Quyosh (bogʻliqlik)
Quyosh - YER BOGʻLIQLIGI - Quyosh
faolligining Yerdagi jarayonlargataʼsiri.
Quyosh tarqatayotgan energiya (3,9-
1038erg/sek)ning atigi 5-10-10 qismi
Yerga yetib keladi va u Yerdagi deyarli
barcha jarayonlarning energiya manbai
hisoblanadi. Quyoshning rent-gen,
ultrabinafsha toʻlqinlarda nurlanishi Yer
ionosferasini vujudga keltiradi,
korpuskulyar (zarra) nurlanishi, yaʼni
Quyosh shamoli Yer magnitosferasi
dinamikasini belgilaydi. Quyoshning
umumiy nurlanishi oʻzgarishlari 1% dan
oshmaydi. Bu esa Yerning issiqlik
muvozanati turgʻunligini taʼminlaydi.
Lekin Yerdagi barcha hodisalarga
Quyoshdan doimiy keladigan
energiyadan tashqari, Quyosh faolligi
bilan bogʻliq boʻlgan elektro-magnit va
korpuskulyar oʻzgarishlar ham taʼsir
etadi. Bu oʻzgarishlar, asosan, rentgen,
ultrabinafsha va radiotoʻlqinlarda
kuzatilib, Quyosh faolligining 11 yillik
davri va Quyoshning oʻz oʻqi atrofida
aylanish davri boʻlgan 27 kunlik
davriyliklarda seziladi. Quyosh
chaqnashlari vaqtida sokin quyosh
nurlanishiga nisbatan rentgen toʻlqinlarda
nurlanishi 100 marta, ultrabinafsha
toʻlqinlarda 50% dan kuchliroq boʻladi,
radiotoʻlqinlarda nurlanishi esa turli
chayqalishlardan iborat. Quyosh
chaqnashlari Quyosh kosmik nurlari
manbai boʻlib, unda chiqarib tashlangan
zarralar oqimlari quyosh shamolida
uzilishlar va zarba toʻlqinlarini vujudga
keltiradi. Quyosh chaqnashlarining
rentgen, ul-trabinafsha toʻlqinlarda
nurlanish va kosmik nurlari Yerga 8—30
min.da yetib keladi va ionosferani
qoʻshimcha ionlashtiradi, natijada Yer
atmosferasida radiotoʻlqinlarining
tarqalish sharoiti oʻzgaradi. Mas, shu pay-
tlarda radiotoʻlqinlarning yutilishi yuz
beradi, quyosh chaqnashlari chiqarib
tashlangan zarralar oqimi yerga 1—2
kunda yetib kelib, magnit boʻronlari va
qutb yogʻdulari hosil qiladi.
Quyosh faolligi Yer atmosferasining
pastki qatlamlari (ob-havo va iqlim) va
biosferaga bevosita emas, balki juda
murakkab yoʻllar orqali taʼsir qiladi,
chunki quyosh elektromagnit va
korpuskulyar nurlanishida u bilan
bogʻlangan chekinishlar Yer
atmosferasining yuqori qatlamlarida
yutilib, pastki qatlamgacha toʻgʻridan-
toʻgʻri yetib kelmaydi. Keyingi
maʼlumotlarga koʻra, Yer atmosferasining
yuqori va pastki qatlamlaridagi sharoit
bir-biriga bogʻliq boʻlib, Quyosh
faolligining troposferaga taʼsiri toʻgʻrisida
tegishli maʼlumotlar olinyapti. Mas,
qutblari atroflarida troposfera holatining
Quyosh faolligi bilan bogʻliqligi
isbotlangan. Quyosh faolligining
biosferaga taʼsirini gelio-biologiya fani,
fizik jarayonlarga taʼsirini esa
geliogeofizika fani oʻrganadi.
Shuningdek, daraxtlardagi yillik
halqalarning ortishi, qon (yigʻilishi,
leykoiitlar soni va boshqalarlar)
xususiyatlari, yurak-qon tomirlari
kasalliklari va ularning oqibatlari quyosh
aktivligiga bogʻliqligi aniqlangan.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Last edited 4 years ago by Ximik1991Bot
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Quyosh_(bog liqlik)&oldid=
1815370
" dan olindi
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |