1-mashg’ulot
Yer, uning shakli va harakati (2 soat)
1.Yer uningrning shakli.
2.Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi.
3 Oy. Uning fazalari
4. Ekvator. Meridian va parallel chiziqlari.
Amaliy topshiriq
Globus va xarita bilan ishlashni amaliy mashg’ulotini ishlab kelish
Umumiy ma’lumot.Yer uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-a., Fales) Yerni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-a., Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-a. 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-a. da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Yerning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-a. da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-a. da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Yer meridiani yoyini oʻlchash asosida Yer diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Yer radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.
Yerning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Yer harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi.
Yer nazariy – farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo’lib o’rganiladi: Qobiq,Mantiya va Yadro.
Yer qobig’i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5 – 10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 – 45 km, tog’li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o’zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig’ini o’rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog’ jinslari harorati o’rtacha har 33 metrda 1°C ga ko’tariladi.
Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarning Yer va uning tuzilishi,o’z o’qi va quyosh atrofida aylanishi to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, tabiiy fanlar rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar haqida ma'lumot berish va ularning qilgan ishlari to'g'risidagi tasawurlarini rivoj lantirish.
Kerakli jihozlar: Globus, Xaritalar, stol lampasi, proektor.
Talaba bilishi kerak:
- Yer sayyorasining tuzilishi va vujudga kelishi to’g’risidagi ma‘lumotlarni;
- yerning o’z o’qi atrofida aylanib kun va tunni hosil bolishini
- Quyosh atrofida aylanishi va yilni hosil bo’lishini.
Talaba bajarishi kerak:
Globusdan yerni tuzilishi, qit’a va materiklarni ko’rsatib berishi:
Kun va tunni almashinishini amliy mashg’ulot ishlanmasini tayyorlab kelish
Yerning Quyosh atrofida aylanib fasllar almashinishini amliy mashg’ulot ishlanmasini tayyorlab kelish va tahlil qilish.
Ishni bajarish tartibi:
- talabalar Yer haqidagi yani uning relifi iqlimi, vujudga kelishiga oid adabiyotlardan ma‘lumotlar yig’adilar;
- talabalar kun vat un, fasillar almashinishihaqidagi amaliy mashg’ulotlarni ko’rsatadilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |