Yevrosiyo ichki suvlari



Download 102 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi102 Kb.
#528800
Bog'liq
Yevrosiyo ichki suvlari

Yevrosiyo ichki suvlari

  • Ichki suvlarning joylashishi. Ichki suvlarini yerusti va yerosti suvlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. Yerusti suvlari daryo, ko‘l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan.
  • Eng yirik sersuv daryolar mo‘tadil va musson iqlimli o‘lkalarda joylashgan. Quruq iqlimli o‘lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular — Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir.
  • Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi.

Daryolarning to‘yinish tiplari. Yevrosiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yerosti suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko‘pincha aralash holda to‘yinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yerosti suvlaridan to‘yinadi.

  • Daryolarning suv rejimi va to‘yinishi yil fasllariga bog‘liq. Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob (Irtish irmog‘i bilan), Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinib, bahorda to‘lib oqadi va qirg‘oqlaridan toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan qoplanadi.
  • Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolar — Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson yog‘inlaridan to‘yinib, ularning suv sathi yozda keskin ko‘tariladi.
  • Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi va ularning rejimi yil davomida o‘zgarmaydi.
  • O‘rta Osiyo daryolari — Amudaryo, Sirdaryo (O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadi), Ili, Tarim baland tog‘larning muz va qor suvlaridan to‘yinib, yozning boshida to‘lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi

Yevrosiyoda ko‘llar juda ko‘p. Ularning asosiy qismi materikning shimoliy va sharqiy o‘lkalarida joylashgan.

  • Dunyodagi eng katta (Kaspiy, 376 ming kv km) va eng chuqur (Baykal 1 620 m) ko‘l ham shu materikdadir. Hosil bo‘lishiga ko‘ra, tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko‘l), to‘g‘onli (Sarez), vulqonli, morena ko‘llari mavjud. Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy manbayidir. Shulardan biri Pomir tog‘idagi Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o‘rta qismida 1 000 m, eni 1 700 — 3 100 m.
  • Suv oqimiga ko‘ra ko‘llar oqar (Baykal, Onega), oqmas (Issiqko‘l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko‘llarga bo‘linadi. Sun’iy ko‘llar ham mavjud.
  • Materik yerosti suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning tagida yerosti suvlarining juda katta zaxirasi bor. Geyzerlar, buloq suvlari ham yerosti suvlarini tashkil etadi.
  • Ko‘p yillik muzloq yerlar Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular yerosti suvi bilan cho‘kindi tog‘ jinslarining muzlashidan hosil bo‘ladi. Ularning harorati doimo 0 °C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligijanubdan shimol tomonga ortib boradi (0 — 1 500 m).

Uyga vazifa

  • 1. Mavzuni to’liq o’qish.
  • Yevrosiyo ichki suvlari xaritasini ishlash.
  • Mavzu yuzasidan 5tadan test tuzish.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish