Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 148.5 Kb.
Sana25.01.2017
Hajmi148.5 Kb.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR

NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida

УДК

SAYIDOVA ADOLAT QOSIMJONOVNA
MAVZU: O‘SMIRLARDA EKOLOGIK MUNOSABAT

MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING

PSIHOLOGIK MUAMMOLARI
Ixtisoslik: 5A 140802-«Psixologiya»

magistri akademik darajasini olish uchun

Ilmiy rahbar: psixologiya fanlari

nomzodi, dotsent R.KOMOLOVA.

ANDIJON -2010 YIL.

Dissertatsiya Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Psixologiya kafedrasida bajarilgan.


Ilmiy rahbar: Psixologiya fanlari nomzodi dots K.Rahimova.
Rasmiy taqrizchi: dosent. А.Mamatusupov.

Dissertatsiya himoyasi 2010 yil iyun oyining 26 kuni Davlat Attestatsiyasi Hay’ati yig‘ilishida o‘tkaziladi.


Dissertatsiya bilan Andijon davlat universitetining Pedagogika fakulteti binosida joylashgan kutubxonada tanishish mumkin.




  1. DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI.


Dolzarbligi.
Yigirma birinchi asr boshida tabiat bilan insoniyat o‘rtasidagi munosabatlar tobora keskinlashuvi insoniyatning ekologik ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini oshirdi. Ma’lumki, atrof muhitda sodir bo‘layotgan ekologik o‘zgarishlar tabiiy jarayonlarning ajralmas bo‘lagi bo‘lsada, biroq u ko‘p jihatdan inson faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

Tabiatni muhofaza etish -o‘ta jiddiy, dolzarb, insoniyat taqdirini hal etadigan umumbashariy muammo. Tabiatni muhofaza etish: insoniyatni baxt-saodati, ertangi kuni, kelgusi avlod taqdiri uchun g‘amxo‘rlik qilishdek muhim muammo hisoblanadi. Ekologik muammolar bugungi kunda umumjahon muammosiga aylanar ekan, uni ijtimoiy psixologik jihatdan hal etish ham ijtimoiy, ham umum insoniy muammo hisoblanadi. Shu sababdan ham jahondagi olimlar ekologik muammolarni inson psixikasiga ta’siri, ayniqsa, ta’lim tarbiya jarayonida shaxs psixikasiga ta’siriga alohida e’tibor bermoqdalar.

Shaxsni ekologik bilimlar bilan qurollantirish va tarbiyalash, uning ijtimoiy-psixologik omillar asosida psixologik xususiyatlarining rivojlanishi va ta’lim- tarbiya jarayonidagi axamiyati davlatning bosh strategik masalalaridan biridir. Chunki, shaxsni ma’lum ezgu g‘oyalar, intellektual talablar asosida tarbiyalamay turib har jihatdan kamol topishga qodir jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Zero, bu jarayonda eng avvalo shaxsga psixologik ta’sir etishda ekologik tushunchalar va bilimlarni singdirish, uning mazmun-mohiyati, ayni-paytda ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixologik tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu tadqiqot ishlari hamda boshqa ilmiy-uslubiy adabiyotlarning taxliliga tayangan holda ekologik muammolarni yoshlar psixik rivojlanishiga , shuningdek ekologik munosabat motivlarining o‘smirlik yoshidagi psixologik taraqqiyotini o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Ekologik munosabat motivlari o‘smirlar psixik taraqqiyoti jarayonida ekologik ta’limni tizimli ravishda, ilmiy amaliy jihatdan rivojlantirish asosida tarkib topadi.. O‘smirlar psixik taraqqiyotida ekologik bilimlar mazmunini aniqlab ma’lum bir tizimga keltirish hal etilishi lozim bo‘lgan yirik ilmiy ijtimoiy- psixologik muammoga aylandi.

Ekologik muammolarning o‘smir ruhiyatiga singdirishni dolzarb masalalardan hisoblashda quyidagi jihatlarni asosiy mezonlar deb hisoblash mumkin . Ya’ni,

-Mazkur ekologik bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan tabiiy, ijtimoiy ehtiyojning hisobga olinmaganligi;

-O‘smirlik yoshida ekologik munosabat motivlarini psixologik mexanizmlarini tizimlashtirish zarurligi va bu tizimning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilmaganligi:

-O‘smirlik yoshida ekologik munosabat motivlarini psixik taraqqiyoti uchun bir xil xajmdagi ekologik bilim berish va shu asosda ekologik ong, tafakkur, madaniyatni shakllantirishning ilmiy-metodik shart-sharoitlari hozirgi davr talablari darajasida ishlab chiqilmaganligi;

-O‘smirlarda amaliy ekologik bilim, ko‘nikma va malakalari bilan ekologik madaniyat darajasi o‘rtasidagi nomutanosibliklarni mavjudligi; Tadqiqot mavzusining dolzarbligini yana bir muhim jihati o‘smirlarda - atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy faoliyatga tayyorlash zaruriyati ishlab chiqilmaganligini mavjudligi bilan asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, o‘smirlik yoshida ekologik munosabat motivini psixologik taraqqiyotini o‘rganish va shu munosabat shakllariga (faol-ijobiy, ijobiy, indifferent) qarab unga individual yondashuv usullari hamda tegishli amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish masalasi tadqiqotning asosiy maqsadi xisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining o‘rganilganlik darajasi.
O‘smirlarda ekologik munosabat motivlarini psixik taraqqiyoti masalalarini ijtimoiy psixologiya va ekologik psixologiya fanlari orqali shakllantirish, ularning ekologik tasavvuri va madaniyatini rifojlantirish imkoniyatlarini beradi. O‘smirlik yoshida ekologik munosabat motivlarining psixik taraqqiyoti masalalarini g‘arb va sharq olimlari tomonidan qisman o‘rganilgan bo‘lsada, lekin o‘smirlar psixik rivojlanishidagi asosiy axamiyati va ekologik tarbiyaning psixologik mexanizmlarini aniqlash masalalariga yetarli e’tibor berilmagandir.

O‘smirlarni zaruriy ekologik bilimlar bilan qurollantirib, ularni atrof muhitga ma’suliyatli munosabat qoidalari bilan tanishtirish eng muhim psixologo-pedagogik muammo bo‘lishi bilan bir qatorda, ekologik muammolarni hal etishda o‘smirlarning bevosita ishtiroki ularda ekologik bilim, ko‘nikma va madaniyatni tarkib toptirish eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu muammolar bo‘yicha jahon olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. «Ekologik ta’limning nazariy asoslari xaqida o‘z fikrlarini ifodalash orqali ekologik ta’limni takomillashtirishga o‘z xissasini qo‘shgan rus olimlaridan I.F.Zverev ekologik munosabat motivlarini taraqqiyoti o‘smirlik yoshida ularning tevarak atrofga bo‘lgan munosabatlaridan kelib chiqadi va shu assoda ekologik madaniyat shakllanadi deb ta’kidlaydi.. O‘smirlar uchun o‘ziga xos qiyosiy tipik xarakterga ega bo‘lgan ekologik munosabat motivining ko‘rsatgichlarini tadqiq qilish masalasi alohida ilmiy tadqiqot predmeti sifatida ko‘rib chiqilmagan. Mazkur tadqiqot ishi o‘smir shaxsini o‘rganish va shu asosda uning ekologiyaga munosabatlari hamda ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bog‘liqdir.

Ekologik munosabat motivlari muammosi bo‘yicha turli soha vakillari, jumladan faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar, psixofiziologlar va pedagoglar (B.G.Ananev, G.M.Andreeva, A.A.Bodalev, A.V.Vedenov, A.G.Kovalev, I.S.Kon, V.S.Merlin, I.P.Pavlov, K.K.Platonov, Ye.D.Parigin, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin va boshqalar) o‘z tadqiqot maqsadlariga asoslanib munosabat motivini turli yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot ob’ektiga aylantirganlar va ma’lum darajada munosabat mezonini talqin qilishning nazariy-fundamental asoslarni yaratganlar.

E.G‘.G‘oziev, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, N.S.Safoev, Sh.R.Barotovlarning rahbarligida olib borilgan ilmiy izlanishlarda munosabatning ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatidagi talqinlariga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan.

Shu nuqtai nazardan biz ekologiya muammolarni o‘smirlar psixik taraqqiyotidagi o‘rnini nazariy va amaliy izlanishlar asosida yoritish maqsadida mavzuni “O‘smirlarda ekologik munosabat motivlarining psixologik taraqqiyoti” muammolarini o‘rganish deb tanladik.

Magistrlik dissertatsiyasining predmeti:

O‘smirlarda ekologik munosabat motivlarining psixologik taraqqiyoti va namoyon etilishi.


Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti:

Paxtobod tumani 24-son umumta’lim maktabi va Andijon shaxar 22 son umumta’lim maktabi o‘smirlari. Jami 50 nafar o‘quvchi


Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi:

O‘smirlarda ekologik munosabat motivlarining shakllanishini o‘ziga xos yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni o‘rganish shu asosda tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish..


Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari:

  1. O‘smirlar uchun xarakterli bo‘lgan ekologik munosabat motivini, ijtimoiy-psixologik muammo sifatida tadqiq qilish.

  2. O‘smirlarda ekologik munosabat motivlarining psixologik taraqqiyotini nazariy va amaliy o‘rganish

  3. Munosabat motivatsiyasi va uni ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq qilish uslubini ishlab chiqish.

  4. Munosabat motivatsiyasiga bevosita shaxsga psixik ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash.

  5. O‘smirlar misolida ekologik munosabat motivi ko‘rsatgichlariga baho berish.


Magistrlik dissertatsiyasining metodlari:

    • Kuzatish, individual suhbatlar

    • “O‘quv komponentlarini o‘rganish”metodikasi (Sh.Barotov)

    • “Shaxs yo‘nalganligi” (V.Siskal va M.Kucher)

Magistrlik dissertatsiyasining metodologik asoslari:

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta’limning ustivor yo‘nalish ekanligi haqidagi asosiy g‘oyalar, tadqiqotning me’yoriy bazasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan fikr va g‘oyalar, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», boshqaruv organlarining me’yoriy xujjatlari, Respublika Konstitutsiyasi, «Bola huquqlari konvensiyasi», «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘simliklarni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonunlar; inson kamolotiga oid Sharq ijtimoiy, ma’naviy merosi; Ilg‘or ilmiy psixologiya fanida shaxs ijtimoiy taraqqiyoti bo‘yicha yaratilgan umumiy qonuniyatlar, konsepsiyalar, shuningdek, shaxsga individual yondashuv prinsiplari (B.M.Teplov, E.A.Golubeva, B.R.Qodirov, E.G‘. G‘oziev va boshqalar). Shaxs va munosabat mutanosibligi prinsiplari (T.Liri, S.L.Rubinshteyn, B.S.Merlin va boshqalar), buyuk ajdodlarimizning ta’lim- tarbiya to‘g‘risidagi ta’limotlari,.


Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy farazi:

  1. O‘smirlarda Ekologik munosabat motivlarining shakllanishi va dinamikasi o‘ziga xos yosh, individual va ijtimoiy xususiyatlarga bevosita o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

  2. O‘smirlardagi ekologik munosabat motivining shakllanishi, avvalo o‘smir psixikasiga ta’sirini ta’minlashga xizmat qiluvchi va o‘ziga xos ierarxik tizimga ega bo‘lgan o‘quv kompanentlari (hissiy-irodaviy, baholash), shaxs umumiy yo‘nalganligi (o‘z-o‘ziga, muloqotga, faoliyatga ) va tegishli qadriyatlarning qay darajada shakllanganligi bilan belgilanishi va baholanishi mumkin.

  3. O‘smirlarda ekologik munosabat motivini shakllantirish ularning tabiatga munosabatini o‘zgartirish bilan birga, ekologik madaniyatini ham takomillashtirishi mumkin



Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi:

O‘smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy psixologik va pedagogik tizimi ilmiy-metodik jihatdan ilk bor ishlab chiqildi, hamda uning modeli, tarkibiy tuzilmasi aniqlandi;

o‘smirlarda ekologik tushuncha va ko‘nikmalarining bosqichma-bosqich shakllanishi nazariy jihatdan asoslab berildi, samaradorligi amaliyotda sinab ko‘rildi;

o‘qitish bosqichlariga bog‘liq holda ekologik ta’lim tushunchasi va ko‘nikmalarini shakllantirish metodlari ilmiy-metodik jihatdan asoslandi va samaradorligi tekshirib ko‘rildi;

O‘smirlarda ekologik ta’lim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi imkoniyatlari ko‘rsatildi hamda tajriba sinovdan o‘tkazildi.
Magistrlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati:

O‘smirlarda ekologik ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot ishida o‘smirlar ekologik tayyorgarligining tavsifi, murakkabligi va unga qo‘yiladigan didaktik talablarni hisobga olgan holda nazariy darslarda va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning metod va shakllaridan samaraliroq foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tavsiyalardan xalq ta’limi muassasalaridar, malaka oshirish amaliyotida ham foydalanish mumkin. Yaratilgan g‘oya pedagogik psixologiya fani mazmunini boyitadi va rivojlantiradi. Ishlab chiqilgan g‘oya o‘smirlar uchun o‘rinliligi aniqlandi.
Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy natijalarining haqqoniyligi

–Psixologik izlanishning ilmiy-metodik asoslariga, turlicha izlanish usullariga va tajriba sinov yo‘llari bilan tasdiqlanganligi hamda olingan hulosalarning sinovdan o‘tkazilganligi bilan asoslanadi.



Tadqiqot ishi o‘zining uzviyligi va uzluksizligi bilan (2009-2010 yillarda tajribada o‘rganildi) asoslanadi.

Magistrlik dissertatsiyasi tadqiqoti natijalarining amaliyotga tadbiq qilinishi

Tadqiqot davomida olingan asosiy natijalar 2009 yilda o‘tkazilgan ilmiy amaliy anjumanlarda, Andijon viloyati paxtobot tumani maktab o‘smirlarini kasbga tayyorlash markazi yig‘ilishida (2010) Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda, kafedra yig‘ilishida ma’ruza qilindi va muhokama etildi. Tadqiqot natijalari tavsiyalarda o‘z aksini topgan va viloyat ta’lim markazi amaliyotida keng qo‘llanilishi rejalashtirilgan..


Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:

1. O‘smirlarda ekologik munosabat motivini psixologik taraqqiyotining nazariy asoslari.

2 O‘smirlarga beriladigan ekologik bilimlar mazmuni, metodikasi, shakl va vositalari.

Z. O‘smirlarda ekologik bilimlarni shakllanganlik darajasi va uni aniqlash mezonlari.

4. O‘smirlarning ekologik munosabat motivlarini shakllantirishni ta’lim jarayonida tayyorlashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar.
Magistrlik dissertatsiyaning tuzilishi .

Dissertatsiya kirish, 3 bob, umumiy xulosalar va tavsiyalar; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.



Magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni

Psixologiyaning tadbiqiy jihatlari xalq ta’limi tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport, oila, sport qo‘mitasi singari tashkilotlarda o‘z ifodasini topmoqdaki bevosita bu jarayonlar asosida o‘smirlar psixologiyasi va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillarni o‘rganish, o‘smirlarda ekologik munosabat motivlarining taraqqiyotini keng yoritish va shunga asosian ilmiy tavsiyalar, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish muxim vazifalardan xisoblanmoqda..

Huddi shu maqsad mohiyatiga ko‘ra, Ekopsixologiya bo‘yicha o‘smirlar ongiga ekologik tushunchalarni singdirish va ularning ekologik munosabat motivlarini taraqqi ettirish, uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko‘nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qolmoqda. Buning uchun barcha o‘quv muassasalarida ekologik muammolarni yorituvchi tadbirlar tashkil etish va ayniqsa o‘smirlik davrida ekologik bilim, ko‘nikma, va malakalarni shakllantirishda ilg‘or jahon amaliyotidan foydalanish, ekopsixologik, hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab chiqish, o‘smir shaxsiga ta’sir o‘tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiq.

Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonda ekologik munosabat motivlari muammosining dolzarbligi quyidagi jihatlar bilan ham belgilanadi:

-"dastavval, shuni ta’kidlash kerakki, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy taraqqiyot topgan demokratik davlatlar talablarga javob bera olmasligi ko‘p joylarda yaqqol ko‘rinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan islohat, yangilanish jarayonlari, talablari bilan yaqindan bog‘langanligi har tomonlama sezilmoqda".1

Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta’lim muassasalarda, mehnat jamolarda bo‘lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq ekopsixologik bilimlarning ilmiy tashkiliy jihatlariga va ayniqsa, ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda tanqisligi;

- ijtimoiy psixologiya, etnospixologiya fanlarida bugungi psixologik xizmat ko‘rsatish jarayoni amalga oshirilib kelsada va ayni paytda, O‘zbekistonlik psixolog-olimlar tomonidan ilg‘or psixologiya ilmining hayotga amaliyotga tadbiqiga oid qator yakunlangan tadqiqotlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi psixologik xizmat samaradorligini alohida tadbiq qilinmaganligi; ta’lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o‘quvchi va ishchi-xodimlar muvoffaqiyatli faoliyatini ta’minlashdagi ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarni o‘rganish va kamol toptirish bilan bog‘liq bugungi O‘zbekistonning o‘z istiqlol va istiqbol yo‘li, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talabalariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin.

Dissertatsiya 3 bob, 8 bo‘lim, xulosa, tavsiya ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.



Birinchi bobO‘smirlik davrida ekologik munosabat motivlarini shakllantirishning psihologik muammolari o’rganish”deb nomlanib unda asosan Ekopsixologik bilimlarning metadologik asosi, Ekologik munosabat motivlarining psixologik xususiyatlari, munosabat motivlarining mazmun-mohiyati, o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari yoritilgan.

Ikkinchi bobO‘smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari”deb belgilab olingan. O‘smirlar psixik rivojlanishida ekologik madaniyat tushunchalarining o‘rni, o‘smir faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim tarbiya jarayonida va o‘smirni shaxsining psixologik xususiyatlarini ochib berishga harakat qilingan.

Uchinchi bobO‘smirlik yoshida ekologik madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik samaradorligi.” deb nomlanib o‘smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va munosabat motivlarining taraqqiyotini tashkil etishning psixologik mazmunini eksperimental tadqiq etilishi va natijalarning umumiy taxlili yoritilgan.Shuningdek , o‘smirlarning psixologik xususiyatlari o‘rganilgan.

Dunyo mamlakatlari amaliyotida ekopsixologik bilimlarni targ‘ibot tashviqot qilishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, mazmuni, tarkibiy qismlari to‘g‘risida muhokama qilinayotganida, uning ijtimoiy turmushning barcha jabhalariga oid faoliyat turlariga ta’luqli tomonlari qamrab olinishi nazarda tutilgan edi. Shu o‘rinda ekopsixologik ta’sir etishni o‘smirlik yoshi davrida alohida axamiyat kasb etishiga diqqatini karatadilar.

O‘smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik –psixologik faoliyat murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayonni tashkil etishda ijtimoiy institutlar (oila - maktab -mahalla - davlat - jamiyat) ning hamkorligini yuksaltirishni taqozo etadi. O‘smirlarda ekologik madaniyat ko‘nikmalari uzluksiz va dinamik ravishda shakllantirilgandagina muammo o‘z ijobiy yechimini topa oladi.O‘smirlar o‘rtasida ekologik ta’lim-tarbiyani nazariy jihatdan targ‘ib etish, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadqiqotchilik faoliyatini samarali tashkil etishda olib boriladigan faoliyatning umumiy modelini yaratish muhim ilmiy - pedagogik muammo hisoblanadi. Shu boisdan, tadqiqotning navbatdagi bandida ana shu model haqida fikr yuritiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta’lim muassasalarda, mehnat jamolarda bo‘lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq psixologik xizmatning ilmiy tashkiliy jihatlarga va ayniqsa, ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarni tadqiq qilishga oid maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda tanqisligi; ijtimoiy psixologiya, etnospixologiya fanlarida bugungi psixologik xizmat ko‘rsatish jarayoni amalga oshirilib kelsada va ayni paytda, O‘zbekistonlik psixolog-olimlar tomonidan ilg‘or psixologiya ilmining hayotga amaliyotga tadbiqiga oid qator yakunlangan tadqiqotlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi psixologik xizmat samaradorligini alohida tadbiq qilinmaganligi; ta’lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o‘quvchi va ishchi-xodimlar muvoffaqiyatli faoliyatini ta’minlashdagi ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarni o‘rganish va kamol toptirish bilan bog‘liq bugungi O‘zbekistonning o‘z istiqlol va istiqbol yo‘li, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talabalariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin.






Dars jarayonida ta’lim hamda sinf va maktabdan tashqari ekologik faoliyat mazmunini belgilangan holda borishi o‘smirlar tomonidan ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarning tarkib topishi hamda o‘smirlarning bu boradagi ekologik faolliklarii ta’minlashga olib keldi. Ana shu hol o‘smirlarda ekologik munosabat motivlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Ularning ekologik bilim darajasi umumlashgan holda quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan

Faoliyast turi.

guruxlar

Tekshiriluvchilsr soni

Ekologik bilimlarni o‘zlashtirish darajasi

o‘smirlar tomonidan ekologik bilimlarning o‘zlashtirish darajasi

o‘smirlari tomonidan ekologik bilimlarni tadqiqotdan oldin o‘zlashtirish darajasi % hisobida ko‘rsatilgan







Quyi

o‘rta

yuqori

Nazorat

25

30%

44 %

54 %

Tadqiqot

25

31%

46%

58 %

o‘smirlar tomonidan ekologik bilivlarini tadqiqotdan so‘nggi darajasi keltirilgan

Nazorat

25

51%

48 %

56 %

Tadqiqot

25

50 %

48%

58 %

o‘smirlarning ekologik faoliyat olib borishi darajasini ham aniqlashga urinildi. Bu hol esa dalillar asosida quyidagi ko‘rinishni namoyon etdi



o‘smirlar tomonidan ekologik faoliyatni tashkil etishning tadqiqotdan oldingi darajas

Nazorat


25

35%

24%

50%

Tadqiqot

25

30%

23%

52%

o‘smirlar tomonidan ekologik faoliyatni tashkil etishning tadqiqotdan so‘nggi darajasi

Nazorat

25

47%

43%

51%

Tadqiqot

25

43%

44%

63%

Ta’limni tashkil etish jarayonida o‘smirlarda ekologik munosabat motivini shakllantirish, ularda amaliy ekologik ko‘nikma va malakalarni xosil qilish, shuningdek, ekologik munosabatni qaror toptirish ularning keng qo‘lamida ekologik faoliyatga jalb etish yo‘li bilan ijobiy hal etilishi mumkin. Shu bois tadqiqot-sinov maktablarida o‘smirlarni ekologik faoliyatga tortish ishlarining olib borilishiga alohida ahamiyat qaratdik. Samarali natija bera olgan bu urinish borasidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:




Maktablar

Tekshiriluvchilar soni -50 ta

Tadqiqot avvalida

Tadqiqot so‘nggida

Oraliq farqi

h -50

nafar

%

nafar

foiz

foiz

1

24-maktab

25

35%

25

68.%

33.%

2

22-maktab

25

30.%

25

56.%

35.%

XULOSA

1.Insoniyat o‘zining moddiy ehtiyojlarini qondira borib, o‘zining ma’naviy dunyosini, jumladan, atrof muhitga bo‘lgan munosabatlarini ongli ravishda, reja asosida amalga oshirish zarur.

2. Bu borada umumiy o‘rta ta’limni tamomlayotgan o‘smirlarni tabiatni muhofaza qilish qonuniyatlari bilan uzluksiz ravishda tanishtirib borish davlat ahamiyatiga molik, shuningdek pedagogika fani oldida turgan asosiy muammolardan biri.

3. Hozirgi vaqtda umum o‘rta ta’lim maktablarida ekologik madaniyat, ekologik ma’naviyatga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi sababli jamiyatimiz ijtimoiy buyurtmasi va ta’lim tizimi o‘rtasida ma’lum ziddiyatlar paydo bo‘lmoqda:

4. maktabni bitarayotgan o‘smirlarni zamonaviy talablar asosida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy faoliyatga tayyorlash zarururiyati va bu ehtiyojni umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoni qanoatlantirmayotganiligi.

5.O‘smirlarda atrof muhitni muhofaza qilishga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda asosiy e’tibor tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri muammolariga tabiat zahiralarini qo‘riqlashga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanishga qaratiladi.

6.Ekologik madaniyat tushunchasi «o‘smirlarda tabiatning mavjudligi va rivojlanishi, uning zahiralari jamiyat mavjudligini zaruriy sharti ekanligi haqida ilmiy qarashlarni maqsadga muvofiq holda shakllantirish jarayoni» sifatida aniqlanadi.

7.Milliy istiqlol g‘oyasi va madaniyat asoslarini o‘qitishda shakllantirish mumkin bo‘lgan ekologik madaniyatning pedagogik tizimi ishlab chiqildi va nazariy jihatdan aooslab berildi. Bu tizim o‘smirlarda atrof muhitni muhofaza qilishga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadiga mos holda pedagogik ta’sir etish sifatini oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq metodlar, jarayonlar va vositalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

O‘smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirish muammosining amaliy asoslarini o‘rganish quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatdi:

1. Fan asoslari mazmunini o‘smirlarda ekologik bilimlarni tarkib toptirishga oid bilimlar bilan boyitish.

2. O‘qituvchilarning ekologik xulq-atvor, madaniyat, ahloqiy tarbiyaga oid bilimlarini boyitish va o‘smirlarda ekologik madaniyatni shakplantirishga yo‘naltirilgan metodlar bilan qurollantirishni davr taqozo etmoqda
TAVSIYALAR.


  1. O‘smirlar psixik taraqqiyoti o‘ziga xos xarakter kasb etilganligi sababli ularga ekologik bilimlarni ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarasosida singdirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  2. O‘smirlik yoshida ekologik munosabat motivlarini shakllantirishning o‘ziga xos modelini yaratish orqali ularda ekologik madaniyatni takomillashtirishga erishi mumkin.

  3. Maktab va kasb xunar kollejlari ta’limida ekologik ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va bugungi muammolardan

  4. kelib chiqb tuzish maqsadga muvofiq

  5. Ekologik muammolarni butun jaxon global muammosi sifatida o‘rganilar ekan, o‘smirlarda ekologik munosabat motivlarini shakllantirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va sinov tariqasida amlda qo‘llash ishlarini tashkil etish zarur.

  6. Ta’limda ekologik muammolarni yoshlar ongiga singdirish va uni mazmun jixatdan boyitish maqsadida zamonaviy pedagogik usullardan kengroq qo‘llash lozim.

  7. Bugungi kun talabidan kelib chiqib o‘smirlar tarbiyasida o‘zaro hamkolik faoliyatini takomillashtirish, ularning ongiga salbiy xolatlarning moxiyatini singdirishni, giyohvandlik, OITS ichkilikbozlik, tabiatga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishning zararli tomonlarini to‘la anglab yetish imkoniyatini beruvchi amaliy mashg‘ulotlarni saviyasini oshirish zarur.

  8. O‘smirlarning ekologik tushunchalar xaqidagi biiim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish kerak.

Rezyume

Oporno`e leksika: natsionalnaya ideya, ekopsixologicheskiy znaniya, razvitiya ekomotivatsionnnio` otnoshenii, psixologicheskiy osobennosti podrostkov, sovershenniy chelovek, integratsiya, problemo` sovremennoy integratsii ekologii , ekopsixologicheskiy relizie.



Ob’ekt issledovaniya

Schitayutsya 5-6-7 klasso` obheobrazovatelno`x shkol,.



Tsel issledovaniya

Sostoit iz eksperimentalnix nablyudeniy ekopsixologichesko`y otnoshenii podrostkov, osobo obhestvenno`x faktorov sredi uchenikov, issledovaniya menyayuhegosya vliyaniya na ideologicheskaya predstavlenie uchahixsya.



Metodo` issledovaniya

-izuchenie neobxodimo`x dokumentov, osveshayushix znachenie obrazovaniya i metodicheskix literatur na temu psixologicheskix, pedagogicheskix issledovaniy. Analiz, nablyudenie, beseda, opit peredovo`x psixologicheskix eksperimentov i ih izuchenie i obobshenie, matematicheskaya statistika.



Poluchenno`e rezultati i ix novshestva

Nauchnaya tsennost issledovaniya i novshestva zaklyuchaetsya:

Nablyudalos vliyanie selevo`x ideologicheskix meropriyatiy sredi molodyoji i deystvuyuhix sredstv na ix psixiku kak vliyayuhix mexanizm na sotsialno – psixologicheskoe predstavlenie i izuchalos ix izmenenie v nauchno`x issledovaniyax. I izuchali formirovanie I razvitiy motivi ekologicheskih obobsheniy u podrostkov

Prakticheskoe znachenie

Sobranno`e v nyom nauchno`e svedeniya, vo`vodo` i rekomendatsii budut nauchnoy osnovoy provodimoy prosvetitelskogo – obheobrozovatelnoyi vospitatelnoy raboto` dlya povo`sheniya urovnya ekologicheskoy znaniy sredi molodyoji.



Provedeniya eksperimenta issledovaniya

Issledovaniya provodilis v shkole paxtabadskiy rayona. №7 shkole № 34 Andijana. Primenenie: mojno ispolzovat v narodnom obrazovanii, v sostavlenii metod i broshyur, prednaznachenno`x dlya provedeniya urokov ekopsixologii.


The summary

Basic lexicon: national idea, national features perfect man, integration, problem of modern integration.



Object of research

4-5-6 classes of comprehensive schools,



The purpose of research

Consists of experimental supervision of national traditions of the Uzbek people, especially public factors among the schoolboys of the senior classes, research of varying influence on ideological representation of the pupils.


Methods of research

Study of the necessary documents illuminating meaning(importance) of education and the methodical literatures on a theme of philosophical, psychological, pedagogical researches. The analysis, supervision, conversation, experience of advanced psychological experiments both their study and generalization, mathematical statistics.


The received results and their innovations

The scientific value of research and innovation consists:

The influence of target ideological measures among youth and working means for their mentality as influencing the mechanism on socially - ideological representation was observed and their change in scientific researches was studied.
Practical meaning (importance)

The scientific items of information, assembled in him, conclusions and recommendations will be a scientific basis spent educational - ideological job for increase of a level of knowledge among youth.


Realizations of experiment of research

The researches were spent in the specialized school ? 6 pahtaobad

Application: it is possible to use in national education, in drawing up a method and brochures intended for realization of lessons of the psychologists.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: 1992.-65 6. ■A. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barkarorlik shartlari va taravdiyot kafolatlari. - T.: 1997, - 326 b.

2 Karimov I.A. Bizdan obod va ozod Vatan qolsin. II tom. O‘zbekiston, 1996-1386.

3 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: 1999,- 446.

4 Karimov I.A. Turkiston umumiy uyimiz. -T.: 1995.-46 b.

5 Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod. siyosat, mafkura. - T.: «O‘zbekiston», 1996.

6 O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi. - T.: Adolat, 1998-81 b.

7 O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi «onuni, 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. «Barkamol avlod - O‘zbeknston» taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997,- 20 - 296.

8. Allayarov M. Ekologicheskoe obrazovanie i duxovnost. Ekologicheskiy vestnik - 20001. N.5-6/ s/29

9. Baratov Sh. -Tabiatni muhofaza qilish, -T.: 1991, - 245 b.

10. Bannikov A.G. Vakulin A.A., Rustamov A.K. osnovm ekologii okrujayuvdey sredi. M.: Kolos, 1999, - 304 s.

11. Vernadskiy V.I. Biosfera. - M: Mmsl, 1967 — 367.

12. Govard A.D., Remeon N.Geologiya oxrana okrujayushey sred]. L, 1982, -s.583.

13. Gorelov A.A. Ekologiya nauka o modelirovanii. - M: Nauka, 1985, - s.205.

14. Zverev I.D. Ekoglasnost i obrazovanie. Sovetskaya pedagogika. - 1991-№1 s.I.

15. 3iyomuxamedov B. Ekologiya va ma’naviyat. - T.: - 1997.

16. Ziyomuxamedov B. Ekologiya: tarix, nazariya va xozirgi zamon. - T., «Mehnat». 1990.

17.Ibadullasva M.M. Estetiko-ekologicheskoe vospitanie podrostkov na fakultativnnx zanyatiyax po izucheniyu jivotnogo mira Uzbekistana: Avtorsf. kand. ped.nauk -T., 1995-19 s

18 Inson va tabiat. G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2003-111 b.

19. Imomga:mrov M.M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Sharq. -T. 1998.-239 6

20. Qurbonov M. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy - pedagogik asoslari. Ped. fan.dok.dis. T.: 1998, 3166.

21. Knorre B.B. Formirovanie fundamentalngx ponyatiy ekologii pri izuchenii kursa fiziki v starshix klassax srodney shkolm. Avtoref. diss kand.ped.nauk. - M„ 1987. - s.20.

22. Kuznetsov G.L. Ekologiya i buduvdee: Analiz filosofskix osnovaniy globalnnx prognozov. - M: MGU., 1998.- s.160.

23. Maxmudova Sh. Ekologicheskiy faktor i predposnlki formirovaniya zdorovogo pokoleniya. Ekologicheskiy vestnik. - .M°1. - 2001. s 32-33.

24. Mironov A.V. Soderjanie ekologicheskogo obrazovaniya budushego uchitelya. - Kazan, iz-vo Kaz.un-ta, 1989.-220 s.

25. Mirzaev T., G‘ofurov 3. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. -T.: Yangi asr avlodi 2001.-374 6.

26. Nazarova N.S. Oxrana okrujayushey sredn i ekologicheskoe vospitanie studentov. -M: Vgsshaya shkola, 1989.-104 s.

27. Nishanova N.O‘. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘smirlarining ekologik madaniyatini shakllantirish. Avtoref.diss.kand.ped.nauk. -T.: 2001.

28. Noaikov E.A. Chelovek i litosfera. - L.: Nedra. 1976. - s. 153.

29. Odum Yu. Ekologiya -v 2-x t. Mirt.1-328s, t.2-327s.

30. Odum Yu. Osnovn ekologii. M., «Mir» 1975.

31 Organizatsiya i obrazovanie ekologicheskogo kabineta v sredney obsheobrazovatelnoy shkole i spetsialnnx uchebnix zavedeniyax - T: RSO, 1999-53S.

32. Posobie dlya uchiteley po organizatsii ekologicheskogo sorevnovaniya. Donetsk. 2001.-19 s

33. Rasulov J. Zamonaviy tibbiyot bilimlari konsepsiyalari. T., Moliya instituti,2004.160 b.

34. Rafiqov A. Tabiatda ekologik muvozanat. -T.: «Fan», 1990.

35. Rafiqsv A. Geoekologik muammolar. - T., «O‘qituvchi», 1997. 1116.

36. Rasulov M. O‘rta Osiyo tabiatshunoslik fanlari tarixi. T., «O‘qituvchi», 1993.

37 Raxmatullaeva M. O‘smirlarda sinfdan tashqari ishlar jarayonida tabiat estetikasiga qiziqishlarni shakllantirish. Avtoreferat. -T.: 2005.-21 b.

38. Rahmatova X. O‘kuvchilarni sinfdan tashqari ishlar jarayonida ekologik-gigienik tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari. Avtoreferat. - T.: 2005.-23 b.

39. Turdikulov E.A. Ekologicheskoe obrazovanie i vospitanie uchatixsya. -T.: «O‘qituvchi», 1991.-190s.

0. Turdikulov E.O., Turdikulov U.E. «Markaziy Osiyoda ekologik ta’lim taraqqiyoti». -T.: Fan, 2005. 309 b.

41. To‘xtaev A., Xamidov A. Ekologik asoslari va tabiatni muhofaza qilish. - Toshkent, O‘qituvchi, 1994-160 b.

42.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida. ijtimoiy failarni o‘qitishda ekologik ta’lim-tarbiyani oshirishning integrativ daeturi. - T: O‘zbekiston




1






Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik