5.Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat budjetining ahamiyati va ularni boshqarish.
Uzoq yillar mobaynida davlat budjetining ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda yagona manba bo’lib kelganligi hech kimga sir emas. Sog’liqni saqlash tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n yilliklar davomida to’lig’icha budjetga qaram soha bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham davlat sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda.
Xususan, soliqni saqlash sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning:
Hozirgi kunda davlat sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. Xususan, soliqni saqlash sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning 11-12 foizini tashkil qilgan (2.1-jadval).
Sog’liqni saqlash muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar tizimini tashkil qiladi. Bu muassasalarni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag’lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog’liqni saqlash tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida sog’liqni saqlash xarajatlari xalq ta’limidan keyin 2-o’rinni egallaydi. Ular ijtimoiymadaniy sohalarga ajratilgan budjet mablag’larining o’rtacha 25-26 foizini tashkil qilgan.
Sog’liqni saqlash muassasalari bo’yicha eng katta o’rinni kasalxonalar, ikkinchi ambulatoriya poliklinika muassasalari, shuningdek, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari egallaydi.
3. Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
Sog’liqni saqlashga qilinadigan xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuni va muassasa turlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga birlashtirish mumkin:
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar;
Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar;
Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar;
Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari
Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruhlari:
I. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar
Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)
Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)
Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispanserlar
Skrining - markazlar
Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi
Salomatlik instituti va uning filiallari
Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfektsiya stantsiyalari)
Tibbiyot statistikasi byurosi
II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar
Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari
Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari
Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi
Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan, tug’ruqxonalar, tug’ruqxona majmualari
Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari
Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari
Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari
Qon quyish stantsiyalari
Sanatoriylar
III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar
Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar:
Sil kasalliklari
Yuqumli kasalliklar
Onkologik kasalliklar
Teri-tanosil kasalliklari
Endokrinologik kasalliklar
Ruhiy kasalliklar
Ruhiy-asab kasalliklari
Narkologik kasalliklar
Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari
Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari
OITSni davolash markazi va uning filiallari
Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari
Bolalar uylari
Leprozoriylar
IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi - uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo’limlari
Tez tibbiy yordam stantsiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |