Xal№aro *u№u№da javobgarlik Xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi



Download 35,5 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi35,5 Kb.
#353921
Bog'liq
7- ma`ruza (2)


7- ma`ruza

Xal№aro *u№u№da javobgarlik

Xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi

Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari

Xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chikish asoslari va uni amalga oshirish

Xalqaro jinoyat tushunchasi

Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi

Xalqaro jinoyat sodir etgan Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi

Xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi

Javobgarlik Xalqaro huquqning eng kadimiy institutlaridan biridir. Birok, ushbu institutning huquqiy me`yorlari xanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy me`yorlarga asoslanadi.

Xalqaro-huquqiy javobgarlik huquqbuzarlik sub`ektining Xalqaro huquqni boshqa sub`ektiga etkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish boyicha yuridik majburiyatlaridir.

Xalqaro huquqbuzarlik Xalqaro qilmishlarga va Xalqaro jinoyatlarga bulinadi. Xalqaro jinoyatlarga Xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan tamoyillari va me`yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jaxon hamjamiyati tizimiga salbiy ta`sir korsatadigan alohida xavfli qilmishlar kiradi.

Xalqaro huquqda shakllangan umumiy tamoyilga kura Xalqaro gayrihuquqiy qilmishlar Xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chikaradi.

Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me`yorlar asosan Xalqaro shartnomalarda uz aksini toptan, shuningdek, BMT va boshqa Xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiklangan. Xalqaro huquqda Xalqaro javobgarlik deganda huquq me`yorlaridan kelib chikadigan sub`ektiv majburiyatlarini buzgan, ya`ni Xalqaro huquqka xilof xatti-harakat sodir etgan sub`ekt uchun nokulay salbiy yuridik oqibatlar tushuniladi.

Xalqaro huquq me`erlari ichki davlat huquqi me`erlari singari uch elementdan

birinchidan, belgilangan xulq-atvor qoidalari shart-sharoitini anglatuvchi gipotezadan

ikkinchidan, ushbu qoidalarni ifodalovchi dispozitsiyadan uchinchidan, ushbu qoidalarni buzgan sub`ekt uchun vujudga ke-ladigan salbiy oqibatlar uchun kuzda tutilgan sanktsiyadan iborat. Xalqaro-huquqiy javobgarlik Xalqaro-huquqiy me`yorlarda nazarda tutilgan sub`ektiv majburiyatlarni buzish va ushbu me`yorlarda belgilangan sanktsiyalarni qollash natijasida kelib chikadigan yuridik oqibatlardir.

Sanktsiya me`yorlarning zaruriy elementa ekanligi tugridan--tugri ma`noda, huquqning har bir alohida me`yorida muayyan sanktsiya korsatilishi sifatida tushunilmasligi lozim. Bu milliy huquq. uchun ham, Xalqaro huquq uchun ham birdek tegishlidir. Xalqaro huquqda Xalqaro javobgarlik me`yorlari tizimi uni huquq bilan tartibga solinadigan Xalqaro munosabatlarning barcha soholariga oid bultgan umumiy institutlaridan birini tashqil qiladi.

Xalqaro huquqda eng avvalo davlatlarning Xalqaro javobgarligi xususida suz boradi. 1969 yildan BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tegishli me`yorlarni kodifikatsiya qilish bilan shugullanib kelmokda.

Davlatning har qanday Xalqaro huquqka xilof qilmishi ushbu davlatning Xalqaro javobgarligini keltirib chikaradi.

quyidagi holatlar mavjud bo`lganda davlatning Xalqaro huquqka xilof qilmishi

birinchidan, harakat yoki harakatsizlikda namoyon boladigan qandaydir xulq-atvor Xalqaro huquqka muvofiq davlatga tegishli bo`lganda va,

ikkinchidan, bunday xulq-atvor ushbu davlatning Xalqaro majburiyatlarini buzish hisoblanganda ayon boladi.

Xalqaro huquqiy munosabatlarda davlatlar yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan huquqiy asosda (uz Xalqaro majburiyatlariga rioya qilish bilan) yoki huquqka xilof (majburiyatlarini buzish bilan) faoliyatni amalga oshiradi. har qanday davlat organining xatti-harakati ushbu davlatning ichki huquqi asosida shunday makomga ega bulsa (Xalqaro va milliy huquqning uzaro aloqadorligi), Xalqaro huquqka muvofiq mazkur davlatning qilmishi deb hisoblanadi.

Davlat tomonidan Xalqaro majburiyatlarning buzilishi, davlatning qilmishi ushbu majburiyat boyicha davlatdan talab qilinadigan harakatga nomuvofiq bo`lgan takdirda namoyon boladi.

Faqat Xalqaro huquq sub`ektlarigina Xalqaro-huquqiy javobgarlik sub`ekti bulishi mumkin. Jismoniy va mustaqil yuridik shaxslar oddiy huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortilmaydilar, chunki bunda Fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi.

Amaliyotda Xalqaro huquq sub`ektlarining xatti-harakatlari davlat nomidan ish qurishga xakli bo`lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlarida ifodalanadi. Ularning xatti-harakatlari uchun davlat uzining butun milliy boyligi bilan javob beradi.

Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari

Xalqaro huquqka xilof qilmish ikki toifaga, ya`ni Xalqaro huquqbuzarlik va davlatlarning Xalqaro jinoyatlariga bulinadi. Sunggi toifa, agar davlatlar hamjamiyati tomonidan muayyan Xalqaro huquqka xilof qilmishlarni Xalqaro jinoyat toifasiga kiritilsa, mavjud boladi. huquqbuzar davlat ikki turda Xalqaro javobgarlikka moddiy va siyosiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita siyosiy va moddiy turi mavjud.

Siyosiy Xalqaro-huquqiy javobgarlik satifikatsiya shaklida ifodalanadi. Bu zarar kurgan tarafni sodir etilgan huquqbuzarlik qaytarilmasligi tugrisida ishontirish va uzr surash, huquqbuzarlikni sodir etishdagi aniq, aybdorlarni jazolaщdir.

Siyosiy javobgarlik huquqbuzar davlat zimmasiga turli cheklash yoki tiklash xususiyatiga ega boltan majburiyatlar yuklatishda

birinchidan, buzilgan Xalqaro majburiyatlarni tiklashda

ikkinchidan, huquqka xilof qilmish sodir etiщda gumon qilingan shaxslarni javobgarlikka tortish va bunda aybdor bo`lgan shaxslarni jazolashda

uchinchidan, jismoniy shaxslar va ularning birlashmalarini muayyan faoliyatini ta`kiklashda

turtinchidan, yuridik shaxslarni javobgarlikka torgish va boshqalarda namoyon boladi. Davlat tomonidan Xalqaro jinoyat sodir etilganda, masalan, agressiya, ushbu davlatning siyosiy javobgarligi harbiy harakter ( qurolliy kuchlarni va qurollanishni cheklash kabilarda)dagi majburiyatlar yuklatilishi, militaristik yoki boshqa turdagi tashqilot va birlashmalarni takiklash, demilitarizatsiya chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, tajovuzkor davlat xududining bir qismini ajratib olish mumkin.

Repressaliya deb yurtiladigan, huquqbuzarlikka javoban zarar kurgan sub`ekt tomonidan amalga oshiriladigan zurlik xatti-harakatlari (masalan, noqonuniy raviщtsa balik ovlagani uchun balik ovlash kemasini kulga olish, mulkni xatlash yoki musodara qilish kabilar) singari siyosiy javobgarlik shaklini ham eslab utish lozim.

Reprassaliyadan retorsiyani farqlash kerak. Retorsiya — huquqbuzarlik hisoblanmaydigan, lekin dustona munosabatlarga zid bo`lgan xatti-harakatlar bilan boglik bo`lgan (masalan, nodustona tarzdagi bayonotga javoban elchilarni chakirib olish) javob choralaridir.

Individual repressaliyadan jamoa sanktsiyasi farqlidir. Bunday sanktsiyalar BMT Ustaviga muvofiq faqat Xavfsizlik Kengashining qarori asosida qollanilishi mumkin.

Restitutsiya va reparatsiya davlatlarning moddiy javobgarlik shakli hisoblanadi. Restitutsiya huquqbuzar davlat tomonidan nokrnuniy raviщtsa egallab olingan moddiy boyliklarni zarar kurgan davlatga qaytarish yoki ular yo’q. bo’lib ketgan takdirda, zararni boshkd teng kiymatli moddiy boyliklar bilan koplaщtsir. Reparatsiya — talofat kurgan davlatga etkazilgan moddiy zararni (shu jumladan, olinmay krlingan foydani dam) pul yoki natura shaklida koplashdir.

Moddiy Xalqaro-huquqiy javobgarlik restitutsiya (huquqbuzarlikka qadar bo`lgan moddiy holatni tiklash) va reparatsiya (zarar kurgan tarafga etkazilgan zararni pul bilan yoki boshqa tarzda koplash) shakllarida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan, etkazilgan moddiy zararni koplash majburiyatida ifodalanadi.

Urush nizolarini hol qilishning qonuniy vositasi hisoblangan paytlarda moddiy javobgarlikning kontributsiya engilgan tarafdan golib uz harbiy harajatlarini undirish shakli mavjud bo`lgan.

Xakikiy moddiy zarargina (bevosita va bilvosita) undirilishi mumkin. Odatda kuldan boy berilgan foyda undirilmaydi.

Mutlak (absolyut) yoki ob`ektiv javobgarlik singari moddiy javobgarlikning turlari faqat shartnoma asosidagina vujudga keladi. Bu erda suz, zarar etkazgan tarafning aybsizligidan kat`i nazar vujudga keladigan javobgarlik xususida bormokda. Zarar kurgan taraf faqat xatti-harakat (harakatsizlik) bilan etkazilgan zarar urtasidagi sababli boglanishni isbotlash talab qilinadi.

Xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chikish asoslari va uni amalga oshirish

Siyosiy javobgarlik boshqa sub`ektlarning manfaatlarini ximoya qiluvchi Xalqaro huquq me`yorlarini buzish (masalan, diplomatik vakolatxonalarning daxlsizligini buzish) holatidan kelib chikdi.

Moddiy javobgarlik Xalqaro huquq me`yorlarini buzish holatlari majmuining mavjudligidan, huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar kelib chikishi va huquqbuzarlik bilan zarar urtasida bevosita sababli boglanishning mavjudligidan kelib chikdi.

Davlatning qilmishi faqat Xalqaro huquq asosida Xalqaro huquqka xilof deb baxolanishi mumkin. Faqat sub`ektning harakati (harakatsizligi) mazkur majburiyat boyicha undan talab qilinadigan xatgi-harakatlarga mos kelmagan takdirdagina Xalqaro majburiyat buzilishi tan olinadi. Bunda ushbu majburiyat shartnomaviy yoki oddiy-huquqiy harakterga ega ekanligining ahamiyati yoq.

huquqbuzarlik holati (mutlak javobgarlikda moddiy zarar etkazish holati) aniqlanganda zarar kurgan taraf da`vo kuzgatadi. Da`vo kuzgatuvchi faqat bevosita Xalqaro huquqning zarar kurgan sub`ekti bulishi mumkin.

Xalqaro jinoyat tushunchasi

Xalqaro jinoyatlarga davlatlar va Xalqlarning xayotiga, Xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga, Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tajovuz qiladigan ogir Xalqaro huquqka xilof qilmishlar kiradi.

Umumjaxon tinchligi va Xalqaro xavfsizlik, davlatlar va Xalqlar urtasidagi yaxshi kushnichilik va dustona munosabatlar, Xalqlar va millatlarning uz takdirini uzi hol qilish huquqi, urush qonunlari va odatlari, inson huquqlari Xalqaro jinoyatning ob`ekti bulishi mumkin.

Xalqaro jinoyatlarga tajovuzkorlik xatti-harakatlari, zurlik Bilan mustamlakachilikni urnatish, genotsid, aparteid va boshqalar kiradi.

Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi

Xozirgi Xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun individual javobgarligi tan olinadi. Jismoniy shaxslarning Xalqaro jinoyat uchun javobgarligi ko`piroq ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati Bilan boglik ravishda vujudga keladi. Jinoyat sodir etgan davlat Xalqaro-huquqiy javobgarlikka, jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Shaxs tomonidan buyrukni (uz hukumati yoki rahbarining buyrugini) bajarish natijasida jinoiy xatti-harakat sodir etishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Bunday shaxslarni jazolash uchun Xalqaro va milliy qonunchilik qollaniladi.

Shaxsning rasmiy makomi (davlat yoki hukumat rahbari) uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchu nasos bulmaydi.

Ikkinchi jaxon urushidan sung asosiy harbiy jinoyatchilarni sudlash uchun ikki Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbik tribunallari tashqil qilngan. Xavfsizlik kengashining qarori (199q yil) Bilan sobik Yugoslaviya xududida jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxslarni sudlash uchun Xalqaro tribunal tashqil etish nazarda tutilgan.

Xalqaro jinoyat sodir etgan Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi

Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi ularning Xalqaro shartnomalardan va Xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chikadigan uz Xalqaro majburiyatlarini buzishi oqibatida vujudga keladi.



Xalqaro tashkilotlar uz organlarining nizomidagi va boshqa majburiyatlariga rioya qilmasligi va Xalqaro mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari bilan keltirilgan zarar uchun javobgar boladilar.
Download 35,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish