O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI
“XALQ IJODIYOTI ” FAKULTETI “MSMTEB” SIRTQI TA’LIM
YO‘NALISHI 4-KURS TALABASI
TURABOV ABRORNING
“MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KREATIV TADBIRKORLIK ”
FANIDAN
KREATIV TADBIRKORLIK MAVZUSIDA
ESSE
Fan o’qituvchisi: B.Salaydinov
Toshkent – 2022
Kreativ tadbirkorlik mavzusida esse
Kreativ tadbirkor biror narsa ishlab chiqarmoqchi bo’lsak, va uni ommaga taqdim qilmoqchi bo’lsak, eng avvalo ushbu ishlab chiqarilayotgan mahsulotning shaklu-shamoyilini va tashqi dizaynini va eng asosiysi uning sifatiga e’tibor berishimiz joiz, chunki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, fabrika va zavodlar judayam ko’p, to’g’rirog’i raqobatchi kompaniyalar ko’p.
Ishlab chiqarmoqchi bo’lgan maxsulotimiz boshqa kampaniya, fabrika va zavodlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlaridan tubdan farq qilishi kerak. Tadbirkorlikning eng asosiy bosh mezonlaridan biri bu g’oya ya’ni biznes reja hisoblanadi. Sizda eng avvalo mukammal va judayam puxta o’ylangan professional jihatdan yondoshib tuzilgan biznes reja bo’lishi shart. Agar mukammal puxta o’ylangan biznes reja bo’lsa ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Mukammal o’ylangan biznes reja qilingandan kegin unga yaxshigina sarmoya kiritish lozim. Men har bir yangi ish boshlashdan oldin yetti o’lchab bir kesadigan tadbirkorlar sirasiga kiraman. Hozirgi kunda raqobat bozorida sifatli, narxi esa hamyonbop va reklamasi bor mahsulotlar tezda egasini topadi. Mahsulot yaxshi va sifatli bo’lsa ham lekin reklamasi bo’lmasa ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.
Qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgan va tadbirkorlik sub'ektlari uchun zarur huquqiy kafolatlar belgilangan, faqatgina ushbu kafolotlarni bilish va ulardan samarali foydalanish biznes rivojining asosiy omilidir.
Shu bois hududiy Adliya organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Zero, bugungi kunda Respublikamizda limon ko'chatlarini yetishtirish va limon yetishtiruvchi issiqxona xo'jaliklarini tashkil etishni jadal rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish, ayniqsa, qishloq joylarda yangi ish o'rinlari yaratish mexanizmini ta'minlaydigan yagona tashkiliy tizimni barpo etish hamda innovasion texnologiyalar asosida limon yetishtirishni kompleks rivojlantirish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 6 martdagi 3586-son qarorlari limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan.
Serquyosh Vatanimiz tuproqlari unumdor va bu zaminda har qanday o'simlik gurkirab hosil beradi. Hozirgi kunda limonchilikdan olingan hosilni respublikamiz aholisiga hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilish daromadni ko'paytirishning asosiy yo'llaridan biridir.
Bu kabi e'tiborni iqtisodiyotimizning tayanch ustunlaridan biri bo'lgan fermerlik harakati misolida ko'rsa bo'ladi. Bugun agrar sohada xususiy sektorning ishtiroki qay darajada samara berayotganini sezish qiyin emas.
Tarmoq doim rivojlanishda, ishlab chiqarish mahsuldorligi yil sayin ortyapti. Bularning hammasi odamlarning yerga munosabati tubdan o'zgargani, mehnatidan manfaatdorligi oshgani, zamonaviy texnologiyalar muttasil joriy etilayotgani evaziga bo'layapti.
Aslida dehqon qachon shunday mehnat qiladi? Qachonki mehnati qadr topsa, qachonki yerning haqiqiy egasi ekanligini his etib, buguniyu ertasi shu zamin bilan bog'liqligini tushunib yetsa. Qat'iy ishonch bilan aytish mumkinki, hozir yurtimizdagi dehqonu fermerda ana shu tuyg'u shakllanib ulgurdi. Zero, mamlakatimizda qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, sohadagi barcha jarayonlarning tobora takomillashtirilishi, fermerlik harakatining har tomonlama rivojlanishi va yanada ko'proq qo'llab-quvvatlanishi, xo'jaliklar moddiy-texnik bazasining yildan-yilga mustahkamlanib borayotganligi shundan dalolat berib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |