Xorazm viloyati yangibozor tumani



Download 168.33 Kb.
Sana05.03.2020
Hajmi168.33 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XORAZM VILOYATI

YANGIBOZOR TUMANI

HOKIMI





ЎЗБEКИСТОН РEСПУБЛИКАСИ

ХОРАЗМ ВИЛОЯТИ

ЯНГИБОЗОР ТУМАНИ

ҲОКИМИ

O’zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, 221200. Yangibozor posyolkasi

221200 пос. Янгибазар Хорезмской области Республика Узбекистан Teлефоны (8-362) 41-94-255, 41-94-144


2020 yil “____”________ № ______ Yangibozor shaharchasi
Ro‘zimboev Azimboy Hamrobek o‘g‘liga
T A Q D I M N O M A

Yangibozor tumani hokimligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga quyidagi nomzodni taqdim qiladi:

Ro‘zimboev Azimboy Hamrobek o‘g‘li 2002 yil 28 aprelda Yangibozor tumani Qalandardo‘rman qishlog‘ida tug‘ilgan. Bugungi kunda Ro‘zimboev Azimboy Hamrobek o‘g‘li Yangibozor tuman 10-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinfida tahsil olmoqda. Ro‘zimboev Azimboyning matematika faniga qiziqishi baland.

O‘zining maktab-internatda o‘qishi jarayonida intiluvchanligi, qiziquvchanligi va bilimga chanqoqligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi.

Maktab-internatda o‘tkazilgan fan oyliklarida muntazam qatnashib kelmoqda. Maktab-internatda o‘tkaziladigan adabiy va ma'rifiy tadbirlarni ham yuqori saviyada tayyorlashda maktab-internat o‘qituvchilariga doimiy ko‘mak berib keladi. O‘z tengdoshlari orasida tashkilotchilik qobiliyatiga ega.

O‘z iqtidorini namoyish etgani va faolligi uchun bir necha bor faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan:

-2014-2015-o‘quv yilida Ro‘zimboev Azimboy matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning viloyat bosqichida 3-o‘rin, shu yili matematika fanidan xalqaro olimpiadaning saralash respublika bosqichida faol ishtirok qildi.

-2015-2016-o‘quv yilida Ro‘zimboev Azimboy matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

-2016-2017 o‘quv yilida Al-Xorazmiyning 1234 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnirning viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladi. Shu yili matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, yozgi dam olish intellektual oromgohiga yo‘llanma oldi. Maktab-internatida o‘tkazilgan barcha tanlov va tadbirlarda qatnashib, o‘qituvchilarning haqiqiy mehriga sazovor bo‘lgan.

-2017-2018 o‘quv yilida Xalqaro matematika musobaqasida katta yoshli o‘quvchilar o‘rtasida respublika bosqichi ishtirokchisi. Ro‘zimboev Azimboy Hamrobek o‘g‘li fidoiy, yuksak ma'naviyatli yoshlarimizdan biri ekanligi ta'kidlandi hamda uning nomzodi Ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga munosib deb e'tirof etildi.

2018-2019-o’quv yilida o’tkazilgan fan olimpiadasida faxrli I-o’rinni egalladi. 2019-2020-o’quv yilida matematika fanidan xalqaro olimpiadaning saralash viloyat bosqichida qatnashib, respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Maktab-internatida o‘tkazilgan barcha tanlov va tadbirlarda qatnashib, o‘qituvchilarning haqiqiy mehriga sazovor bo‘lgan.

Yangibozor tumani hokimligi noyob iste'dod sohibi sifatida Ro‘zimboev Azimboy Hamrobek o‘g‘lini “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga taqdim qiladi.




Yangibozor tumani hokimi O‘.Masharipov
Download 168.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati