Webning asosiy
tushunchalari:
klient, server va
ularning aloqasi.
Reja
1. Veb server
2. HTTP va HTTPS
3. Hosting
4. Domen
Veb server
Veb-server
atamasi apparat yoki dasturiy ta'minotni yoki
ularning ikkalasini birgalikda ishlashni nazarda tutishi
mumkin.
1. Apparat tomonida veb-server - bu veb-server dasturiy
ta'minotini va veb-saytning tarkibiy fayllarini saqlaydigan
kompyuter.
2. Dasturiy ta'minot tomonida veb-server - HTTP so’rovlar
bilan ma’lumot alashinuvchi dastur hisoblanadi.
Veb server
Eng oddiy holatda, har bir brauzerga veb-serverda
joylashgan fayl kerak bo'lganda, brauzer faylni HTTP orqali
so'raydi. So'rov to'g'ri (apparat) veb-serverga yetganda,
(dasturiy ta'minot)
HTTP server
so'rovni qabul qiladi,
so'ralgan hujjatni topadi va brauzerga HTTP orqali yuboradi.
Agar server so'ralgan hujjatni topmasa, uning o'rniga
404
javobni qaytaradi.
Veb server
Statik yoki dinamik veb serverlar
statik veb-server
- HTTP server va apparat iborat server.
Biz uni "statik" deb ataymiz, chunki server joylashtirilgan
fayllarini sizning brauzeringizga boricha yuboradi.
dinamik veb-server
- bunda qo’shimcha ma’lumotlar bazasi
va dasturlash tili mavjud bo’ladi.
Veb server turlari
1. Apache HTTP Server
2. Microsoft Internet Information
Services
3. Lighttpd
4. Nginx Web Server
5. Sun Java System Web Server
HTTP va HTTPS
HTTP
ingliz tilidagi “Hyper Text Transfer Protocol” so’zlarining bosh
harflaridan olingan. Oxirida qo’shiladigan
S
qo’shimchasi esa
“Secure” so’zining bosh harfi hisoblanadi. Aslida HTTPS – bu HTTP
protokolining xavfsiz shakli bo’lib, HTTPdan farqli ravishda HTTPS
protokolida barcha murojaatlar kodlangan shaklda yuboriladi.
Foydalanuvchi
ma’lumotlarni
saytga
kiritganda
brauzer
ma’lumotlarni serverga jo’natadi va aksincha, foydalanuvchi
ma’lumotlarni serverdan so’raganda shu aloqa yo’li orqali
ma’lumotlar serverdan foydalanuvchining brauzerigacha yuboriladi.
Hosting
Hosting
("web-hosting") - Tashqi statik ipga ega bo’lgan
server. Internet hosting xizmatining bir turi bo'lib, jismoniy va
yuridik shaxslarga o'zlarining
web-sahifalarini
internetga
uzluksiz ulangan
web-serverlarga
joylashtirish xizmatini
nazarda tutadi.
Saytni Internetga joylashtirish uchun birinchi navbatda unga
joy kerak. Veb-sahifalarni Internet provayderi serverida
joylashtirish va qo'llab-quvvatlash hosting deb ataladi. Joy
beruvchi kompaniya esa hoster deyiladi.
Domen
Domen
– IP manzilni takrorlanmas nom bilan belgish. Aslida Siz
hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga
joylashtirganingizda, saytingiz manzili qandaydir IP manzilga teng
bo’ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish
qiyin. Agar domen bo’lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun
foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va
brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga
kirishlari kerak bo’lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz
va eslab qolish qiyin bo’lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli,
eslab qolish oson bo’lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |