Zinjantrop (Zinj Sharqiy Afrikaning qad. arabcha nomi va yun. anthropus — odam) — avstralopiteklarga mansub qad. qazilma odamsimon maymun. 3. bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959 y. Oldovay darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga koʻra dastlab Homo urugʻiga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablagʻ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin Z.ning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini koʻrsatdi, shuning uchun uni Boysi jan. odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Z.ning bosh skeleti boʻylab pushtacha oʻtgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga bir oz oʻxshash, kurak va qoziq tishlari nisbatan mayda boʻlgan. Dagʻal oʻsimlik bilan oziklangan. 3. bundan 2 mln. yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi.
Pitekantroplar (yun. pithekos maymun va anthropos — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxminan 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890—92 yillarda golland olimi E.Dyubua Yava o.dagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqogʻi, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973 yilda suyak boʻlaklari, pastki jagʻ, son suyagi parchalari va 20 ga yaqin alohida tishlar to-pilgan. P. bosh miya qopqogʻi shakli va kattaligiga koʻra odam va odamsimon maymun oraligʻida turadi. P.ning miya hajmi 900 sm3 ga yaqin (gorillaniki 500 sm3, hozirgi zamon odamlarida oʻrtacha 1400 sm3). Uning peshonasi nishab boʻlib, shimpanzenikiga oʻxshaydi.
P.ning topilishi antropologiyat. mu-him voqea boʻldi. P. qoʻlda murakkab harakatlar bajarishgan va podapoda boʻlib yashagan. Qoʻlda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, poda-poda boʻlib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga aylangan.[1]
Neandertallar — qadimgi qazilma odamlar, oʻrta paleolit davri odami hisoblanadi. Paleoantroplarning bir guruhi. Neandertal skelet qoldiqlari (bosh miya qutisi, qovurgʻalarning boʻlaklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856-yilda Neandertal vodiysida (Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinidagi neandertal gʻoridan topilgan), shuningdek, Osiyo, Oʻrta Osiyo (qarang: Teshiktosh odami) ning Boysun togʻlaridan va Afrikada topilgan. Neandertal boʻyi uncha baland boʻlmagan (150-160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, peshonasi anchayin turtib chiqqan, son suyagi boldir suyagiga nisbatan kalta boʻlgan. Neandertal bundan 200—35 ming yil avval — vyurm muzligi davrida Gʻarbiy Yevropada, odatda, gʻorlarda va ungurlarda yashab, yirik va mayda hayvonlarni ovlashgan va terib termachilik qilgan, qurollar yasashgan (Mustye madaniyati). Olov yoqishni (tabiy olov), uni saqlash va undan foydalanishni bilishgan, toʻda boʻlib yashashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |