Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi



Download 0,9 Mb.
Sana07.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#533892
Bog'liq
taqdimot tabiatga oid

Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.

O‘tgan yillar davomida mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-erimizni asrab qolishga o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi

– Ona tabiat. Uning sofligi, tabiiyligini asrab-avaylash va kelajak avlodga butunligicha yetkazish uchun barchamiz mas’ulmiz, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i G‘anisher Ibragimov. – Shu maqsadda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida jami 490 ta reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga oid qonun, qonunosti hujjutlari talablarini buzgan 516 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

O‘ziga xos tabiatli Hisor davlat qo‘riqxonasiga Suv tushar sharsharasi o‘zgacha husn bag‘ishlagan. Qo‘riqxona hududidan boshlanadigan va oqib o‘tadigan soylar, irmoklar, daryolar o‘zining suv o‘zanida turli shakl va ko‘rinishdagi sharsharalar hosil qiladi. Ulardan eng yirigi Suvtushar sharsharasidir. Ushbu sharshara ko‘riqxonaning Miraki bo‘limining Suvtushar soyining boshlanish kismida, dengiz sathidan 2 ming 100 metr balandlikda joylashgan. Sharsharaning balandligi 84 metr bo‘lib, katta qoya toshlar va archazorlar orasida joylashganligi bilan tabiat shaydolarini o‘ziga maftun etadi. Ushbu sharshara Hisor tog‘ tizmasining 4 metr balandlikdagi Osmontalash qorli qoyalaridan paydo bo‘lgan suvlar hisobiga hosil bo‘ladi. O‘ziga xos ajib bir kuyni chalib, sohibjamolning uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning shiddatli oqimi ushbu sharshara suvini ko‘pirtirib, oppoq holatga olib keladi. Shuning uchun maxalliy aholi orasida gohida uni Suttushar sharsharasi ham, deb atashadi.

Tabiatning o‘zi zargarga o‘xshaydi. Uning bag‘ridan unib chiqqan har bir giyoh, har bir daraxt, o‘rmonlar, hayvonot olami o‘ziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl qilinishining oldini olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning burchidir. Chunki, biz yashayotgan hudud musaffoligi, ekologik muvozanat barchamizga birday daxldordir. Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga mehr-muhabbatli bo‘laylik. Oilalarda, mahalla va qishloqlarda ekologik tarbiyani kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar maskani va daraxtzorlarni avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy go‘zalliklarga ziyon yetkazmaslikni odat qilsak, avlodlar kelajagi va xayotning davomiyligi uchun shunchalik ko‘p qayg‘urgan bo’lamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish