Xulosa tadqiqot davomida olingan bilimlar yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: Birinchidan



Download 13,02 Kb.
Sana22.06.2021
Hajmi13,02 Kb.
#73029
Bog'liq
Xulosa


XULOSA

Tadqiqot davomida olingan bilimlar yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:



Birinchidan, turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan yozma yodgorliklarini o‘rganish ishlari mazkur yodgorliklarning topilishi bilanoq boshlab yuborilgan. O‘z o‘rnida ushbu yodgorliklar qanday mazmunga ega ekanligiga qarab guruhlarga ajratib chiqilgan. Jumladan, O‘rxun-Yenisey yozma yodgorliklari, turk-budda, turk-moniy hamda turk-nasroniy mazmunli yozma yodgorliklaridan iborat. Shular orasidan turk-nasroniy yozma yodgorliklari asosan qabrtoshlarga bitilgan matnlardan iborat.

Ikkinchidan, nasroniylikni turkiy xalqlar VI asrda qabul qilganlar. Nasroniylar o‘zlarining ibodatxonalarini Samarqand, Buxoro, Talas, Koshg‘ar kabi shaharlarda qurib, o‘zlarining faoliyatlarini olib borganlar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, turk nasroniylaridan bizgacha faqatgina qabrtoshlarga yozilgan matnlargina saqlanib qolgan. Ushbu qabrtoshlar boshqa davrda yaratilgan qabrtoshlarga o‘xshash va farqli jihatlarga ega. Jumladan, turk nasroniylari suryoniy yozuvi asosida turkiy matn bitganlar, ya’ni suryoniy xatini turkiy tilga isloh qilganlar. Bu ham turkiy yozuvlar tarixida o‘ziga yarasha o‘chmas iz qoldirgan. Shu bilan birga, turk-nasroniy qabrtoshlari usti yapaloq toshlarga bitilgan bo‘lib, asosan matn o‘rtasiga chizilgan xoch tasviri imkon qadar jimjimador shaklda ishlangan.

Uchinchidan, bugungi kungacha saqlanib qolgan turk-nasroniy qabrtoshlari hajm jihatidan turlicha: bir qatorli matndan tortib, to 12-13 qatorgacha uchraydi. Qabrtosh matnlari ikki tilda: turkiy hamda nasroniy tilida. Suryoniy tilida bitilgan qabrtoshlar turkiy tillilariga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi. Matnlarda turkiy tildan tashqari, suryoniycha so‘z va iboralardan ham foydalanilgan. Ushbu yozma yodgorliklar turkiy til tarixiga ilk o‘rta asrlardagi til vaziyati, o‘zga yozuv turlarining qo‘llanuvi, matn uslubi kabi bir qator masalalarga oydinlik kiritish uchun qimmatlidir.

To‘rtinchidan, aytib o‘tganimizdek, turk-nasroniy qabrtosh matnlari topilishidan boshlab turli mutaxassislarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Xususan, ushbu yozma yodgorliklarni S. Malov. Ch. Jumagulov kabi yirik tadqiqotchilar tadqiq etishgan. Lekin hozirgi kunda ushbu yozma yodgorliklar mutaxassislar diqqat-e’tiboridan chetda qolgan ko‘rinadi. Hozirda turk-nasroniy qabrtosh matnlarining S. Malov va Ch. Jumagulov nashrlaridan yangiroq tadqiqotlarini uchratmadik.

Beshinchidan, yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning nashrlarida o‘qilishi va talqinida izohtalab o‘rinlarining izoh va sharhlarini keltirdik. Matn mazmuni hamda hozirgi kundagi turkshunoslikdagi so‘nggi matn tahlil usullaridan foydalangan holda turk-nasroniy qabrtosh matnlarining sharhini yaratdik. Izohtalab o‘rinlarini izohladik. Shu bilan bir qatorda, tadqiqotlarda shu kungacha amalga oshirilmagan matn komponentlari ham ko‘rib chiqildi. Bugungi kungacha yetib kelgan qabrtosh matnlaridan foydalangan holda turk-nasroniy qabrtosh matnlari asosiy uch qismdan iborat ekani ma’lum bo‘ldi. Keltirilgan har bir komponent O‘rxun-Yenisey hamda islom davri qabrtosh matnlari bilan qanday o‘xshash va farqli jihatlari borligini aniqladik. Unga ko‘ra, marhum vafot etgan yil, marhumning ismi, duo-tilak jumlasi o‘xshash komponentlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Oltinchidan, turk-nasroniy qabrtoshlari uslubi masalasida ko‘plab olimlar, xususan, professor Q. Sodiqov fikrlariga tayangan holda, shu bilan bir qatorda ularni kengaytirib, mazkur matnlar o‘ziga xos bo‘lgan uslubga ega ekanligini aniqladik. Bu o‘rinda ham mazkur matnlarning boshqa qabrtosh, ya’ni Yenisey qabrtosh matnlaridan farqli va o‘xshash jihatlari ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, mantlarning barchasi darak gap ko‘rinishida berilgan. Duo so‘zlari ham qo‘llanilgan. Qabrtosh matnlarida kelayotgan jumlalar qolip formaga tushib qolgan.

Yettinchidan, professor Q. Sodiqov turk-nasroniy qabrtosh matnlari badiiyati to‘g‘risida gapirar ekan, ular badiiylikdan xoli ekanini aytib o‘tadi. Lekin biz Iya Steblevaning O‘rxun-Yenisey yozma yodgorliklarining badiiy asar ekanligi haqidagi fikrlaridan kelib chiqib, ushbu qabrtosh matnlarida ham badiiylik mavjudligini ko‘rsatishga harakat qildik. Turk-nasroniy qabrtosh matnlarida badiiylik boshqa badiiy asarlarga o‘xshash aniq ko‘rinishga ega bo‘lmasada, ularda ma’lum til vositalari orqali ifoda etilganini aniqladik, jumladan, jumlalarning kesimi badiiy bo‘yoqlarga ega bo‘lgan so‘zlardan tuzilgan. Shu bilan birga, ma’lum darajada alliteratsiya hamda sa’jdan ham foydalanilgan.

Demak, qadimgi turk-nasroniy qabrtosh matnlari ilk o‘rta asr turkiy tilining noyob va o‘ziga xos bo‘lgan yozma yodgorligidir. Ularni tadqiq etish turkiy til tarixi, turkiy yozuvlar tarixi, matn tuzish an’anasi, qadimgi turkiy monumental yodgorliklar uslubi haqidagi tasavvur va bilimlarimizni boyitishga ko‘maklashadi.
Download 13,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish