Yosh voleybolchilarga dars va trenirovka jarayonida to’pni o’yinga kiritishni o’rgatish. Reja: kirish. Asosiy qism



Download 54,89 Kb.
bet1/8
Sana13.07.2022
Hajmi54,89 Kb.
#785522
  1   2   3   4   5   6   7   8

YOSH VOLEYBOLCHILARGA DARS VA TRENIROVKA JARAYONIDA TO’PNI O’YINGA KIRITISHNI O’RGATISH.


REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM
1. Volebol tarixi.
2. Voleybol hujum texnikasi.
3. Yosh voleybolchilarni jismoniy tayyorlash.
4. Yosh voleybolchilarga trenirovka o’tish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning bugungi salohiyati, uni butunjahon sport harakatida yuksak o‘rinlarga erishib kelayotganligi yurtimiz mustaqilligining asoschisi, taniqli davlat arbobi, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan amalga oshirilgan ulkan islohotlar bilan bog‘liqdir. Ana shu islohotlar, ayniqsa o‘zbek sportini Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalar shoxsupalaridan joy olishiga poydevor yaratuvchi chora-tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirishga urg‘u berib kelayotgan Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ommaviy sportdan professional sport cho‘qqilariga olib chiqishga qodir mutaxassis-kadrlar, o‘qituvchitrenerlar tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu soha davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga joriy etilgan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustu-vor yo‘nalishini amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi”, ijtimoiy va ma’naviyma’rifiy sohada joriy etilgan Prezidentimizning beshta tashabbusi, 2017-yil 3- iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori, 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni va boshqa shu kabi konseptual hujjatlar talablari doirasida shakllanib bormoqda. Lekin, bu borada erishilgan yutuqlar tarix sahifasiga mansubdir.Taraqqiyot “g‘ildiragi” to‘xtab qolmaganidek, sport natijalari ham raqobat ta’sirida o‘smay qolmaydi. Demak, o‘zbek sportining mamlakatimizda va jahon arenalaridagi taqdiri hamda salohiyati bo‘lajak mutaxassis-kadrlarning kasbiy-pedagogik bilimlari va amaliy mahorati bilan belgilanadi. Mazkur darslikning strategik maqsadi jismoniy tarbiya va sport, xususan voleybol bo‘yicha o‘qituvchi-trenerlik kasbini egallash niyatida muvofiq oliy ta’lim maskanlariga o‘qishga kirgan talabani milliy istiqlol g‘oyasi, “O‘zbekiston konstitutsiyasi”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunlar talablari doirasida 4 oilasi, xalqi va yurtiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi, ularga sidqidildan xizmat qiluvchi, mustaqil fikrlovchi, jismonan baquvvat va aqlan teran, yuksak madaniyatli, o‘z kasbiga xos sir-asrorlarni chuqur o‘zlashtirgan, milliy va umumbashariy qadryatlarni e’zozlovchi, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalash hamda unda kasbiy bilim va mahoratni shakllantirishga qaratiladi. Amaliyotga taqdim e’tilayotgan ushbu darslik “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan Farmonga (PF-5368, 05.03.2018) muvofiq “Universitet” maqomiga mos ravishda o‘zgartirilishi munosabati bilan tamomila qayta ishlab chiqilgan va unda ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan yangi bo‘lim hamda boblar o‘z ifodasini topgan. Darslikda muvofiq fan dasturiga asosan “Fanga kirish”, “Voleybol bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchi-trenerga qo‘yiladigan malakaviy talablar”, fanning maqsadi va uning tuzilishi, asosiy atamalar va tushunchalar mohiyati yoritilgan. O‘qituvchi trenerning kasbiy pedagogik funksiyalari, voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, uni O‘zbekistonda shakllanish tarixi, bugungi holati va kelajak istiqboli, o‘yin texnikasi va taktikasi, ularga o‘rgatish, umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish, musobaqa qoidalari, uni tashkil qilish, voleybolga tanlov va turli tayyorgarlik guruhlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, tayyorgarlik turlari – nazariy, jismoniy, texnik, taktik, psixologik va integral tayyorgarlik masalalari muallifning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribasi, shu jumladan Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Belarussiyaning muvofiq Universitetlari tajribalariga asoslangan holda ochib berilgan. Darslikda ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining siklliyligi va davriyligi, yuqori malakali voleybolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish, zamonaviy voleybol taktikasi va strategiyasi, jamoani musobaqaga tayyorlash va uning faoliyatini boshqarish, O‘zbekistonda voleybol taraqqiyotini boshqaruvchi davlat va jamoat organlari, voleybolchi-talabalar tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish mavzulari o‘z ifodasini topgan. Darslikdan joy olgan barcha mavzular muvofiq jadvallar, tasnifiy andozalar bilan asoslangan. Talabalarda nazariy bilimni o‘zlashtirganlik darajasini 5 baholashga mo‘ljallangan nazorat savollari va test topshiriqlari, shu jumladan amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash uchun me’yoriy talablar keltirilgan. Unda “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fanida uchraydigan atamalarning mantiqiy ma’nosini ochib beruvchi glossariy o‘zbek, ingliz va rus tillarida qayd etilgan. Har bir mavzuga doir o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirish uchun asosiy, qo‘shimcha adabiyotlar va internet saytlari ko‘rsatilgan. Muallif darslik bo‘yicha o‘quvchi tomonidan bildirilgan barcha taklif, tavsiya, kamchilik hamda qo‘shimcha ko‘rsatmalar uchun tashakkur izhor qiladi va ularni darslikning keyingi nashrlarida e’tiborga olinishini ta’minlaydi.



Download 54,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish