Jamoatchilik bilan aloqalarda



Download 44,55 Kb.
bet1/5
Sana20.07.2022
Hajmi44,55 Kb.
#827377
  1   2   3   4   5
Bog'liq
“JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARDA “OCHIQ” PRINSIPI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MEDIA VA KOMMUNIKATSIYA FAKULTETI

1-kurs AXIZ -2102 –guruh talabasi


XURSANOVA DINORA
JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMUNIKATSIYA ASOSLARI
fanidan
JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARDA “OCHIQ” PRINSIPI “mavzusida tayyorlagan


K U R S I S H I

Ilmiy rahbar: __________________


Tayyorlagan: XURSANOVA DINORA
MUNDARIJA
Kirish


  1. Asosiy qism:

  1. Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida uslubi.

  2. Jamoatchilik bilan aloqalar .

  3. Jamoatchilik bilan aloqalar – davr talabi.




  1. Xulosa



  1. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Ma’lumki, ommaviy axborot vositalarining asosiy va zifasi yakin fursatda bo‘lib o‘tgan muxim vokea-hodisalar xaqidagi yangiliklarni omma e’tiboriga yetqazishdir. Bun day axborotlar, xolis, anik va, albatta, tezkor bo‘lishi lo zim. Axborotning tezkorligini ta’minlashda esa press-reliz (yoki matbuot xabarnomalari)ning o‘rni bekiyos. U ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan axborot tezkor ligini ta’minlash bilan birga, tashkilotning mavqeini xam belgilab beradi. Shu sababli press-relizni qanday tay yorlash zarurligi borasida barcha qoidalar Axborot xizmati xodimlari tomonidan chukur o‘zlashtirilishi talab etiladi. Zero, press-relizning atigi 5 foizi taxrir qilishni takozo etsa, uni tayyorlagan xodim Axborot xizmatida ishlashga noloyiq hisoblanishini mutaxassislar aloxida qayd etishgan. Press-reliz biror voqea xaqida shunchaki xabar emas. Bugungi kunda press-reliz uni tarqatadigan tashkilot (vazirlik, kompaniya, siyosiy partiya) tug’risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa matbuot xabar nomalarini tayyorlashga aloxida mas’uliyat bilan yondashish zarurligidan dalolat beradi. Mazkur uslubiy qo‘llanma ana shu maqsadda tayyorlandi.
1. Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida uslubi.
Bugungi kunda dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda har bir insonning iqtidori va salohiyatini jamiyat taraqqiyoti sari yo‘naltirishga undalmoqda.
O‘zbekistonning davlat siyosatining tub mohiyatini odamlarga tushuntirish, ularning bu siyosatni qo‘llab-quvvatlashlariga erishish, vujudga kelgan muammolarni hal qilishda jamoatchilikning fikriga tayanish, siyosiy qarorlar qabul qilishda aholining manfaat va istaklarini o‘rganish, davlat organlari va davlat xizmatchilariga nisbatan jamoatchilikda ijobiy munosabat uyg‘otish, kishilarga yetkazilayotgan axborot oqimini milliy manfaatlarga mos o‘zanga yo‘naltirish, fuqarolarni yot mafkuralarning zararli ta’siridan himoyalash vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalardan foydalanishga extiyoj tobora ortib bormoqda.
Ana shunday texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyasidir.
«Public relations» (PR) «Jamoatchilik bilan aloqalar» targ‘ibotning demokratik usullaridan biri sanaladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat bilan xalq o‘rtasida muloqot o‘rnatib, fuqarolarda davlat siyosatiga moyillik uyg‘otishga xizmat qiladi. Shu orqali davlatga hamfikr insonlarni ko‘paytirib, ularni ishonchli hamkorga aylantiradi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» insonlar fikrlariga, kayfiyatiga, xissiyotiga va oxir oqibat xatti-harakatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi «ishonch va istaklar strategiyasidir».
Yetakchi davlatlarda bu texnologiyalardan foydalanish mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish industriyasi darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekistonda ham mafkuraviy jarayonlarni tartibga solishda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridan foydalanish milliy g‘oya targ‘ibotining ta’sirchanligini, so‘zsiz, oshiradi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida usuli bulib, boshqaruv tuzilmalarining jamiyat manfaatlariga xizmat qilishiga e’tiborni qaratish, amalga oshirilayotgan islohotlarga jamoatchilikni safarbar qilish, jamiyatda vujudga keladigan noxush holatlardan ogoh qilish orqali ularning oldini olishga xizmat qiladi. Jamoatchilik bilan aloqalar qonuniy, ochiq, samimiy, ahloqiy meyorlarga mos keladigan muloqotlar asosida amalga oshiriladi.
Qator mamlakatlarning davlat boshqaruvida «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining qo‘llanilishi boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan davlat va jamiyat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik usuliga o‘tishga xizmat qiladi. Buning natijasida, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mavjud ko‘zga ko‘rinmas to‘siq olib tashlanib, demokratik ruhdagi fuqarolar uchun ochiq, ularning talablariga javob beruvchi, o‘zgarishlarga tez moslashuvchan yangicha, samarali ishlaydigan boshqaruvchilar qatlami shakllandi. Shu bilan birga, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini qo‘llash fuqarolar ongiga demokratik qadriyatlarni samarali singdirishga, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tish zarur.
Siyosiy fanga oid adabiyotlarda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalariga quyidagicha umumiy ta’rif berilgan: «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat organlari va boshqa turdagi tashkilotlarning insonlar, ijtimoiy guruhlar, korxonalar bilan o‘zaro tushunish va ishonch muhitini yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatidir. «Jamoatchilik bilan aloqalar»ning ilmiy asosda o‘rganilishi ushbu texnologiyalarni qo‘llayotgan subyektga olib borilayotgan siyosatni qo‘llanish uslublarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Quvvatlovchilarni aniqlash, jamoatchilik fikrini o‘rganish, subyekt uchun ahamiyatli bo‘lgan axborot oqimlarini boshqarish uslublarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalariga I.Solovyov tomonidan berilgan ta’rif xam e’tiborga loyiq: «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari axborot texnologiyalarining bir turi bulib, biror siyosiy maqsadni amalga oshirishda retsipiyent1 ni hurmat qilgan holda axborot-tahliliy faoliyat yuritishni nazarda tutadi, deb yozadi u. – Ushbu texnologiyalar kommunikator2 va retsipiyent o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaratishga xizmat qiladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining xaqiqatga asoslanishi mavjud muammolarni keng jamoatchilik o‘rtasida erkin muhokama kilish imkoniyatini beradi va fuqarolarda siyosiy qarorlar qabul qiluvchi markaz hakida ijobiy tasavvur uyg‘otadi. Bu texnologiyalar quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqiladi:

  • axborotning xolisligi va oshkoraligi;

  • o‘zaro munosabatlarda ham kommunikatorning, ham retsipiyenining manfaatlarini xisobga olish;

  • jamoatchilik fikriga tayanib faoliyat yuritish, jamoatchilik fikrini xurmat qilish;

Axborot yetkazish faoliyatining bunday tashkil etilishida kommunikator retsipiyentga shunchaki axborot qabul qiluvchi deb emas, balki uz dunyoqarashiga ega shaxs sifatida murojaat qiladi. Shu sababli, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining ishtirokchilari jamoatchilik fikridan doimo boxabar bo‘lib turadilar».
Olim ushbu muammoga to‘xtalar ekan «Jamoatchilik va aloqalar» texnologiyalari qanday maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab uni bir necha turlarga ajratadi.
Masalan, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarning kommunikatorning davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yaxshilashda (rublic) shaxsning istalgan qiyofasini yaratishda (image making), ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustaxkamlashda (media relations), axborot yetkazish va uning auditoriya tomonidan qabul qilishini boshqarishda (massage management) axborot markazlaridan kadrlar bilan ishlari (emloyee commumications), jamoatchilik bilan o‘tkaziladigan tekshirishlarda (publik involuement), homiylar bilan yaxshi aloqalarni ta’minlashda (investor relations), tanishtiruvchi tadbirlarni o‘tkazishda (spesial events), inqirozli vaziyatlarni boshqarishda (crisis manegement) va boshqalarda foydalanish mumkin», deb e’tirof etadi. U mazkur texnologiyalarning alohida ko‘rinishlarini sanab o‘tadi va ularning har biri o‘ziga xos vazifalarni bajarishini ta’kidlaydi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini bunday qismlarga ajratilishi axborot berish jarayonini boshqarish har bir informatsion loyihalarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish standartlashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda ijodiy yondashish imkoniyatini beradi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari demokratik davlatlarda mamlakat tomonidan jamoatchilikga axborot yetkazishining mazmuniga aylanganligi bois davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari muammosi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan qator olimlar davlat boshqaruvida mazkur texnologiyalarning qo‘llanilishini, avvalo:

    • davlat faoliyati to‘g‘risida fuqarolarga axborat yetkazish;

    • siyosiy jarayonlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash;

    • fuqarolar tomonidan davlat siyosati va dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga erishish;

    • davlat tuzilmalarining ijobiy imijini yaratish kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidlaydilar.

1970 yilda o‘ttizdan ortiq mamlakatning Jamoatchilik bilan aloqalarning texnologiyalarining qo‘llovchi muassasa vakillari ishtirok etgan Mexikodagi xalqaro forumda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari jamiyatda vujudga keladigan tendensiyalar va ularning oqibatini oldindan ko‘ra bilish amalga oshirilayotgan islohotlarni xayotga tadbiq etishda jamoatchilik va tashkilot (davlat) manfatlariga birdek xizmat qiluvchi san’at va ijtimoiy fandir,[16] deb baholandi.
Fransiyadagi jamoatchilik bilan aloqalar va ilg‘or texnologiyalar oliy instituti professori, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borgan F.Buari uni «ishonch qozonish texnologiyasi» deb atagan. U jamiyatdagi munosabatlar jamoatchilik bilan aloqalar barcha munosabatlarning nuqtasidir» deydi.
Taniqli psixolog Erix Frommning ta’kidlashicha, kishilarni ko‘r-ko‘rona ishontirish, ularning dunyoqarashini boshqarish fikridan voz kechib ongli va faol hamkorlik muhitini yaratish zarur[17], bu aynan «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari mohiyatini tashkil etadi. Shu sababli milliy g‘oya targ‘ibotida «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari foydalanish insonning fikr erkinligiga daxl qilmaydi, amalda bu boradagi ishlarimizni yaxlit tizim shakliga keltirishga xizmat qildi.
Bugungi kunda xorijda keng qo‘llanilayotgan texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat boshqaruvini samarali tashkil etish maqsadida keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘z faoliyatida jamoatchilik bilan aloqalarning texnologiyalarini qo‘llanishi yo‘lga qo‘yilganligi buning yaqqol dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mafkura targ‘iboti masalasiga to‘xtalib «Biz kishilar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish tarafdorimiz. Har qanday xalqni halq, millatni millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq ravshan va charog‘on etadigan mafkura - milliy g‘oyani shakllantirishning asosiy sharti odamlarning tafakkuri, dunyoqarashining voqealikka nisbatan ta’sirini inobatga olishdir »
«Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari targ‘ibot tashviqot masalalariga qaratilayotgan ana shunday qat’iy talabga to‘la mos keladi. Chunonchi, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari qo‘llanilishida ommaning fikrining boshqarish usulidan voz kechiladi.

Olimlar «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini targ‘ibotdan keskin farq qilishini ta’kidlaydi. Xususan, F.Teylorning fikricha, «Targ‘ibot-axborot yetkazishning shunday usuli, unda faqatgina kommunikatorning manfaatlariga mos g‘oyalar, mafkuralar, axborot ommaga yetkaziladi».






  1. Download 44,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish