Italiyaning Turin politexnka universiteti bilan hamkorlik
Toshkent shahridagi Turin politexnka universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 29 apreldagi PQ 1106-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Universitet tarkibida:
Mashinasozlik texnologiyasi;
Energetika;
Sanoat va xo‘jalik qurilish injiniringi va arxitektura;
Sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. O‘quv dasturlari universitetning ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro standartlashtirish tashkilotining ta’lim sifatiga qo‘yilgan talablariga javob beradi. Universitet o‘quv binosi 4 qavatli binodan tashkil topgan bo‘lib, unda o‘quv auditoriyalari, fizika va kimyo lobaratoriyalari, amaliyot darslarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan auditoriyalar mavjud. O‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallari o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari balan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning yuqori darajada bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazi 250 o‘ringa mo‘ljallangan 2 qavali binodan iborat bo‘lib, ARMning 1-qavatida o‘quv zali, davriy matbuot nashrlari va universitet bo‘yicha ma’lumot ayirboshlovchi INFOkiosk mavjud. 2-qavat esa lokal tarmoqqa ulangan universal korporativ ARMning avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT-U) o‘rnatilgan elektron kutubxonadir. Kutubxonaning umumiy fondi 100 ming kitobdan va 40 ming ta elektron darslikdan iborat. Mutaxassislar tayyorlashda msahsus labaratoriyalarning zamon talablariga mos ravishda jixozlanganligi, talabalarning nazariy bilimlari bilan birga amaliy ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Mahsus lobaratoriyalarda mutaxassis fanlardan lobaratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi, talabalar hozirgi zamon talablariga mos texnika va texnologiyalarni va ularning ishlash prinsplarini amaliy jixatdan o‘rganib tajriba sinov darslarida ularni qo‘llaydilar. Mahsus laboratoriya 4 qismdan iborat:
ichki yonuv dvigatellar bo‘limi; -materiallar tarkibini o‘rganish bo‘limi;
mexotronika;
robotino;
bu laboratoriyalarda mashinasozlik texnologiyasi, sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi, qurilish injiiniringi va arxitektura ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zlarining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tadilar. Universitet tarkibida yuqori ilmiy-texnologik jixatdan jixozlangan TEXNOPARK mavjud bo‘lib, u ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.
Texnopark hozirgi kunda zamonning eng qulay va avtomatlash o‘tirilgan stanoklari bilan ta’minlangan bo‘lib, 2 qismdan iborat:
Mashinasozlik texnoparki;
Injenerlik sesmologiya markazidan iborat.
Amerika, G‘arbiy Evropa, Osiyo mamlakatlaridagi Oliy o‘quv muassasalarini moliyalashtirish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida oliy ta’lim muassasasi resurslarini boshqarish – murakkab vazifa. U oliy ta’lim muassasasi aktivlari ko‘rsatkichlari va baholash tamoyillarini ishlab chiqishni, ularni inventarizatsiyalash, moddiy texnika negizini aniq tasavvur etish, oliy o‘quv yurt resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish talab etadi. Faqat davlat tashqi soliq siyosatini hisobga olib byudjetdan tashqari faoliyat yo‘nalishlari va turlari majmuini boshqarib hamda ular bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining cheklangan resurslarini samarali taqsimlab, shuningdek, rag‘batlantiruvchi ish hajmini va markazlashtirilgan fondga qayta investitsiyalash ichki to‘lovlar miqdorini belgilab, oliy ta’lim muassasasi o‘zi tanlagan strategik rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo‘ladi.
Bu hol ta’lim darajasini oshiradi deb faraz qilinadi, chunki talabalar universitetlarga ancha yuqori talablar qo‘yadi, oliy ta’lim muassasalari esa o‘z navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi.
Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o‘z ish haqlari oshishini kutishlari mumkin, butun bunyoda ular ta’lim xarajatlarini moliyalash adolatli va oќilona deb hisoblaydi. O‘rtacha olganda mehnatning ancha yuqori samaradorligini va umuman aholi daromadi ancha yuqori bo‘lishini ta’minlovchi mehnat resurslari ta’lim xarajatlari bir qismini xukumat moliyalashi foydasiga ishonchli dalildir. Amaldagi baxslar xukumat va talabalar (ular ota-onalari)ning adolatli nisbati xususida boradi.
Ko‘pincha G‘arb mamlakatlarida bu nisbatdagi ulush hozirgi vaqtda talabalar hisobidan moliyalashni oshirish, xukumat hisobidan kamaytirish tomon o‘zgarmoqda. Shunday qilib, talabalarni yangi tartibda byudjetdan moliyalash holati yuzaga kelmoqda, bu o‘z navbatida ta’lim xarajatlarini tobora kata qismini byudjetdan qoplashga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |