Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari’’ kafedrasi 5321500 > ta’lim yo’nalishi



Download 6,19 Mb.
bet1/5
Sana19.02.2022
Hajmi6,19 Mb.
#459267
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Baxtiyor


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
‘’Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari’’ kafedrasi


5321500 - << Yengil sanoat texnalogiylari va jihozlari>>
ta’lim yo’nalishi
181 YeST guruh talabasi Nurmetov Baxtiyorning





MALAKAVIY AMALIYOTI
HISOBOTI
Mavzu: Matolarni pardozlashning bosma usullari.
Amaliyot o’tash joyi: “Urganch Bahmal” MCHJ.


Amaliyotchi: Nurmetov . B
Universitet tomonidan amaliyot rahbarlari: Sobirov. D
Xajiyev. Q
Komilov. A
Korxona tomonidan amaliyot rahbari: Eshametov. A
Urganch-2022

Mundarija:

  1. Kirish…………………………………………………………………………………………3

  2. Urganch Bahmal” MCHJ…………………………………………………………..7

  3. Asosiy qism

3.1 Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni haqida umumy tushunchalar……………………………………………………………………………13
3.2 Aralash tolali matolarni bo’yash va gul bosish agregatlari………………………………………………………………………..……..17
3.3 Gul bosilgan matolarga issiqda ishlov berish…………………..………………………………………………………………….28

  1. Xulosa……………………………………………………………………………………..37

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………...41

  3. Ilovalar…………………………………………………………………………………….42


Kirish.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keying asosiy vasifasi iqtisodiyotda tubdan islohatlar o’tkazish edi. Ayniqsa, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri to’qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgandir. Respublikamizda o’rtacha 3-3.5 mln tonna paxta yetishtirilib, 1-1.2 mln tonna paxta tolasi qayta ishlanadi va chetga eksport qilinadi.
Hozirgi kunda yangi tolalar kashf etishdan ko’ra mavjud tolalar asosida yangi assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq iqlim sharoitiga mo’ljallangan, tarkibida nitron va paxta, nitron va ipak tutgan aralash tolali matoni pardozlash texnologiyasini o’rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kishilik jamiyati o’zining moddiy farovonligini oshirish uchun tabiat bilan kurashda turli-tuman yangiliklar yaratib, undan ustunlik qilmoqda. Kimyo faninig eng so’ngi kashfiyotlari va ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar yangi-yangi sun’iy va sintetik materiallarni vujudga keltirishga imkon bergan. Bu materiallardan tayyorlangan sun’iy va sintetik gazlamalar, trikotaj, mo’yna, poyabzal va boshqalar pishiqligi, mustahkamligi, arzonligi bilan ajralib turadi. Xalq iste’mol mahsulotlari sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini ta’minlash, dunyo namunalari darajasida ishlab chiqarish
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi. Bu maqsadga yuqori malakali mutaxassislar shu jumladan pardozlash korxonalari texnologiyalarini yetishtirib berish orqali erishish mumkin.
To’qimachilik korxonalaridagi kimyoviy-texnologik jarayonlarning asosiy vazifasi mahsulotlarga ma’lum xossalar berishdan iborat. Bular: kapillyarlik, oqlik, kamkirishuvchanlik, kamg’ijimlanuvchanlik, namga chidamlilik, ko’rkamlik va boshqalardir. To’qimachilik materiallarini pardozlashning kimyoviy jarayonlari bilan bir qatorda mexanik jarayonlar ham bajariladi (tuk qirqish, paxmoqlash, dazmollash, en kengaytirish va boshalar).
To’qimachilik materiallarini pardozlash qadimdan ma’lum bo’lib, hozirgi kunda u og’ir qo’l mehnatidan to uzluksiz tez sur’atlarda olib boriladigan jarayonlargacha rivojlanib kelmoqda. XVIII asrgacha zig’ir tolali matolarni oqartirishga butun yoz mavsumida erishilgan bo’lsa, XIX asrga kelib ba’zi kimyoviy materiallarni qo’llanilishi sababli bu jarayonga ikki oy mobaynida erishishga muvaffaq bo’lganlar. Hozirgi kunda yuqori harorat, bosim hamda turli faol kimyoviy moddalarni ishlatish orqali matolarni oqartirishga bir necha soat sarlanadi xolos.
XIX asr o’rtalarigacha bo’yash va gul bosishda faqat tabiiy bo’yovchilardan foydalanilgan. 1842 yili Qozon universiteti professor N.N.Zinin tomonidan kashf etilgan anilinni olish texnologiyasi sanoat miqyosida ko’pgina bo’yovchi moddalarni ishlab chiqarishga asos bo’ldi. Matolarni badiiy bezash uchun bo’yovchi moddalar, b’yoqlar va pigmentlar ishlatiladi.
Hindiston, Xitoy va Misr matolarga gul bosishning vatani hisoblanadi. Ilgari matolarga qo’lda gullar chizilgan, so’ng maxsus qoliplar orqali, keyinchalik esa gul bosish jihozlarida matolarda turli gullar hosil qilingan.
To’qimachilik materiallarini pardozlash jarayonlari bo’yash-pardozlash yoki pardozlash korxonalarida olib boriladi. Pardozlash korxonalari tarkibida quyidagi asosiy bo’limlar faoliyat ko’rsatadi: oqrtirish, bo’yash, gul bosish va yakuniy pardoz berish. Asosiy bo’limlar bilan bir qatorda yordamchi bo’limlar ham bo’lib, ular: xom-ashyo, tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, kimyoviy moddalar va ehtiyot qismlari omborxonasi; kimyoviy stansiya, bo’yoq qaynatish xonasi, ishlatilgan eritmalarni regenratsiya qilish o’limi qoliplarni tayyorlash yoki gravyura xonasi.
Bularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun esa zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan yangi korxonalar kerak bo’adi. Shu sababli oxirgi yillarda paxtani qayta ishlashni ta’minlash va respublikda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko’paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko’proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik uzluksiz takomillashib bormoqda. Shunday hujjatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvarda imzolangan “ Respublika to’qimachilik sanoatiga sarmoyalar jalb qilish choralari to’g’risidagi” 38-sonli qaror bo’lib, u to’qimachilik sanoatidagi sarmoyalar jalb qilish muhitini tubdan o’zgartirish imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu qaror bilan chet el sarmoyalarini jalb qilishning 2005-2008 yillarga mo’ljallangan dasturi tasdiqlandi.


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish