Yohann Volfgang Gyote hikmatlari



Download 414 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi414 Kb.


Yohann Volfgang Gyote hikmatlari          

Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham - biz uchun amalga oshgan ikkinchi darajali maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.


 
Maqsadga yaqinlashgan sayin mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad sari uzluksiz intilgan holda, o‘z yo‘llarini bosib o‘tishi kerak.

Inson bo‘lish  -  kurashchi bo‘lmoqlikdir.

Tug'ilish o'limga qo'yilgan dastlabki qadamdir

Natija - ishga berilgan baho.

Eng kulgili xohish, - bu barchaga yoqish istagi.

Ishontirish - har qanday ilmning ibtidosi emas, balki intihosidir.

Janjallashayotgan ikki kishining qaysi biri aqlliroq bo‘lsa, o‘sha aybdor.

Hech narsa yo‘qotmaydigan odam bo‘lish - o‘ta dahshatlidir.

Donishmandlik - faqat haqiqatda.

Hayot, garchi u lahza bo‘lsa ham, burchdir.

Bekor o‘tgan umr, bu - barvaqt o‘lim topish demakdir.

Tajribalar - bizning abadiy hayot muallimimiz.

Izlagan odam adashishi mumkin.

Kimki ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘lsa, o‘z oldiga katta talablar qo‘yishi lozim.

Begona yurt Vatan bo‘la olmaydi.

Mukammal san'at asari, bu - inson ruhiy olamining in'ikosidir, u shu ma'noda tabiat farzandi hisoblanadi.

Agar tuturiqsiz narsa did bilan tasvirlangan bo‘lsa, u ham zavq uyg‘otadi, ham nafrat.

Nimaiki o‘ziga jalb etmas ekan, u jonsizdir.

G‘azab uchun dalilning keragi yo‘q. U faqat sabab axtaradi.

Aqlli kishilar-bebaho qomus.

Faol johillikdan dahshatliroq narsa yo‘q.

Kim sabrli bo‘lsa-o‘sha haqdir.

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.

Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunishi mumkinligiga inonmog‘i lozim, aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.

Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir.

Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloji bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.

Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak.

Faqat odamlar orasidagina kishi o‘z-o‘zini anglashga qodir.

Kishining tanho qolishi, ayniqsa, u yakka o‘zi ishlasa, behad yomon; agar u biron-bir narsaga erishmoqchi bo‘lsa, unga hamdardlik va ma'naviy yordam kerak.

Aynan boshqalarning xayrixohligidan bahra topgan holdagina hayot nash'ali bo‘ladi.

Hamisha qahramon bo‘lish mumkin emasdir, lekin hamisha inson bo‘lib qolish mumkin.

O‘zi haqida hukm chiqarishni o‘rganmagan odam boshqalar haqida hukm chiqarolmaydi.

Yaqin kishilarimizga o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar, deya yondashsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur etamiz.

Barcha kamchiliklaridan qat'i nazar, odamlar har narsadan ham ko‘proq mehrga sazovordirlar.

Go‘zallik -har yerda orzu qilingan mehmon.

Benaf yashashdan bevaqt o‘lim afzal.

Kimki kurashsa gar erk va hayot deb, o‘shanga loyiqdir erk ham, hayot ham.

Ayniqsa, vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi.

Hadeb o‘ylayvergan odam hamisha ham to‘g‘ri qarorga kelavermaydi.

Na bo‘ysunishga, na o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun buyruq berishga ehtiyoji yo‘q kishigina chinakam baxtiyor va ulug‘vordir.

Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.

Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi.

Inson o‘z burchini bajarar ekan, o‘zi majburan qilayotgan ishiga ham muhabbat bilan qaraydi.

Qo‘lidan keladigan ishga emas, o‘zi tushunmaydigan ishga qo‘l urgan kishi baxtsizdir.

Hech qanday ishga dabdaba bilan kirishmaslik kerak: tantanavorlik ish tugaganda yarashadi.

Hali yosh ekanmiz, xato ham foydadan xoli emas, faqat uni to qariguncha sudrab yurmasak bo‘lgani.

Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotirangdan ham ayrilasan.

Xursand odamga butun olam quvnoq ko‘rinadi.

O‘zini aqlli ko‘rsatishga uringan ahmoqdan ham xatarliroq kimsa yo‘q.

Kimki o‘zga tillarni bilmasa, o‘z tilini ham yaxshi tushunmaydi.

Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o‘z-o‘zidan kela qoladi.

Muxolifing bilan bahslasha turib, o‘z ojizligingni anglay boshladingmi, bahsni to‘xtat, aks holda, qancha ko‘p gapirganing sayin battar bema'ni ahvolga tushaverasan.

Eng yaxshi san'at asarlarini vaqt-vaqti bilan takror sinchiklab ko‘rib turmoq zarur; ularda ko‘z ilg‘amas teranlik yashiringan bo‘ladi.

O‘rtamiyona kitoblarni keragidan ortiq o‘qib, behuda vaqt sarflaydilar. Aslida hayratlangan narsangnigina o‘qishing lozim.

Hayotga inon, axir u har qanday kitobdan ham yaxshiroq ta'lim beradi-ku.

Mehnatsiz chinakam buyuklik bo‘lishi mumkin emas.

Faqat tajribagina bizni hayot ne'matlarini qadrlashga o‘rgatadi.

Buyuk odamdan biz, avvalo, haqiqatga muhabbatni talab qilamiz.

Davlatingdan ayrilsang - ko‘p narsa yo‘qotasan,

Nomusingdan ayrilsang - ko‘p narsa yo‘qotasan,

Mardligingdan ayrilsang - hamma narsangni yo‘qotasan.

O‘z nomukammalligingni anglashing kamolotga yetaklaydi.

Kimki dunyoda o‘z do‘stlari borligini bilmas ekan, dunyo ham uni bilishi shart emas.

Chinakam maslakdoshlar uzoq vaqt achchiqlashib yurolmaydilar; ular axir bir kun yarashib oladilar.

Ota dunyodan ko‘z yumganda, bolalariga ota o‘rnini bosa oladigan ayol chinakam onadir.

Oshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi.

Ajdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltiruvchi kishi baxtlidir.

O‘zingni o‘z qobiliyatingdan ustun qo‘yishing ham, o‘zingni kamsitishing ham yaramaydi.

Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soladi.

Qo‘rqoq xavf o‘tganidan keyingina do‘q-po‘pisa qiladi.

Kamchiligi, ayniqsa, ruhiy kamchiligi bor kishilar doimo o‘zlari haqida yuqori fikrda bo‘ladilar. Go‘yo saxiy tabiat kimni boshida aqldan qisgan bo‘lsa, o‘sha kamchilikni to‘ldirish uchun manmanlikni qo‘shimcha chora sifatida yuborgandek.

O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin, u - muqarrar narsa.

Nahot muhabbat bilan aql o‘rtasida biron-bir umumiylik bo‘lsa!

Ziddiyat va xushomad bor joyda suhbat qovushmaydi.

Ishqibozlik-qusur yoki fazilatning yuqori darajadagi ko‘rinishidir.

Bizning mayl-havaslarimizni Qaqnus qushga o‘xshatish mumkin. Biri yonib bitsa, shu zahoti kul ichidan yana yangisi chiqib kelaveradi.

Ixtiyoriy bog‘liqlik eng go‘zal holatdir, uni muhabbatsiz qanday tasavvur qilish mumkin?!

San'at qiyin va ezgu ishlar bilan shug‘ullanadi.

Manzilga yaqinlashganing sayin qiyinchiliklar yanada orta boradi.

Eng ingichka soch tolasining ham soyasi bor.

Agar inson tabiatan olijanob bo‘lmaganida, u yer yuzidagi eng ulug‘ mavjudot bo‘la olmas edi.

Kimki o‘z umri intihosini ibtidosi bilan bog‘lay olsa, u eng baxtiyor insondir.





PRIENALIK BIANT

(Miloddan avvalgi VI asr)

Qadimgi yunon faylasufi Biant Yunonistondagi yetti yetakchi faylasufning biri edi.

Biantning ona shahri capkarda Kir lashkarlari tomonidan zabt etiladi. Shahar aholisi eng qimmatbaho buyumlarini olib qocha boshlaydi. Faqat Biantgina hech narsa olmay, bo‘sh qo‘l bilan shahardan chiqib ketadi. Buni ko‘rgan hamshaharlari undan: «Sen nega hech narsa olmading?» — deb so‘rashadi. Shunda Biant: «Hamma narsamni o‘zim bilan olib yuraman», — deb javob beradi.

* * *


Do‘stlaring orasidagi bahsga yechim topishdan ko‘ra, dushmanlaring o‘rtasidagi nizoni hal qilish afzaldir. Chunki do‘stlaring o‘rtasiga tushsang, biri sening dushmaningga aylanadi, dushmanlaring bahsini hal qilsang, ulardan biri senga do‘st bo‘lib qoladi.

* * *


Umring mezonini shunday olki, go‘yoki yashashingga ham oz, ham ko‘p fursat qolgan bo‘lsin.

* * *


Biror ishga qo‘l urishga oshiqma. Qo‘l urdingmi, qat’iy bo‘l.

* * *


Hovliqmasdan so‘zla: shoshilish aqlsizlik belgisi-dir.

* * *


Yomonlar hamma yerda ko‘pchilikni tashkil qiladi.

* * *


Nima mushkul? — Ishning chappa ketishini xotirjam kuzatish.

Inson uchun totli narsa nima? — Umid.

Inson qaysi ishdan zavq oladi? — Foyda olishdan.

Eng yaxshi maslahatchi kim? — Vaqt.

* * *

Baxtsizlikka dosh berolmaydigan odam baxtsizdir.



* * *

Kemada suzib borayotganlar na tiriklar va na o‘liklar qatoriga kiradilar.

* * *

Kuch bilan emas, ishonch bilan zabt et.



* * *

Yoshligingda keksalik uchun donolikni to‘pla. Chunki undan ishonchliroq bisot yo‘q.





Firdavsiy hikmatlaridan


Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,

Nodonga yondashma, bosmasin g‘aflat.

* * *

Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir



. * * *

Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,

Tog‘larni ham oson aylaydi tilka.

* * *


Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,

Qarosin yuqtirar doimo qozon

* * *

Donolar so‘ziga quloq ilmasang,



Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.

* * *


Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,

Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.

* * *

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,



Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.

* * *


Tajribali it barsni tutib yer,

Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.

* * *

Aql ulug‘likka etadi payvand,



Aqlsizning doim oyog‘ida band.

* * *


Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga,

Zamon tashna bo‘lur uning qoniga.

* * *

Birovga sog‘insa har kim yomonlik,



Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik.

* * *


To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,

Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.

* * *

Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,



Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri.

* * *


Gapirmagan gaping ichingda nihon,

Har tomon yoyilar aytganing zamon.

* * *

O’zining aybini bilganda odam,



Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

* * *


O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.

* * *


O’z yovin parvarish qilgan odam xom,

Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

* * *

Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,



Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon.

Maktab, O’qituvchi va O’quvchilar tugrisida



Xalq uchun nondan so'ng eng muhimi maktabdir.

J. DANTON

Bir soatlik ish bir kunlik tushuntiruvdan ko'ra ko'proq narsa beradi, chunki men bolani ustaxonada mashg'ul qilar ekanman, uning qo'llari aqli uchun ishlaydi: u o'zini bor-yo'gi hunarmand hisoblagani holda faylasufga aylanadi.

J. J. RUSSO

Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir; agar kelajakni qo'ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo'lda mustahkam tutmog'ing lozim.

A. BARBYUS

Mehnat jarayoniga asoslangan bilimdan o'tkirroq qurol yo'q.

M. GORKIY

Odamlarning ijtimoiy-madaniy yuksalishi, qachonki qo'l miyani o'rgatgan, so'ngra teranlashgan miya yana qo'lni o'rgatib, miyaning o'sishiga kuchliroq ta'sir ko'rsatgan holdagina normal bo'lishi mumkin.

M. GORKIY

O'quvchini mehnat qilishga o'rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg'unlashishga ko'niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o'rgatki, uning uchun o'z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig'maydigai holat hisoblansin; u mustaqil o'ylamog'i, izlamog'i, o'zini ko'rsatmog'i, o'zining uyg'onmagan qobiliyatlarini rivojlantirmog'i, o'zini sobitli inson qilib yetishtirmog'i lozim.

A. DISTERVEG

O'z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg'ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.

E. XABBARD

O'qituvchi inson ruhining injeneridir.

M. I. KALININ

O'qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi xolos.

V. A. SUXOMLINSKIY

Haq yo'lida kim senga bir harf o'qutmish ranj ila,

Aylamak bo'lmas ado oping haqin yuz ganj ila.

A. NAVOIY

Tarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga bog'lpq.

D. I. PISAREV

Bizga ta'lim berayotgalar haqli ravishda bizning o'qituvchilarimiz deb ataladilar, ammo bizni o'qitayotganlarning har biri ham bu nomga loyiq emas.

I. GYOTE

Tarbiyachi o'z tarbiyalanuvchilarini qanday ko'rishni istasa, avvalo uning o'zi o'shanday bo'lmog'i ozim.

V. I. DAL

Tarbiyasi birovni hayotga tayyorlamog'i uchun avvalo o'zi hayotni chuqur bilmog'i lozim.

L. N. TOLSTOY

Tarbiyalovchining o'zi zehnli, nihotda bosiq, xushfe'l, yuksak axloqiy xislatlarga ega bo'lmog'i kerak.

M. I. DRAGOMANOV

...Tarbiyachining o'zi tarbiyalangan bo'lmog'i zarur.

K. MARKS

Boshqalarni o'qitib, o'zimiz ham o'rganamiz.

SENEKA

Kimki oz bilsa, ozga o'rgatadi.



Ya. KOMENSKIY

O'qitish, ikki barobar o'qish demakdir.

J. JUVER

Birovni o'rgatishing uchun, o'zing o'rganishing uchun lozim bo'lgandan ko'ra ham ko'proq aql kerak.

M. MONTEN

Kimki nasihatga o'tar ekan, o'git tinglovchiga nisbatan o'zini tadbirkor his etmog'i lozim: kichik bir

xatosi ham ishni buzadi.

R. DEKART

Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun nimani o'qitsang — o'shanga, kimni o'qitsang — o'shalarga mehr

qo'ymog'ing zarur.

V. O. KLUCHEVSKIY

Pedagogika faoliyat uchun, birinchidan, tarbiyachi o'z tarbiyalanuvchisini har jihatdan bilishi, ikkinchidan, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasida to'la ishonch bo'lmog'i zarur,

D. I. PISAREV

Muvaffaqiyatli tarbiyannng siri — o'quvchiga hurmatda.

R. EMERSON

Agar odamdan ko'p narsani talab etmasang, ko'p narsani ololmaysan ham.

A. S. MAKARENKO

Tarbiyachi hamisha, tarbiya kuchi shu qadar beqiyoski, undan hech qachon butun borligicha foydalana olmasligiga ishongan bo'lishi kerak.

K. D. USHINSKIY

Tarbiyachi mansabdor to'ra emas; agar u mansabdor to'ra bo'lsa, demak tarbiyachi emas.

K. D. USHINSKIY

Tarbiyachining ma'navyy da-rajasi qanchalik tuban, axloqiy qiyofasi bemaza bo'lsa va u faqat o'z tinchi va oromini o'ylasa, go'yo bolalarning tashvishi taqozo etgan har xil buyruq va taqiqlarni shu qadar ko'i chiqaraveradi.

Ya. KORCHAK

Kimki bolalarni ularning o'zlari o'zlashtira oladigan darajada emas, balki men o'zim istagan darajada o'qitishim zarur, deb hisoblasa, u mutlaqo kaltabindir.

Ya. KOMENSKIY

Inson — istagan suyuqlik bilan to'ldirib qo'yish mumkin bo'lgan bo'sh idish emas.

D. I. PISAREV

Tarbiyadagi eng katta xato, o'ta shoshqaloqlikdir.

J. Sh. RUSSO

Bolalarga o'qitilayotgan darslar ularning yoshiga muvofiq kelmog'i lozim, aks holda, ularda o'zbilarmonlik, o'ziga bino qo'yish, mag'rurlanish kasali xavfi tug'iladi.

I. KANT

Odamlarni hamma narsaga o'rgatishadi-yu, ammo andishaga o'rgatishmaydi, holbuki ular bilimdonlik bilan emas, o'zlari hech qachon o'rganmagan o'sha andishalilik bilan ajralib turishga ko'proq intiladilar.



B. PASKAL

Yomon tarbiya ko'rgan odamni qayta tarbiyalashdan og'irroq narsa yo'q.

Ya. KOMENSKIY

Bir umr cho'tka tegmagan ko'ylakni tezda tozalab bo'lmaganidek, odamni ham birdaniga qayta tarbiyalash mumkin emls.

M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN

Shu narsa ravshanki, turmush uchui foydali bo'lgan predmetlarning beistisno jamini emas, haqiqatan zarurlarini o'rganmoq lozim.

ARASTU

Shunday hayot haqiqatlari mavjudki, ularni siyosiy, huquqlar singari ma'lum yoshdan keyingina o'rgatish mumkin.



A. I. GERTSEN

Aytishlaricha, siyosatdagi eng yaxshi qoida ma'muriyatchilikni oshirib yubormaslikdir. Bu qoida tarbiyaga ham shu daraja-da muvofiq keladi.

JAN POL

Bolalarni o'qitishdagi bosh masala ularga nima o'rgatilayotganligida emas, balki qanday



o'rgatilayotganligidadir. Bolaga yaxshi va mohirona uqtirilgan odatdagi kundalik narsalar uning tushunchasiga mos tugpmaydigan, g'aliz izohlangan yuksak haqiqatlardan ko'ra kelajakda unga yuz karra ko'proq foyda beradi.

N. I. PIROGOV

Qiyin fanlar yo'q, faqat hazm etilishi qiyin bo'lgan fanlargina bor.

A. I. GERTSEN

Qayerdaki bo'lmasin, so'z odamlar o'rtasidagi vositachilik xizmatini o'tar ekan, ayniqsa ta'lim sohasida ortiqcha gapirish ham, gapni to'mtoq tugatish ham nomaqbuldir.

V. O. KLUCHEVSKIY

So'z degan narsa o'qituvchilarga o'z fikrlarining bayoni uchun emas, balki boshqalar tafakkurini uygotish uchun berilgan.

V. O. KLUCHEVSKIY

Noqobil o'qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo'yadi, yaxshisi esa uni topishga o'rgatadi.

V.O. DISTERVEG

Hech bir murabbiy o'zining asosiy vazifasi o'z tarbiyalanuvchilarini aqliy mehnatga o'rgatishdan iboratligini va bu vazifa dars o'qitishdan ham ko'ra muhimroq ekanligini unutmasligi lozim.

K. D. USHINSKIY

Agar o'quvchilarda tashabbuskorlik va faollik rivojlanmas ekan, har qanday bilim jonsizdir; o'quvchilarni faqat fikrlashga emas, istakka ham o'rgatmoq kerak.

N. A. UMOV

Istak uyg'otmaydigan tarbiya qalbni xarob etuvchi tarbiyadir. Tarbiyachi istashga ham o'rgatmog'i zarur.

A. FRANS


O'quvchilar va o'qituvchilarning muvaffaqiyatn uchun bilimning har bir sohasida darsni izohlashda iloji boricha kelgusida o'quvchilar oladigan bilimlarning umumiy va juz'iy ahamiyatini ishonarli asoslash bag'oyat foydalidir.

J. PEYO


Pedagogikani inson haqida emas, balki bola haqidagi ilm hisoblash qo'pol xatolardan biridir.

Ya. KORCHAK

Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.

N. I. PIROGOV

Maktabning maqsadi, tarbiya va faqat tarbiyadir.

I. PESTOLOSSI

Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga etkazadi.

A. SENT-EKZYUPERI

Ma'rifatning maqsadi xarakterni tarbiyalashdan iboratdar.

G. Spenser

Tarbiyaning eng muhim qismi fe'l-atvorni shakllantirishdir.

USHINSKIY

Insonga yaxshi tarbiya-berishning eng muhim asosi uning xarakterini shakllantirishdan iboratdir.

E. TELMAN

Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir.

K. D. USHINSKIY

Chiroyli haykalcha yasab, unga hayot baxsh etmoqlik yaxshi, ammo yosh aqlni ulg'aytirish, yosh

qalbni o'ziga xos shakllantirib, unda adolat tuyg'usini jonlashtirish yanayam yaxshidir.

V. GYUGO

E'tiqod nazariya yo'li bilan singdiriladi, xulq esa namuna ko'rsatish orqali shakllantiriladi.

A. I. GERTSEN

Bilim haqida

Har kim otasi va bobosi ko'rgan va bilganiga qaraganda ko'proq ko'rish va bilishga intilmog'i lozim.

A. P. CHEXOV

Bilimga intilish tuyg'usidan ko'ra tabiiyroq tuyg'u bo'lmasa kerak....

M. MONTEN

Ma'naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to'xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi.

U. JEYMS


Bilim, faqat bilimgina insonni ozod va ulug'vor qiladi.

D. I. PISAREV

Narsalar qanday bo'lmog'i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bi-lish buyuk odamga xos.

D. DIDRO


Sizni ulug'likka undaydigan hech bir narsaga e'tiborsiz bo'lmang.

STENDAL


Bizning ishimiz — o'qish va o'qish, imkoni boricha ko'proq bilimga ega bo'lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo'nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir.

A. P. CHEXOV

Aqlli, bilimli odamlar kerak; insoniyat porloq hayotga yaqinlasha borgan sayin, bunday odamlar aksariyatni tashkil etmaguniga qadar, ularning soni ko'payib boraveradi.

A. P. CHEXOV

Bilmaganni so'rab o'rgangan — olim,

Orlanib so'ramagan — o'ziga zolim.

A. NAVOIY

Oz-ozdan o'rganib dono bo'lur,

Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur.

A. NAVOIY

Yigitlikda yig' ilmning maxzani.

Qarilik chog'i xarj qilgil ani.

A. NAVOIY

O'qish, o'rganishda mardi maydon bo'l! Sening qadr-qimmating — o'z imkoniyatlaringdan to'la foydalanib o'qishingda. Er kishining izzat, sha'ni — tekinxo'r, hamtovoq bo'lmaslikda. Fikr yalqovligidan hazar qil!

V. A. SUXOMLINSKIY

Bilim — kuch, kuch esa bilimdadir.

F. BEKON

Bilim va qudrat — ikkovi egizak.

F. BEKON

Eng dovyurak odam ham toki unda qat'iy e'tiqod yo'q ekan, nomardga aylanishi mumkin.

E. DELAKRUA

Bilim — barcha kulfatlarga qalqon.

A. RUDAKIY

Bilim shunday kuchki, bu kuchga bizni qurshab turgan tabiat inerniyasi qarshi turolmaganidek, eng tosh qotgan yanglishishlar ham dosh berolmaydi.

A. I. GERTSEN

Insonga bilimning zarurligini uqtirish, unga ko'rishning ahamiyatini uqtirish bilan baravardir.

M. GORKIY

Ruhiyat ham tana singari muttasil ozuqlanishsiz yashay olmaslik qonuni izmidadir.

L. VOVENARG

Bilim — biz yashayotgan dunyoning mutlaq qimmatli boyligi. O'qimoq zarur, bilmoq zarur. Bilib bo'lmaydigan narsa yo'q, biz bilib olinmagan narsalar xususidagina gap yuritishimiz mumkin.

M. GORKIY

Bilganlarimizning cheki bor, bilolmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo'q.

LAPLAS

Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on



Shunda bilursankim, ilm bepoyon.

A. FIRDAVSIY

Bilim manbai behad: insoniyat bu yo'lda qanchalik yutuqlarga erishmasin, barcha odamlarning izlanishi, kashfi va bilimi uchun o'rin topiladi.

I. A. GONCHAROV

Inson tushunib bo'lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog'i lozim: aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo'ygan bo'lur edi.

I. GYOTE


Umrning butun ma'nosi mavhumlikni to'xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko'proq bilishga

intilishdir.

E. ZOLYA

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o'zligini ham shunchalik anglaydn.

I. GYOTE

Siz nimani tushunmasangiz, u sizga begona.

I. GYOTE

Bilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.

N. G. CHERNISHEVSKIY

Bilimsizlik — kulfatdan qutulishning yomon vositasi.

SENEKA

Bilmaslik — ulg'aymaslik, harakatsizlik bilan baravar.



M. GORKIY

Bilim insonga hamma yo'lida hamrohdir.

D. GURAMISHVILI

O'z turmushini yaxshilash ehtiyoji aqliy mehnatga intilish zaruriyatini tug'diradi.

N. G. CHERNISHEVSKIY

Bilimga eltuvchi yagona yo'l, bu — faoliyatdir.

B. SHOU

Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so'nsa, u insoniylikdan mahrum bo'ladi.



F. NANSEN

Narsalarga qiziqishing yo'qolsa, xotiringdan ham ayrilasan.

I. GYOTE

Har qanday bilim bizni g'ayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir.

I. ETVES

Uzini tutabilish tugrisida

Hamma g'alabalar o'z ustingdan qozonilgan g'alabadan boshlanadi.

L. M. LEONOV

Haqiqiy buyuklik o'zni tuta bilishdan iborat.

F. LAFONTEN

O'zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne'matlarning biridir.

J. PRENTIS

Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo'lmasdan, o'z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir.

DEMOKRIT


O'z ruhini bo'ysundirgan kishi shaharlarni zabt etgan kishidan ham kuchliroqdir.

E. XEMINGUEY

Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o'zni tutishga harakat qilishdir.

V. GUMBOLT

Qalbning qudratli ustivorligi mislsiz in'omdir. U bor ekan, hayotda hech narsa qo'rqinchli emas.

ARXILOX


O'zini yenga bilgan kishidan ko'ra kuchliroq g'olib yo'q.

G. BIChER

O'zini mardona yenga olish — men uchun har doim ongli inson faxrlansa arziydigan eng buyuk yutuqlardan biridek tuyulib keladi.

P. BOMARSHE

O'zini tuta biladigan kishigina erkindir.

F. SHILLER

Mardlik bilak kuchida va shamshir o'ynatish san'atida

emas, mardlik o'zni tuta bilishda va adolatli bo'lishdadir.

SA'DIY

Inson o'ziga-o'zi bo'ysunishni va o'z qarorlariga itoat qilishni o'rganmog'i kerak.



TSITSERON

Barcha fazilatlar singari o'zni tuta bilish ham mashq orqali rivojlanadi. Kimki katta yoshga otganda o'z ehtiroslarini boshqarishni xohlar ekan, bunga u yoshligidan o'rganmog'i lozim.

G. SPENSER

Qiziqqon odam har doim ham badfe'l bo'lavormaydi. Biroq odam qanchalik shiddatli va tez bo'lsa, u o'zini tutish ko'nikmasiga ham ko'proq ega bo'lishi kerak.

N. V. SHELGUNOV

Insonning tushunmay va o'zini tuta bilmay qolgan payti uning eng yomon holatidir.

M. MONTEN

Ehtiyotkor va sovuqqon bo'ling. Sovuqqonlik otashyuraklik singari zarurdir.

J. LEBBOK

Kurash bor ekan, o'z ustingdan g'alaba qilishing mumkin va u haqiqiy g'alabadir; ruhning kamolati ham jism kamolatidek mashaqqatli.

A. I. GERTSEN

Uyurda kuchli fillar ko'p bo'lishiga qaramay, agar ular esankirab qolishsa, echki suruvidan farq qilmay qoladilar.

B. MUKERJI

Tajanglik va qaysarlikni kuchlilik belgisi, deb hisoblaydiganlar katta xato qiladilar. Jazavaga tushgan odamni hatto olti kishi zo'rg'a ushlab tursa ham, bari bir u kuchsizdir.

T. KARLEYL

Aksari tinch oqar daryolar sershovqin shalolalardan boshlangani bilan, biroq ularning hech biri to dengizgacha o'ynoqlab, ko'pirib borolmaydi. Bu sokinlik ko'z ilg'amas buyuk kuch belgisidir; hissiyotlar va fikrlar toshqinligi, teranligi ham ortiqcha shiddatni taqozo etmaydi.

M. Yu. LERMONTOV

Insonning haqiqiy kuchi uning shiddatida emas, balki sobit osoyishtaligidadir.

L. N. TOLSTOY

Insonning imkoni boricha vaziyatni o'zi ko'proq baholab, iloji boricha vaziyatga o'zi tobe bo'lmasligi, so'zsiz, uning eng buyuk xizmati bo'lib qolaveradi.

I. GYOTE

Harakter SInovi

Falokatga nisbatan har qanday qarshilik ham baxtsizlikdan qutqaravermaydi, biroq har qapday baxtsizlik qarshilik ko'rsatmay irodani yo'qotishdan boshlanadi.

L. M. LEONOV

Achchiq ko'z yoshlari tommaganda hayot qadahi ko'ngilni aynitar darajada chuchmal bo'lardi.

PIFAGOR


Hayot qimorida hammavaqt oshig'i olchi kelaveradigan odam yo'q.

V. PRUS


Har bir kulfatning nimadir davosi ham bor. Puling oz bo'lsa — tashvishing kam. Omading uncha yurishmasa — hasad qiluvchilar ham kam. Hatto yuragimizga qil sig'maydigan paytlarda ham biz ko'ngilsizlikning o'zidan emas, balki tasavvurimizdagi ko'ngilsizlikdan ezilamiz.

SENEKA


Hayot juda og'ir bo'lganda ham yashay bil. Uni foydali qil!

N. OSTROVSKIY

Bardosh bering va kelajak davrlar uchun ham kuchli bo'lib qoling.

VERGILIY


Tanadagi yara kabi qalbdagi yara ham hayot kuchi bilan ichdan tuzaladi.

L.N. TOLSTOY

Baxtsizlik ham qo'rqoqqa o'xshaydi: u qo'rqib qaltirayotganlar ketidan quvadi, o'ziga qarshi dadil kelayotganlardan esa qochadi.

A. JYUVE


Azob chekmaslik insonga xos emas, azobga chidamaslik esa er kishiga yarashmaydi.

SENEKA


Dunyoda hech kim baxtsizlikka mardona bardosh beradigan kishidek hurmatga sazovor bo'lolmaydi.

SENEKA


Nodonlar baxtsizlikka itoat qiladilar va bo'ysunadilar, aqli rasolar esa undan ustun turadilar.

U. IRVING

Eng shafqatsiz to'siqlarni yengib o'tishga jon-jahdi bilan intilish insonni inson qilib turuvchi oliy fazilatdir.

L. BETXOVEN

Buyuk qalb egalari azob-uqubatga botinan bardosh beradilar.

F. SHILLER

Mayda xafagarchiliklar tildagina zohir, chuqur qayg'u esa sukutlidir.

SENEKA


Nomusli kishigina astoydil qayg'u chekadi.

F. GEBBEL

Mard odam pola qilmay dildan azob chekadi, ojiz kimsa esa

azob chekmay turib nola qiladi.

P. BUAST

Kulfatga bardosh berolmaydigan odam baxtsizdir.

BIANT

Haddan tashqari ezilib ta'sirlanish haqiqiy baxtsizlikdir.



K. VEBER

Inson o'zi haqida qanchalik kam o'ylasa, u shunchalik baxtliroqdir.

L. BERNE

Odamlar maqtaydigan narsalari bo'lmasa, o'z baxtsizliklari bilan maqtanadilar.

A. GRAF

Boshiga musibat tushgan odamga siz har doim kam qayg'urayotgandek tuyulaverasiz.



S. Jonson

O'zgartirolmaydigan narsangga o'zingni yerga urmay bardosh ber.

SENEKA

Yuz berishi muqarrar bo'lgan narsadan qo'rqib yig'lash bolalikdir.



V. SHEKSPIR

Yo'qotilgan va buning ustiga bir umr yo'qotilgan narsa to'g'risida qayg'urish befoydadir.

V. SHEKSPIR

Kulfatga tushganda faqat bitta yo'l—

G'amni hech o'ylama, tetik, bardam bo'l.

V. SHEKSPIR

Qutulish mumkin bo'lmagan narsaga bardosh bera bilish kerak.

M. MONTEN

Biz baxt deb ataydigan narsaga ham, baxtsizlik deb ataydigan narsaga ham, ularning har ikkalasiga sinov deb qaraydigan bo'lsak, biz uchun foydalidir.

L. N. TOLSTOY

Baxtsizlikka bardosh berish haddan tashqari omadlilikka bardosh berishchalik qiyin emas: baxtsizlikka bardosh berish sizni chiniqtiradi, keyingisi osa bo'shashtiradi.

S. SEGYUR

Omadyorlik qusurimizni, baxtsizlik esa fazilatlarimizni ochib tashlaydi.

F. BEKON


Taqdir senga g'animlik qilgandagiga qaraganda u senga kulib boqqanda o'zingni tuta bilishing ancha mushkulroqdir.

F. LAROSHFUKO

Kuchli hayotiy larzalar mayda vahimalar jarohatini davolaydi.

BALZAK


Mayda kulfatlar g'azabimizni qo'zg'aydi, kattalari esa aqlimizni joyiga keltiradi. Darz ketgan qo'ng'iroqdan so'nik tovush chiqadi: uni ikkiga bo'lsangiz — yana tiniq ovoz beradi.

JAN POL


Baxtsizliklar g'oyat katta foyda keltiradi, ular qalbni yuksaltiradi, o'z ko'zimiz oldida o'zimizni baland ko'taradi.

A. I. GERTSEN

Baxtsizlik insonni boyitmasa ham unga donolik bag'ishlaydi.

J. REY


Baxtsizlik kishini yumshatadi: o'shanda uning tabiati sezgir va oddiy bo'ladi va odatiy, kundalik holatda turgan, inson tasavvuriga sig'maydigan narsalarni tushunadigan bo'lib qoladi.

N. V. GOGOL

Kitoblardan olinmaydigan donishmandlikni azob-uqubat va g'am-g'ussadan zarralab yig'ib olish bizning qismatimizdir.

N. V. GOGOL

Muhtojlik damlarini unut, lekin ular o'rgatgan saboqni esdan chiqarma.

S. GESNER

Hayot qiyinchiliklarida toblangan odam baxtli va uch karra baxtlidir.

J. FABR


Musibat kishilar va xalqlar xarakteridagi kuchlarni hamma narsadan ham ko'proq ochadi.

N. M. KARAMZIN

Baxtsizlik temirchining bolg'asiga o'xshaydi: ham majaqlaydi, ham toblaydi.

K. BOUVI


Zarurat kishini boshqa paytda aslo erisha olmaydigan narsasiga erishtiradi.

F. FENELON

Durustroq izlasang, har bir holatda ham quvonchli nimadir topiladi.

D. DEFO


Har qanday baxtsizlikning ko'lami uning mohiyati bilan emas, balki bu baxtsizlik insonda qanchalik aks etishi bilan o'lchanadi.

G. SENKEVICh

O'zingni bezovta qilayotgan parsalarga munosabatingpi o'zgartir, ana shunda ular xavfidan xoli bo'lasan.

MARK AVRELIY

Dono odam uchun haddan tashqari xursandlikka berilish ham, ortiqcha g'am-g'ussaga botish ham birdek nomunosibdir.

J. J. RUSSO

Eng uqubatli daqiqalarda ham ruhingni baland tutishga harakat qil.

GORATsIY


Taqdirning bevafoligi mard odam yo'lidagi sinov toshidir. .

T. FULLER

Baxtsizlik xarakterni obdan sinovdan o'tkazadi.

O. BALZAK

Musibat inson hayotining qayrog'idir.

L.N. TOLSTOY

Musibat mardlikka turtki bo'ladi.

SENEKA


Mardlik qarshisida taqdir zarbalari cho't emas.

DEMOKRIT


Baxtsizlik maktabi eng yaxshi maktabdir.

I. G. BELINSKIY

Har qanday sharoitda ham ruhingni tetik tut.

L.N. Tolstoy

Baxtsizlikdagi osoyishtalik a'lo nav dorivordir.

PLAVT


Vaziyatga moslashish va tashqi dahshatlarga qaramasdan osoyishtalikni saqlash eng yuksak insoniy donishmandlikdir.

D. DEFO


Hech qachon azob chekmagan odam emas, balki umidsizlikni boshidan kechirgan va uni yenggan kishi optimistdir.

A. N. SKRYABIN



Vaziyat qanchalik qiyin va og'ir bo'lsa, qat'iylik, faoliyat, jur'at shunchalik zarurligi va hafsalasizlik esa shu qadar zararligini esda tut.

L. N. TOLSTOY



Hech qachon tasavvuringdagi darajada baxtsiz bo'lmaysan.

B. PRUS


Bugungi kuning musibatli bo'lsa, bundan ham og'ir paytlar yuz bergani, ular ham o'tib ketganini o'ylab, ovunishing kerak.

N. M. KARAMZIN

Hech tuganmas baxtsizlik bo'lmaydi, qayg'u-g'amniig umidga nisbatan vahimasi ko'proq.

L. VOVENARG

Umidsizlik bizning eng katta xatolarimizdan biridir.

L. VOVENARG

Har qanday baxtsizlik ham har doim bo'rttirilgan bo'ladi. Uni hamisha yengish mumkin.

A. S. MAKARENKO



Baxtsizlikdan qutulish uchun har doim taqdir darcha qoldiradi.

M. SERVANTES

Og'ir baxtsizlik uzoq cho'zilmaydi, maydalari esa e'tibor berishga arzimaydi.

J. LEBBOK

Baxtsizlik ta'siriga berilma, biroq unga qarshi ikki baravar mardlik bilan peshvoz chiq.

VERGILIY


Har qanday tumanda ham yo'l topsa bo'ladi. Eng muhimi bo'sh kelmaslik va olg'a yurishdir.

R. ROLLAN

Diling kuymasin noumidlik bilan,

Yorug' kun tug'ilgay qaro kechadan.

SA'DIY

Kishi o'zining ayanchli ahvolidai qutulishni jon-dilidan istar ekan, bunday istak natijasiz qolishi mumkin emas.



PETRARKA

Bizni baxtsizlik va ko'ngilsizliklardan asrashga qodir barcha vositalar, agar ular halol bo'lsa, faqat joizgina emas, balki har qanday maqtovga qam sazovordir.

M. MONTEN

Baxtli daqiqada haddan tashqari katta ketmaslik, falokatda esa ishonchni yo'qotmaslik lozim.

KLEOVUL

Iroda sabot-matonat haqida



Har qaysimiz o'z shaxsimizning qadr-qimmatini o'zimiz

zarb qilamiz, inson o'z irodasiga qarab buyuk yoki jo'n bo'ladi.

S. SMAYLS

Faqat halol va beg'araz faoliyatdagina insoniy fazilatlar uchun shart-sharoit mujassam, faqat iroda kuchidagina tanlagan sohamizdagi muvaffaqiyatlarimizga shart-sharoit mavjud.

G. BELINSKIY

Hech narsa o'z-o'zidan, harakat va irodasiz, qurbon va mehnatsiz yuzaga chiqmaydi. Insoniy iroda, birgina qat'iy odam irodasi ham shu qadar buyuk.

A. I. GERTSEN

Agar inson irodasi sof, maqsad sari fidokorona yo'nalgan va o'zida okean quyunini mujassamlashtira olgan bo'lsa, unday iroda ko'p narsaga qodir, u dahshatli kuchga ega, unga deyarli chegara yo'q.

A. I. GERTSEN

Insondagi nafsoniyat, o'zini qaror toptirish uchun sarflangan iroda taqdir ezib tashlamasligi uchun qarshilik ko'rsatishida unga kuch-quvvat beradi.

E. TELMAN

Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy qoidadir.

F. SHILLER

Voqealar oqimi bizning dadil irodamizga va harakatimizga bogliq.

G. UELLS

Jiddiy, teran, haqiqiy iroda eng avvalo maqsadga erishishga ishonch tasavvuri bilan uyg'unlikda ifodalanadi.

I. GYOTE

Bizning shaxsimiz bog', irodamiz esa uning bog'bonidir.

V. SHEKSPIR

Aql iroda yo'lini yoritadi, iroda esa faoliyatni idora qiladi.

Ya. KOMENSKIY

Iroda yo'q joyda yo'l ham yo'q.

B. SHOU

Fikrning ishga aylanishi iroda emasmi!



A. L. BESTUJEV-MARLINSKIY

Iroda iste'dodga nisbatan ko'proq iftixor qilsa arziydi va shunday bo'lishi kerak. Agar iste'dod — tabiiy moyilliklarning o'sib-ulg'ayishi bo'lsa, qat'iy iroda esa — bu iroda itoat ettirib, bostirib turadigan ko'nikmalar, havaslar ustidan, u ongib o'tadigan to'siq va g'ovlar ustidai, u qahramonona bartaraf qiladigan har qanday qiyinchiliklar ustidan har bir daqiqada qo'lga kiritiladigan g'alabadir.

BALZAK


Dadillik va iroda tufayli ko'p hollarda aqli zaifroq odamlar aqllilar ustidan g'olib chiqa oladilar.

U. VYORT


To'g'ri xulq odam bilim yetishmasligiga qaraganda iroda yetishmasligidan ko'proq azob chekadi.

G. SPENSER

Shunday odamlar borki, ular umidsizlangan yoki asabiylashgan holda, o'z ahvollaridan zavqlanadilar, hatto faxrlanadilar. Vu seni pastga olib ketayotgan ot jilovini qo'yib yuborib, yana uni qamchilashing bilan baravardir.

L. N. TOLSTOY

O'zimizni o'zimizga oqlab ko'rsatish uchui biz ko'p hollarda o'zimizni maqsadga erishish uchun kuchimiz stmaganday qilib ishontiramiz, aslida biz kuchsiz emas, irodasizmiz.

F. LAROSHFUKO

Bizda irodaga karaganda kuch ko'p, biz aksari hollarda o'zimizni o'zimizga begunoh ko'rsatish maqsadida ko'p narsalarni o'zimizning imkoniyatlarimizdan, xoli deb hisoblaymiz.

F. LAROSHFUKO

Irodali kishi uchun hech qanday qiyin ish yo'q.

ERAZM ROTTERDAMSKIY

Nechog'li metin bo'lmasin, dunyoda inson irodasi va tafakkuriga qarshi tura oladigan devor yo'q.

J. AMADU


Iroda kishi qiyofasi bilan qo'shilgan holda insonni amalda to'gri ifodalaydi.

A. V. LUNACHARSKIY

Qaysar odatni yenga olgan irodadan go'zalroq hoch narsa yo'q.

R. ROLLAN

O'z ustingdai qozongan g'alabang eng buyuk g'alabadir.

P. KALDERON

O'z ustingdan qozongan g'alaba shunday bir yagona tantanaki — undagi muvaffaqiyat beminnatdir.

F. SHERIDAN

Hech narsani hal qilmaydigan iroda haqiqiy iroda emas; irodasiz odam hech qachon bir qarorga kelolmaydi.

G. GEGEL


Kurashda matonatli kishilar yutib chiqadi.

K. N. BESTUJEV-RYUMIN

Qat'iyatsiz odam hech qachon o'ziga-o'zi xo'jayinlik qilolmaydi.

U. FOSTER

Hamma narsani tavakkalchilikka tashlab qo'ygan kishi o'z hayotini qimorga aylantiradi.

T. FULLER

O'zini tuta bilgan odam hammadan kuchlidir.

SENEKA


Tayinsiz va irodasiz odam rulsiz va kompassiz kemaga o'xshaydi, u shamol esishiga qarab yo'nalishini o'zgartiraveradi.

S. SMAYLS

Ehtiyotkor bo'ling va sovuqqonlikni saqlang. Xuddi otashin qalb singari o'zini tuta biladigan bosh ham kerak.

J. LEBBOK

Qat'iy iroda yetishmagan odamda aql ham yetishmaydi.

V. SHEKSPIR

Irodasiz kimsalar qo'rqoqlardir, modomiki qo'rqoq ekan — demak, u ojiz.

I. P. PAVLOV

Kuchli iroda, bu faqat nimadir xohlab, unga eritnishgina emas, balki zarur bo'lganda nimadapdir voz kochishga o'zini majbur qila bilish hamdir. Iroda, bu shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki u ham istak, ham qanoat, kerak bo'lsa, undan voz kechish hamdir.

A. S. MAKARENKO

Boshqalarni ko'p narsada kechir, o'zingni esa hech narsada kechirma.

PUBLILIY SIR

Hissiyot va aql iroda uchun zarurdir, zero, men faqat ular orqali nima xohlashim yoki xohlamasligim kerakligini, men nima qilishim yoki qilmasligim lozimligini bilib olaman.

L. FEYYERBAX

Iroda faqat arzimas narsalarga, faqat qandaydir ma'nosiz narsalarga osilib oladigan bo'lsa, u qaysarlikka aylanadi. Qaysarlik xarakter mohiyatiga emas, faqat uning tashqi shakliga egadir. Qaysarda — ya'ni xarakterga parodiyada — inson shaxsi nafrat tug'diradi, qaysarlik kishining boshqalar bilan munosabatiga to'siqlik qiladi.

G. GEGEL


Qaysarlik aqlimizning chegaralanganligi oqibatida yuzaga kelgan: biz fikrimiz doirasiga sig'maydigan narsaga uncha ishonmayroq qaraymiz.

F. LAROSHFUKO

Qat'iyat aql va iroda ittifoqi asosidagi kuchdir. Qaysarlik kuchga o'xshab ko'rinsa-da, asli, ojizlikdir; ojizlik iroda va aql ittifoqidagi mutanosiblikiing yo'qligidan kelib chiqadi.

V. A. JUKOVSKIY

Aql to'siqlarni yengib o'tishda charxlanadi.

R. ROLLAN



Qiyinchiliklar kishida ularni yengish uchun zarur qobiliyat tug'diradi.

U. FILLIPS



Qat'iyatlilik aql jasoratidir, u ongli dadillikni taqozo etadi. Qaysarlik esa, aksincha, o'z ixtiyorini yo'qotish degan gap.

F. VOLTER

Tirishqoqlik bilan qaysarlik o'rtasidagi farq shundan iboratki, tirishqoqlik kuchli xohishga asoslangan bo'lsa, qaysarlik, aksincha, hech nimani xohlamaslikdan kelib chiqadi.

G. BICHER

Qaysarning eng yaxshi e'tirozlari yo'lda yotgan toshlar bilan baravar: ularni oyoq bilan tepib yuboradilar va ustidan hatlab o'tib ketadilar.

P. BUAST


Qaysarlik aqli qisqalik, nodonlik va o'zbilarmonlik samarasidir.

F. LAROSHFUKO

Qaysarlik — ahmoqlarning niqobi.

Ya. B. KNYAJNIN

Mushaklarimiz singari irodamiz ham muttasil kuchayib borayotgan faoliyatimiz tufayli mustahkamlanadi; mashq qildirmasangiz, siz so'zsiz nimjon mushak va ojiz irodaga ega bo'lasiz.

K. D. USHINSKIY

Irodasini kuchaytirish niyatidagi kishi to'siqlarni yengib o'tishga odatlanishi lozim.

I. P. PAVLOV

Hayotimiz — yashash davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga ketgan kuchimiznipg qiymatiga teng.

F. MORIAK



Yengil erishilgan g'alabalarning qadri bo'lmaydi. Mashaqqatli kurash natijasida qo'lga kiritilgan yutuqlar bilangina faxrlansa arziydi.

G. BICHER



O'zingga, o'z kuchingga ishoich hosil qila borishing kerak, bunday ishonchga esa to'siqlarni yengib o'tish, irodapi tarbiyalash, uni "mashq qildirish" tufayli erishiladi. O'z ustingdan qozongan kichik bir galabang ham kuchingga kuch qo'shadi.

M. GORKIY

O'z badanini mashq qildirish orqali odam chidamli, epchil bo'la boradi, shu singari o'z aqlingni, irodangni ham mashq qildira borishing kerak.

M. GORKIY

Ruhiy sog'lomlik, bardamlik, aql va irodaning ijodiy kuchiga ishonch bizga hammadan ham ko'ra zarurroqdir.

M. GORKIY



O'zingdagi iroda sustligining eng mayda belgilari — injiqlikni, sirkasi suv ko'tarmaslik, jizzakilikni, yig'loqilikni, g'ayritabiiy man-manlikni bartaraf qil.

V. A. SUXOMLINSKIY

O'zingni o'zingga bo'ysundirishni, o'z ustingdan hokimlik qilishni bolalik chogingdan o'rgan. Senga yoqmaydigan, ammo bajarilishi zarur bo'lgan ishlarni qilishga o'zingni majburla. Burchdorlik irodaning bosh manbaidir.

V. A. SUXOMLINSKIY

Irodasiz kishi har qanday muttaham qo'lida o'yinchoqdir.

N. K. KRUPSKAYA


Qadir qimmat bulogi harakterdur

Inson xarakteri uning hal qiluvchi daqiqalardagi harakatlari orqali yaxshi bilinadi.

S. TSVEYG



Yaxshi xarakter butun umrga yetadigan boylikdir.

U. GEZLITT

Eng jiddiy damlarda inson har qachongidan ham sezilarliroq o'sadi.

T. DRAYZER

Tafakkurdan tafakkur tug'iladi, lekin faqat qalb va irodaning amaliy harakatigina xarakterni chiniqtiradi.

K. D. UShINSKIY

Iste'dod sukunat qo'ynida yetiladi, xarakter hayot bo'ronlarida toblanadi.

I. GYoTE


X,ar bir kishi xarakterida yo'q qilib bo'lmaydigan nimadir mavjud: bu xarakterning negizidir.

G. LIXTENBERG

Irodali kishi o'zining har bir so'zi va ishida haloldir.

S. SMAYLS

So'zing va ishing bir joydan chiqishi uchun kuchli xarakterga ega bo'lmoq lozim.

A. I. GERTsEN

Men inson xarakteri deb uning axloqiy odatlari majmuasini atayman.

STENDAL


Xarakter — bu qat'iy shakllangan irodadir.

NOVALIS


Aqlga nisbatan xarakter kishilarni ko'proq yaqinlashtiradi.

E.RENAN


Yaxshi xarakterli kishining hayoti ham yaxshi bo'ladi.

DEMOKRIT


Yaxshilik qila olmasang, bori yomonliq ham qilma.

A. NAVOIY

Yaxshilikni bilmasang, bori yaxshilarga qo'shul.

A. NAVOIY

Yaxshilik tegrasida uyrula olmasang, yaxshilar tegrasida uyrul.

A. NAVOIY

Agar xarakter umuman yaxshi bo'lsa, ayrim kamchiliklarning borligi ham bilinmaydi.

Sh. MONTESKE

Mazmunidan qat'i nazar, xarakterning kuchliligi hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydigan qimmatbaho boylikdir. Xarakter kuchi faqat qalbning tabiiy manbalaridan olinadi, tarbiya butun insoniy fazilatlar manbai bo'lgan ana shu kuchni hamma narsadan ham ko'proq asramog'i lozim.

K. D. UShINSKIY

Inson ko'pgina moyilliklar va xarakter xususiyatlari bilan dunyoga keladi, ularning rivojlanishi juda ko'p darajada tevarak-atrofdagi sharoitga bog'liq.

A. BEBEL


Qo'rqoqlik va befarosatlik doimiy bo'lishi mumkin, biroq qat'iylik faqat kuchi, ko'tarinkiligi, aql-idroki bilan ajralib turuvchi xarakterga xos.

D. DIDRO


Buyuk xarakterlarning aksari qismi kurashda yuzaga keladi, bu kurash esa ancha yoshlikdan boshlanadi.

D. I. PISAREV

Xarakter mehnatda toblanadi, kimki o'z mehnati bilan rizqi ro'zini topib kelmagan ekan, u ko'pchilik hollarda umrbod ojiz, lanj, bo'shang bo'lib qolaveradi.

D. I. PISAREV

Inson xarakteri atrofidagi vaziyatga qarab o'zgarib turadi.

G.PLEXANOV

Eng arzimas ikir-chikirlar ham xarakterning shakllanishiga ko'maklashadi.

L.N.TOLSTOY

Zimdan kuzatganga hech narsa yuzaki emas. Xarakter ikir-chikirlarda o'zini ko'rsatadi.

E. BULVER-LITTON

Inson xarakteri eng muhim vazifalarni vijdonan bajarish tufayli vujudga keladi.

S. SMAYLS

Qat'iy qoidalarga amal qilmagan kishining deyarli xarakteri ham yo'q. Xarakteri bo'lganda u o'ziga qoidalar zarurligini ham his etardi.

N. ShAMFOR

Kuchli xarakter kuchli oqim singari to'siqqa uchrashi bilan g'azabga keladi va yana ham kuchayadi, lekin to'siqni ag'darib tashlagach, o'zi uchun chuqur o'zan ochadi.

K. D. UShINSKIY



Yuksak axloqli xarakter inson intilishlarining oliy maqsadidir.

E. TELMAN



Xarakterli odam nimalarnidir boshidan o'tkazgan va har turli kechinmalarda chiniqqan odamdir, unda umid bog'lasa bo'ladigan qandaydir kuchli fazilat bor demakdir.

E. TELMAN

Xarakter bitta yoki bir qancha xususiyatlar bilan emas, balki ularning darajasi va o'zaro munosabatlariga qarab aniqlanadi.

JAN POL


Xarakter har kimning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun g'ayrat bilan intilishidan iborat.

I. GYoTE


Xarakter katta yoxud kichik ishda o'z qobiliyating ko'lamida his qilgan narsangnigina izchillik bilan amalga oshirishingdan iboratdir.

I. GYoTE


Insonning hayot tarzi uning xarakteri.

I. GYoTE


Xarakter printsiplar asosida harakat qilish qobiliyatidan iboratdir.

I. KANT


Xarakter — inson qobiliyatlarining bulog'i.

K. FIShER

Jiddiylik — xarakter asosi.

0. BALZAK

Gul uchun hid qanday ahamiyatga ega bo'lsa, inson uchun xarakter ham shunday ahamiyatga molikdir.

Ch. ShVAB

Xarakterli kishilar o'zlari mansub bo'lgan jamiyatning vijdonidirlar.

R. EMERSON

Har bir kishining xarakteri zarar yoki foyda keltirish xususiyati bilan boshqalar baxtiga ta'sir ko'rsatadi.

A. SMIT


Qat'iy xarakterli kishilargina muloyim bo'lishlari mumkin: boshqalardagi sirtqi muloyimlik aslida osongina mijg'ovlikka aylanadigan oddiy zaiflikdir.

F. LAROShFUKO

O'z burchini chuqur his qilish xarakterning gultojidir.

N. V. ShELGUNOV




Ta'lim ko'rmagan daho kondagi kumush kabidir.

***

Ilmga kilingan sarmoya hamisha o'zini ortig'i bilan qoplaydi.

***

Bolaga birinchi dars bo'ysunish darsi bo'lsin. Ikkinchisi uchun nimani muhim topsangiz, o'sha bo'laqolsin.

***

Farzandlaringizga shunday tarbiya beringki, ular o'z-o'zini nazorat kilish, his-tuyg'u, noxolislik va nomaqbul mayllarga yo'l bermaslikka odatlansinlar. Ana shunda siz ularni kelajakdagi uqubatlar va jamiyatni bo'lgusi jinoyatlardan xalos etgan bo'lasiz.

***


Odam iste'mol qilgani emas, hazm qilgani hisobiga yashaydi. Bu holat ham tanaga, ham aqlga tegishli.

***

Iste'dodni yashirmang, u foydalanishingiz uchundir. Soyada quyosh soatidan nima foida?

***



Nasihatning yahshisi ibrat ko'rsatishdir.

***

Tajriba - darslari og'ir maktab. Shu bilan birga, o'rganish uchun yagona maktabdir.

***

Bo'lmag'ur odatdan voz kechishdan ko'ra, uning oldini olmoq osonroqdir.

***

Bizning nojo'ya qilmishlarimiz solig'i davlatnikidan oshib tushadi.

***

Tim shunchalar bilimdon ediki, otning nomini to'qqiz tilda ayta olardi; shunchalar nodon ediki, minib yurishga sigir sotib oldi.

***

Mix yo'qligidan taqa yo'qoldi; taqa yo'qligidan ot yo'qoldi; ot yo'qligidan suvori dushman qo'liga tushib, qatl etildi. Bularning hammasi taqamixga e'tiborsizlik tufayli sodir bo'ldi.

***

Nojo'ya qadam oqibatini bartaraf etish mumkindir, ammo tilning xatosini tuzatish amrimahol.

***



Izma-iz keladigan istakni qondirishdan ko'ra uning birinchisini so'ndirish osonroq.

***

Boshqalardan fazilat, o'zingizdan kamchilik izlang.

***



Yalqovlik o'rgimchak to'rlaridek boshlanib, temir zanjirlarga aylanadi.

***

Yalqovlik hamma ishni kiyinlashtiradi, tirishqoqlik esa osonlashtiradi. Uiqudan kech turgan kun bo'yi tinmasa-da, o'z ishini tungacha ham tugata olishi kiyin. Yalqovlik shu qadar sekin harakatlanadiki, qashshoqlik unga tezda yetib oladi.

***

Hazil bilan dushmanni do'stga aylantirib bo'lmaydi, ammo do'stni dushmanga aylantirish oson.

***

Odatda jahl besabab bo'lmaydi; ammo kamdan-kam hollarda asosli bo'ladi.

***


Kerakli so'zni o'rni kelganda aytishdan tashqari, qiyinroq bo'lsa ham, hissiyot g'olib kelgan paytdagi qaltis gapni ichingizga yutishni ham biling.

***

Adovat bilan boshlangan ish sharmandalik bilan yakunlanadi.

***

Manmanlikning nonushtasi Hashamat bilan, tushligi qashshokliq bilan, oqshomi esa Xorlik bilan o'tdi.

***

O'zingizga kerakmas narsani sotib olar ekansiz, hali-zamon o'zingizga keraklisini sotadigan bo'lasiz.

***

O'z aqlini yashira olmagan nodondir.

***

Aqlli odam maslahatga muhtoj emas; nodonga esa bu ortiqcha.

***

Aql kerak joyda hamma narsa kerak.

***

Ko'p gapirgan ko'p adashadi.

***

Boshqalar uchun hech narsa qilmasliq o'z joniga qasd qilish bilan barobar.

***

Hech qachon yahshi urush yoki yomon tinchlik bo'lmagan.

***

Sukut har doim ham donolikdan emas, ammo safsata hamisha nodonlik belgisi.

***

Shisha, chinni va obro'ni parchalash oson, ammo to'lig'icha tuzatib bo'lmaydi.

***

Kichik zarbalar -

Qular emanlar.


***

Shovqin ko'pi aravaning eng yomon g'ildiragidan chiqadi.

***

Vaqtincha xavfsizlik uchun ozodlikni boy beradiganlar na xavfsizlikka va na ozodlikka sazovor.

***

Uch kishi sirni saqlashi mumkin, qachonki ulardan ikkisi dunyodan o'tgan bo'lsa.

***

Uzr so'rashga usta odamning boshqa ishlarda ham usta bo'lishi amri mahol.

***

Tayyorgarlik chog'ida xato qilsangiz, xato qilishga tayyorgarlik ko'ribsiz.

***



Barchaga adolatli, ko'pchilikka xushmuomala, ozchilikka tanish, bir kishiga do'st bo'ling; hech kimga dushman bo'lmang.

***

Sizga yaxshilik qilgan kishi o'zingiz yaxshilik qilgan boshqa birovga qaraganda siz uchun yana bir xayrli ish qilishi ehtimoli ko'proqdir.

***

Do'st tanlaganda shoshilmang, almashtirishda undan-da mulohazali bo'ling.

***

Kishining uch sodiq do'sti bor: yoshi o'tgan rafiqa, qari it va tayyor pul.

***

Qo'shningizni yaxshi ko'ring, ammo oradan devorni olmang.

***

Soxta do'st va soya quyosh charaqlab turganidagina bizga hamroh bo'lishadi.

shlayotgan odam baxtli, bekorchi esa badbaxtdir.


***

Tanani mehnat charchatgandan ko'ra yalqovlik zangi tezroq yemiradi.

***

Qo'lqop kiygan mushuk sichqon tuta olmaydi.

***

O'z ishlaringizni boshqaring, aks holda ular sizni boshqaradi.

Biz juda tez qariymiz, aqlimiz esa juda kech kiradi. Umr fojiasi ana shunda.


***

G'ayrat va izchillik bilan hamma narsaga erishish mumkin.

***

Yaxshi bajarilgan ish yaxshi aytilgan so'zdan ma'qulroq.

***

Kim badavlat? O'z nasibasidan mamnun kishi.

***

Boylikni ko'paytirgan kishi tashvish ham orttiradi.

***

Pul shu vaqtga qadar hech kimni baqtli kilmagan, bundan keyin ham qilmas. Uning tabiatida baxt keltiruvchi hech narsa yo'q. Pul qanchalik ko'p bo'lmasin, odamzod uning yanada ko'proq bo'lishini xohlaydi. U bitta bo'shliqni to'ldirib, ikkinchisini hosil qiladi. Bir istakni qondirib, boshqa yo'l bilan shu istakni ikkiga, uchga ko'paytiradi. Bir dono kishining aytganini yodingizda tuting: "Sertashvish katta xazinadan ko'ra Robbidan qo'rqib, kamiga qanoat qilish yaxshiroqdir".

***

Hamma narsani pul hal qiladi, degan odamning pul evaziga hech narsadan qaytmasligini gumon qilaverish mumkin.

***

Kichik xarjlardan ehtiyot bo'ling - kichik yoriq ulkan kemani cho'ktiradi.

***

Daromadingizdan harajatingiz kam bo'lsa, falsafa toshi qo'lingizda ekan.

***

Boy bo'lishni xohlasangiz, ham topish, ham tejash haqida o'ylang.

***

Bilingki, pul ko'payish xususiyatiga ega.

Bitta bugun ikkita ertangi kundan afzal.


***

Agar vaqtni eng qimmatli narsalardan biri desak, uni behuda sarflash eng katta isrofgarchilik bo'lishi kerak. Negaki, yo'qotilgan vaqt aslo qaytmaydi.

***

Uzoq umr mazmundor bo'lmasligi mumkin, ammo mazmundor umr shubhasiz uzoq umrdir.

***

Hayotni sevasizmi? Unda vaqtingizni zoye ketkizmang, chunki u hayotingizni tashkil qiladi.

***

Umrni uzaitirish uchun maishatingizni kamaytiring.

***

Dam olishni ko'zlasangiz, vaqtdan oqilona foydalaning.

***

Bu dunyoda hech narsa o'lim va soliqchalik begumon emas.

***

Men o'z hayotimni boshdan oxir yana bir bor yashab o'tish imkoniyatidan voz kechmagan bo'lar edim. Ammo buning uchun, ikkinchi nashrda birinchisining xatolarini to'grilash uchun mualliflar foydalanadigan huquqni so'rab olgan bo'lardim.

***

Uzoq yashashdan ko'ra yaxshi yashashni ko'proq tilang.

***

Istamas ekansiz unut bo'lmoqni,

Bu jism tuproqda qolgan zahoti;

O'qishga munosib narsalar yozing,

Yozishga munosib yo ishlar qiling.


***

Muhtaram o'quvchi, yodda tutingki, vaqt bu pul demakdir.

***

Quduq quriganda suvning qadrini bilamiz.

***

Mehnat baxtning otasidir.

***

Ish bilan band odamning uyida bekorchilar kamdan-kam mehmon bo'lishadi. Zero, qaynaytgan qozonga pashshalar aylanmaydi.

***

Uyqudagi tulki parranda tutmas.

Gail Wood

O’qish Sirlari


Muvaffaqiyat sari yo’l: o‘zingizga xos o’qib-o’rganish uslubini ishlab chiqish

KIRISH

Qulay shart-sharoit va yaxshi kayfiyatning o’qib-o’rganishga aloqasi bormi? Albatta! O’qishga faqatgina o’zingizga xos uslub bilan yondashar ekansiz, aslo qiynalmaysiz. Qo’lingizdagi kitobni o’qishga kuniga atigi 20 daqiqa sarflar ekansiz, siz o’qib-o’rganishning turlicha usullarini egallab borasiz.

qishingizdan eng yaxshi natijani olishda sizga nima yordam bera olishi mumkinligini aniqlab olishingiz lozim. Atrofdagi boshqa odamlar qanday o’qishni sizga o’rgata olmaydilar. Ular aytadiganlari faqatgina O’ZLARI uchun nima yordam berishi haqida bo’ladi. To’g’ri, agar boshqalarning maslahatlariga amal qilsangiz, bu qaysidir ma’noda foydali bo’lishi mumkin. Ammo, sizning uslubingiz ularnikidan farqli bo’lsa, tavsiyalar befoyda hamda vaqtingizni bekorga sarflagan bo’lib chiqasiz.



O’QIB-O’RGANISH JARAYONIGA MOSLASHISH

Samarali o’qib-o’rganishning eng yaxshi usullarini tanlab olishda yordam maqsadida  bu kitobda sizga bir necha savollar beriladi. Ammo shuni yodda tutingki, bu yerda “to’g’ri” yoki “notog’ri” degan javoblar bo’lmaydi. Har bitta savol shunday tuzilganki, sizning qanday o’qib-o’rganishingizni aniqlab olishga va o’sha uslublarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bular matnni o’qish, ma’ruzani tinglash, kurs ishini yozish yoki testga tayyorgarlik bo’lishi mumkin.  Qaysilari sizga ko’proq mos bo’lsa, o’shalarni ko’proq bajarishingizga ko’mak beriladi.

Misol uchun, ayni hozir shu satrlarni o’qir ekansiz, o’zingizga mos o’qib-o’rganish usullarini qo’llamoqdasiz. Balkim ovoz chiqarib o’qiyotgandirsiz. Ehtimol, ichingizda o’qib, o’z ovozingizni “eshitish” orqali ma’lumotlarni qabul qilayapsiz. Kimdir qog’ozga suratlarni, shartli belgilarni chizib borishi mumkin. Yana kimdir ma’lum bir tartibda, xayolida sxemalar chizgan holda ma’lumotni qabul qiladi.

Bularning har biri alohida o’qib-o’rganish uslubi hisoblanadi. Shu kitobning dastlabki boblari o’z uslubingizni aniqlab olishda yordamlashadi. Keyingi boblar esa o’z uslubingizni qanday rivojlantirish, undan qay yo’sinda ko’proq foydalanishingizga ko’maklashadi.



Quyidagi yorliqchalar kitobimizda tasvirlangan beshta o’qib-o’rganish uslubi anglatadi.











Sizning o’qib-o’rganish uslubingiz qaysi ekanligini 2-bobdan bilib olganingizdan so’ng (“O’z uslubingizni kashf eting”), keyingi boblarda keladigan, uslubingizni anglatuvchi yorliqchalarga e’tiboringizni qaratsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Chuki ularning yonida berilgan maslahatlar sizning kuchli taraflaringizni yanada rivojlantirib, o’qish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O’z uslubingizni qo’llagan holda o’qish jarayoniga kirishar ekansiz, o’zingizni qulay va xotirjam his qilasiz. Bu degani esa, siz bu paytda zehningiz yanada yuqori bo’ladi, ko’proq narsani tushunib yetasiz. NImani o’rganayotgan bo’lsangiz, u bilan interfaol bo’lishingiz osonroq bo’ladi (9-bob – “O’qish ob’ekti bilan interfaol bo’lish”da aytilganidek). O’qishda interfaol ekansiz, bu jarayon og’ir mehnat emas, ko’proq yoqimli mashg’ulotga aylanadi.

O’qib-o‘rganishdan lazzat olish esa puxta tayyorgarlikni, hamma narsani rejalashtirishni talab qiladi. Yirik hajmdagi ishlarni mayday bo’laklarga bo’lib bajarish ularni osonlashtiradi. Bu haqda ham kitobimizda alohida bob mavjud. Ko’pincha odamlar o’z o’qishlariga yetarlicha e’tibor qarata olmaydilar, sababi boshqa ishlarni ham qilishlari kerak. Darsdan oldin o’sha ishga bir necha daqiqa ajratilsa, kishining vijdoni biroz orom oladi, xotirjamlik keladi. Natijada o’qish mashg’ulotining samaradorligi yanada oshadi.

Ba’zi kishilar bir vaqtning o’zida bir nechta ishni bajarishga o’rganib qolishgan va buning juda yaxshi uddasidan chiqishadi. Balkim sizga ham quyidagi savollarni berishgandir: “Bitta ishni tugatib, keyin boshqasiga o’tsang bo’lmaydimi?” U holda ehtimolki, siz shunday javob qaytarasiz: “Yo’q, men bunday qila olmayman. Agar butun e’tiborimni bitta loyihaga qaratsam, zerikib qolaman yoki tezda chalg’iyman..” Ko’p kishilar ayni shu tartibda ishlashadi. Shunday ekan, o’zingizga quyidagi savollarni bering: “Qachon mening diqqatim ko’proq jamlangan bo’ladi? Qay paytda zerikib qolishim ehtimoli ko’proq? Qachon kalavaning uchini yo’qotib qo’yishim mumkin? Ishning qaysi lahzalarida o’zimdan qoniqish hosil qilaman?” Bu kabi savollar ham sizning o’qib-o’rganish uslubingizni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.

Oramizdan har bittamiz qachondir imtihon oldidan unga tayyorgarlik ko’rishdan o’zimizni olib qochganmiz. Bunga sabab mavzularning juda ham murakkab yoki o’ta zerikarli ekanligi ehtimol. Shunday hollarda sheriklikdagi mashg’ulotlar vaziyatdan chiqish yo’llaridan biri bo’lishi mumkin. Bu sherik kursdoshingiz, hamkasbingiz, do’stingiz yoki oila a’zolaringizdan biri bo’lishi mumkin. Agarda kursdoshlaringizdan biri xuddi sizning mavzuingiz ustida ishlayotgan bo’lsa, vazifalarni bo’lib olishingiz mumkin. Yoki berilgan savollarni bo’lib olib, javob izlashingiz mumkindir. Ikkala holda ham yelkangizga tushadigan og’irlik kamayadi. Agarda sherigingiz o’quv auditoriyasidan tashqaridagi kishi bo’lsa, u sizning talabangiz rolini bajarishi mumkin: siz sherigingizga darsda o’rgangan narsalaringizni so’zlab berasiz, mavzu bilan tanishtirasiz. Yoki aksincha, bu shaxs siz uchun murabbiy vazifasini bajarish mumkin. “Mavzuning qaysi qismi sizni ko’proq qiziqtirmoqda? Nega? Muallifning nuqtai nazariga munosabatingiz qanday?” degan savollarning berilishi mavzu bo’yicha yanada chuqurroq mulohaza yuritishingizga sabab bo’ladi.

Sheriklikda olib borilgan bir necha mashg’ulotlardan so’ng mavzu sizga ancha tanish bo’lib qoladi va ishni mustaqil davom ettirishingiz mumkin. Ushbu kitobning ma’lum boblarida sherik bilan va mustaqil ishlashning ayrim xususiyatlari haqida so’z boradi. Bularning barchasi siz uchun eng yaxshi usullarni kashf qilish jarayonining bir bo’lagidir.



KITOBNI HAR KUNI 20 DAQIQA DAVOMIDA O’QISH HAQIDA

Ko’pchilik uchun diqqatning faqat bir narsaga qaratilishi 20 daqiqadan oshmaydi; bu muddat o’tgach, chalg’ich va xayol surish boshlanadi. Shu sababli kitobimizning boblari shunday tuzilganki, uni o’qish uchun 20 daqiqa yoki undan kamroq vaqt sarflanadi. Mavzu qanchalik qiziqarli bo’lmasin, 20 daqiqa o’tganch chalg’iy boshlaysiz. Mana shu “20 daqiqa qoidasi”ga amal qilar ekansiz, ko’proq materialni eslab qolishga muvaffaq bo’lasiz – chunki shu vaqt oralig’ida bor diqqatingizni o’rganish ob’ektiga qaratasiz. Agarda shu muddat tugamasidan fikringiz qochsa, demak siz uchun 15 daqiqa ko’proq to’g’ri keladi. Mabodo bu ham ko’plik qilsa, 10 daqiqa ishlashga harakat qilib ko’ring. Keyin tanaffus qiling (5 yoki 10 minut) va yana ishlashda davom eting.

Har kishining o’qish tezligi turlicha. Demak 20 daqiqa ichida ko’rib chiqadigan so’zlaringiz soni kitobning bitta bobidan kamroq yoki ko’proq bo’lishi turgan gap. Bundan xavotir olmasangiz ham bo’ladi; yuqorida aytilganidek, 20 daqiqa (yoki undan kamroq vaqt) davomida matnni o’qishda, o’tilganlarni takrorlashga yoki mashqlarni bajarishda davom etavering. Qanchalik materialni qamrab olayotganingiz haqida o’ylab o’tirmang. Bu ish davomida o’zingizga o’zingiz o’qituvchi rolidasiz. Vazifa esa qanday tezlikda mutolaa qila olasiz – shuni aniqlash. Sizga qancha vaqt kerakligini bilib oling – 20 kunda 20 ta darsmi yoki 40 kunda 20 ta bob. Ixtiyoringizdagi vaqtdan unumli foydalanish uchun qobiliyatlaringizni ishga soling.

Boblar tartib bilan yozilgan va har bittasi o’zidan oldingisini mantiqan davom ettiradi. Ammo bu bilan kitobni ayni shu tartibda o’qib chiqing, demoqchi emasman. Mundarijani ko’zdan kechiring. Sizni qaysi bob ko’proq qiziqtirmoqda? Ana shuni birinchi navbatda o’qishga harakat qilib ko’ring. Nimaga ehtiyoj sezsangiz, kitobdan aynan o’sha narsani olishga intiling. Sizga yoqimli mashg’ulotlarni tilab qolaman!

Bu kitobda ko’plab amallar va mashqlar bor. Ularni bajarishga vaqt ajratsangiz nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Buning uchun alohida daftar tutishingiz mumkin yoki kompyuterning matn muharririda yangi hujjat ochib, o’shandan foydalanishingiz mumkin. Bu narsa sizga mutolaa davomida paydo bo’ladigan savollarni hamda o’z munosabatingizni qayd qilib borishda kerak bo’ladi. Shuningdek, butun jarayondan qanday o’tdingiz, qanday natijalarga erishdingiz – shularni vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirishingiz imkoniyati paydo bo’ladi.

Ushbu kitobda keltirilgan maslahatlarning sizning o’qib-o’rganishingizga – uslubingizni tushunib olishingiz va uni qo’llashingiz – qanchalik ta’sir qilishiga xolis bir nazar tashlash maqsadida quyidagi savollarga javob berishingizni maslahat beraman. Bu savollarga ikki marotaba – kitobni o’qishdan oldin va uni yakunlaganingzdan so’ng javob bersangiz maqsadga muvofiq. Shunda kitobning sizning o’qib-o’rganish uslubingizga qanchalik naïf tekkanligini ayon bo’ladi.

Ammo, shuni yodda tutingki, siz ayni paytda nimani his qilayapsiz, nimani qilayapsiz yoki qilmayapsiz – shularni bilmasangiz yoxud shunchaki taxmin qilsangiz, test natijalari aniq bo’lmasligi mumkin. Shunday ekan, siz qanday holatda ekanligingizni bilib olish ustida biroz o’ylab ko’rsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar tayyor bo’lsangiz, testni boshlaymiz!

O’QUV USLUBINI ANIQLASH BO’YICHA SO’ROVNOMA

To’g’ri javob variantini doira ichiga oling. Bu yerda “to’g’ri” va “noto’g’ri” javoblar yo’q. Yodingizda tuting: savollar ustida chuqur o’ylab, shundan so’nggina javob variantlarini tanlang. Shundagina to’g’ri natijaga ega bo’lishimiz mumkin.

Raqamlar ko’payib borar ekan, bu ehtimollik darajasining oshishini anglatadi. Masalan, 1 raqami o’ta qoniqarsiz, salbiy javob, ya’ni bu masalada qobiliyatingizni juda past baholaysiz. 2 raqami esa qoniqarsiz, shu bilan birga unchalik qo’rqinchli vaziyatni anglatmaydi. 3 esa o’zingizni ozroq noqulay his qilishingizni bildiradi. 4 raqami esa neytral vaziyat – yaxshi yoki yomon ekanligining sizga ahamiyati yo’q. 5 – o’qingizni qulay his qilasiz, ammo yetarli darajada emas. 6 – masala bo’yicha o’zingizni ancha erkin his qilasiz. 7 raqami esa, o’zingizni ajoyib, bamaylixotir his qilishingizni, “bundan yaxshi bo’lmasligini” anglatadi.

Har bir savolda o’qib-o’rganish jarayonida (masalan, auditoriyada) hozir ekanligingizni tasavvur qiling.

Agar ingliz tili ona tilingiz bo’lmasa, bu bo’limni birinchi navbatda bajaring. Agar ingliz tili sizning birinchi tilingiz bo’lsa, keyingi turkum savollarga o’ting.



Savol: Ona tilingizga nisbatan qobiliyatingizni mulohaza qilib ko’ring.

O’qish


1

2

3

4

5

6

7

Tinglash


1

2

3

4

5

6

7

Yozish


1

2

3

4

5

6

7

Gapirish


1

2

3

4

5

6

7

Savol: Ingliz tiliga nisbatan qobiliyatingizni mulohaza qilib ko’ring.

O’qish


1

2

3

4

5

6

7

Tinglash


1

2

3

4

5

6

7

Yozish


1

2

3

4

5

6

7

Gapirish


1

2

3

4

5

6

7

Matematika

1

2

3

4

5

6

7

Algebra

1

2

3

4

5

6

7

Quyidagi savollarga javob variantlaridan keraklisini doira ichiga olib belgilang.

Boshqalar bilan ishlashda o’zingizni erkin his qila olasizmi?

Hech qachon ------ Kamdan-kam ------ Ba’zida ------- Odatda



O’qish yoki tinglash paytida siz yozib olishasizmi (qo’lda yoki diktofon yordamida)?

Hech qachon ------ Kamdan-kam ------ Ba’zida ------- Odatda



O’qish yoki tinglash paytida o’zingizga savollar berasizmi?

Hech qachon ------ Kamdan-kam ------ Ba’zida ------- Odatda



Yozish yoki hisoblash paytida o’zingizga savollar berasizmi?

Hech qachon ------ Kamdan-kam ------ Ba’zida ------- Odatda



O’zingiz yozgan matnni qaytadan o’qib chiqasizmi?

Hech qachon ------ Kamdan-kam ------ Ba’zida ------- Odatda



O’zingiz yozgan matnni ovoz chiqarib o’qib chiqasizmi?

Hech qachon ------ Kamdan-kam ------ Ba’zida ------- Odatda
Download 414 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat