Namangan viloyati Namangan shahridagi 79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Bulatova Feruzaning 6-sinflar uchun adabiyot fanidan dars ishlanmasi.
Darsning mavzusi: Zulfiyaning hayoti va ijodi yuzasidan umumlashtirish darsi.
Darsning maqsadi:
a) ta’jimiy maqsad: o’quvcnijarning Zulfiya hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash, she’rlarini o’qib-o’rganisn asosida snoira kecninmalarini tahlil qijisn;
b) tarbiyaviy maqsad: shoira ijodidan bahramand etish orqali o’quvchilarni insoniylik ruhida tarbiyaiash, ularda jamoa bo’lib ishlash va o’zaro hurmat, madaniyatlilik, qanoatlilik kabi xislatlarni shakillantirish, mehr va sadoqat hissini singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning nutqiy faoliyatini yuksaltirish, tafakkur,iroda, idrok va hissiyotini jilovlashni o’rgatish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: kommunikativ(fikrni og’zaki va yozma tarzda tushunarli va aniqbayon qila olish;o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish; Jismoniy hamkorlikda ishlay olish); axborot bilan ishlash ( axborot manbalaridan(video,audio va boshqalar) foydalana olish); umummadaniy (badiiy matnni yushunish, suhbatdosh dunyoqarashini hurmat qilish, odob qoidalariga rioya qilish)
Darsda foydalaniladigan usullar: taqdimot,”Tayanch signallar”,”Xazinalar sandig’I”,”Klaster”, BBB.
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar,Zulfiyaxonim portireti, shoira foto suratlari tasvirlangan buklet, kompyuter, shoiraning sne’riy to’plamlari, plakat, rag’bat kartochkalari.
Darsning borishi: Mayin musiqa taraladi[“Bahor valsi” kuyi. Sinf o’quvchilari uch guruhga ajratiladi: “Barkamol avlod”, “Ma’naviyat”,”Yuksalish”. Shundan so’ng guruhlar taqdimoti o’tkaziladi
“Barkamol avlod” guruhi: Biz o’z guruhimizni “Barkamol avlod” deb nomladik . Xalqimizning ,Yurtboshimizning ishonchini oqlash – bizning bosh maqsadimiz.
Barkamol avlodmiz , rejalar bisyor,
Vatanni sevamiz tanda jonim bor.
Uni obod qilish yurakda alyor,
Bor bo’lgin, yuksalgin, ey ona – diyor.
“Ma’naviyat” guruhi: Biz guruhimizni “Ma’naviyat”deb nomladik.Chunki yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo’maydi, o’zining ezgu maqsadlariga,albatta,yetadi.
Zero,Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, I’ymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarininig mezonidir.”
“Yuksalish “guruhi taqdimoti: Inson hamisha yuksaklikka tomon intiladi. Uni zabt etish esa hech qachon oson kechmaydi. Maqsadimiz - mashaqatli bo’lsa-da, muvvafaqiyatlarga erishish.
“Yuksalish” guruhi a’zolarimiz,
Yurakda limmo-lim orzular shonli.
Oddiydan boshlaymiz, asta-sekin biz
Yuksalamiz nurli cho’qqilar sari.
So’ng “Tayanch signallar” usulidan foydalanib o’quvchilarga monitorda shoira Zulfiya hayoti va ijodiga oid lavhalar namoyish qilinadi. Ko’rgan lavhalariga tayangan holda guruhlar “Xazinalar sandig’I”dagi savollarga javob beradilar.
Zulfiya qachon va qayerda tug’ilgan? [1915- 1- martda Toshkentda]
Zulfiyaning birinchi she’riy to’plami qanday nomlanadi? [Hayot varaqlari]
Shoira qanday mukofotlar bilan taqdirlangan? [O’zbekiston xalq shoiri, xalqaro Javaharlal Neru mukofoti, “Nilufar” nomli xalqaro mukofot, Bolgariya Xalq Respublikasining “Kiril va Mefodiy” ordeni bilan taqdirlangan.]
Zulfiya ijodiga mansub poemalarni ayting. [“Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari”.]
Yurtimizda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti qachon ta’sis etilgan? [1999-yil 10-iyunda].
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga kimlar sazovor bo’ladi? [Maktab, litsey va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi alohida muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadigan 25 yoshgacha bo’gan iqtidorli qizlar.
Savollarga berilgan javoblar umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan guruh rag’bat kartochkalariga ega bo’ladi.
Keyingi bosqichda guruhlar o’zlariga oldindan topshiriq sifatida berilgan shoira Zulfiyaning hayoti va ijodiga doir to’plab keigan ma’lumotlarni taqdim etishadi.
“Barkamol avlod” guruhining Zulfiya ijodiy faoliyati yuzasidan to’lagan ma’lumotlari:
Zulfiyaning birinchi she’riy to’plami “Hayot varaqlari” 1932- yilda nashr etilgan. Shundan keyin uning “Temiroy”[1934], “She’rlar”, “Qizlar qo’shig’I” [1939] singari ko’plab she’riy kitoblari va turkumlari chop etildi.
Zulfiya “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Fajak’, “Bahor keldi seni so’roqlab:, “O’g’irlamang qalamim bir kun”, “Bo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz”, “Og’lim, sira bo’lmaydi urush”, “Mushoira” kabi she’rlar, “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam “, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifidir. Bundan tashqari shoira bolalarga bag’ishlagan turkum she’rlar ham yozdi va 1975-yilda “Lolaqizg’aldoq” nomli to’plamini nashr ettirdi.
Hamid Olimjonning “Semurg’ yoki Parizod va Bunyod” dostoni asosida qo’g’irchoq teatri uchun “Semurg” pyesasini hamda “Zaynab va Omon”opera librettosini yozdi.
“Ma’naviyat” guruhi Zulfiyaning tarjimonlik faoliyati haqida to’plab kelgan ma’lumotlarni taqdim etadi:
Suyukli shoiramiz Zulfiyaning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N.A.Nekrasov, M.Y.Lermontov,V.Inber, Lesya Ukrainka, E. Ognetsvet, M.Voqif kabi iahon adabiyoti namoyondalarining asarlarini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
‘’Yuksalish’’ guruhi shoiraning mehnat faoliyatini yoritib beradi.
.
_1931-1934-yillarda Xotin-qizlar bilim yurtida o’qidi;
-1935-1938-yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot institute aspiranturasida tehsil oldi;
-1938-1940-yillarda Yoshlar va o’smirlar adabiyoti nashriyotida muharrir;
-1941-1950-yillarda O’zbekiston davlat nashriyotida bo’lim mudiri;
-1950-1953-yillarda ‘’O’zbekiston xotin-qizlari’’[‘’Saodat’’] jurnalida bo’lim mudiri;
-1954-1985-yillarda ‘’Saodat’’ jurnalida Bosh muharrir;
-1968-yilda xalqaro Javaharlal Neru mukofotiga sazovor bo’lgan;
-1971-yilda Nilufar nomli xalqaro mukofot bilan taqdirlangan;
-1972-yilda Bolgariya Xalq Respublikasining ‘’Kirill Mefodiy’’ ordeni sohibasi bo’ldi.
Guruhlar tomonidan berilgan ma’lumotlar tinglanib , qo’shimcha ma’lumotlar kiritiladi, o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi hamda eng ko’p ma’lumot to’plagan guruh rag’bat kartochkasiga ega bo’ladi.
Keyingi bosqichda guruhlar darslikda berilgan she’rlarni ifodali o’qib tahlil qiladilar.
‘’Barkamol avlod’’ guruhi Zulfiyaning ‘’O’g’lim , sira bo’lmaydi urush ‘’she’rini ifodaliy o’qib’ tahlil qiladi:
Zulfiya jamoatchilik vakili sifatida 1954- yili Yaponiyaga boradi,Xirosimada bo’ladi. Mudhish atom bombasi oqibatida halok bo’lgan va umr bo’yi majruh bo’lib qolgan minglab kishilar haqida eshitgan shoira termayadro urushining butun dahshatini tasavvur qiladi, uning qalbida urushga ,urushqoq imperializm olamiga qarshi g’azab yanada jo’sh uradi. Bu she’r ana shu kechinmalar asosida yaratilgan.
She’rda ikki avlod- ota va o’g’il taqdiri haqida , otalar va farzandlar haqida so’z boradi; bo’lib o’tgan urush o’g’ilni otadan judo qilib, oiladan ota degan baxtni yulib olgan. Bundan g’azablangan shoira urushga la’natlar o’qiydi:
Urush! Noming o’chsin jahonda,
Hamon bitmas sen slogan alam.
Sen tufayli ko’p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.
Jafokash ona farzandlariga ham onalik, ham otalik qiladi. Endi, o’li ulg’ayib ,o’zi ota bo’lay deb qolganda, uning boshiga yangi urush xavfi soya soladi. Ana shunday holatda ona o’g’lining, barcha o’g’il-qizlarning boshi omon bo’lsin deb, urushga qarshi , tinchlik uchun bong uradi, barcha onalarni , tinchlikning barcha tarafdorlarini tinchlikni qattiq turib himoya qilishga chaqirqdi:
Bas,bas, ezgu onalar qalbi
Yashay olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g’azab , sevgimiz
Tinchlik, deydi butyn xalq bilan.
Ko’krak suti va mehnat bilan
Biz jahonga berganmiz turmush.
Ona qalbi oyoqqa tursa,
O’g’lim , sira bo’lmaydi urush!
Bu she’rdagi ona timsoli urush xavfidan g’azabga kelgan barcha onalarning umumlashgan timsolidir.
‘’Ma’naviyat’’ guruhi Zulfiyaning ‘’Bo’g’lar qiyg’os gulda’’ she’rini ifodaliy oqib, tahlil qiladi:
Bog’lar qiyg’os gulda-yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog’ mehnat-u hosilga vatan,
O’zga ko’rk, o’zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro’y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o’zgasiga ko’rk,
Biri-biri uchun qudrat, himoya…
Shoira Zulfiyaning qalbiga ehtiros va ilhom bag’ishlagan yana bir tuyg’u bu- bahor kelib, bog’-rog’larning qiyg’os gulga kirishi, tevarak-atrofning chamanzorga aylanishi. Muallif gulga burkangan manzarani tasvirlar ekan, uni ramziy ma’noda qo’llaydi.Bir kaft bog’ , ya’ni bir yaxlit manzil- vatanda turlicha bo’y taratuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri o’ziga xos, o’zicha ko’rk, meva-yu hosil beradi. Go’yo har bir daraxt bir-biriga o’xshamaydigan milllat va elatlar. Ularning har birining o’z tarixi, urf-odati, yashash tarzi bor. Lekin ular bitta bo’da, bir maskanda, ya’ni bir Vatanda-O’zbekistonda jam bo’lishgan. Ular bir xalq -O’zbekiston xalqi farzandlari.
“Yuksalish’’ guruhi shoira Zulfiyaning ‘’Men o’tgan umrga’’ she’rini ifodali o’qib, tahlil qilib beradi:
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim.
Tabassum o’rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo’lsa , telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og’ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo’shiq talab unda har saboh.
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim
Hech kimda ko’mayin umrimga o’xshash.
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima bildim,
Shu-da bir yashash.
Ushbu she’r shoira Zulfiyaning matonatli, sabr-bardoshi yanglig’ jaranglaydi. Chunki ayni navqiron yoshida turmush o’rtog’idan ayrilgan shoira o’tayotgan yillarning har kim ham ko’tarishga qodir bo’lmagandardlarini yelkasiga yuklash bilan birga bu yillarni mazmun-mohiyat-la sadoqat, mehnat va ijodning har kimning ham qo’lidan kelavermaydigan ibratli maktabga aylantirdi. Shonli, sharafli hayot yo’lini sarhisob qilib, falsafiy o’ylarga yetaklovchi xulosa chiqardi.
Guruhlar tomonidan aytilgan she’rlar va ularning tanlili o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.Zulfiya she’rlari faqat o’zbek tilida va rus tilida emas, 40dan oshiq qardosh tillarda bolgar, hind, yapon, nemis,fransuz tillarida ham jaranglab kelayotganligi aytib o’tiladi.0 Faol qatnashgan guruh rag’bat kartochkasiga ega bo’ladi.
Shundan so’ng ‘’Klaster’’ usulidan foydalangan holda guruhlar o’zlariga berilgan oq qog’ozga ‘’Zulfiya kim?’’ degan savolga javob yozishadi. Shoira shaxsining eng ko’p qirrasini ochib bergan guruh g’olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |