Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida gender tengligi



Download 18,44 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi18,44 Kb.
#578215
Bog'liq
Xolmuradova


Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida gender tengligi
Xolmuradova Gulmira Abdiraimnovna
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tengligi va uning ijtimoiy rivojlanishdagi roliga ahamiyat qaratilgan.
Аннотация: В этой статье придаётся значение гендерному равенству и его месту в социальном развитии.
Annotation: This article focuses on gender equality and its role in social development.
Kalit so‘zlar: Gender tengligi, ijtimoiy rivojlanish, xotin-qizlar, erkaklar, "Gender and development", teng huquqlilik, jamiyat taraqqiyoti.
Ключевые слова: Гендерное равенство, социальное развитие, девушки и женщины, мужчины, "Gender and development", одинаковые права, развитие общества.
Key words: Gender equality, social development, women, men,"Gender and development", equality, community development.
Rivojlanishning eng o‘tkir muammolaridan biri tenglikka erishishdir. Bundan ikki yuz yil avval buyuk burjuaziya inqiloblari ta'siri ostida hukmdorlarning va fuqarolarning tengsizligi yoki erkaklarning xotin-qizlar ustidan hukmronligi ilohlar tomonidan yo‘llangan deb hisoblash an'anaviy qarashlari susaya boshladi, ozodlik va barcha odamlarning tengligi g‘oyalari tarqala boshladi. Xotin-qizlarning ahamiyati, ularning jamiyatdagi roli va maqomi to‘g‘risidagi qarashlarda o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi.
Qayd etilishicha, rivojlanish jarayonini sayyora ahlining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan xotin-qizlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 40 yillik tarixga ega rivojlanish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati katta tajribaga ega va ushbu tajriba tahlili erkaklar va xotin-qizlar tengligiga erishish kambag‘allikni yo‘q qilish va har bir insonning to‘laqonli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha bir necha asosiy xulosalarni chiqarish imkonini berdi.
Tegishli ravishda erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida tenglikkaerishish rivojlanish dasturlariga aholi qanchalik to‘liq jalb etilgan bo‘lsa, rivojlanish jarayoni shunchalik samarali, natijalari esa barqaror bo‘ladi. Shu sababli XX asrning 70-yillaridan boshlangan "Xotin-qizlar rivojlanishda" harakati xotin-qizlar bilan ishlashga va ularni rivojlanish dasturlariga, samarali va daromad keltiruvchi faoliyatga jalb etishga qaratilgan.
O‘g‘il va qiz bolalarda turlicha ko‘nikmalar va psixologik xususiyatlarning tarbiyalanishi, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti, jamiyatda qabul qilingan madaniy me'yorlar, rollar va qarashlar - gender farqlanishni shakllantirish jarayonini ifodalaydi.
Gender konsepsiyasiga muvofiq rivojlanish bo‘yicha faoliyatda "Xotin-qizlar rivojlanishda" ("Women in development") shioridan "Gender va rivojlanish" ("Gender and development ") shioriga o‘tish amalga oshirildi.
Gender tenglik XXI asrda rivojlanish sohasida BMT maqsadlariga erishish borasida prinsipial jihatdan ahamiyatli omildir. Shunga muvofiq tarzda gender yondoshuvlarning takomillashuvi yuzaga keldi.
Bugun xotin-qizlarning jamiyatning barcha sohalarida o‘zlarini ko‘rsatib kelayotganini, ularning faolligi insoniyat rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yosh kitobxon" tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, prezident sovg‘asi "Spark" avtomobilini qo‘lga kiritayotganlar ham qizlar (Mohiniso Shomurodova, Samarqand viloyati, 15-19 yosh toifasi bo‘yicha 1-mavsum g‘olibasi; Nursuluv Kokanova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 15-19 yosh toifasi bo‘yicha 2-mavsum g‘olibasi; Shaxzoda Karimboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 15-19 yosh toifasi bo‘yicha 3-mavsum g‘olibasi va boshqalar)!
Gender tengligi haqida gap ketar ekan, ayollarning yerga urilishi, qadrsizlanishi, zo‘ravonlikka uchrash, tazyiq o‘tkazish, ularga faqat uy bekasi sifatidagi qarashlar to‘xtatilsa, masalaga kengroq yondashilsa va chuqurroq o‘ylanilsa gender tengligi masalasida yutuqlarga erishish turgan gap. Shunday ekan har qanday fuqaro individual rivojlanish sari qadam qo‘yar ekan, uning yo‘liga mayda muammolarni qo‘yib g‘ov bo‘lish kerak emas, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerak, xoh yosh bo‘lsin u xoh qari, yoki erkakmi, ayolmi, u - jamiyatning ajralmas, muhim bo‘lagi!
Yurtimizda ham xotin-qizlarga yuksak e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 1999-yil 10-iyunda maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida a'lo xulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta'sis etilgan. Mazkur mukofot eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida tayinlanadi, shuningdek, sovrindorlar maktab, litsey, kollej o‘quvchilari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar. Mana qizlarga qaratilgan e'tibor!
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 19-mart kuni ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamda yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish borasida beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Guvohi bo‘lganimizdek, ushbu loyihada ham xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalari davlatimiz rahbari e'tiboridan chetda qolmagan.
Bundan tashqari yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy ta'lim muassasalariga kirishda ham qizlarga alohida grantlar ajratilishi, "O‘zbegim ayoli" milliy mukofotining ta'sis etilganlishi va har yili bahor ayyomida tantanali topshirilishi, 2016-yilning yurtimizda birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan "Sog‘lom ona va bola" yili deya nomlanishi, umuman olganda bu ro‘yxatni uzundan uzoq davom ettirishimiz mumkin.
Gender tengligi masalasida e'tibor faqatgina ayollarga emas balki erkaklarga ham qaratiladi. Ya'ni gender tengsizligi natijasida har ikkala tomonga ijtimoiy rivojlanishda salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, oilada erkakka yagona boquvchi sifatida qarash (oilani boqish mas'uliyati faqat erkakning yelkasiga tashlanishi), ish vaqtining to‘g‘ri belgilanmasligi natijasida oilasiga vaqt ajratolmay qolish holatlari va buning oqibatidan yuzaga keladigan oilaviy kelishmovchiliklar jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko‘rsatmay qo‘ymaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, qaysi jins vakili bo‘lishidan qat'i nazar insonlar har qanday holatda teng huquqli sanaladi (bu borada ularning haq-huquqlari himoya qilinishi kerak). Muomala, munosabat masalasida gap ketganda esa bosim o‘tkazish yoki hurmat: ikkalasidan qay biri ustun ekanligiga jiddiy ahamiyat qaratilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘. Abilov, Z. Boboyeva, Z. Usmonova, "Gender tadqiqotlari asoslari kursi xrestomatiyasi", T.: "O‘zbekiston", 2003
2. Shoahmad Mutalov, "Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish", T.: " O‘zbekiston", 2007
3. A.Ro‘zimurotov, "Yosh rahbar" ensiklopedik lug‘ati.(2-nashr), T.: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2018
Download 18,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish