Yandex kompaniyasi tashkil topishi. Yandex ning yaratilgan qulayliklari va keng imkoniyatlari. Kompaniyaning boshqaruv strukturasi



Download 85,48 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi85,48 Kb.
#294801
  1   2   3
Bog'liq
YANDEX-tayyor


MAVZU: YANDEX KOMPANIYASI.

Reja:

  1. Yandex kompaniyasi tashkil topishi.

  2. Yandex ning yaratilgan qulayliklari va keng imkoniyatlari.

  3. Kompaniyaning boshqaruv strukturasi.

Bugun Rossiyada eng mashhur hisoblanuvchi qidiruv tizimiga e’tibor qaratamiz. Google hali ham qidiruv tizimi sohasida dunyo miqyosida yetakchilik qilayotgan bo‘lsada, Yandeks Rossiyada eng keng tarqalgan qidiruv tizimi bo‘lib qolmoqda. Bu tizim haqida nimalarni bilamiz?

• Yandeks tashkil etilgan sana 23-sentyabr hisoblanadi. 1997-yili aynan shu kunda sistema birinchi marta Moskvadagi ko‘rgazmada namoyish etilgan.

• Yandeks Rossiya kompaniyasi bo‘lishiga qaramasdan, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan.

• Bugungi kunda, Yandeks qidiruv tizimlari reytingida 4-o‘rinni egallaydi.

• “Yandex“ so‘zi Yandeksning rasmiy yaratilgan kunidan oldin paydo bo‘lgan. Nom 1993-yilda Arkadiy Voloj va Ilya Segalovich tomonidan ixtiro qilingan, u dastlab kompaniya yoki qidirish tizimini emas, balki shaxsiy serverdagi qidiruv texnologiyalarini anglatgan. Keyinchalik, quyidagi rasshifrovka Internetda mashhur bo‘ldi: "Yet Another iNDEXer", ya’ni boshqa indeksator. Ammo, ba’zi odamlar bu so‘z o‘ylab topilgan va rasshifrovkasiz deb o‘ylashadi. Boshqalar esa bu "Language Indexor" va boshqa ko‘p sonli versiyalarni anglatadi deb o‘ylashadi.

• Birinchi Yandeks dizayni burchak ostida yaratilgan va egri ko‘rinishga ega edi. Uni hatto bemalol skaner qilish qiyin edi.

• 2000-yilda Yandeks televizion reklamani yo‘lga qo‘ygan birinchi Rossiya internet-biznesi bo‘ldi. Reklama uchun “Hamma narsa topiladi!“ iborasi tanlangan. Bu ibora keyinchalik kompaniyaning shioriga aylangan.

Rossiya Federatsiyasining o‘sha davrdagi Prezidenti Dmitriy Medvedevning 2009 yildagi farmoniga binoan, Sberbank Yandeks'ning “Oltin aksiyasi“ni sotib oldi. Bu harakat chet elliklar aksiyani ruslardan oldin sotib olmasliklari uchun amalga oshirilgan.

• Yandeks har doim ham mustaqil kompaniya bo‘lmagan. U 2000-yilgacha Comptec kompaniyasiga qarashli bo‘lgan.

• 2013-yilda Yandeks Rossiyadagi qidiruv tizimlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni esa Xitoy kompaniyasi PC Baidu egallagan.

• 2012-yilda Yandeks barcha yetakchi telekanallarni, hatto auditoriya yig‘ish bo‘yicha “Perviy“ kanalni ham ortda qoldirdi.

• Agar statiskalarga qarasak, erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq so‘rovlar amalga oshiradi, ammo ayollar ularni uzoqroq bajaradilar.

• Yandeks’da morfologiyasini hisobga olgan holda 9 tilda qidiruv amalga oshirish mumkin: rus, ingliz, belarus, tatar, ukrain, nemis, turk, fransuz va qozoq.

• Yandeks 83 xil xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Hammaga tanish bo‘lgan Яндекс.Карт va Яндекс.Почты'dan tortib Яндекс.Время va Яндекс.Статистика'gacha. Shuningdek, Авто.ру xizmati ham Яндексу.Редактор Viladimir Vorobyovga tegishli.


Yandex O’zbekistonda o’z xizmatlariga yagona obuna — Yandex.Plus ni yo’lga qo’ydi.

Yandex O’zbekistonda o’z xizmatlariga obuna — Yandex.Plus ni yo’lga qo’ydi. Obuna bo’yicha 5000 dan ortiq film va seriallar, 60 milliondan ziyod musiqaviy trek va podkastlar mavjud.

Bundan tashqari, har bir obunachi Yandex.Diskda qo’shimcha joy va taksi xizmatida chegirmaga ega bo’ladi. Film va seriallarni onlayn-kinoteatr KinoPoisk HD ko’rsatadi. Obunachilar uchun Marvel va DC olamidagi tasmalar, “So’ngi vazir” va “Anna Nikolayevna” Loyihasi ekyuziv premyeralari, kinotarqatish xitlari, klassik komediyalar, multfilmlar va ko’pgina boshqa narsalar mavjud.



Yandex.Music obuna bo’lishda, treklarni yuqori sifatda tinglash va ular internetsiz tinglah uchun, telefonga yuklab olish imkoniyatini beradi. Xizmat nafaqat musiqani taklif etadi: katalogda podkast, ertak, audio spektakllar mavjud.

“O’zbekiston aholisi ikki yildan buyon bizda musiqani tinglashmoqda, — deydi Yandex.Music ning xalqaro rivojlanish rahbari Amir Bektemirov. — Bizda O’zbekistonda yashovchi musiqiy muharririmiz bor, katalogda mamlakatning mashhur ijrochilari ko’p.

Bugun biz bizning foydalanuvchilarimizni hursand qilamiz: musiqaga oldingi obuna bahosida kinoni qo’shamiz. Xuddi shu pul evaziga odamlar bir qator imtiyozlarga ega bo’lishadi”.

Kino va musiqadan tashqari, obunachilar quyidagilarga ega bo’lishadi:

— Yandex.Taksida “Qulay” va “Biznes” tariflari bo’yicha doimiy 10% chegirmaga — u harakatlanish cheklovlari yechilishi bilan amal qilishni boshlaydi;


Yandex.Disk da qo’shimcha 10 gigabayt va istalgan tarifda joy xarid qilishga 30% chegirma.

Yandex.Music obunachilari allaqachon Plusda — ular unga avtomat ravishda ega bo’lishdi. Qolganlar esa Yandex.Plusni istalgan vaqt rasmiylashtirishlari mumkin. Birinchi uch oy obuna 599 so’m, keyinchalik oyiga — 15 999 so’m. Obuna to’lovini UzCard kartasi yordamida amalga oshirish mumkin.




Download 85,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish