Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.[1]
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Aligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya
Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Oligopoliya (oligo... va yun. poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma)larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi.
O. uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor sav-dosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi.
Firmalarning uncha koʻp boʻlmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tugʻdiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ularga nar-xlarni belgilash, bozorni boʻlish yoki taqsimlash va boshqacha yoʻllar bilan oʻzaro raqobatni cheklashda qoʻl keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari (kartel bitimi va boshqalar) bor. Monopoliya kabi O. ham nomukammal raqobat koʻrinishi hisoblanadi.[1]
Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga Oʻzbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), koʻmir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Shargʻun) va Boysun (Toʻda) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |