1-Topshiriq
YAshikda 1 dan 20 gacha nomerlangan sharlar bor. Tavakkaliga bitta shar olindi. Uning nomeri 20 dan oshmaslik ehtimoli nimaga teng?
YAshikda 10 ta oq va 15 ta qora sharlar bor. YAshikdan ko‘k shar olinish ehtimoli nimaga teng?
YAshikda 3 ta oq, 4 ta qora va 5 ta qizil sharlar bor. YAshikdan tavakkaliga olingan shar qora rangli bo‘lish ehtimolini toping.
Tanga ikki marta tashlandi. Har ikkala holda ham gerb tushish ehtimoli nimaga teng?
YAshikda 20 ta oq, 18 ta qora, 12 ta ko‘k va 18 ta qizil sharlar bor. Tavakkaliga olingan shar oq, qora, ko‘k, oq yoki qora, ko‘k yoki qizil, oq, qora yoki ko‘k bo‘lib chiqish ehtimollarini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |