Xalqaro huquq va Inson huquqlar fanidan yakuniy nazorat test variantlari



Download 139.37 Kb.
bet1/10
Sana18.02.2020
Hajmi139.37 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalqaro huquq va Inson huquqlar fanidan yakuniy nazorat test variantlari
1 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3
Quyidagi javoblardan qaysi biri xalqaro huquqiy tan olish tushunchasini qamrab oladi? Xalqaro huquqiy tan olish – bu

xalqaro huquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni yoxud rasmiy yoki norasmiy, to’liq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlarni o’rnatish mumkin bo’lgan boshqa davlat organini tan olish.

davlatning yoki xalqaro huquqning boshqa sub`ekti, xususan, xalqaro tashkilotning xalqaro munosabatdagi ma`lum yuridik muhim fakt yoki vaziyatning mavjudligini qayd etadigan bir tomonlama yuridik akt.

bir davlatning ikkinchi davlat bilan doimiy yoki vaqtinchalik munosabat o’rnatish mumkin bo’ladigan biron-bir davlat organini tan olish iborat bo’lgan jarayon.

xalqaro huquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni, xalqaro tashkilotning xalqaro munosabatdagi ma`lum yuridik muhim fakt yoki vaziyatning mavjudligini qayd etadigan bir tomonlama yuridik akt.
2 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3
Xalqaro huquqiy tan olish qanday shaklda ifodalanadi?

yozma yoki og’zaki bayonnoma orqali.

faqat yozma shaklda.

maxsus normativ-huquqiy hujjat orqali.

harakat yoki sukut orqali
3 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3


Xalqaro huquqiy tan olish o’z tabiatiga ko’ra:

davlatning huquqi hisoblanadi.

davlatlarning majburiyati hisoblanadi

davlat vakolatidan tashqarida yuz beradigan jarayon hisoblanadi

hukumatlar uchun majburiy jarayon hisoblanadi

4 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Xalqaro huquqiy tan olishga zid akt qanday nomlanadi?

“protest akti”

“memorandum akti”

“reparasiya akti”

“deponirlash akti”

5 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Faqat tan olish, tan olish destinatoriga (adresatiga) tegishli sifatni beradi, ya`ni davlatga – xalqaro huquqiy sub`ektlikni hukumatga – o’z davlati nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini beradi, – deb quyidagi qaysi nazariya ta`kidlaydi

konstitutiv nazariya

Tobaro doktrinasi

deklarativ nazariya

monistik nazariya

6 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Xalqaro huquqiy tan olish destinatorga (adresatga) tegishli sifatni ma`lum qilmaydi, balki uning paydo bo’lganligini qayd etadi va destinator bilan aloqalarni amalga oshirishni engillashtiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi, – deb uqtiradigan nazariyani aniqlang?

deklarativ nazariya

konstitutiv nazariya

Estrada doktrinasi

Tobaro doktrinasi

7 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Tobaro doktrinasiga ko’ra,

ichki davlat to’ntarishidan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan hukumat o’z mamlakati aholisi tomonidan “tan olinmaguncha” boshqa davlatlar tomonidan hukumat sifatida tan olinmasligi lozim.

tan olish destinatorga (adresatga) tegishli sifatni ma`lum qilmaydi, balki uning paydo bo’lganligini qayd etadi va destinator bilan aloqalarni amalga oshirishni engillashtiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi.

xalqaro huquqiy tan olishning hech qanday ahamiyati yo’q.

faqat tan olish, tan olish destinatoriga (adresatiga) tegishli sifatni beradi, ya`ni davlatga – xalqaro huquqiy sub`ektlikni hukumatga – o’z davlati nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini beradi.

8 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Estrada doktrinasiga ko’ra:

hukumatni tan olishning alohida akti zarurligi inkor qilinib, tan olishning faqatgina bir usuliga – diplomatik munosabatlarni saqlab qolish yoki o’rnatishga yo’l qo’yiladi

ichki davlat to’ntarishidan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan hukumat o’z mamlakati aholisi tomonidan “tan olinmaguncha” boshqa davlatlar tomonidan hukumat sifatida tan olinmasligi lozim

faqat tan olish, tan olish destinatoriga (adresatiga) tegishli sifatni beradi, ya`ni davlatga – xalqaro huquqiy sub`ektlikni hukumatga – o’z davlati nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini beradi

tan olish destinatorga (adresatga) tegishli sifatni ma`lum qilmaydi, balki uning paydo bo’lganligini qayd etadi va destinator bilan aloqalarni amalga oshirishni engillashtiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi

9 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Rasman tan olishning qanday shakllari mavjud?

de jure, de facto va ad hoc

status quo va tabula rasa

de facto va ad hoc

de jure, tabula rasa

10 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Rasman tan olish shakllari:

davlatlar va hukumatlarni tan olishda qo’llaniladi

hokimiyat organlarini tan olishda qo’llaniladi

xalqaro tashkilotlarni tan olishda qo’llaniladi

qo’zg’olonni tan olishda qo’llaniladi

11 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




“de jure”, “de facto” va “ad hoc” shakllari o’rtasidagi farq nimada namoyon bo’ladi?

tan oladigan va tan olinadigan sub`ektlarning o’zaro muno-sabatlaridan kelib chiqadi-gan oqibatlar-ning hajmida aks etadi

tan oladigan va tan olinadigan sub`ektlarning o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadigan huquqlarda aks etadi

xalqaro huquq sub`ektlarining o’zaro munosabatlari natijasida yuzaga keladigan majburiyatlarda aks etadi.

tan oladigan va tan olinadigan sub`ektlarning o’zaro muno-sabatlari orqali ularning huquq va majburiyatlari hajmida aks etadi

12 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




“de facto” tan olish:

ma`lum davlat yoki huku-matning uzoq yashashi va ha-yotiy qobili-yatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilish

to’liq, yakuniy tan olish

muayyan holat bo’yicha davlat yoki hukumatni tan olish

to’liq, lekin faktik tan olish

13 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




“de jure” tan olish:

to’liq, yakuniy tan olish.

to’liq, lekin faktik tan olish

muayyan davlat yoki hukumat-ning uzoq yash-ashi va hayotiy qobiliyatiga un-chalik ishonmas-likni namoyon qilish

muayyan holat bo’yicha davlat yoki hukumatni tan olish

14 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Diplomatik munosabatlarning o’rnatilishi qanday tan olish shaklini keltirib chiqaradi?

de jure

de facto

ultimus

ad hoc

15 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




“ad hoc” tan olish:

aniq holat bo’yicha tan olish

to’liq, lekin faktik tan olish

muayyan davlat yoki hukumatning uzoq yashashi va hayotiy qobiliyatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilish

to’liq, yakuniy tan olish

16 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3



Urushayotgan yoki ziddiyatda bo’lgan davlatlar yoki hukumatlarning muzokara olib borish yoki bitim imzolash uchun bir-birlari bilan aloqa yuritayotgan vaqtda, ular bir-birini xuddi shu vaziyat yoki voqea doirasida qaysi shaklda tan olgan deb taxmin qilinadi?

ad hoc

ultimus

de facto

de jure

17 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3


Xalqaro huquqiy tan olishning qanday turlari mavjud?

davlatlar va hukumatlarni tan olish, millatlarni tan olish, qo’zg’o-lon ko’targan yoki urusha-yotgan tomon-larni, qarshilik ko’rsatish tashkilotlarini tan olish

xalqaro tashkilotlarni tan olish

davlatlar va hukumatlarni tan olish

qo’zg’olon ko’targan yoki urushayotgan tomonlarni, qarshilik ko’rsatish tashkilotlarini tan olish

18 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Davlatni tan olish:

bir necha davlat birla-shishi natijasi-da yoki bir davlat tarkibi-dan uning bir qismi mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqi-shi, bir davlat

-ning tarqalib ketishi natija-sida uning o’r-nida bir necha davlatlar pay-do bo’lganda vujudga keladi.

muayyan bir davlat o’z mustaqilligini e`lon qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganidan so’ng vujudga keladi

bir davlatning tarqalib ketishi natijasida uning o’rnida bir necha davlatlar paydo bo’lganda vujudga keladi

19 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Inqilob natijasida, davlat va ijtimoiy tuzumning tubdan o’zgarishi natijasida:

inqilob jiddiy hududiy o’zga-rishlarni kelti-rib chiqargan bo’lmasa, ko’-pincha yangi hukumat tan olinadi

davlatni tan olish masalasi vujudga kelishi mumkin

bunday vaziyat-larda millatlar, qo’zg’olon ko’-targan yoki uru-shayotgan tomon-lar, qarshilik ko’rsatish tashki-lotlari tan olinadi

Bunda davlat va hukumat birgalikda tan olinadi

20 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Quyidagi vaziyatlardan qaysi birida hukumatni tan olish turi qo’llaniladi?

agar tan olinuvchi hukumat mamlakat hududi yoki uning katta qismida hokimiyatni samarali amalga oshirayotgan, undagi vaziyatni nazorat qilib turgan bo’lsa.

agar davlat to’ntarishi natijasida boshqaruv shakli o’zgarsa va tegishli ravishda davlatning nomi o’zgarsa.

agar bir necha davlat birlashishi natijasida yoki bir davlat tarkibidan uning bir qismi mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqsa

agar muayyan davlatda Prezident saylovlarida muholifat g’alaba qozonsa va buning natijasida hukumat tarkibi yangidan tashkil etilsa

21 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Agar davlat to’ntarishi natijasida boshqarish shakli o’zgarsa, masalan, monarxiya boshqaruv shakli respublika boshqaruv shakliga aylansa va tegishli ravishda davlatning nomi o’zgarsa, hukumatni tan olishda qanday tan olish turi qo’llaniladi?

hukumatni tan olish davlatni tan olish shakli orqali amalga oshiriladi

hukumatni tan olish millatni tan olish turi orqali amalga oshiriladi

hukumatni tan olish davlat to’ntarishini amalga oshirgan harakat rahbarini tan olish shakli orqali amalga oshiriladi

konstitusiyaga zid yo’l bilan hokimiyat tepasiga kelgan hukumatni tan olish tartibi qo’llaniladi.

22 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3


Milliy ozodlik harakatlarini tan olish:

milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qiluvchi va kurash olib boruvchi tashkilotni tan olishni bildiradi.

millatni tan olishni bildiradi

butun xalqni tan olishni bildiradi

Millatni, butun xalqni tan olishni bildiradi

23 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Qo’zg’olon ko’targan tarafni tan olishdan ko’zlangan asosiy maqsad:

qo’zg’olonchilarning urush qonun-qoidalariga bo’ysunmasliklarining oldini olish.

tan oluvchi davlatning qo’zg’olonchilar nazorat qilayotgan hududdagi manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta`minlash

tan oluvchi davlat hududida qo’zg’olonchilarning manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta`minlash

qo’zg’olonchilarni fikridan qaytarish maqsadida ularga ruhiy ta`sir ko’rsatish

24 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Aniq ifodalangan tan olish usuli:

tan olinuvchi davlatning murojaatiga tan oluvchi davlatdan tan olinganlik haqida aniq javob aks etgan nota yoki ariza olinishi.

harakatsizlik orqali amalga oshiriladi

de facto tan olishning boshqacha nomalanishi

faol harakatlar bilan amalga oshirilgan tahminiy tan olish

25 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




O’zbekiston Respublikasini quyidagi qaysi davlat birinchi bo’lib tan olgan?

Turkiya

Bahrayn.

Amerika Qo’shma Shtatlari.

Turkmaniston.

26 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Quyidagilardan aholi tushunchasini aniqlang.

muayyan davlatning hududida istiqomat qiluvchi insonlar, individlar yig’indisi

muayyan davlatning hududida istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar yig’indisi.

muayyan davlatning hududida tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda unda istiqomat qiluvchi individlar yig’indisi

muayyan davlatning hududida tashkil etilgan yuridik shaxslar yig’indisi

27 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Quyidagilardan aholi tarkibini aniqlang.

davlatning o’z fuqarolari va chet el fuqarolari, ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar

fuqaroligi bo’lmagan shaxslar

ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar

davlatning o’z fuqarolari va chet el fuqarolari

28 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Aholining huquqiy maqomi qanday belgilanadi?

davlatning ichki qonunlari bilan belgilanadi, lekin ba`zi masalalar yuzasidan davlatlarning o’zaro hamkorligi talab etiladi.

faqat xalqaro huquqiy normalar asosida belgilanadi

hukumat tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar orqali belgilanadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qabul qiladigan maxsus rezolyusiyalarda belgilanadi

29 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Fuqarolik – bu:

shaxsning davlat bilan uzviy aloqada bo’lishi asosida yuzaga keluvchi huquq va majburiyatlar yig’indisidir

real aloqaning ijtimoiy faktiga asoslangan o’zaro huquq va majburiyatlar bilan birga manfaatlar va hissiyotlar mavjud huquqiy aloqasidir.

shaxsning biror davlatda yashab turgan aholiga taalluqliligidir

shaxsning davlat bilan uzviy aloqada bo’lishi

30 Manba- A. Saidov. Xalqaro huquq. Qiyinchilik darajasi-3




Fuqarolikni qabul qilish usullarini aniqlang.

filiasiya, naturalizasiya, hadya etilgan fuqarolik, ommaviy ravishda fuqarolikka ega bo’lish, transfert, optasiya, reintegrasiya.

filiasiya, naturalizasiya, hadya etilgan fuqarolik, ommaviy ravishda fuqarolikka ega bo’lish.

transfert, optasiya, reintegrasiya

filiasiya, naturalizasiya, ekstradisiya, transfert


Download 139.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat