Yaponcha dzyu yumshoq, do yoʻl sport yakkakurashi. D. ga Yaponiyada prof



Download 140,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2022
Hajmi140,07 Kb.
#644552
Bog'liq
Dzudo - Vikipediya



Dzudo
Dzyudo
(yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof.
Dzigoro Kano (1860—1938) 1882-yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan
inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka
yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor)
kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60,
66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi,
kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish,
siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho
olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini
qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan
olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko",
"vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko"
baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi).


D. boʻyicha musobaqalar 1883-yildan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956-yilda
tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991).
1956-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga
kiritilgan.
Oʻzbekistonda D. bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek
kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida
yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan takdirlanishdi.
Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod
Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001)
— 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi
musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna
Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.
[1]
Dzyudo_柔道_-_„_Yengil_yoʻl_“_Jang_sanʼati_nomi_(JS):_Dzyudo_Asos_solingan_sanasi'>Dzyudo
柔道
- „
Yengil yoʻl

Jang sanʼati nomi (JS):
Dzyudo
Asos solingan sanasi:
{{{Asos solingan sanasi}}}
1882
-yil
Asoschi:
Jigaro Kano
Asos solingan joy:
Yaponiya
Sport turi guruhi:
Sharq yakka kurashi va Jang san'ati
Asoslanishi JS:
Dzyudzyusu, Tenzin Sinyo ryu, Kito Ryu
JA hosil boʻlishi:
Brazilya Jiu-Jitsu, Kavaisi Ryu, Kosen Dzyudo,
Sambo
Taniqli davomchilar:
Sunziro Tomita, Mitsue Mayida, Kyuzo Mifune,
Keyko Fukuda, Masaxiko Kimura, Yasixuro
Yamasita, 
Vladimir Putin

Rishod Sobirov
,
Abdullo Tangriyev
, Marat Azimbaev, 
Ramziddin
Saidov


Dzyudo
(
yaponcha
:
柔道
)- soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „
Yengil yoʻl
“ maʼnosini anglatadi. 
Sharq
yakka kurashlari
 orasida mashhur boʻlgan bu 
sport
 turi vatani 
Yaponiya
 boʻlib 
XIX asr
 boshlarida
[2]
嘉納
治五郎
tomonidan dzyudo qonun qoidalari yaratilgan.
Olimpiada oʻyinlari dasturiga 
1964
-yili kiritilgan ushbu sport turi, 
Oʻzbekistonda
ham ommaviy
sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil Oʻzbekiston tarixida 
Olimpiada oʻyinlarida
qoʻlga
kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga toʻgʻri keladi.
Dzudo
Xarakteristikalari
Kontakt
Ha
Aralash jins
Ha
Turkum
Sharq yakkakurashi va jang san'ati
Anjom
Kimono
Oʻynaladigan joy
Tatami
Olimpik oʻyin
Ha 
1964
-yildan e'tiboran
Paralimpik oʻyin
Ha
Mintaqa
Butunjahon


1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. 
Jigaro Kano (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B0%D0%BD%D0%BE,_%D0%94%D0%B7%D
0%B8%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0%BE)
Oʻzbekiston Dzyudo Federatsiyasi rasmiy sayti (http://judo.uz/)
Dzyudo usullaridan biri
Manbalar
Havolalar
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Dzudo&oldid=2482263

dan olindi

Download 140,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish