O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
Xonqa tumani
42 – sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Ismoilova Sanobarning
“Alisher Navoiyning
hayoti va ijodi”
Mavzusidagi bir soatlik
Dars ishlanmasi
I. Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Darsning
maqsadi
|
Ta’limiy
|
O’quvchilarga A.Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.
|
Tarbiyaviy
|
O’quvchilarni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va insonparvarlik, odamiylik xislatlarini ularga singdirish.
|
Rivojlantiruvchi
|
O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish.
|
Dars turi
|
Noan`anaviy.
|
O’qitish usullari va uslublari
|
seminar.
|
O’qitishning didaktik materiallari va texnik vositalar
|
kompyuter, proyektor, disklar, A.Navoiy portreti, asarlari, asarlariga ishlangan rangli rasmlar, referatlar, albom, bukletlar.
|
Kutilayotgan natija:
|
Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib, ishlashni o`rganadilar, nutqi rivojlanadi. O’quvchilar A.Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan ko’proq ma’lumotga ega bo’ladilar.
|
XRONOLOGIK XARITA
(45 daqiqa)
№
|
Darsning qismlari
|
Taqsimlangan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash
|
8 daqiqa
|
3
|
Mavzuni va kutilayotgan natijani e’lon qilish
|
1 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
6 daqiqa
|
6
|
Darsni yakunlash
|
6 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish,
|
2 daqiqa
|
II. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: Salomlashtirish, davomatni aniqlash, ijobiy muhit yaratish.
2. Yangi mavzu bayoni.
3. Musthkamlash.
4. Uyga vazifa berish. Dars rejasi:
1. A.Navoiy hayoti va ijodi.
2. A.Navoiy beqiyos sifat egasi.
3. A.Navoiy ijodida hilmning talqini.
4. A.Navoiyning bir g’azali ustida tahlil.
5. A.Navoiy g’azallari chet tillarda.
6. A.Navoiy g’azallarini ifodali o’qish.
III.Yangi mavzu bayoni:
O’zbek mumtoz she’riyatining sultoni ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyati va san’ati tarixida Gomer, Firdavsiy, Rudakiy, Nizomiy, Dante, Shekspir, Pushkin singari faxrli o’rinda turadi.
Ulug’ qalam sohibi bir necha yil Husayn Bayqaro saroyida oily martabali lavozimlarda xizmatda bo’ladi. U buyuk amallarga ijtimoiy siyosiy faoliyat ko’rsatgan bo’lsa-da bir daqiqa ham ijoddan to’xtagan emas.
Navoiy yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800dan ortiq she’rlarini jamlab birinchi devoni “ Badoyi ul – bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. Navoiy o’zining binokorlik va xayriya ishlari yakuniga bag’ishlab “Vaqfiya” asarini yozdi. 1483- yilda Alisher Navoiy o’zining buyuk “Xamsa“ asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda yozib tugatdi. “Xamsa” besh dostondan iborat bo’lib ulkan bu badiiy qomus 50 ming misradan oshiqdir. Dostonlar “Hayrat ul- abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”, “Sab’ai sayyor” deb nomlandi.
Navoiy tarixiy haqiqatga o’z munosabatini bildirib “Zubdat ul - tavorix” (“Tarixlar qaymog’i ”) asarini yozdi.
1488-1493-yillarda “Sayyid Hasan Ardasher”, “Holati Pahlavon Mahmud”, “ Xamsat ul- mutaxayyirin” asarlarini yozdi.
Shu yillarda davr shoirlari xususida “Majolis un – nafois“ risolasini yaratdi.
1492-yilda aruz ilmiga bag’ishlab “Mezon ul- afzon” (“Vaznlar o’lchovi”) risolasini yozdi. Shundan so’ng shoir lirik ijodini qayta taqsimlab yangi “Xazoyin ul – maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) ni yaratishga astoydil kirishdi.
“Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan bu asar 45 000 misraga yaqin she’rlarini jamlab “G’aroyib us sig’ar” (“Bolalik g’aroyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yoshlik nodirliklari”), “Badoye-ul-vasat” (“O’rta yosh go’zalliklari”), “Favoid ul-kibar” (“Keksalik foydalari”) nomlari bilan ataladi.
Navoiy fors tilida yozgan 12 000 misra she’rini va muammo janri haqida “Mufradot” risolasini, “Sittai zaruriya”, “Fusuli arbad” turkum qissalarini yozib “Foniy” taxallusi bilan alohida devon tuzdi.
1498-yilda “Lison ut tayr”, 1499-yilda “Muhokamat ul lug’atayn”, 1500-yilda “Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi.
Navoiy hikmatlarini o’quvchilar o’zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz tillarida aytadi.
За жизнь отца - своей пожертвовать будь рад
И голову сложить за материнский взгляд.
Ты солнцем и луной родителей зови
-И будешь озарен сияньем их любви.
Boshni fido qilg’il ato boshiga,
Jismni qil sadqa ano qoshig’a.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
For thy father s life, pay with thine own;
For wrongs to thy mother, thy head shall atone.
Sun and moon of thy life are they,
Lighting the pathway night and day.
Fur deinen Vater dich zu opfern sei dein Gliick,
das Leben hinzugeben fur der Mutter Blick.
Dir strahle Tag und Nacht hell ihrer Liebe Schein;
die Eltern mogen Sonne dir und Mond stets sein.
aois neureux ae mourir pour que vive ton pere,
Donne ton ame pour un regard de ta mere:
lis sont ta lune et ton soleil, car leur amour
Repand son doux eclat sur tes nuits et tes jours.
O’qituvchi badiiy qismni e’lon qiladi.
Sahna ko’rinishlari: “Alisher va Guli dialogi”, “Farhod va Xusrav” aytishuvi.
Sahna ko’rinishi boshlanganda “Cho’li iroq” musiqasi namoyish etiladi.
Keyin “Zanjirband she’r” rasmi ko’rsatiladi.
IV. Mustahkamlash
Alisher Navoiy g’azallari bo’yicha mushoira o’tkaziladi.
V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Alisher Navoiyning boy badiiy merosi go’yoki bir ummon, biz uning tomchi ya’ni zarralaridangina bahramamd bo’layapmiz. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Sh.I. da 24 asarning 254 qo’l yozmasi saqlanadi. Bundan tashqari “Xamsa”ning 166 qo’lyozmsi saqlanadi. 84 tasida beshlikning hamma dostonlariberilgan. Bu asarning ochilmagan qirralarini o’rganish siz kelajak avlodning vazifangizdur.
VI.Uyga vazifa: A.Navoiyning hayoti, faoliyati va ijodini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |