Quruq tuzlar” aralashmasi analizi Daslabki tekshiruvlar



Download 43,96 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2022
Hajmi43,96 Kb.
#487257
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Қуруқ туз алалашмаси анализи


Quruq tuzlar” aralashmasi analizi
1. Daslabki tekshiruvlar

  • Tuzlar aralashmasining bir turda yoki bir turda emasligini tekshirish, tarkibiy qismlarning rangi (barcha aralashmani, agar u bir turda bo‘lsa albatta). Agarda aralashma oq rangda bo‘lsa, unda rangli kationlar yoki anionlarning tuzlari bo‘lmaydi (Fe, Mn, Ni, Co, Cu, Cr, CrO42-, Cr2O72- ionlari bo‘lmaydi). Ko‘k yoki yashil rang mis yoki nikel ionlarining yoki ikkalasiniyam mavjudligini bildiradi. Qizil yoki qizg‘ish rang kobalt yoki marganes kationlari aralashmasi yoki ikkalasiniyam aralashmalari mavjudligini bildiradi, sariq yoki sarg‘ish-qizil rang xromat yoki bixromat ionlarning va Fe3+ mavjudligini bildiradi.

  • Kichkina tigelga yoki kichik farfor bo‘lagiga joylash­tirilgan quruq aralashmaning gaz gorelkasining rangsiz olovida qiz­dirish. Bunday qizdirishda tuzning qisman yoki to‘liq uchib ketishi unda ammoniy yoki simob tuzlarining aralashmasi mavjudligidan dalolat beradi. Bunda hosil bo‘luvchi metall oksidlarining rangiga qarab ko‘plab xulosalar chiqarish mumkin. Agarda, oksidlar oq rangda bo‘lsa, unda aralashmada oksidlari bo‘yalgan elementlar mavjud emas (temir, mis, nikel, marganes, kobalt, qo‘rg‘oshin). Agarda, issiq holatda rang sariq bo‘lsa, sovutilganda esa rang yo‘qolsa, unda rux ionlari mavjud deb hisoblash mumkin. Oksidlarning qora rangi quyidagi kationlarning aralashmada mavjudligidan darak beradi: mis(II), nikel(II), kobalt(II). To‘q-qo‘ng‘ir rang aralashmada marganes, temir, vismut kationlarining mavjudligidan yoki qo‘ng‘ir-sariq rang unda qo‘rg‘oshin yoki kadmiy kationlarining mavjudligidan dalolat beradi.

  • Alikvotga 2N sulfat kislotaning ta’siri. Tigelga (yoki kosachaga) ozroq tuzlar aralashmasidan olib, unga bir nechta tomchi 2N sulfat kislotadan qo‘shiladi. Agarda, bunda hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmasa, unda aralashma salgina qizdiriladi. Hech qanday rangga va hidga ega bo‘lmagan gazning ajralishi aralashmada karbonat ionlarning mavjudligidan dalolat beradi. Sulfat angidiridining o‘tkir hidiga ega gazning ajralib chiqishi aralashmada tiosulfat yoki sulfit ionlarning mavjudligidan darak beradi. Nitrat kislotaning o‘tkir hidiga ega qo‘ng‘ir gazning ajralib chiqishi aralashmada nitrit ionlarning mavjudligidan darak beradi. Sirkaning hidi atsetat ionlarning mavjudligiga ishora qiladi. Agarda ushbu tekshiruvda sulfit yoki tiosulfat ionlarning ishtiroki aniqlansa, unda shunday xulosaga kelish kerakki, aralashmada hech qanday kuchli oksidlovchilar mavjud emas (arsenat-, xromat-, nitrit-anionlar, kationlardan temir (III) ioni dioksid marganes). Agarda nitrit kislotaning ionlari aniqlangan bo‘lsa, unda aralashmada kuchli qaytaruvchilar mavjud emas (tiosulfat-, sulfit-, iodid- i arsenit-ionlar).

  • Aralashmaning ushbu namunasiga konsentrlangan sulfat kislotaning ta’siri, u 2N sulfat kislota ta’siri uchragan. Avvalgi namunaga 2–3 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Bunda oltingugurt gazi hidining paydo bo‘lishi (avvalgi tekshiruvdan bunday gaz ajralib chiqmagan) aralashmada kuchli qaytaruvchilar majudligidan darak beradi (yod-, brom-, arsenit-ionlar). Ular konsentrlangan sulfat kislotani qaytarish hususiyatiga egadirlar. Binafsha bug‘larning ajralib chiqishi aralashmada yod ionlarining mavjudligidan, qo‘ng‘ir bug‘larning ajralib chiqishi esa – brom ionlarining mavjudligidan darak beradi.

  • Xuddi o‘sha namunaga ozroq quritilgan kalsiy ftorid qo‘shiladi, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va shisha tayoqchaning oxirida hosil bo‘lgan pastani gaz gorelkasining rangsiz olovi oldiga yaqinlashtiriladi, uni olovga qo‘yish kerak emas. Olov atrofining yashil rangga bo‘yalishi aralashmada bor kislotaning tuzlari mavjudligidan dalolat beradi.

  • Gorelka oloviga o‘rganilayotgan tuzlar aralashmasini qo‘yilgandagi namunaning bo‘yalishi. Nixrom simining yakunidagi sirtmoqchani qizdiriladi va unga tuzlar aralashmasini tekkiziladi. Sirtmoqqa aralashmani yopishtirilgandan keyingi rangning jigarrang-qizil rangga o‘tishi aralashmada kalsiy ionlar mavjudligidan, malina rangiga o‘tishi – stronsiy, yashil rangga o‘tishi – bariy, mis va borat ionlar kationlarining mavjudligidan dalolat beradi.


Download 43,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish