmatiyasining asosi hisoblangan. Chunonchi, Amir Temur maktublaridan birida, «Elchiga oiim va bandilik yo‘qdir, elchining gardanidagi vazifa buyruqni aniq yetkazishdan boshqa narsa emasdir», - deb yozadi.
Amir Temuming tashqi siyosati va diplomatiyasinmg o‘ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki, u bir xalqni ikkinchi bir xalqqa, bir dinni boshqa dinga, bir mafkurani o‘zga mafkuraga qarshi qo‘ymay, har ikki ziddiyatli tomonning manfaatlarini ifoda etadigan muammoning ijobiy yechimini hamda ular o‘rtasidagi taraqqiyot yoiini topishni asosiy masala deb bilgan. Manbalaming ma’lumot berishicha, Sohibqiron diplomatik munosabatlarda tashabbus ko‘rsatib, xalqaro aloqalami rivojlantirishga intilgan- Uning tashqi siyosati va diplomatiyasi tinchlik va tenglik, yon bosish, diniy va dunyoviy bag‘rikenglik g‘oyalariga asoslangan. Amir Temuming qarashlariga ko‘ra, inson irqi, dini, millati, kelib chiqishi va qayerda yashashidan qat’i nazar, yer yuzining barcha yeri hamma kishilar uchun muqaddas boim ogi kerak.
Ta’kidlash joizki, Amir Temuming kuchli va puxta diplomatik salohiyati tufayli dinlar, mafkuralar, madaniyatlar, iqtisodiyotlar, siyosatlararo munosabatlar zamon talablari hamda vaziyat taqozosi darajasida yoiga qo‘yilgan.
Ma’lumki, Amir Temur murakkab tarixiy sharoitda tashqi siyosat olib borgan edi. Chunki o‘sha davrdagi vaziyat, ya’ni, chingiziy mo‘g‘ullaming xavfi kuchli ekanligi, Chig‘atoy ulusini birlashtirish va egalik qilish, Oltin O’rda, Mo‘g‘uliston, Eron, Xuroson kabi o‘z davrining kuchli davlatlari bilan munosabatlar masalalarida davlat manfaatlariga mos tashqi siyosat yurgizishni taqozo etardi. Sohibqironning tashqi siyosatdagi ustuvor maqsadi - yaxshi qo‘shnichilik, tinchlik va hamkorlik edi.
Shubhasiz, Amir Temuming tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri - Movarounnahming xavfsizligini ta’minlash boigan. Xorazmdagi So‘fiylar sulolasi, Fors viloyati hokimi Shoh Shujo, Arzinjon va Arzirum hokimi Tohirtan, Mo‘g‘uliston hokimi Qamariddin, Oltin 0 ‘rdadagi To‘xtamishxon kabilar bilan boigan munosabatlar zamirida ham ana shu maqsad yotardi.
Amir Temur manfaatlari mushtarak, madaniyatlari va dinlari umumiy boigan qo‘shni davlatlami tobe qilganligini, joriy podsholiklar bilan oraliq davlatlami kuch yoki diplomatiya bilan egallanganligini e’tirof etadilar. Itoatkorlik, toiangan soliq va bojlar evaziga Sohibqiron ularga yordam va harbiy muhofaza va’da qilib, ulami o‘z hollariga qo‘yib bergan.
Amir Temur va Temuriylar davri tashqi siyosati va diplomatiyasida xalqaro savdo hamda madaniy aloqalar muhim o‘rin tutganligi tarixdan ma’lum. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, xalqaro karvon yo‘llari xavfsizligini to ia ta’minlashga erishdi. Shu tufayli, XIV asrning 70-yillaridan boshlab Buyuk ipak yo‘Iining Movarounnahr orqali o‘tgan markaziy tarmog‘i shimoliy yo‘na!ishiga qaraganda xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalarda muhim o‘rin tuta boshladi. Movarounnahr bo‘ylab xalqaro savdo karvonlari harakatining qaytadan jonlanishi, shaharlar taraqqiyotiga, iqtisodiy-madaniy aloqalarning yuksalishiga olib keldi.
Amir Temur davridagi diplomatik munosabatlar ham Sohibqironning qat’iy tamoyillariga javob bergan. Shu o‘rinda Amir Ternuming Misrdagi mamluklar davlati bilan o'zaro munosabatlarga ham e’tibomi qaratish lozim. Az-Zohir Sayfiddin Barquq (1382-1399) hukmronligi davrida Misr, Suriya, Hijoz hamda unga yondosh hududlarda joylashgan mamluklar davlati musulmonlarning muqaddas shaharlari boigan Makka va Madinani ham egallagan holda kuchli davlatga aylandi. Shubhasiz, Amir Temuming Yaqin va 0 ‘rta Sharqqa kirib kelishi ular o‘rtasidagi ma’lum munosabatlaming yuzaga kelishiga sabafo boiar edi. 1386-yili Amir Temur qo‘shini Jaloyirlar davlatining ikkir>chi darajali shahri boigan Tabrizni egaJladilar. Jangda Qoraqo‘yunlilar rahbari, mazkur hudud hokimi Qora Muhammad yengilib, Bag‘dod tomonga chekindi. Iroq hokimi Ahmad ibn Uvays (Sulton Ahmad) uni Bag‘dodda qabul qilib, Amir Temurga qarshi ittifoqlikda harakat qilish rejasini ilgari surdi.
1388-yil Amir Temur qo‘shini Tabrizni tark etgan bir vaqtda Qora Muhammad Iroq hokimining yordamida yana Tabrizni qoiga olishga muvaffaq boidi. Qora Muhammad Tabrizdan turib Misr sultoni Barquqqa murojaat etib, uni oliy hukmdor sifatida tan olishini bildirdi. Iroq hokimi Sulton Ahmad (Ahmad ibn Uvays) o‘z navbatida maishatga berilgan, hudud aholisiga nisbatan shafqatsizlarcha munosabati bilan nom chiqargan hukmdor edi. Shu bois ham Bag‘dod ahli Amir Temurga murojaat qilib, shahami o‘z himoyasi ostiga olishini so‘ragan edi. 1393-yili Bag‘dod aholisi murojaati tufayli Amir Temur shaharga kirib 71 keladi. Shahar aholisi o‘z ixtiyori bilan darvozalami ochib, Sohibqiron hokimiyatini tan olishadi. Amir Temur bunday vaziyatda Misr manfaatlarini tushungan va hurmat qilgan holda u bilan do‘stona munosabatlar o‘matishga qaror qilib, o‘z elchilarini Sulton Barquq huzuriga jo‘natadi. Misr sultoni esa xalqaro qoidalarni ham pisand qilmay, Sohibqiron elchisini oMdirishga buyruq beradi. Qayd etish lozimki, Amir Temur Misrga do‘stona munosabatlar o‘matish maqsadida 1385-yildayoq o‘z elchilarini jo‘natgan edi. Agar raqamlarga nazar solinsa, Sohibqiron tomonidan 1385-1405-yillar oraligida jami 20 marotaba elchilik va choparlik guruhlari Misrga jo‘natilgan. Sulton az-Zohir Barquq aksariyat hollarda elchilarga qo‘pol tarzda munosabatda bo‘lar, ko‘p holda Amir Temur sha’niga namoyishkorona tarzda haqoratomuz gaplami gapirar edi. Tinchlik yoii bilan Amir Temur hukmini tan olishni xohlamagan Misr ittifoqchisi, Qaysariya sultoni Abul Abbos Ahmad ham Barquq so‘ziga kirib Sohibqiron elchilarini qatl ettiradi. Turk sultoni Boyazid va Misr sultoni Barquq birgalikda Amir Temurga zarba berishga kelishib oladilar. Amir Temur shunday xiyonatkorona va makkorona vaziyatda ham sabr-toqat va bosiqlik bilan yo’l tutadi.
Sohibqiron 1393-yil oktabrda Misr sultoni Barquq huzuriga navbatdagi elchilik guruhini jo‘natadi. Bu bilan Sohibqiron muammoli masalalar, tanglik holatini tinchlik yoii bilan yechmoqchi boigan edi. Elchilik guruhiga o‘z aql-farosati bilan nom chiqargan, o‘sha davming obroii arboblaridan biri boigan Shayx Suvoh boshchilik qiladi. Amir Temuming mazkur elchi orqali Misr sultoniga yuborgan murojaatnomasida ikki davlat o‘rtasida do‘stlik munosabatlari hamda o‘zaro elchilik aloqalarini o‘matish, savdo-sotiqni rivojlantirish, ikkala mamlakat savdo ahliga keng imkoniyat va sharoitlar yaratish masalalari o‘rin olgan edi. Misr sultoni Barquq tan olingan xalqaro qoidalarni buzgan holda elchilami oidirishga, Sohibqiron yuborgan sovg‘a-salomlarni orqaga qaytarishga buyruq beradi. Olzi esa Amir Temurga qarshi urushga shaylanadi. Sultonning bunday xatti-harakatlari tabiiyki, tegishli javobni keltirib chiqarar edi.
Amir Temur tomonidan yuborilgan keyingi murojaatnoma ancha keskin ohangda boiib, unda Misr sultoni Sohibqiron elchilarini nohaq oidirilgani, o‘z huzurida Temurga dushmanlik kayfiyatidagi shaxslar, xususan, sobiq Iroq hokimi Ahmad ibn Uvaysga Sulton Ahmad joy berganligi qayd etilgandi. Barquq esa har doimgidek Amir Temurga haqoratli ohangdagi dashnomlami yog‘diradi. Misr sultoni Barquq yana bir karra turk sultoni Boyazid bilan birga Amir Temurga qarshi kurashda bir-birlariga o‘zaro harbiy ko'mak berish to‘g‘risida kelishib oladilar. Shunday bir vaziyatda 1399-yil Misr sultoni Barquq to‘satdan vafot etadi. Misr va Suriyadagi mamluklar davlati sultoni sifatida Barquqning 11 yoshli o‘g ii an-Nosir Nosiriddin Faraj (1399-1405) taxtga o‘tiradi. Mazkur holatdan foydalangan Boyazid Amir Temur hukmini tan olgan Marandni qamal qilib, u bilan chegaradosh yerlarga hujum qiladi.
Tabiiyki, Boyazidning bunday ig‘vogarona xatti-harakati Amir Temuming g‘azablanishiga hamda tegishli ravishda ish tutishiga olib keldi. Shunday boisa-da, davlat, aql, chuqur salohiyat va zehnga ega bo‘lgan Amir Temur ikkala katta davlat o‘rtasida mojaro chiqishini oldini olmoqchi bo‘ldi. Shu bois 1399-yil iyulda Tabrizga kelib, turk sultoni Boyazidga chopar orqali o‘z maktubini jo‘natdi. Maktubda Boyazidning noo‘rin va ig‘vogarona xatti-harakatlariga chek qo‘yilishi, Amir Temurga dushmanlik kayfiyatida boigan Qora Yusuf va Ahmad ibn Uvayslarga nisbatan mo‘tadil munosabatda boiib, ulami qoilamaslik so'ralgandi. Boyazid esa ushbu maktubga keskin tarzda, unga xos boigan haqoratomuz ohangda rad javobini berib, Amir Temur dushmanlariga xayrixohligini bildiradi. Turk sultonining shu tarzdagi xattiharakatlari endilikda u bilan siyosiy muloqotga kirishmaslik lozimligini ta’kidlar edi. Katta siyosiy tajribaga ega boigan Amir Temur buni yaxshi anglab yetdi.
1400-yil oktabrda Amir Temur Misr sultoni Farajga maktub jo'natib, uni marhum otasining o‘zaro munosabatlardagi xatosini, Amir Temur elchilarining sababsiz qatl etilishi, Sohibqiron vakili Otalmishni hibsdan ozod qilishni so‘raydi. Faraj avval boshida Amir Temur taklifiga ko‘ngandek boiib turib, hech qancha o‘tmay elchilami qamoqqa oladi. Suriyadagi Halab shahri olinganidan so‘ng Amir Temur yana sulton bilan muloqot va muzokaraga kirishmoqchi boidi. Lekin Faraj yana xiyonatkorona y o’l tutdi.
Amir Temur va turklarning buyuk sultoni Yildirim Boyazid oʻrtasida uzoq yillar davomida bir-birlariga maktub yuborib turishganidir. Bu ikki sarkardani koʻpchilik oʻzaro yovlar deb biladi. Ammo haqiqatan ham shundaymi? Ziyouz.uz saytida ana shu maktublardan bir turkumi keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |