Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun ?) turkigoʻy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi



Download 18,41 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi18,41 Kb.
#101700
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib


1-javob:

Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkigoʻy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.

YU.X.H.ning "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim", 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. "Shohnoma" kabi mutaqorib vaznida yozilgan va "Turkiy Shohnoma" nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat).

"Qutadgʻu bilig" — 11-asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yu.X.H. uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga "Xos Hojib" ("Eshik ogʻasi") unvonini bergan. Shundan keyin shoir "Yusuf Xos Hojib" nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.

Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.

Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Koʻprulu, Zaki V.Toʻgʻon, Rashid Rahmati Arat v.b. tomonidan nashr va tarjima qilingan. Oʻzbekistonda asarning toʻla matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, Gʻ.Abdurahmonov, B.Toʻxliev v.b. olim tadqiq etgan.

2-javob:

Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy) Ilk turk dostonnavisi Bolasogʻunda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan

Asar muallifining soʻnggi tahriridan oʻtgan va Tavgʻach Bugʻroxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 mis-ra) va sheʼriy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt.

„Qutadgʻu bilig“ning 3 qoʻlyozma nusxasi fanga maʼlum: ulardan biri uygʻur yozuvida koʻchirilgan boʻlib (1439, Hirot), Vena Saroy kutubxonasida saqlanadi; arab yozuvida koʻchirilgan 2 nusxadan biri Qohirada (1896 yil shu yerda topilgan), ikkinchisi (1913 yil Namangandan topilgan va 1925 yil Fitrat tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan) Toshkentda, OʻzFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning ilk nashri H.Vamberi tomonidan amalga oshirilgan (1870). Shundan keyin bu asar V.Radlov (1890; 1910), S.Ye.Malov (1929; 1951), R.R.Arat (1942; 1943; 1947; 1959), Q.Karimov (1971), B.Toʻxliyev (1989), uygʻur olimlari (1984) tomonidan nashr etildi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, chex, turk, uygʻur, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni J.Amade, A.Fitrat, R.Arat, Ye.E.Bertels, H.Vamberi, V.Radlov, S.Malov, A.N. Kono-nov, S.N.Ivanov, D.Nasilov, A.Va-litova, Gʻ.Abdurahmonov, Q.Karimov, B.Toʻxliyev, Q.Sodiqov va boshqa chet el va oʻzbek olimlari oʻrganganlar.

Ad.:Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1976; Oʻlmas obidalar, T., 1989; Toʻxliyev B., Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ asari, T., 1991; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995;Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999: Qayumov A., Ishoqov M., Otaxoʻjayev A., Sodiqov Q., Qadimgi yozma yodgorliklar, T., 2000.

3-javob:


Til va nutq, nutqning yozma va og’zaki shakllari to’g’risidagi qarashlar tilshunoslikning doimiy e’tiborida turadi. Buning haqiqatini Yevropa tilshunoslari XIX yuzyillikka kelib tushunib yetgan bo’lsalar, Sharq, xususan, o’zbek tilshunosligi tarixida bu tushunchalar eskidan bor. Yorqin misolini “Qutadg’u bilig”da kuzatamiz. Yusuf Xos Hojibning til bilimida yozma til va nutq farqlanadi. U yozma tilni bitig so’z deb atagan edi. Qadimgi turkiy tilda bitig – “bitig, yozuv; xat, kitob; yozma hujjat” anglamiga ega. U “yozmoq, bitmak” ma’nosidagi biti- fe’lidan yasalgan. Bitig so’z istilohi “bitilgan so’z; kitobiy so’z; matn”, tilshunoslik tili bilan aytganda, “yozma til, adabiy til” ma’nosini beradi. Mana o’sha istilohining baytdagi misoli:

Balag’at bila xat tengashsa qali,

Edi edgu til bu bitig so’z tili.

(Balog’at bilan xat tenglashsa agar,

Yozma til juda ezgu til bo’ladi.)

“Yozma til fikrni ifodalashning eng yaxshi yo’lidir” deya ta’kidlaydi shoir:

Neku ter eshitkil Ila sir tengi,

Edi edgu yang bu bitig so’z yangi.

(Ila-sir tengi[ya’ni yoshi Ila daryosiday uzun, ko’pni ko’rgan donishmand] bu to’g’rida nima degan, eshitgil:

Yozma til usuli[ya’ni fikrni matnda ifoda etish yo’li] juda yaxshi usuldir.)

Yusuf Xos Hojib “og’zaki til, nutq”ni til so’z yoki tilin so’z deb atagan. Mana o’sha istilohning misoli:

Yo’q ersa bitig bu kishilar ara,

Tilin so’zka kim butgay erdi, ko’r-a.

(Bu kishilar orasida yozuv yo’q ersa,

Og’zaki so’zga kim ham ishongan bo’lar edi, ko’rgin.

4-javob:


Qadimgi turkiy til o`zining leksik xususiyait, so`z boyligi jihatidan ham ajralib turadi. O`rxun-enasoy va uyg`ur yozuvi bilan bitilgan yodnomalar qadimgi turkiy tilning leksikasi, lugaviy qatlamlari ancha boy va shakllanganligidan, ma`lum qolipga kelganligidan guvohlik beradi. Qadimgi turkiy til lug`atida bo`lgan so`zlarning asosiy qismi o`sha davrdagi turkiy urug` va qabilalarning tillari uchun umumiy bo`lgan so`zlar tashkil qiladi. Bu so`zlarning ko`pchiligi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida ham keng iste`molda bo`lgan. Ular ko`pgina hozirgi turkiy adabiy tillarda, jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilida ham ayrim o`zgarishlar bilan qo`llanib kelmoqda: tangri ata (ota), ana, apa, xatin, singil, qiz, o`g`il, (o`g`lon), elchi, suv, koy, sigir, chichkan, kumush, ay, kun, yulduz, bagir, yal, uch, eti, tokuz kabi juda ko`p so`zlar shular jumlasidandir. Bu kabi so`zlar hozirgi barcha turkiy tillar lug`at tarkibining asosiy umumturkiy qatlamini tashkil qiladi.

1. Fonetik xususiyatlar: harqiy Turkiston adabiy til yodgorliklari tilidagi so`zlarda dz tovushi kelsa eski o`zbek adabiy tilida bu tovush e bilan beriladi.

hart maylidagi fe`llarning oxiridagi r tovushi esa o`zbek adabiy tilida yo`qolgan, ya`ni barsarmen, barsarsen, borsarmiz,borsarsiz, borsar,borsarlar tipidagi formalar o`rnida brasam, barsang,barsak, barsangiz, barsang,barsalar tipidagi formalar qo`llangan.

So`z boshida keluvchi b tovushi m tovushiga o`tgan: ben, men, bangu-mangu, bung-mung kabi.

2. Marfologik xususiyatlari kelishiklar soni bir xil emas. M: harqiy Turkiston tilidagi qurol-vosita kelishigi eski o`zbek adabiy tilida qo`llanmaydi. harqiy Turkiston adabiy tilida ko`plik –lar,-ler,- an,en, t affikislari bilan eski o`zbek adabiy tilida, asosan –lar, ler affiksi bilan hosil qilingan.Sifatdosh formalari eski o`zbek tilida ancha qisqargan bo`lib, asosan –gan,gen,mish,-mish-r, affiksli formalar qo`llanadi.

3. Sintaktik xusiyatlari: eski o`zbek tilida arabcha, forscha so`zlarning hajmi bir oz ko`p, shunda ham turkiy til bilan nazm bitish tendensiyasi susaymadi.

Sifat yasovchi – gan, gen affiks – an, en formasida ham uchpaydi. M: kilan – kilgan, alan – algan kabi.

Buyruq fe`lining birinchi shaxs ko`pligi fe`l negizlariga – aling, eleng affiksini qo`shish orqali hosil bo`ladi: baraling, keleing, alaling kabi. Bu forma «Muxabbatnoma»da ham mavjud.

Qadimgi turkiy til o`zining leksik xususiyait, so`z boyligi jihatidan ham ajralib turadi. O`rxun-enasoy va uyg`ur yozuvi bilan bitilgan yodnomalar qadimgi turkiy tilning leksikasi, lugaviy qatlamlari ancha boy va shakllanganligidan, ma`lum qolipga kelganligidan guvohlik beradi. Qadimgi turkiy til lug`atida bo`lgan so`zlarning asosiy qismi o`sha davrdagi turkiy urug` va qabilalarning tillari uchun umumiy bo`lgan so`zlar tashkil qiladi. Bu so`zlarning ko`pchiligi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida ham keng iste`molda bo`lgan. Ular ko`pgina hozirgi turkiy adabiy tillarda, jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilida ham ayrim o`zgarishlar bilan qo`llanib kelmoqda: tangri ata (ota), ana, apa, xatin, singil, qiz, o`g`il, (o`g`lon), elchi, suv, koy, sigir, chichkan, kumush, ay, kun, yulduz, bagir, yal, uch, eti, tokuz kabi juda ko`p so`zlar shular jumlasidandir. Bu kabi so`zlar hozirgi barcha turkiy tillar lug`at tarkibining asosiy umumturkiy qatlamini tashkil qiladi.

5-javob:


Adabiy-tarixiy manbalarning ko`rsatilishicha, eski turkiy adabiy til o`z davriga nisbatan ancha rivojlangan, aniq bir qolpga tushirilgan til edi. U juda katta lug`at boyligiga, ancha taraqqiy etgan so`z yasalishi va grammatik qurilishga, xilma-xil uslubiy vositalar tizimiga ega edi. Muayyan voqea hodisalar ham murakkab mavhum tushunchalar, turli ruhiy kechinmalar ham bu tilda ancha sodda, aniq va jonli tarzda ifoda etilar edi. eski turkiy adabiy tilning boyligi, uning turlicha uslublari va xilma-xil ixcham tasviriy ifoda vositalarining ma`lum qolipga tushishi shundan tarixiy shart-sharoitlar bilan bog`langan ediki, u dastlabki davrlardan boshlab qandaydir birgina turkiy til yoki sheva bilangina chegaralangan edi. Balki ma`lum shevalar negizida shakllanganligiga qaramay, o`z tarkibi jihatdan ham qo`llanish darajasi va doirasi tomonidan ham barcha turkiy qabila va urug`larning umumiy tili sifatida xizmat qilar edi. eski turkiy adabiy til o`sha davrdagi ko`pgina turkiy til va shevalarga juda yaqin bo`lganligi sababli nihoyatda katta hududda keng tarqalgan edi shu hududda yashagan xalqlarning o`zaro aloqa vositasi xizmatini o`tardi.

Yuqoridagilardan ko`rinadiki, o`zbek xalq adabiy tilining tashkil topishi va rivojlanishi ikki iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz bilan bog`liq ravishda davom etadi, ya`ni bir tomondan Qoraxoniylar davlatida qarluq-chigil-uyg`ur tillari asosida shakllangan sharqiy turkiy til bilan bog`langan bo`lsa, ikkinchi tomondan, Xorazm va Oltin O`rdada o`g`iz qipchoq tillari negizida rivojlangan g`arbiy turkiy til bilan bog`lanadi.

Til xususiyatlari nuqtai nazaridan «Qutadg`u bilig» asarida «u» o`rnida «d» qo`llash hodisasi ustun turadi: adak, kodazbedug, budun kabi.

Bedug bilgi birle ukush erdami

Bilglig ukushluk bodun kedemi.

(Bilimi buyuk hunarli ko`p, zakovatli xalqning sarasidir).

Asarda arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan ko`pgina so`z va iboralarning ham ishlatilganligini ko`rish mumkin.

«Qutadg`u bilig» eski turkiy adabiy tilning turlicha uslublarining, tartibga keltirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu asar asosida dastlab turkiy tilning adabiy-badiiy uslubining eng muhim belgisi va xususiyati bo`lgan uning estetik vazifasi, badiiy nafosat, uning ta`sirchanligi va obrazliligi, badiiy zavq berish kabilar bu asarda to`la mujassamlashgan. Unda ijtimoiy hayot, turmushning turli sohalari bilan bog`liq ravishda ijtimoiy nutq uslubiga xos so`z va iboralarning keng ishlatilganligini ko`rish mumkin.

Ukushlug ukar ul, biliglik bilir,

Biligli, ukugli tilakka etar.

Asarda tabiblik, kosiblik, savdogarlik, dehqonchilik kabi sohalar va shu soha kishilariga munosabat bildirish asosida turkiy tilning kasb-hunar, ishlab chiqarishga oid uslubi shakllantirilgan. Jumladan, shoir temirchi, duradgor, bo`yoqchi, uymakor va rassomlar haqida gapirib, sShunday deydi:

Bu dunya etigi bulardin turur,



Ajunda tan ishlar bulardin torur.

(Bu dunyoning go`zalliklari bulardandir, olamdagi hayratomuz ishlar bulardan chiqadi).
Download 18,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish