Viruslarga qarshi dori vositalari Viruslar hujayra ichidagi parazitlar bo‘lib,ularni davolash hamma vaqt ham samara beravermaydi,salbiy ta’sirining xavfi yuqoridir. Bu dorilar tor doirada terapevtik kenglikka ega. Bular profilaktik yoki maxalliy ishlatilganda yaxshi samara beradi. - Dori tanlashda kasallikning klinikasidan tashqari, gistoligik belgilar (bioptatda virusga
- tegishli belgilarning topilishi), virusga qarshi antitelolarning topilishi, hujayra kulturasida virus
- topshshshi, molekular gibridizatsiya yo‘li bilan virus antigenini yoki virus DNKsini topish kabi
- laboratoriya metodlariga tayangan ma’qul
- Gripp qo‘zg‘atuvchisiga qarshi dorilar. Bularga remantadin, deytiforin, adapromin,
- oksolinlar kiradi.
- Farmakodinamikasi. Bu dorilarning hammasi viruslarning hujayraga kiruvchi yuzasini
- falajlash yo‘li bilan ularning hujayraga kirishiga karshilik ko‘rsatadi. Xujayra ichidagi virusga ta’sir
- qilmaydi, shu sababli ular virus bilan zararlangan (og‘riganlar) bilan muloqotda bo‘lganlarning
- kasallanmasligi (profilaktikasi) maqsadida ishlatiladi.
Ta’sir doirasi. Remantadin va deytiforinlar grippning A virusga (ko‘proq A2 shtammiga); adapromin esa A va V gripp virusiga; oksolin esa gripp A virusi va adenovirusga ko‘proq ta’sir qiladi. Farmakodinamikasi. Oksolindan tashqari, hammasi ichishga beriladi. Ichilganda biologik o‘zlashtirilishi 50—60% ga teng. Kam miqdorda qon oqsili bilan bog‘lanadi, to‘qima va biologik suyuqlikka (likvorga ham) yaxshi o‘tadi. - Chikib ketishi qisman jigar va 90% buyraklar orqali, shu tufayli buyrak yetishmovchiligida
- to‘planishi mumkin. Qondan yarim chiqib ketish vaqti 12 soatdan 24 soatgacha, 3 marta beriladi.
- Oksolin malxam ko‘rinishida yoki tomchi ko‘rinishida 5—6 marta tomiziladi (burunga va
- ko‘zga).
Salbiy ta’sirlari . 1.. Remantadin, deytiforin va adapromin endogen dofamin (ayniksa markaziy asab tizilmasida) ta’sirini kuchaytiradi, shu sababli ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ataksiya, besaranjomlik, gallyutsinatsiya, psixozlar keltirib chiqarishi mumkin. 2. Periferik dofaminga sezuvchi retseptorlarni qitiqlashi hisobiga arterial bosimni kamaytirishi, siydik ajralishini kamaytirishi mumkin. 3. Teri toshmalari — allergik reaksiyalar. 4. Oksolin — chuchkirish, qitiqlash, burundan oqadigan suyuqlik ko‘payishi, ko‘z yoshi oqishini ko‘paytirishi mumkin.
Gerpes va megaloviruslarga karshi dorilar. Gerpesga qarshi dorilar (tebrofen, riodoksol,
idoksuridin, vidarabir, atsiklovir, valatsiklovir)va megaloviruslarga qarshi (gansiklovir,
fosfonoformat)lar kiradi.
Farmakodinamikasi. Bu guruhdagi dorilar replikatsiya (ya’ni virus nuklein kislota sintezini
buzadi) xususiyatiga ega.
Ta’sir doirasi. Bular 1 va 2 tip Herpes simplex, Varicella zoster adenoviruslarga ta’sir qiladi. Riodopsol — qo‘shimcha ravishda zamburug‘lar (mikrosporiya, trixofitiya, kandidoz)ga qarshi ta’sir qiladi. Atsiklovir va valatsiklovir qo‘shimcha ravishda Epshteyn—Barr virusiga, 6tip gerpes inson tipiga, sitomegalovirusga kuchsiz ta’sir qiladi. FARMAKOKENITEKASI: - . Tebrofen va riodoksol malham ko‘rinishida mahalliy ishlatiladi.
- Idoksuridin: ko‘z gerpesida ko‘z tomchisi ko‘rinishida kunduzi har soatda, kechasi har 2 soatda
- ko‘zga tomiziladi. Vidarbin mahalliy va ensefalitda tomchilab venaga yuboriladi. Bu dorining
- miyaga o‘tishi qon plazmasidagi miqdorining 30% ga teng. Jigarda dori gipoksantin arabinozinga
- aylanadi, bu metabolit dorining o‘zi singari faollikka ega, go‘qimalarga yaxshi kiradi. 50% siid
Salbiy ta’sirlari. Vidarabin—dispeptik hodisalar; ataksiya, skelet mushaklari tonusining oshishi, gallyutsinatsiya; pansitopeniya, megaloblastoz; miya shishiga sabab bo‘ladi. Atsiklovir va valotsiklovir: ensefalopatik reaksiyalar (bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiya, talvasa tutishi). Arterial gipotoniya; dispeptik hodisalar, jigar, immunitet va qon yaratilishining buzilishi; venaga yuborilganda flebit, siydik kanalchalarida kristallar hosil bo‘lishi. Farmakodinamikasi. Limfotsitlarga kirgan kasallik qo‘zg‘atuvchisi qaytar transkitazalar (revertaza) yordamndya virus DNQ sintez qiladi, bu o‘z navbatida limfotsitlarning zararlanishiga olib keladi. Azidotimitidai va fosfonorformatlar ta’sir mexanizmiga ko‘ra revertaza fermentini falajlaydi. Bu dorilar virus infeksiyasi tushgandan kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lguncha samarali xisoblanadi. Hozir yangi dorilar: dideoksimitsotin (DD1) va dideoksitsidin (DDS) paydo bo‘ldi. Farmakodinamikasi. Interferon maxsus sezuvchan kam molekulali glikoproteid. Dorining o‘zi virusga qarshi faollikka ega emas. Maxsus bog‘lanuvchi yuzasi yordamida hujayra yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlanib, oqsil sintezini falajlovchi maxsus kkchik molekulasi (2—5Aoqsil) oqsil sintezini buzadi, 2—5Aoqsil normada RNKvirusi makroorganizm hujayralarida buzuvchi endonukleazalarni faollaydi. SALBIY TASIRLARI: - Parenteral yuborilganda tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi,
- mialgiya, anafilaksiya, arterial qon bosimining pasayishi, yurak ritmining, buzilishi, taxikardiya,
- qorinchalar ekstrasistoliyasi, parez, falajlar, qon shakllari hosil bo‘lishining buzilishi, darmonsizlik,
- kollagenozlar, jigarning nekrotik o‘zgarishlari uchrashi mumkin.
Faydalanilgan adabiyotlar: 1.YU.M.Mamadov,B.YU.Mamatov Klinik Farmakologiya 2. S.S .Azizova Farmakologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |