Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq



Download 18,21 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi18,21 Kb.
#498901
Bog'liq
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq


Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq 
Xalqaro munosabatlar davlatlararo munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Turli davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida, xalqaro nohukumat tashkilotlari o‘rtasida doimiy ravishda aloqalar bo‘lib turadi. Bunday aloqalar tegishli davlatning milliy huquq me’yorlari yoki xalqaro xususiy huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq o‘rtasida yaqin o‘zaro aloqadorlik mavjud. Har ikkisi ham keng ma’noda xalqaro munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq xalqaro xarakterdagi fuqarolik-huquqiy me’yorlar majmui sifatida xalqaro ommaviy huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillariga zid bo‘lmasligi kerak.
Xalqaro xususiy huquq, xalqaro ommaviy huquq bilan aynan bir xil emas va uning sohalaridan biri hisoblanmaydi. Xalqaro xususiy huquq tartibga soladigan o‘zining mustaqil predmetiga ega.
Xalqaro huquqda me’yorlarni yaratish jarayoni
Xalqaro ommaviy huquq — davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me’yorlarning mustaqil tizimidir.
Xalqaro huquqiy tizimi me’yorlarini yaratishning o‘ziga hos tomoni shundaki, bu jarayonda subyektlarning o‘zi ixtiyoriy ravishda, hohish-irodasini bildirish yo‘li bilan ishtirok etadilar. Binobarin, xalqaro huquq, uyg‘unlashtiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi xarakterga ega.

Xalqaro huquqiy tizim subyektlarining o‘zidan boshqa qandaydir bir bu tizimga nisbatan «tashqaridan» bo‘lgan subyektlar me’yorlar yaratish jarayonida ishtirok etmaydi. Shu bois, xalqaro huquqiy tizimning subordinarlik xarakteri inkor qilinadi, hech kim xalqaro huquq subyektlarining ixtiyoriga qarshi ular uchun xulq-atvor qoidalarini, ya’ni me’yorlarni o‘rnatishi mumkin emas. Binobarin, xalqaro huquqda nisbatan «qonunchilik», «xalqaro qonuniylik» tushunchalarini qo‘llash ma’lum ma’noda noto‘g‘ri. 


Xalqaro huquq tizimi 
Xalqaro huquq tizimi — bu quyidagi o‘zaro ichki elementlarning obyektiv mavjud bo‘lgan bir butunligidir. 


  • Birinchidan, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari, me’yorlari(shartnomaviy va oddiy-huquqiy). 


  • Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlarning qarorlari, tavsiyaviy rezolyutsiyalari, xalqaro sud organlarining qarorlari. 


  • Uchinchidan, xalqaro huquq institutlari (xalqaro tan olish instituti shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik instituti, xalqaro javobgarlik instituti va boshqalar). 




Tizimning qayd etib o‘tilgan barcha elementlari turli birikmalarda xalqaro huquq tarmoqlari (diplomatik huquq xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar) tashkil qiladi, ushbu har bir tarmoq o‘zi mustaqil tizim sifatida namoyon bo‘ladi, bunday tizimlar xalqaro huquqning yaxlit yagona tizimi doirasida shu tizimning bir qismi hisoblanishi mumkin. 
Download 18,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish