Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari
Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi.
Xitoy Gʻarbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km2 ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Mongoliya, Nеpal, Pokiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vyеtnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Xitoy tarixi
Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Xitoy tabiati
Bambukzorlar
Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.
Xuanxe (Sariq daryo)
Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642-yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan
Lushan togʻlari Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000-yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan. Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan. Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996-yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998-yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009-yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv. kilometr ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv. kilometr ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv. kilometrga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv. kilometr ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.
2010-yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyadan yuqori boʻlib, dunyoda AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Xitoy potentsial supergohlardan biri hisoblanadi.[3]
Dini[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |