Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti taraqqiyotning



Download 26,4 Kb.
Sana29.09.2021
Hajmi26,4 Kb.
#188987
Bog'liq
O’ZBEKISTON RES-WPS Office


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM

VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI

XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR FAKULTETI

TARAQQIYOTNING

O’ZBEK MODELI

BAJARDI ; BOBOBEKOV DILSHOD

TOSHKENT – 2008

O’ZBEKITONNING O’Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI

TARAQQIYOTNING O’ZBEK MODELI

Xayotimizga chuqur o’zgarishlar kirib kelmoqda. Sodir bo’layotgan tub siljishlar dunyo-ning xozirgi qiyofasini o’zgartirib bormoqda. Xalqlarning o’z taqdirlarini o’zlari belgilashga in-tilishlari ana shunday o’zgarishlarni keltiruvchi kuchdir. O’zbekiston xam mustaqil bo’lishni bi-rinchilar qatorida bildirga-nini xam alohida takidlab o’tish lozim. O’zbek xalqining ajralmas huquqi – o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi ro’yobga chiqarildi. 1991- yilning 31-avgustida O’z-bekiston ruspublikasining mustaqilligi e’lon qilindi . Bu tarixiy voqea davlatimiz yilnomasiga zarxal xarflar bilan yozib qo’yildi. O’zbekiston xalqi jonajon o’lkadagi beqiyos boyliklarning abadul – abat egasi bo’lib qoldi. Jaxon tajribasi shundan dalolat berdiki,o’z davlatchiligini qo’l-ga kiritish qo’lga kiritish milliy xa ijtimoiy ozodlikga erishish xech qayer-da yengil va oson-likcha bo’lmagan. Mustaqillikga erishgan xar bir mamlakat o’z taraqqiyot yo’lini iz-laydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo’-lining turli variantlari mavjud.O’zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to’plagan va respublika sharoitiga tadbiq qilsa bo’ladigan barcha ijobiy tajribalardan samarali foydalandi. Gap biron bir modelni xatto u ijobiy bo’sa xam ko’r ko’rona ko’chirib olish to’grisida bora-yotgani yo’q. Aniq ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo’ljallangan bo’lsa o’sha mamlakatning o’ziga xos sharo-itlardagina ijobiy natija beradi. Jaxon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribami rad etmagan holda o’z ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy – xuquqiy taraqqiyoy yo’limizni tanlab olish res-publikaning qatiy pozitsiyasidir. Mehnat sevar va manaviy yutuk madaniyatli oila shu jamiyatning asosini tashkil etadi. O’zbekston kela-jagi buyuk davlat. Bu mustaqil demokratik xuquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati dini ijtimoiy axvoli siyosiy xuquqlari va erkinliklarini taminlab beradigan davlatdir. Xaql xokimyatining manbaidir. Uning xoshix irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzulishi insonga uning siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlash kerak.

Davlatimiz mustaqillikga erishgandan so’ng , BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish O’zbekistonga o’zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda o’tqazish, jaxon xamjamiyatiga kirishning o’z yo’llarini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo’nalish-lari va ustuvorligini belgilash inkonini berdi. O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladi-gan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish – davlatning mustahkamligini mustah-kamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muxim vositadir. O’zbekiston Ruspublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatining yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlardan biridir. Quyidagi asosiy prinsiplar O’zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo’llarini belgilashga negiz qilib olingan.

Birinchisi. O’zining milliy – davlat manfaatlari ustun bo’gan xolda o’zaro manfaatlarni xar tomonlama xisobga olish.

Ikkinchisi. Respublika odamlar va davlatlar o’rtasidaga o’zaro munosabatlarda umumba-shariy qadriyatlarni ustun qilib qo’yib, xalqaro maydonga tinchlik va xafsizlikni mustahkamlash uchun kurashadi.

Uchinchisi. Respublikaning tashqi siyosati teng xuquq va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalriga rioya qiladi.

To’rtinchisi. Mafkuraviy qarashlardan qatiy nazar tashqi siyosatda ochiq – oydinlik prin--siplarini ro’ypobga chiqarishga va barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalrni o’r-natishga intiladi.

Beshinchishi. O’zining milliy – xuquqiy tizimini vujudga keltirayotgan yosh mustaqil O’z-bekiston ichki milliy qonunlaridan xalqaro xuquq normalarining ustuvorligini tan oladi.

Olitinchisi. O’zbekiston to’la ishonch prinsiplari asosida xam ichki tomonlama, xam ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish uchun xalqaro tashkilotlar doirasida xamkorlikni chuqurlashtirish uchun xarakat qiladi.

Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligini tashkil qiluvchi mamlaktlar bilan bevosita va ko’p to-monlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosattimizning ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston xamdo’stlik g’oyasini qo’llab quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, boshqa qatnashchilarning teng xuquqligi asosida uni mustahkamlash va rivojlantirish kerakliligi asosida qattiq turib yoqlamoqda. Xozirgi kunda O’zbekisoton xamdo’stlik doirasida boshqa mustaqil mamlakatlar bilan faol xamkorlik qilayotgani uchun quyidagilarni taminlamoqda.

---- Birlashgan Qurolli kuchlar orqali milliy mudofani muvofiqlashtirish, milliy xudud yaxlit-ligi va davlat chegarasini ximoya qilish;

---- Xamdo’stlikning boshqa davlatlari bilan fan texnika taraqqiyoti yutuqlaridan yangi-liklaridan texnika vositalaridan baxramand bo’lish, zarur xom ashyo tayyor maxsulotlarni past narxlarda sotib olish shuningdek o‘z maxsulotlarini sotish uchun keng ko’lamdagi bozorning mavjudligi.

---- Transport tarmog’idan foydalanish dengiz protlariga chiqish xorijiy mamlakatlarga mol-larni tranzit yo’lini bilan yetqazib berishda imkoniyatning kengligi;

---- Keskin ekologoya muammolarini xal etishda chora tadbirlarni xal etish chora tadbirlarini birgalikda amalga oshirish tabiiy ofatlar va falokatlarnining oqibatlarini tugatishda o’zaro yor-dam berish.

O’zbekiston MDH davlatlari bilan o’zaro munosabatlardagi eng muxim masala – suveren Rossiya bilan teng xuquqli aloqalrni rivojlantirish va mustahkamlash xamda uning potensial ta-yanishidir. Oyoqqa mustahkam turib olish iqtisodiyotga jo’shqin tus berish xalqimizning va o’l-kamizning mavjud imkoniyatlaridan to’la to’kis foydalanish uchun ijtimoiy va barqarorlik che-garalarining xafsizligini taminlash. Mustaqil O’rta Osio Respublikalari va Qozoqiston bilan do’stona, qarindoshlik munosabatlarini, mustahkamlash ular bilan qalin ijtimoiy iqtisodiy muno-sabatlarni chuqurlashtirish va yanda rivojlantirish ilmiy va madaniy xamkorlikni kengaytirish O’zbekiston tashqi siyosatining g’oyat muxim ustuvor yo’nalishlaridan xisoblanadi. Xamkor--likga intilish shu mintaqa mamlakatlariga tarixdan xosdir. Davlat mustaqilligi qaror topgandan keyin o’zbekiston va o’rta osiodagi boshqa ruspublikalar ruxi, dini, urf- odatlariga ko’ra yaqin bo’lgan Osiodagi musulmon Sharqiga mansub mamlaktlar bilan bevosita muloqot o’rnatish im-koniyatinmi qo’lga kiritdilar. Xozirda O’zbekistonning Osiodagi Xitoy va Xindiston kabi buyuk mamlakatlar bilan munosbatlari samarali rivojlanib bormoqda. O’zbekistonning tashqi siyosa-tining ko’p tomonlamaligi va oshiqligi iqtisodiy rivojlangan mamlaktlar bilan mustaxkam o’zaro foydali munosabatlarni o’rnatishga qaratilgan yondashuvlarni belgilab beradi. Iqtisodiy omillar O’zbekistonning tashqi siyosatida muxim o’rin tutadi. Tashqi savdo iqtisodiy ilmiy va madaniy aloqalarda ustuvorlik quyidagilarga beriladi;

--- respublikaning eksport imkoniyatlarini yanada mustahkamlash va rivojlanish eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotnin shakllantirish xamda importning o’rnini bosuvchi maxsulotlar ish-lab chiqarish xamda importning o’rnini bosuvchi xamsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni jadal rivojlantish.

---- Tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish bo’yicha aniq maqsadni ko’zlagan siyosat yuritish xorijiy sheriklar bilan to’g’ridan to’gri aloqalar o’rnatishda katta erkinliklar berish o’z maxsulotlarini chet elda sotish tovarlarni eskport va import qilishda imtiyozliroq tartiblani joriy etish;

--- xorijiy investisiyalrning asosan to’g’ridan to’gri kapital sarmoyalar ko’rinishida respublika iqtisodiyotiga keng jalb qilinishi uchun xuquqiy ijtimoiy iqtisodiy va boshqa zarur sharoitlarni yaratish ko’shma korxonalar tashkil etishga ko’maklashish;

---- xorijiy kreditlardan eksport qilishdan olingan valyuta mablag’larini chet eldan xayot uchun muxim oziq ovqat maxsulotlari dori darmonlar xamda qishloq xo’jaligi xom ashyolarini qayta ishlovchi xalq istemoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalar ni texnika bilan qayta jixozlash uchun texnologik asbob – uskunalar sotib olishda birinchi navbatda foydalanish

--- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunlarni yaratish. Chet el investitsiyalarini eksport va import uchun soliqlar to’g’risidagi qonunlarga amaliyot taqazo etganda tuzatishlar va o’z vaqtida kiritilgan ruspublikaning valyuta ishlarini tartibiga bojxona kodeksi va boshqa xuqu-qiy xujjatlarning loyixalari tayyorlanadi.

---- diplomatiya ishi uchun shuningdek xalqaro xuquq va boshqa iqtisodiy soxasida bank tizi-mida va boshqa yangi tashkil etilayotgan tuzilmalar uchun malakali mutaxxassislar tayorlash, ta-labalar va mutaxxassislarni xorijiy firmalar banklar va kompaniyalarda o’qitishda xamma mala-ka oshirishlarni tashkil etishni kengaytirishdir.

---- Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar Xalqaro valyuta fondiga Xalqaro qayta tikla-nish bankiga a’zo bo’lish va boshqa iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalr o’rtishdir;

---- tashqi iqtisodiy faoliyat tarmoqlari majmui ixtisoslashtirilgan tashqi savdo lizing konsalting va sug’urta firmalarini tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga javob beradigan transport aloqa komunikatsiyalar tizimini vujudga keltirish.

Man shu yo’llarni ro’yobga chiqarish O’zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiy xamjami-yatiga keng ko’lamda uyg’unlashtirish uchun iqtisodiy xamda tashkiliy – huquqiy shart sharoit-larini yaratish imkoniyati beradi. Tashqi aloqalarni rivojlantirishda shuningdek bir qancha ichki ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni xal qilishda vatandoshlarimizga katta yordam bera olishi mum-kin. O’zbekiston Markaziy Yevroosioning eng muxim yo’llari chorraxasida bo’lishini tarixining o’zi belgilab qo’ygan. Bu esa Buyuk Ipak Yo’li kabidagilarda Yevroosio iqtisodiy va madaniy ko’prigini barpo etishni respublika tashqi siyosatining strategik istiqboli sifatida olg’a surish im-koniyatini beradi.

IJTIMOIY JIHATDAN YO’NALTIRILGAN BOZOR IQTISODIYOTINI



KO’RISH- MUSTAQIL O’ZBEKISTON ICHKLI SIYOSATINING NEGIZI

Xalq manfaatiga javob beruvchi mustaqil iqtisodiy siyosat – O’zbekistonning mustaqil ri-vojlanishining ajralmas sharoitidir.Bir necha 10 yillar davomida respublikada senarisi uzoq Mar-kazda to’qilgan qarorlar amalga oshirilish “kampaniyalar ” o’taqazildi. O’zbekiston o’tgan yil-larning og’ir asoratini bartaraf etish, inqirozdan chiqib olish, o’zining iqtisodiy mustaqilligiga erishgan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish imkoniyatini beradigan etarli imkoniyatlarga egadir. Ichki siyosatning negizi – inson manfaatlariga qaratilgan mexnatni rag’batlantirish kuchli mexanizmiga ega bo’lgan axolining ijtimoiy nochor qatlamlarini davlat yo’li bilan ximo-ya qiladigan bozor iqtisodiyotini kurishdan iboratdir. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki ayrim mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish va axolining turmush darajalaridagi tafavutlarg qaramay xo-zirgi bosqichiga bozor iqtisodiyoti juda mos keladi va samarali xarakat qiladi.Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiyn va mehnat inkoniyatlarini ochib bera oladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish maummolariga tik ko’z bilan real qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomonlarigina emas balki salbiy tomonlarini ham ko’ra bilish kerak. Bozorga o’tish mu-qarrar. Bu – davr amri, obyektiv reallikdiz. Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatdan tubdan yuqori darajaga eri-shish uslubi va vositasidir. Eng muhimi xamma bozor munosabatlariga asoslangan rivojlangan jamiyat qurish – bu uzoq murakkab jarayon ekanligini uni doimiy ravishda chuqur idrok qilish va zarur xollarda tuzatishla kiritishni talab qilishni anglamog’i kerak. Bozor mexanimzlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijitmoiy ximoya qilish tartiblarini amalga oshirish lozim. Davlat o’z mamlakatini ximoya qilgan taqdirdagina insonparvar xisoblanadi. Shvetsiya, Germaniya, Avstriya va boshqa bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko’rsatdiki kishilarni ij-timoiy ximoyalash va uni kafolatlashning kuchli tasirchan mexanizmi bo’lgandagina bozor iqtisodiyotiga sobitqadamlik bilan o’tishini taminlash, tarkibiy qayta kurishni amalga oshirish ijtimoiy siyosiy barqarorlikni saqlagan holda ishlab chiqarish munosabatlarini islox qilish mum-kin. Ichki iqtisodiy strategiay xar qanday siyosiy mafkura tasiridan butunlay xoli bo’lishi kerak. Iqtisaodiyot faqat unga xos bo’lgan ichki qonuniyatlar asosida rivojlanishi kerak. Bizning vazi-famiz ularni yaxshi tushunib etishdan va o’z xalqimiz manfaatlari yo’lida moxirona qo’llashdan iboratdir. Shu bilan birga xozirgi bosqichda iqtisodiy muammolarni xal etishni asosiy siyosiy maqsadga – mustaqil demokratik davlatni qaro toptirishga bo’ysundirish xayotiy muxim va ob-yektiv zaruriyatdir.Ichki siyosatning yetakchi prinsiplaridan biri xar bir kishining, korxonalar tarmoqlar mintaqalar va umuman davlatning manfaatlari monand ravishda uyg’unlashtirishni ta-minlashdan iboratdir. Insonga munosib xayot sharotilari uning o’zini namayon qila olishi uchun imkoyatlar yaratish – iqtisodiyotimizni va butun jamiyatni rivojlantirishning oliy maqsadidir. Bugungi kunda jamiyatni yangilashnish erkin ishbilarmonlik iziga ko’chirish vazifalarini xal etish uchun kuchli mustaqil davlat uning irodalari tarkibi huquqiy asoslari mudofa va milliy xaf-sizlik tizimining qaror topishi aloxida axamiyatga ega. Bu bosqichda davlat manfaatlari ustun bo’lishi kerak. Faqat shunday qilnganidagina xam ishbilarmonlarning manfaatlarini xam alo-xida manfaatlarni ximoya qilishi mumkin. Bozorga o’tgan sari iqtisodiyotni boshqarish tartibga solishda davlatning ro’li jiddiy o’zgaradi. Davlat, uning hokimyat boshqaruv tuzilmalari to’g’-ridan-to’gri xo’jalik faoliyatiga aralashishdan chetda bo’lishi kerak. Bozor iqtisodiyotining o’zi-ni o’zi tartibga soluvchi mexanizmlari tobora katta ro’l o’ynaydi. Davlatga faqat iqtisodiy soxa-larni rag’batlantirish vazifasi qoladi. O’tish davrida davlat xalq xo’jaligining ayniqsa tarkibiy xal qiluvchi tarmoqlarining xayoti qobiliyatini qo’llab quvvatlab narxlarni tartibga solish imtiyozli soliqlar belgilash to’g’ridan – to’g’ri dotasiya berish yo’li bilan real ko’rsatish mumkin. Bozor yo’liga kirgan ko’pgina mamlakatlar tajtibasi davlar xar doim axolini xam ishbilarmonlarni xam isloxatlarga tayyorlab kelganligidan dalolat beradi. Davlat ularni yangicha yashashga undagan va rag’batlantirgan Shuning o’zi bozor yo’liga tezroq va beozorroq kirishga yordam bergan. Davlat ixtiyoriga faqat xalq xo’jaligining asosiy va strategik ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlar qoladi. Bular yonilg’i neft va gaz sanoati, elektr enerdetikasi,temir yo’llari, irrigatsiya insho--atlari, transport va boshqa bir qancha soxlar. Respublikaning barcha fuqorolari va yuridik shaxs-larga tashabbus ko’rsatish va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun xo’jalik faoliyatining qonun tominidan etilmagan barcha turlarini amalga oshirish uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Mo-nopoliyaga qarshi siyosat o’tqazish, sog’lom raqobat muxitini shakllantirish, mehnatni rag’bat-lantirish mexanizmini yaratish ana shunga yotdam berishi kerak. Ko’pgina rivojlangan mam-lakatlar tajribasi shuni ko’rsatdiki xalq iqtisodiy isloxatlar xalq xo’jaligining barcha soxalarida bab – baravar tez amalga oshmaydi. Birinchi qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq bo’lgan sanoat-da qayta ishlash tarmoqlari ustun darajada rivojlantiriladi. Iqtisodiyotning agrar sektorlarini ri-vojlantirish muammolarini xal etish O’zbekistonning bozorga o’tishdagi butun strategiyasini xal qiluvchi bo’ginidir. Bugungi kunda qishloqqa o’zining asl qadr – qimmatini qaytarmoq zarur. Respulikaning butun agrar siyosatida erga egalik qilish xaqidagi masala ayniqsa muximdir. Qishloqqa bozor munosabatlarini rivojlantirish, dexqonga yerning egasi ekanligini tuyg’usini qayta tiklash meros qila olish xuquqi asosida yerni abadiy foydalanish uchun berish yo’lidan bo-rish kerak. Birinchi navbatda zarar keltiradigan davlat xo’jaliklarini (sofxo’zlarni) xamoa xo’ja-liklariga (kolxo’zlarga) aylantirish ustuvor yo’nalishdir. Keyinchalik xamoa xo’jaliklarinining o’zlarini xam yirik kooperativ xo’jaliklarga aylanadi va ularning asosini dexqon (fermer) xo’-jaliklari kichik korxonalar katta bo’lmagan kooperativlar, oilaviy pudrat tashkil etish va ijara jamoalarini tashkil etadi. Agrar siyosatning asosini – davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqa-rishni to’gridan to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir. Umumdavlat extiyojlari uchun yet-qazib keriladigan maxsulotlarga adolatli chegaralangan xarid narxlarini belgilash muxim rag’-batlantiruvchi omil xisoblanadi. Iqtisodiy tartibga solish bilan bir qatorda davlat soliqlaridan ozod qilish maqsadli dotosiyalar orqali xam qishloq xo’jaligiga to’gridan – to’g’ri tordam ko’rsatadi. Butun dunyoda qishloqqa dotatsiya berish mavjuddir. Qishloq turmush darajasini shaxar turmush darajasiga qadar ko’tarih butun agrar siyosatning juda muxim vazifasidir. Qish-loqlarimizdagi ijtimoiy xayotni yaxshilash, ularnin suv va gaz bilan ta’minlash dasturlarini ro’-yobga chiqarish bu siyosiy mazmunga ega bo’lgan davlat axamiyatiga molik vazifadir. Bozor tarkibini shakllantirishga va uni izchil rivojlantishga xar tomonlama yo’rdam ko’rsatish mu-ximdir. Tadbirkorlarning xuquqlarini ishonchli kafolatlashni ta’minlaydigan xuquqiy asosni shakllantirish birinchi darajali vazifadir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o’tish bozor-ning keng tarmoqli infrastrukturasini tashkil etishni talab qiladi. Sug’urta va auditorlik xizmat-larining, yuridik va konsalting tashkilotlarining, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitida ish-lashga qobiliyatli bo’lgan mutaxxasislar tayyorlaydigan xa xil markazlar ishini faollashtirish bo-zor sharoitlarida tadbirkorlikning barqaror ishlariga ko’maklashadi. Soliq tizimi xam bozor in-frastrukturasining tarkibiy qismi xisoblanadi. Davlat mulkini davlat tasarufidan chiqarish va xu-susiylashtirish ko’p o’lkadagi bozor iqtisodiyotini shakllantirishda muxim o’rin tutishi kerak. Davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni mexnat jamoalarining manfaatlarini xisobga olgan ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya qilgan xolda davlat va jamoatchilikning qattiq nazorati ostida, tasdiqlangan maxsus dasturlar asosida asta – sekin amalga oshirish nazarda tutil-moqda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishdan oldin chuqur taxliliy inlanioshlarni bajarish shu yo’lni bosib o’tgan mamlakarlarning tajribasini o’rganish lo-zim. Boshqa bir narsani xam etiborga olish muxim – o’zgarib turadigan bozor iqtisodiyotini yax-shi biladigan marketing, menejment moliya va kredit masalalarini tushunadigan tayyorgarlik ko’rgan menejer ishbilarmon kadrlarga ega bo’lmay turib o’ylamay netmay korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, malakasiz ko’llarga topshirish , ularni barbod bo’lish xafi ostida qoldirish mukin emas. Kichik tadbirkorlikning yangi ish joylarini tashkil etish, oziq ovqat maxsulotlarini va tovarlar bilan taminlash, bozor konyunkturasiniing o’zgarishlariga tez moslasha olishi imko-niyatini xisobga olib turlicha mulk shakllaridagi uncha katta bo’lmagan korxonalarni rivojlan-tirishga xar tomonlama yordam ko’rsatiladi. Iqtiodiyot barqaror mavjud bo’lgan sharoitlardagina bozorga muvaffaqiyatli o’tish mumkin. Iqtisodiyotnni barqarorlashtirish – bu bozorni shakl-lantirish yo’lidagi zaruriy va muqarar bosqichdir. Uni taminlash uchun quyidagilar zarur;

--- Respublika byujjeti taqchilligini cheklashga va uni izchil ravishda eng kam darajaga kel-tirishga qaratilgan qattiq moliyaviy siyosat olib. Borish boshqaruv apparatini keskin kamayti-rish, zarar ko’rib ishlovchi korxonalarga dotatsiyalar berishda davlat mablag’lari safrlanishini yanada kamaytirish. Byujjet mablag’lari kechiktirib bo’lmaydigan eng zarur davlat va ijtimoiy extiyojlarga birilishi kerak.

--- kredit – bank tizimni, pul muomilasin mustaxlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish. Banklarning kreditlari xalq istemoli mollari, binokorlik materiallari va boshqa xayotiy muxim maxsulotlarni ishlab chiqishni ko’paytirish bilan beriladi. Shu bila birga asossiz kredit emmisi-yasiga yo’l qo’ymaslik qatiy tutilgan qatiy tutilgan yo’ldir.

--- ishlab chiqarishning nixoyat darajada pasayib ketishiga, ommaviy ishsizlikga yo’l qo’y-maslik Ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantirish uchun sharoitlar yaratish zarurdir. Respubli-kaning ishlab chiqarish imkoniyatlari qurlish va ilmiy imkoniyatlarini saqlab qolish muxumdir.

--- erkin narxlarga o’tilishdan iborat umumiy yo’lda tovarlarning aloxida muxim turlari tor doirasi narxlarning davlat tomonidan nazoratga olinishini saqlab qoladi. Eng zarur oziq ovaqat maxusulotlari, dori – darmonlar, bolalarga mo’ljallangan bir qancha buyumlarning chegara-langan narxlari norma bilan berish xisobiga ular bilan axolini kafolarli tanimlash istemol bozori-ni ximoya qilish, tovarlarni sotib olishda axoliga katta imkoniyatlar berish manfaatiga xizmat qi-ladi.

--- pulning qadrsizlanishiga qarshi amaliy chora tdbirlar ko’rish, axolinig ijtimoiy nochor ta-lablarini davlat yo’li bilan ximoya qilishning ishonchli tizimini yaratish.

O’zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama – xom ashyoviy yo’nalishiga qatiy barxam be-rish respublika ishki siyosatining eng mexim strategiyasi xisoblanadi. Bozorning o’zgaruvchan sharoitlarida mehnat qilishga layoqatli bo’lgan o’zimizning yuqori malakali maxalliy kadrla-rimiz O’zbekistonning mustaqilligini tasvvur qilish qiyin. Zamonaviy bozorga o’tishga doir mo’ljallangan chora – tadbirlar muxmuini amalga oshirish respublikaning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida uning yangi industrial mamlaktlar sifiga qo’shilishida shuqur sifat o’zgarishlariga olib keladi.

IQTISODIYOTNI MAFKURADAN XOLI

ETISH – DEMOKTARIK VA BOZOR O’ZGARISHLARINING ASOSI

Birimchi navbatda iqtisodiy negizi barpo etish va iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirish yangi va jamiyat qurishning eng muxim shartidir. Siyosiy kurash botqog’iga botib qolgan bir qancha mamlakatlarning achchiq tajribasi iqtisodiy isloxatlar siyosiy manfaatlariga bo’ysundiril-gan joylarda iqtisodiyot butunlay barbot bo’lishini, ishlab chiqarish xajmmi kamayib ketishini, axolining moddiy axvolini yomonlashib ijtimoiy ziddiyatlar avj olishini ko’rsatmoqda. Iqisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlrga muvofiq rivojlanishi lozim. Mafkuraviy aqidalarni bataraf etish xo’jalik yiritishning turli ijtimoiy shakllariga nisbatan xayrixox bo’lgan ijtimoiy fikrning qaror toposhiga bozor munosabatlariga mos bo’lgan psixologiyaning va shunga xos iqtisodiy tafakkurning udrik etilishiga ko’maklashadi. Ijtimoiy – iqtisodiy ‘zgarishlarning pirovard maqsadini aniq belgilan olish islox qilishning zamonaviy strategiyasining boshlang’ich nuqtasidir. Bozor i1qtisodiyoti – umumbashariy xodisa bo’lib jaxon svilizatsiyasi rivojlanishi yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Jaxon svilizitsiyasining taraqqit tajribasi shuni ko’rsatdiki bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda tekis va benuqson kechmagan. Bundan tashqari jaxon tajribsi samarali bozor iqtisodiga ko’proq umumiy ijtimoiy qadriyatlar qoirasida o’tish mumkinligini ko’rsatadi. Xar bir iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar xo’jaligi ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti to’la to’kis xam bozor iqtisodiyoti xam ijtimoiy iqtisodiy xisoblanadi, iqtisodiy rivojlanish samaradorligi adolat bilan bog’lash maqsadini ko’zlaydi. Bozor xo’jaligi o’z tabiatiga ko’ra ijtimoiy yo’naltirilgan bo’ladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti O’zbekistonning davlat suveritetining iqtisodiy asosi sifatida olingan, u respublika ijtimoiy taraqqiyotining xozirgi bosqichiga xamda o’ziga xos sharoitlariga ega eng ko’p darajada muvofiq keladi. O’zbekistoning ijtimoiy bozor iqtisodiyotida o’z andozasini yaratishdagi yangi muxim elementlar qatorida quyidagilarni aloxida ajratib ko’rsatish mumkin ;

1. Kishilarning farovonligini oshirishni taminlaydigan pirovard natijaga erishishga qaratilgan ijtimoiy yo’nalish.

2. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini xal etish bilan mexnatga layoqatli axolini ish bilan yetarli darajada taminlagan xolda makroiqtisodiyotni ijtimoiy yo’nalishi.

3. Qiymat, talab va takliflar qonunining amal qilishi asosida barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarni ishlab chiqarishning eng ko’p samaran olish yo’lini izlashga undashni taminlovchi bozor mexanizmi foydalanish asosida iqtisodiyot boshqarish.

4. Ishlab chiqarishning bevosita davlat tomonidan boshqarilishidan uzoqlashish , iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan xolda faoliyat turini, etishtirilgan maxsulot xajmini va xilini ishlab chiqarish xo’jalik aloqalari doirasini aniqlash

5. Investitsiya siyosatining ustuvor jiatlarini tanlashda va chet el sarmoyalarini jalb etishda maqsadga muvofiq shartlarni xorijiy etish iqtisodiy dastakalr va rag’batlardan foydalanish.

6. Bozor munosabatlarini shakllantirishning barcha bosqichlarida, birinchi navbtda axolining ijtimoiy jixatdan kam taminlangan qatlamlari niximoya qilishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosat o’tqazish.

Tegishli zamin va shart sharoitlar yaratilgan taqdirda bozor mexanizmlarini ishga solish mumkin. Ularga eng avvalo quyidagilar kiradi:

Birinchidan; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini o’tqazish va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish.

Ikkinchidan; baxoni bosqichma – bosqich erkin ko’yish monopoliyatchilikga qarshi qattiq siyosat, iqtisodiy mustaqillikni taminlash asosida sog’lom raqobat muxitini tamilash.

Uchinchidan; gorizantal xo’jalik aloqalarini butun choralar bilan rivojlantirish, bozorni frastrukturasini shakllantirish, bozor sharoitlarida ishlashga qodir bo’lgan kadrlar tayorlash.

To’rtinchidan; axolini ijtimoiy ximoya qilishning keng kechli mexanizmini joriy etish.

Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyot – bu aralash iqtisodiyotdir. Agar bozor ishlab chiqarishni odamlarning o’sib boruvchi va muttasil o’zgarib turuvchi extiyojlariga eng yuqori darajada yo’naltirilgan taminlovchi mexanizm bo’lsa davlat barqarorlikning ximoyalanganlik va ijtimoiy adolatining ijtimoiy kafolati xisoblanadi. Monopoliyatchilikga qarshi tadbirlarni amalga oshirish ishlab chiqaruvchining istemolchi ustidan tazyiqini tugatish iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishiga, raqobat muxit shakllanishiga bozorning tovarlar va xizmatlar bilan boyishiga olib kelishi kerak.Bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o’tish ko’p bo’g’inli infrtastuksurasini yaratishni talab qiladi. Infrasturturaga ega bo’lmasdan bozor mexanizmlari to’liq ishlamaydi. Zamonaviy infrastrukturani yaratish bozor munosabatlariga xaqiqiy madaniy – marifiy xarakter baxsh etish, stixiyaga ega va boshboshdoklikka yo’l qo’ymaslik imkoniyatini beradi. Faqat rivojlangan ijitimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan jamiyatgina respublikaning davlat mustaqilligini va iqtisodiy qudratini taminlashi mumkin.

DAVLAT – IQTISODIY

O’ZGARISHLARNING TASHABBUSKORI VA BOSH ISLOXATCHISI



Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohatchi bo’lishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning xamma saxalaridani o’zgartirish rejalarini tuzib uni izchillik bilan amalga oshirish zarur. Jaxon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solib turish zarurligidan dalolat bermoqda. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan xozirgi bozor – davlat tomonidan tartibga solib turadigan bozordir. Uning turli andozalari davlat raqobatchilik tomonidan tartibga solish darajasining nisbati bilangina farq qiladi. Bundan tashqari respublika axolisi trumush darajasining pastligi o’zini ximoya qilishga bozorning salbiy oqibatlariga qarshi turmushga qodir emasligi o’tgan yillarning o’gir merosidir. Bozor munosabatlariga o’tishning qiyin davrida axolining manffatlarini faqat kuchli qayta qatsimalash vositasiga ega bo’lgan davlatgina ximoya qilishga qodirdir. Ayni vaqtda davlatning vazifasi ximoya qilish bilangina chekalnib qolmay. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida uning isloxat jarayonda faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo’lishi va isloxat izchillik va qatiylik bilan amalga oshirishi shart.Bozor tomon xarakat qilgan sari xo’jalik faoliyatini boshqarishda davlatning axamiyati sezilarli darajada o’zgaradi. Davlat, uning xokimyati tuzilmalari xo’jalik faoliyatiga bevosita taris aralashmasligi kerak. Davlat iqtisodiy faoliyatning xuquqiy asoslarini, o’ziga xos “bozor shart – sharoitlari” ni vujudga keltiradi va tasdiqlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiy erkiliklarnining kafolati bo’ladi. Tartibga solingan bozor sharoitida asosiy maqsad yo’nalishlarini ishlab chiqish, ijtimoiy – iqtisodiy isloxatlarini amalga oshirishning srategik yo’lini belgilash va bu yo’lni o’tqazish yuzasidan taktik qarorlar qabul qilish davlat zimmasiga yuklatiladi. Ijtimoiy muammolarni xal etishda axolini ijitimoiy ximoyalash samarali va aniq – ravshan tizimini vujudga keltirishda davlat katta o’rin tutadi. Davlat bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug’diradi. Vujudga keltirilayotgan ishbilar,onlik tuzimlari qaror topishi va rivojlanishiga ko’maklashish – davlatning burchidir. Aniq maqsadga qaratilgaan tuzilma siyosatning amalga oshirilishida davlatning axmiyati katta. Davalat iqtisodiyotning bevosita davlat sektori orqali ham ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarga ta’siz o’tqazadi. Shuningdek davlat ularda ishlab chiqarishni aksiyalashda ishtirol etadi. Bozor sharoitida iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solish odatda iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantishirishni boshqarish xamda ijtimoiy muammolarni xal etish yo’li bilan bevosita, shuningdek xuquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida bilvosita amalga oshiriladi. Davlat bevosita va bilvosita ta’sir o’tqazish vositalarini ishga solish yo’li bilan iqtisodiy jarayonni yaxlit xo’jalik tizimini shakllantirish manfaatlariga mos keladigan strategiya o’zaniga yo’naltiradi. Iqsodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat yo’li bilan tartibga solish xammaga ma’lum bo’lgan vositalar – moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx – navoni nazorat qilish va bilvosita o’tqazishning boshqa choralari yordamida amalga oshiriladi. Ana shunday usullar bilan madaniy – ma’rifiy bozoq iqtisodiyotiga o’tish bozor uchun zarur shart sharoitlarni yaratish mumkin bo’ladi.

BOZOR IQTISODIYOTIGA BOSQICHMA –



BOSQICH O’TISH IQTISODIY ISLOXATLAR YO’LINING NEGIZI

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining tarifidan ko’rinib turgandek, bunday iqtisodiyot totalitar tuzum zaminida vujudga kela olmaydi, chunki ularda xech qanday umumiylik yo’q. Bir vaqtda sotsialisitik yo’ldan borgan mamlaktlarning bozor iqtisodiyotiga o’tishidagi farqli xususiyatlaridir. Markazdan rejalashtirililadigan iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti ikki yaxlit ichki jixatdan mantiqiy tuzilgan va shu sababli bir – biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo’jalik tizimidir. Shu kihatdan olganda rejalashtiriladigan iqtisodiyotni birdaniga bozor iqtisodiyotiga aylantirib bo’lmaydi. Markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish ba boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik uslubidan bozor iqtisodiyotiga o’tish bu mavjud xo’jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik yuritish tizimini joriy etishdir. Shunga ko’ra u bir sifat xolatidan ikkinchisiga o’tishdir . Bu odamlar uchun mutlaqo yangi bo’lgan xayot falsafasidir. Shunga ko’ra u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab qiladi. Bir tizimdan ikkinchisiga o’tishning asta – sekin evolutsion ravishda bo’lishi muximdir. Iqtisodiy isloxatlar mamlaktni maqsad sari asta – sekin, qadam – baqdam ilgarilatib borishi, bozor munosabatlarining ayrim jihatlarini umuman butun tizimini shakllantirish lozim. Faqat farmonlar va farmoyishlar bilan bozor iqtisodiyoti barpo etib bo’lmaydi. U uzoq tarixiy taraqqiyotning natijasi bo’lib tegishli infrastrukturani va xuquqiy asosni yaratishgina emas shu bilan birga qadriyatlar tizimida chuqur o’zgarishlarini xo’jalik faoliyati va amaliy munosabatlarni asoslashni xam ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun qonun qoidalarni qabul qilishi, mulkchilik barcha shakllarining teng huquqliligini elon qilishning o’zi yetarli emas. Bu qonunlarni ro’yobga chiqarishni taminlaydigan chinakam vositalar zarur. Bu vositalar birdaniga amal qilib ketmaydi, ular asta sekin takomillashib boradi va izga tushadi. Bir ijtimoiy - iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish soxasi inqilobiy sakrashlar bilan yuz berishi mumkin emas. Xar qanday inqilobiy qarorlar juda katta ijtimoiy larzalarni keltirib chiqaradi. Bunga sharqiy Yevropa tanlagan yo’l arqali bozor tomon xaraqat qilish misol bo’la oladi. Bu yo’lda Xalqaro valyuta fondining maslaxatlariga amal qilib, kredit va valyuta siyosatining cheklangan choralari vositalarida moliya – pul barqarorligiga erishishga zo’r beriladi. Respublikada xaqiqatdan vujudga kelgan iqtisodiy vaziyat, oilalar aksariyat ko’pchiligining turmush darajasi pastligi O’zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o’tishda “Falaj qilib davolash” usulining maqub emasligini ko’rsatadi. Bu usul axoli uchun “davolamay falaj qilish ” ga aylanadi, yani mavjud barcha tizimlar, normalar aloqalarning tezda barbod bo’lishiga boshqacha aytganda to’la vayron bo’lishiga olib keladi. Xalqimda “yangi uy qurmay turib eskisini buzmang – boshpanasiz qolasiz ” degan naql bor. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish andozasiga bosqichma bosqich, evolutsion yo’l bilan o’tish asos qilib o’lingan. Bozor iqtisoyoti tomon siljirkansiz inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas balki izchillik bilan bosqichma bosqich borish kerak. O’zbekistonning bozorga o’tish yo’lining o’ziga xos xususiyatlari xam shunda Xar bir bosqichda uning o’ziga xos ustuvorliklari shakllanadi, ularni taminlash vositalari takomillashadi. Tashkiliy iqtisodiy moliyaviy – kredit tizimlarini o’zgatirish, tegishli xuquqiy asosni bozorning infrastrukturasini barpo etish xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak. Ishlab chiqarishni tayyorlash va qayta jixozlash uchun talab qilinadigan texnologiya vaqt imili xam xisobga olish lozim. Talab va taklifning mutanosibliligiga asoslangan qonunlar amal qila boshlagunga qadar eski tasavvurlar va normalarni o’zgartirish uchun xam vaqt kerak bo’ladi. Kishilarning tafakkurini, odat tusiga kirgan qoidalarni o’zgartirish juda muhimdir.Xar bir bosqichda kishilarning tafakkurini o’zgarishlarni qalub qilishga tayyorlab ularni amaliy ishlar bilan yangi tuzumning afzalligiga ishontirib, boshqa mamlakatlarda yuz yillar davomida barpo etilgan qadriyatlarga erishish mumkin. Bozor munosabatlariga xos bo’lgan ruxiyat, dunyoqarash, shakllanib adamlar shunga muvofiq ravishda ish tuta boshlagan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti voqelikga aylanadi. Shu sababli eng asosiy vazifa – ijtimoiy larzalarsiz, odamlarning qashshoqlashuviga yo’l qo’ymagan xolda ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o’ta borishdan iborat.

O’ZBEKISTONDA IQTISODIY



ISLOXATLARNI HUQUQIY TAMINLASH

Ijtimoiy yo’naltirilgan madaniy – marifiy bozor xo’jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan taqsimlamsadan turib bunday xo’jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyoti xuquqiy normalar va qoidalarga tayanishi bilan mamuriy – buruqbozlik tizimidan farq qiladi. Bozor munosabatlarining butun mexanizmi davlat tomonidan ko’rsatilgan va qonun bilan mustahkamlangan bozor shart – sharoitlari doirasidagina amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari – o’z o’zini boshqaradigan tizimdir. U qayta aloqaga asoslangan xamda bosh – boshdoqlikga va xaddan oshishlarga bozor g’oysining o’zini obro’sizlantirishga yo’l qo’ymaydigan muayyan qoidalarga bo’ysunadi. Turli mamlakatlar qonunchiligida qabul qilingan huquqiy shakllar, vositasi va uslublar xilma – xil bo’lgani xolda bozor munosabatlari rivojlanishi bilan bog’liq ravishda qonun va yuridik amaliyotga muttasil o’zgarishlar kiritilgani holda umumiy qoidalar o’zgarishsiz qoladi, chunki bozor talablari obyektiv ravishda shuni taqazo qiladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish – bu faqat o’tish davrining majburiy shartigagina bo’lib qolmay balki xuquqiy davlatni barpo etishning o’ziga xos xususiyati xamdir. Bozor mehanizmiga keladigan huquqiy asosni shakllantirish – bu uzoq davom etadigan, murakkab va muttasil takomillashtirib boradigan jarayondir. Xozirgi vaqtda iqtisodiy jarayonlarni islox qilishning huquqiy asoslarini yaratuvchi bir qator asosiy qonun xujjatlari qabul qilindi. Shuningdek qonunlarning butun bir to’plami xam qabul qilindi. Bozorni yanada rivojlantirish va uning huquqiy taminlanishini mustahkamlash maqsadida amaldagi qonunlarni, ularni qo’llanish amaliyotini xisobga olgan xolda muttasil to’ldirib borish, bozor munosabatlarining faoliyat soxasini kengaytiruvchi va ularni mustahkamlovchi yangi xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish zarur. Qonunlar xayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lshi va undan kelib chiqmog’i kerak. Bozorning muayyan tizimga solinishi uni shu tariqa huquqiy taminlashning eng muxim shartlaridir. Qabul qilinadiga qonunlar va qonunchilikga oid xujjatlar o’zro bog’langan bo’lishi va ijtimoiy yo’naltirilgan yaxlit bozor mehanizmining huquqiy tizimi jadallik bilan yaratishga ko’maklashishi kerak. Qonun loyixalarini tayyorlash va keyinchalik ko’rib chiqish xamda tasdiqlashgaqabul qilish tanlov asosida bo’lishini bilimdon ekspertlar shu jumladan xalqaro ekspertlar ularni ko’rib chiqishni ommaviy axborot vositalari keng muhokama qilishni qoida tusiga kiritish kerak. Shu bilan birga qonun xujjatlari bevosita ta’sir ko’rsatish kuchiga ega bo’lish kerak, amaliyotda paydo bo’ladigan xar qanday masalalarni huquqiy tizim qoidalariga muvofiq xal qilishga imkon berish zarur. Qonunchilik tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda qonunlarni xayotga izchil joriy qilish barcha xo’jalikl subyektlarining yuridik normalar va qoidalariga qatiy amal qilishni ta’minlash madaniy – marifiy bozorni shakllantirishning majburiy shartidir. Shu sababli qonunga bo’ysunish bozor munosabatlariga o’tishning barcha amal qilishi kerak bo’lgan yetakchi prinsiplaridan biridir. Xar qanday huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyati shundan iboratdir. Qonunchilik va huquqiy – tarbibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlat kurishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Iqtisodiy faoliyatning tadbirkorlik va mehnatning davlat tomonidan kafolatlangan erkinligi, mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligi va huquqiy ximoyalanganligi qonunchilik va huquqiy ximoyalangan qonunchilik va huquq – tartibot tantanasining eng muxim omilidir. Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. Qonun oldida xamma barobardir. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi.Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas balki ushbu qonunlarning barcha qarajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Zaro huquq normalari odamlar ongiga singan va ular orqali amal qilgan taqdirda yashaydi va ro’yobga chiqadi.

KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT – IQTISODIY



O’ZGARISHLARNING ISHONCHLI KAFOLATI

O’zbekistonning o’zini yangilash va taraqqiyot yo’liga asos bo’lgan eng muxim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o’tqazishdir. Qolgan barcha qoidalar ijtimoiy ximoyalash soxasida qat’iy kafolatni vujudga keltirishga bo’ysundirilgan. Davlatning faol isloxatchilik mavqeida butun diqqat – etiborni iqtisodiyotni sog’lomlashtirish muammolarni birinchi navbatda xal etishga qonuniylik va xuquq – tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi. O’z navbatida axolining kambag’al muxtoj tabaqalariga vaqtida madad berish fuqorolar osoyishtaligi va milatlararo totuvlikni taminlash isloxatlarni muvaffaqiyatli o’tqzish uchun kafolat bo’lib xizmat qiladi. Shvetsiya, Germaniya, Avstriya va boshqa rivojlangan xorijiy mamlaktlarning tajribasi odamlar ijtimoiy ximoyalangan va kafolatlarning juchli tasirchan vositasi mavjud bo’lgan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti sari jadal xarakatni taminlash tarkibiy qayta – qurish, ishlab chiqarish munosabatlarini tubdan islox qilish va ayni paytda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkinligini ko’rsatmoqda. Axolining muxtoj tabaqalarini ijtimoiy ximoyalash sira kechiktirilib bo’lmaydigan eng ustuvor vazifasi amaliy xarakatlarning eng asosiy qoidasi bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi. Iqtisodiy isloxatlarning dastlabki bosqichida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat o’z oldiga qo’yilgan barcha vazifalarini to’la – to’kis bajaradi. Respublikada erkin narxga o’tish amalda tugallanadi va bu o’tish axoli uchun “shok terapiyasi” ga nisbatan kamroq ijtimoiy larzalar keltirib chiqaradi. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqich yamgi ijtimoiy ximoyalash vositasini chuqurlashtirish uni o’zgarish borayotgan sharoitlarda moslashtirish zaruziyati chinakam yetildi. Ijtimoiy siyosat va uni ro’yabga chiqarish chora tadbirlari umuman iqtisodiy isloxatlar bilan shunchaki qo’shib olib borilmasdan balki ularning uzviy tarkibiy qismi bo’lishi xam kerak. Ijtimoiy ximoyada qatnashuvchi asosiy suyektlarning mavqeini tubdan o’zgartirish talab qilinadi. Bozor munosabatlariga o’ta borilgani, mehnatkashlarning o’zlariga va xo’jalik yurituvchi subyektlarga ko’proq iqtisodiy erkinliklar berila borilgani sari davlat ijtimoiy muxofazaga oid vakolatlarni muqobil tuzilmalarga topshirish lozim. Axolini ijtimoiy ximoyalash, odamlarning moddiy axvolini yaxshilash vazifalarini xal qilishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarining, jamoat toshkilotlari va xayriya tashkilotlarining mablag’lari faol ishga solinmog’i kerak. Ijtimoiy ximoyalash davlatning xam jamoat tashkilotlarining turli xayriya jamg’armalarining xam asosiy vazifasi bo’lmog’i lozim. Mehnatga layoqatli axolining psixologiyasini o’zgartirish juda muximdir. U ijtimoiy ximoyalashning passiv obyektidan, davlatning moddiy yodamidan bevosita va bilvosita foydalanuvchidan o’z taqdirining faol soxibiga, o’zining ijtimoiy farovonligi uchun yakka tartibda o’zni o’zi ximoya qilish vositalari to’la ishga solinishi kerak. Bozor munosabatlarini shakllantirishning yangi bosqichida quyidagilar ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari xisoblanadi.

Fuqorolarning iqtisodiy faoliyat, tabbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, kasb – korni va mehnat soxasini erkin tanlash bo’yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqlarni taminlash.Ijtimoiy ximoyalash aniq maqsadni ko’zlagan va o’z egasiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.Axolining turli qatlamlariga aloxida – aloxida yondashish – ijtimoiy muhofaza yangi tizimning o’ziga xos xususiyati bo’lib qolmog’i lozim. Madaniy – marifiy mamlakatlarda axolining ba’zi tabaqalarini ijtimoiy ximoyalash boshqacha yo’l bilan amalga oshiriladi. Bu mamlakatlarda narx- navo asosan tutit turilmaydi, nazorat qilinmaydi balki erkin qilib qo’yiladi.Muxtojlar esa yordam oladilar. Shu sababli dotatsiyaga ajratilayotgan mablag’lar muhtojlarning o’zlariga yordam tarzida berilishi lozim. Axolining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalari va guruhlari qo’llab quvvatlash avvalgidek ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan bo’lib qolaveradi, biroq u ma’lum yo’nalishdagi siyosat tusuni olishi lozim. Iqtisodiy jihatdan faol axoligi kelganda shuni aytish kerakki uning uchun davlat mehnatini rag’batlantirishning kuchli vositasini joriy etish xisobiga bu tabaqaning mehnat va ijtimoiy imkoniyatini to’liq darajada ro’yobga chiqarish uchun shart sharoit yaratib berish kerak. Xar bir korxona mustaqil xo’jalik faoliyati natijasida o’z xodimlariga mehnatga yarasha xaq to’lash imkoniyatini topishi lozim.Axolini ijtimoiy ximoyalash chora tadbirlari tizimida real mehnatga layoqatli xar bir kishiga o’z mehnati bilan oilasining turmush darajasini yaxshilash asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mehnat bozori mehnat resurslarini ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifni shakllantirish asosida xo’jalik yuritish soxalari va tarmoqlari mashg’ulot turlari va shalllari bo’yicha aniq maqsadni ko’zlab taqsimlash va qayta taqsimlash vositasini vazifasini bajarishi lozim. Qishloqlarning bir qismini moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayniqsa yashirin ishsizlik muvjud bo’lgan mehnat faolliligini namoyon qilish imkonini bermayotgan qishloq xo’jaligidagi ishdan ozod qilish zarur.Bu xizmat soxasi amalda rivojlangan bu soxada barcha erkin mehnat rusurslarini qabrab olish mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy soxa – sog’likni saqlash ta’lim madaniyat va san’at shuningdek ilm fan ayniqsa mushkul axvolga tushib qoladi. Shuning uchun xam biz xalqning ma’naviyatiga zarar yetqazgan xolda mablag’ni tejay olamiz. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning boshqa prinsiplarini amalga oshirish ham axolini ijtimoiy jihatdan kuchli ximoya qilish dasturini ro’yobga chiqarishga batamom bog’liqdir. Samarali ijtimoiy siyosatni barqarorlashtirish, tarkibiy o’zgarishlar bozor munosabatlarini bosqichma bosqich joriy etish chora tadbirlari bilan uyg’unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiy soxaga yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mukin. Pirovard maqsad esa O’zbekistonda istiqomat qilayotgan millionlab oilalarning munosib turmush kechirishi uchun sharoit vujudga keltirishidan iboratdir. Ayni mana shu narsa oqibat natijada davlatning kudrati va boyliligini uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini taminlaydi.

IQTISODIY ISLOHATLARNING



ASOSIY USTUVORLIKLARI VA YO’NALISHLARI

Obyektiv voqelik shundayki, respublika barcha yetilgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni birdaniga xal etishga qodir emas. Ko’pgina mamlakatlarning tajribasi iqtisodiy isloxatlar xalq xo’jaligining barcha soxalarida bir xil jadallik bilan amalga oshmasligini ko’rasatmoqda. Resurslar cheklangan sharoitda xamma muammolarni bir yo’lda xal qilishga urinish xech qanday samara bermaydi. Shu sababli isloxat yo’nalishlarini belgilab olish chog’ida shunday asosiy bo’g’inlarni topish muhimki, ularga asoslanib jamiki muammolarni xal qilish mumkin. Respublikada amalga oshirilayotgan tub bozor isloxatlarimizning butun dasturi eng muhim vazifalarni izchillik bilan xal etishga asoslangan. Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar soxadagi o’zgarishlarga g’oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar sanoat tarzida ekanligi xamda xayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo’jaligining tutgan o’rni bilan bog’liq. Xozir iqtisodiyotning ayni agrar soxasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib axolini oziq ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay respublika qishloq axolisining turmushini farovon qilish xam mumkin. Lekin eng muhumi qisshloq iqtisodiyotida va ijtimoiy turmushda binobarin siyosatda xam shunday bir bo’ginki shu bo’gin orqali butun respeblika farovonlik va to’kin – sochinlikga erishdi. Dehqon badavlat bo’lsa butun ruspublika badavlat bo’ladi. So’ngi yillarda agrar soxaning iqtisodiyotdagi ahamiyatihisobga olinib, unga etibor kuchaytirilmoqda. Qishloq xo’jaligi xodimlarini moddiy rag’batlantirishni yaxshilash sanoat va qishloq xo’jalig mahsulotlarini narxini belgilashdagi mutanosiblikni tugatish maqsadida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari barcha turlarning xarid narxlari muntazam oshib boroqda. Qishloqda ishbilarmonlikni, fermer xo’jaliklarni va kichik korxonalarni rivojlantirishga amaliy – moliyaviy madad berish uchun “TABIRKORLIK” degan mahsus aksionerlik tijorat banki tuzildi. Bu bank asosan imtiyozli shartlar bilan qarz berish yo’li bilan tuzildi. Qishloq xo’jaligi yaqin yillar davomida hal amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxatlarning xamisha markazida bo’ladi. Butun iqtisodiyotimizning negizidir. Dexqonchilik soxasini rivojlantirish muammolari O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish strategiyasida xal qiluvchi bo’g’in xisoblanadi. Yerga mulkchilik masalasi dehqonchilikka oid siyosatdagi xal qiluvchi masaladir. Bizda dehqonchilik azaldan asosan sug’oriladigan mintaqalarda mujassamlashgan. Dehqonchiligimizning o’ziga xos xususiyati shundaki ekin maydonlarining ancha qismi texnikaviy ekinlar ekiladigan maydonlarning esa xammasi sug’oriladigan yerlardir. Sug’roladigan dehqonchilik sharoitida yerning aloxida qiymatini xozirgi demografik avvalo qishloqdagi shunday vaziyatni paxta yetishtirishning zamonaviy agrotexnikasi talablarini xisobga olganda yerni davlat mulki sifatida saqlab qolish uni sotishga yo’l qo’ymaslik maqsadga muvofiqdir.Yerdan xususiy mulk sifatida foydalanish o’rta osiodagi ahli musulmonlarga azaldan yotdir. Musulmon huquqi hukmron axliga bo’lgan xamma joyda yer Olloxning mulki va uning noyati hisoblanadi. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagina yerni sotish erkinligi iqtisodiy jihotdan qaramlikga aylantirishning bir shakli sifatida qonunlshtirilgan. Yerni dehqonlarga foydalanish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan berish orqaligina qishloqqa bozor munosabatlarini rivojlantirishga dehqonlarda egalik tuyg’usini qaytadan tiikashga erishiladi. Eng muximi – qishloqda xo’jalik yuritishning xar bir dexqonga manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish o’z mehnati natijalarini mustaqil tasarruf etish o’z oilasi ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradigan shaklni vujudga keltirish lozim. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushnarli va foydali bo’lgan shakllarini tiklash zarur. Davlat xo’jaliklarini , birinchi navbatda zarar keltirayotgan davlat xo’jaliklarini qayta tuzib jamoa xo’jaliklariga aylantirish – ustuvor yo’nalishdir. Qishloq xo’jaligida band bo’lgan kuchlarning ortiqchasini bo’shatib olib ularni sanoat korxonalarida mehnatga jalb etish xozirgi agrar siyosatning muxim yo’nalishidir Xizmat ko’rsatish soxasi tegishli tarzda tashkil qilinsa u qishloqdagi barcha xohlovchilarni ish bilan ta’minlabgina qolmay, balki qishloqning qiyofasini qishloq turmushi madaniyatini tubdan o’zgartirib xam yubora oladi. Davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga bevosita aralashishdan vos kechishi – agrar siyosatning negizidir. Ekin maydonalarining tarkibi xo’jaliklar, dehqonlarning o’zlari belgilashlari kerak. Mvjud sarmoyalar xam ayni qilshloq foydasini ko’zlab sarflanishi lozim. Biz uchun yerlarning melorativ xolatini yaxshilash ustuvor yo’nalishlardan biridir. Iqtisodiyot barqaror ishlab turgan taqdirdagina bozor munosabatlariga muvaffiqiyatli o’tish mumkin. Aniq – puxta ishlab chiqarilgan va yetarli darajada qattiq bo’lgan moliya – kredit siyosatini amalga oshirish respublikaning bozorga o’tishida eng muhim bo’gin hisoblanadi. Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning byujjeti tizimini mustahkamlash, nyujjet daromatlarining to’ldirilishini taminlaydigan va amaliy faollikni rag’batlantirilgan izchil soliq siyosatini o’tqazish shuningdek korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy axvolini sog’lomlashtirish, ularning tadbirlkorlik va sarmayadorlik faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan shakllantirish moljallanmoqda. Bozor monosabatlarini shakllantirish sharoitda kredit siyosatini amalga oshirish vositasi tubdan o’zgaradi. Kredit mablag’lari birinchi navbatda oziq ovqat maxsulotlari, boshqa xalq istemoli mollari va ularni tayyorlash uchun xom ashyo boyliklarini ishlab chiqarishni ko’paytirish yakka tartibda uy joy qurulishini kengaytirish ijtimoiy sohani respublikaning mustaqilligini ta’minlovchi o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni kengaytirish bilan bo’gliq yuksak samarali tadbirlar o’tqazishga sarflanadi. Narxlarning barqarorlashuvi pulning qadrsizlanishi kamayishidan manfaatdor bo’lgan davlat pul muomulasini boshqarishning ishonchli vositalariga ega bo’lish va avvalo uning iqtisodiyotini ko’ngildagidek rivojlantirish uchun yo’l qo’yish mumkin xajmini olish oldindan bilish lozim. Shu boisdan markaziy bank muomuladagi pullar xajmini oldindan bilib olish borishi samarali pul kredit siyosatining shartlaridan biri deb qaralishi kerak. Markaziy bank oldida pul muomulasini tartibga solishning iqtisodiy usullarini egallashdek g’oyat murakkab vazifa turibdi. O’zbekiston Respubliksining milliy pul birligini muomulaga kiritish to’girisidagi masala alohida e’tiborga molikdir. O’z valyutamizni joriy etishni taqazo qiluvchi bir qancha sabablar yaqqol ko’rinib qoldi. Eng avvalo boshqa davlatlardan iqtisodiy mustaqil bolish uchun respeblika o’z pul birligiga o’zining milliy valyutasiga ega bo’lishi lozim. O’zbekistonning rubl mintaqasida bundan buyun xam bo’lib turushi zarurligi va maqsadga muvofiqlikni taqazo etuvchi talaygina boshqa muxim sabablar mavjud. Shuni xisobga olish zarurki o’z valyutamizni joriy etish xech shubxasiz odamlarning eng avvalo tub joriy etish xech subxasiz odamlarning eng avvalo tub joyl bo’lmagan axolining kayfiyatiga tasir qiladi. Vujudga kelgan sharoitda valyutamizni joriy etishimiz – birinchi navbatda xibos kitob operasiyalarini murakkablashtiradi, ba’zan esa shakllangan xo’jalik aloqalarini to’gridan – to’gri izdan chiqarishga olib keladi. Eng yaqin istqiqbolning tub muammosi – tuzilmalarni o’zgartirish siyosatini xayotga tatbiq etishdir. Totalitar tizimning merosi – uning iqtisodiyotining noto’gri tarmoqlar tuzilmasi respublikada xali uzoq vaqt o’zining salbiy tasirini ko’rsatadi. Birnchi navbatda respublikada ishlab chiqariladigan juda katta miqdordagi xom ashyo va mavjud ishlab chiqarishning qauvvatlarining asosiy qismini tayyor maxsulot ishlab chiqarishga jalb etish zarurdir. Xalq xo’jaligining xom ashyoviy yo’nalishlarini bartaraf etish ruspublika iqtisodiyotining bararor bir maromda rivojlanishini taminlash inkonini beradi, ish bilan taminlanmagan mehnat rusurslarini ishlab chiqarishga jalb etishga kadrlarning kasb darajasini oshirishga, maxsulotni chetdan keltirishga va tashqariga chiqarishni muvofiqlashrishga ko’maklashadi, asosiysi – O’zbekistonning mustaqilligiga uning xalq turmushi darajasining o’sishiga ishonchli kafolatlar yaratadi. Txminiy xisob kitoblar shuni ko’rsatadiki, agar respublikadagi mavjud xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlasak yalpi milliy mahsulotni 2 baravardan ortiq. Milliy daromatni esa – taxminan 3 baravar ko’paytirish mumkin. O’zbekiston o’zining istiqlol va taraqqiyot yo’lini tanlab oldi, o’zining ijtimoiy yo’naltiri;gan bozor iqtisodiyoti yo’lini iishlab chiqdi. Milliy xususiyatlar va an’analarni xisobga olgan xolda bozor munosabatlariga o’tishning aniq ustuvorliklarini. Prinsiplarini va yo’nalishlarini aniqlab oldi. Ikki yillik tajribada tanlangan yo’lning tog’riligini ishonarli tarzda tasdiqladi. Voqlikning o’zi buni yaqqol ko’rsatib qo’ydi. Respublikada ijtimoiy – siyosiy barqarorlik va fuqorolar totuvligi puxta ta’minlangan. Xo’jalik aloqalari buzilishi, rublning qadrsizlanishi va boshqa sababla natijasida iqtisodiyotga tashqaridan bo’layotga salbiy ta’sirlarga qaramay iqtisodiyot barqaror ishlab turibdi. Axolining kam ta’minlangan, ijtimoiy qatlamalarining huquqlari kafolatlangan va ximoyalangan. Yangi bozor munosabatlarining kurtakalari sobitqadamlik bilan xayotga kirib bormoqda. Bugungi kunda iqtisodiy isloxatlarning barcha vositalarini sozlash, ularni to’la ishga tushirish zarur. Respublikadagi xar bir kish xo’jalik xodimi, xar bir ishchi ilg’or firklovchi xar bir kishi isloxatlar g’oyasi bilan yashamog’i lozim. Isloxatchilarning maqsad va yo’nalishlari aniq belgilab olingan. Iqtisodiy isloxot mexanizmi ijtimoiy xayotning xamma soxalarida: xalq xo’jaligida, tarmoqlarda, xar bir korxona va xo’jaliklardan torib xar bir ish joyigacha keng joriy etilmog’i lozim. Bu jarayonning moxiyatini chuqur anglash bozorni trtibga solish usullarini egallab olish, o’zini badnom etgan samarasiz buyruqbozlik uslubi va prinsiplaridan eski konservativ tafakkur va boqimondalik kayfiyatidan qatiyan voz kechmoq zarur.

O’z istiqbol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu – totalitazm merosidan xalos bo’lish va poklanish mafkuraviy illati yerqazgan ziyon – zaxmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etgan etidigan yo’ldir. Bu – johon svilizatsiyasiga qo’shilish, chinakam siyosiy va iqtisodiy istiqlolga erishish yo’lidir. Bu yo’ldan faqat xaqiqiy vatanparvargina, o’z mamlakati va xalqining taqdiri uchun butun qalbi va yuragini bag’ishlagan o’z manfaatini respublikaning qadratli va farovon bo’lishiga erishish maqsadlariga bo’ysundira oladigan, bunga o’zining kuch – g’ayrati, tashabbusi. Bilimi va mehnatini bag’ishlay oladigan kishilargina yura oladi. Respublikaning xar bir fuqorosi respublika taqdiridagi tarixiy o’zgarishlarda ishtirok etayotganligini, kelajak uchun shaxsiy masu’liyatini xaqiqiy xis etgan taqsirdagina xalqimiz chinakam erkin va baxtiyor yashaydigan kuchli davlat kurishi mumkin
Download 26,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish