Velosiped, mototsikel, hamda motorellarda odam va yuklarni tashish qoidalari



Download 18,47 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi18,47 Kb.
#192388
Bog'liq
реферат Velosiped


Velosiped, mototsikel, hamda motorellarda odam va yuklarni tashish qoidalari

165. Yo‘lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.


166. Velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

Yo‘lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to‘dasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o‘tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo‘linishi kerak.

167. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur. Qorong‘i vaqtda va etarlicha ko‘rinmaslik sharoitida harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa, zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.

168. Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:


- rulni bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
- yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno);

- gabaritdan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish;

- velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish;
- tramvaylar harakatlanadigan yo‘llarda va tegishli yo‘nalishda bo‘lagi bittadan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;

- qadab olinmagan motoshlemsiz yo‘llarda harakatlanish (moped haydovchilariga).

Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).

169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida velosiped va moped haydovchilari yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari kerak.

170. Ot-aravalarda uni to‘xtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yo‘l qo‘ymaydigan tirgaklar bo‘lishi kerak.

Qorong‘i vaqtda va etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.


Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo‘ldan ko‘rinishi cheklangan joylarda yo‘lga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo‘yib yubormasligi kerak.

171. Hayvonlar yo‘lda, asosan kunning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning o‘ng chetida olib yurishlari kerak.

172. Temir yo‘l kesishmalari orqali o‘tishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar podasi xavf-xatarsiz haydab o‘tilishi ta’minlanadigan to‘dalarga bo‘linishi kerak.

173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:


- yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;

- podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan joylarda esa qorong‘i vaqtda va etarli ko‘rinmaslik sharoitida haydab o‘tish;
- boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish;
- ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi bo‘lak va h.k.) hayvonlarni boqish va bog‘lab qo‘yish.

REFERAT

MAVZU: VELOSIPED, MOTOTSIKEL, HAMDA MOTORELLARDA ODAM VA YUKLARNI TASHISH QOIDALARI
Download 18,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish