Xalqimiz azaldan bolajonlik
fazilatini namoyon qilib, farzandni dunyoga keltirishdan tortib, to kamolga
yetkazgunga qadar uning ta'minoti, ta'lim-tarbiyasi va bilim olishi, kasb-hunar egallashiga, umuman, yetuk
inson bo‘lib kamol topishiga alohida e'tibor qaratib kelgan.
Milliy qonunchiligimizda bu insonparvar qadriyatlarimiz o‘zining teran ifodasini topgan. Xususan, Asosiy
Qonun — Konstitutsiyamiz, Oila kodeksi, "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi, "Vasiylik va homiylik
to‘g‘risida"gi, "Voya-ga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘-risida"gi
qonunlar, Prezidentimizning ko‘plab farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlarida
farzandlarimiz, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarining ishonchli himoyasi kafolatlangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan bolalar haq-huquqlarini himoya qilish, ularni
har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash, voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rag‘batlantirish va ularning yuqori darajada ta'lim-tarbiya olishini har tomonlama ta'minlash borasida izchil
hamda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu haqda so‘z borganda, bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni
alohida e'tirof etish lozim. Ze-ro, keyingi davrda ayni sohaga tatbiq etilayotgan shiddatli yangilanishlar
davlatimiz tomonidan bolalarga tug‘ilganidan boshlab g‘amxo‘rlik qilishga yuksak e'tibor qaratilayotganining
yana bir yaqqol dalilidir.
Bola dunyoga kelganidan boshlab unga g‘amxo‘rlik qi-lish, sog‘lom va to‘g‘ri tarbiya hamda zamonaviy ta'lim
olishini ta'minlash — jamiyatimiz kelajagi, ertangi kunimiz poydevoridir. Nega deganda, bolalar zilol suvga
o‘xshaydi. Suv qaysiki idishga solinsa, shu idish shaklini olganidek, bolalar muhit, ota-ona va tarbiyachilar
odob-axloqi va xatti-harakatlarini aynan ko‘rganidek qabul qilishi hech kimga sir emas. Zotan, "Qush uyasida
ko‘rganini qiladi", degan naql bejiz aytilmagan.
Shuning uchun farzand tarbiyasiga g‘oyatda mas'uliyat bilan yondashish, bunda shaxsiy ibrat juda muhim omil
ekanini unutmaslik joiz. Ulug‘ alloma Abu Homid G‘azzoliy ta'biri bilan ayt-ganda, "Bola tarbiyasi eng muhim
ishlardandir. Farzand ota-onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqsh va suratdan xoli
gav-hardir. Unga qanday naqsh solinsa, shunga ko‘ra shakllanadi, eggan tomonga egiladi."
Alloma yana shuni ta'kidlaydiki, agar bola yaxshilikka o‘rganib, yaxshilik ichida voyaga yetsa, dunyo va oxirat
saodatini topadi. Agar bo-la e'tiborsiz tashlab qo‘-yilsa, yomonlik ichida o‘ssa, baxtsizlikka yuz tutadi. Bunda
gunoh yuki shu ko‘yga sol-ganlarning, ota-onaning zimmasiga yuklanadi.
Asrlar osha bizgacha yetib kelgan ana shu hikmat durdonalari bugun ham bola tar-biya-siga katta ahamiyat
berayotgan yurtdoshlarimizning ayni ko‘nglidagi gaplardir, desak, aslo mubolag‘a emas. Chindan ham,
farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xato, e'tiborsizlik hech qachon beiz ketmaydi.
To‘g‘ri, biron-bir bola "katta bo‘l-sam jinoyatchi bo‘laman", deb niyat qilmaydi, shuningdek, hech qaysi ota-ona
farzandining jinoyatchi bo‘lishini istamaydi.
Shunday ekan, bugun voyaga yetmagan bolalarimiz tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning sabablarini
qayerdan izlash kerak?
Tahlillarga ko‘ra, ayni paytda bunga sabab bo‘layotgan bir qator omillar mavjud.