Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojlanishiga mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli turlari – turizm, bank–moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya va boshqa xizmatlarni rivojlantirish hisobidan takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni keskin oshirish ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tobora ko‘payishiga imkon yaratdi.SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator farmonlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor berilib, ko‘plab ommaviy axborot vositalarida ham turizm to‘g‘risida ko‘rsatuv va materiallar berilayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda qabul qilingan "2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi qarori ushbu sohani yanada rivojlantirish va kuchli turtki bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida 2012-yilda xizmat ko‘rsatish sohasi ham yuqori sur’atlar rivojlani va ushbu yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sgani, sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlab o‘tildli.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, turizm taraqqiyoti uchun faqatgina jozibador maskanlarning mavjud bo‘lishining o‘zi etarli emas. Mahalliy turistik infratuzilmani ham etarli rivojlantirish lozim, ya’ni hududda ichki turizmning ham o‘rni katta bo‘lib, undan daromad olish, mahalliy aholi talablarini qondirib, unga xizmat ko‘rsatish, aholining saviyasini oshirish, odamlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Davlat miqyosida amalga oshirayotgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekiston yil sayin turizm o‘lkasiga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, xalqimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini kuchaytirish imkonini bermoqda. O‘zaro hamkorlikning kuchayishi esa mamlakatimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hamda turistik xizmat eksportining o‘sishiga xizmat qiladi.
Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo‘lib, bozor munosabatlari doriasida va ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar ko‘rsatishga, servis mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Servis faoliyati ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish strukturalari, ya’ni uni sub’ektlari tomonidan generatsiya (ishlab chiqariladi, sotiladi) qilinadi. Bu sub’ektlar jamiyat ehtiyojlari masshtab va xususiyatini baholagan holda hamma hohlovchilarga o‘z xizmatlarini taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Sub’ektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki servis tashkilotlari jamoalari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar ro‘yxatini keltiramiz
firmalar, jumladan ixtisoslashganlar uchun, sayyohlik, mehmonxona, davolash firmalari;
korxonalar, jumladan ixtisoslashganlar transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo;
byuro, kontoralar – yuridik, informatsion – reklama, uy-joy foydalanish;
muassasalar (huquqni muhofaza qilish, madaniy muassasalar va boshqalar) – militsiya bo‘linmalari, kinoteatrlar, teatrlar, muzey, kutubxonalar;
tashkilotlar – prokat, bank, omborxona, sug‘urta, muhofaza, san’at sohasidagi va boshqalar.
Servis faoliyati sub’ektlarini faoliyati to‘liq yoki qisman bozor almashinuvi tomoyillariga asoslangan, shuningdek huquqiy va adminstrativ-tashkiliy xarakterdagi ko‘rsatmalarga buysindirilgan. Xizmatlar sohasidagi biznes ko‘pgina hollarda kommersiya (tijorat) asosida amalga oshirilib yuqori mehnat unumdorligiga, past tannarh va xizmat raqobatbardoshligiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ayni shu vaqtda ko‘pgina davlat tashkilotlari aholiga aralash asosda (qisman tijorat asosida; qisman jamiyat ne’matlarini bepul taqsimlash mexanizmi asosida) xizmat ko‘rsatadi. Umuman olganda servis faoliyati keng jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarni qondirilishini ta’minlaydi va zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni samarali rivojlantiradi.
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat qator bozorga xos bo‘lmagan elementlarga boy.
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat foydali qazilmalar qazib olish yoki sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mehnatidan farq qiladi. Keyingi holatda ishchi fizikaviy materiallarni qayta o‘zgartiradi yoki bioresurslar bilan ishlaydi. Tabiiy xomashyolarni qazib olishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, sanoat tovarini yaratishda odam ancha energiya sarflaydi, bu sarfni esa oson hisoblash va mehnatga to‘lov sifatida qoplash mumkin. Bu jarayonda ishchi boshlang‘ich materialni o‘zgartirib oxirida tovar sifatiga ega bo‘lgan yangi xom-ashyo yoki mahsulot (yarim tayyor mahsulot, hosil, mashina, maishiy predmetlar yoki kiyim-bosh) oladi. Olingan mahsulot shakl, og‘irlik, hajm va boshqalarga ega bo‘lib, uni narh sifatlarini aniqlashni osonlashtiradi.
Xizmat sohasidagi mehnat ko‘p hollarda boshqacha tavsifga ega. Bu erda ishchi eng avvalo odam, uni ehtiyojlari va hohishlari bilan ish ko‘radi. Xizmatlar o‘rab turgan dunyoda, odamni qiyofasida yoki uni ongida ma’lum o‘zgarishlarni sodir etsada, ammo bu o‘zgarishlar yaqqol seziluvchan predmet – moddiy xarakterga ega bo‘lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat qilyotgan vaziyat, ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi.
Servis xizmatchisi xizmatni amalga oshira turib, aniq narsalarni o‘ta nozik xususiyatlari, ijtimoiy aloqalar, odamlarni psixologiyasi va ongi bilan ish ko‘radi. Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri ob’ektiv sifati(strukturasi)ga ko‘ra murakkab bo‘lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
SHunga qaramasdan xizmat bilan bog‘liq mehnat o‘zini bozor narxiga ega. Servis faoliyatini ko‘rsatkichlari milliy statistikani, to‘laqonli komponentni deb tan olingan.
Servis faoliyatiga o‘ziga xos xususiyatlar bag‘ishlovchi xizmatlar belgilari:
xizmat ko‘rsatish jarayoni shunday faoliyatki, unda ishlab chiqaruvchi va iste’molchini sheriklik o‘zaro ta’siri xos; ushbu faoliyat natijasi sifatida xizmat iste’molchisi uchun muhim bo‘lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to‘laydi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar sezilmaydigan, nomoddiy xarakterga ega, ammo xizmatlarni amalga oshirish uchun material resurslar, moddalar, texnika, maxsus jihozlar zarur bo‘ladi;
xizmatlar ular ko‘rsatilgunga qadar mavjud bo‘lmaydi, ularni saqlash va taxlab qo‘yish mumkin emas. Xizmatlarni ishlab chiqish jarayoni ularni iste’mol qilinishi bilan bir vaqtda kechadi;
iste’molchi ko‘p hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Ammo qator xizmatlarni ishlab chiqish iste’molchini ishtirokisiz boshlanishi mumkin, iste’molchi esa xizmat ko‘rsatishni ma’lum bosqichida paydo bo‘lishi mumkin. Iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida albatta, paydo bo‘lishi kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo‘lmaydi;
xizmat iste’molchisi uni mulkdori bo‘la olmaydi. Ammo bu xizmat
ko‘rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim);
xizmat ko‘rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to‘lanmay turib baholanishi mumkin emas;
aniq xizmat o‘zini iste’mol qiymatiga ma’lum vaqt davomida aynan shu yo‘nalishga ega bo‘ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi.
Bu xususiyatlar xizmatlar va servis faoliyatini ishlab chiqaruvchidan mahorat, hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy faollik bo‘lishini ta’minlaydi.
SHu bilan birga turli xizmatlar bir-biriga nisbatan o‘zaro to‘ldiruvchilik xarakterida bo‘lishadi, busiz servis faoliyati amalga oshmaydi. Misol uchun, metropolitendagi transport xizmatlari doimiy ravishda elektr toki berilishi bilan
(energetiklar xizmati), informatsion xizmatlar, stansiya va o‘tish yo‘llaridagi tozalikni saqlash xizmatlari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, savdo xizmatlarini mavjud bo‘lishi bilan kechadi.
Servis sub’ektlari o‘zaro ta’sir etishib va bir-birlarini faolligini to‘ldirib servis mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig‘indisi sifatida qaraladi:
ushbu xizmat turini ishlab chiqarishga aloqador barcha servis faoliyati sub’ektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo‘shni korxonalar);
mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni
ishi;
xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar.
Qator servis mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy resurslar (sayyohlikda, sanatoriyada) qo‘lda barpo etilgan ob’ektlar (ekskursion xizmat ko‘rsatishda) foydalaniladi va ularsiz odamlarni o‘ziga xos talablarini qondirish mumkin emas.
Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga nisbatan firmada yaratilgan umumiy muhit, aniq ishchilarni kayfiyati, xizmat ko‘rsatish xonasidagi shinamlik) ahamiyati katta bo‘lib, aniq korxonani servis mahsulotini shakllantiradi.
Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni turli yo‘nalishlari va turlarini o‘zaro to‘ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi.
Turli servis mahsulotlari nafaqat tashkilot va firma darjasida, balki tarmoq, region, milliy amaliyot darajasida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, milliy turistik mahsulotni yaratilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |