Vazifasi bugungi kunda bosh vazifalardan biri hisoblanadi



Download 0,92 Mb.
bet1/126
Sana21.09.2021
Hajmi0,92 Mb.
#181383
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
маркетинг маруза


KIRISH

Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimi vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularning ilmiy-uslubiy masalalarini yanada takomillashtirishni, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning uzluksiz va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo’ymoqda. Talabalarning tasavvurini kengaytirishga va bilimini rivojlantirishga mo’ljallangan ilmiy nashrlar bugungi kunda dolzarb vazifalardan biridir.

Respublika iqtisodiyotini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikasiya qilishga va eksport salohiyatini o’stirishga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, tarmoq, kompleks va korxonalarni modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirishning nazariy asoslarini alohida fan sifatida, uning metodologik bazasini ilmiy asoslash va o’quv dasturlarini yaratish orqali shakllantirish, Nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o’quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish, o’quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqish zarur1. Yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv, o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish2 vazifasi bugungi kunda bosh vazifalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashda «oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv, o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlash, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borishni»3 alohida masala sifatida belgilanishi, mavjud o’quv-metodik adabiyotlarni xorijiy manbalar asosida muntazam yangilab borish talabini keltirib chiqaradi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining istiqbolga mo’ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo’nalishlari avvalo bu barcha sohalarning yuqori sur’atlar bilan o’sib borishini ta’minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlarni safarbar etishga qaratilgan strategiyani izchil amalga oshirishda “Marketing” fanida o’rganiladigan mavzular va nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyot fanlari tizimida marketing o’zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Chunki, u bir tomondan ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatlarining o’zaro munosabatlari doirasidagi nazariyani mujassam etgan holda biznes falsafasi sifatida namoyon bo’lsa, marketingning ikkinchi jihati, korxonaning ishlab chiqarish-sotish faoliyati bo’yicha boshqaruv tizimining tarkibiy tuzilmasini e’tirof etadi. Shuning uchun marketingni o’rganishda birinchidan, bozor subyektlarining iqtisodiy taomillarining umumilmiy qonuniyatlarini tushunish va ikkinchidan, tashkilotning tovar va xizmatlar sotish faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni tahlil eta bilish malakasini talab etadi.

Marketing sotish bilan uzviy bog’liq tushuncha. Ammo gap mahsulotni sotish haqida ketar ekan uni marketing bilan chalkashtirmaslik kerak. Marketing sohasidagi fikrlar shundan iboratki, u bugungi kunda biznesda yaxshi tanilgan maqsadli auditoriya, raqobatchilar, xaridorlar kabi tushunchalarini qamrab oladi. Marketing yondashuvi sotish jarayonini biznes sifatida talqin etadi va uni yangi bozorga siljitishni maqsad qiladi. Marketing jarayonidagi har bir harakat iste’molchi va xaridorlarni yanada yaqinlashtirish, ularning xarid qilish ehtimolini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu o’quv-uslubiy majmua marketing nazariyasi, tarixiy rivojlanishi va uning asosiy tushunchalari yoritilgan. O’quv-uslubiy majmuada marketing kompleksi va uning asosiy elementlari hisoblangan tovar, narx, sotish kanallari, siljitish bilan bog’liq o’quv materiallari batafsil yoritib berilgan. Har bir mavzudan so’ng o’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar keltirilgan.

O’quv-uslubiy majmua 5230700 - Bank ishi, 5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit, 5230600 - Moliya bakalavriat ta’lim yo’nalishining talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan shu soha o’qituvchilari, magistrlar, kasb-hunar kollejlari o’qituvchi va talabalari, shuningdek, barcha pog’ona rahbarlari, turli mulk shaklidagi korxonalarning marketologlari ham foydalanishlari mumkin.




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish