Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida talaba-yoshlar ishtirokida “Vatanni himoya qilish – sharafli burch” mavzusida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir
B A Yo N N O M A S I
14.01.2021 yil Tyermiz shahri
Ishtirok etdilar:
|
-
-
-
|
I.Xayrullayev – Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
F.Xaitnazarova - filial yoshlar yetakchisi va yoshlar ittifoqi faol a’zolari.
Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari
Jami 300 kishi
|
Tadbirni o‘tkazish joyi va vaqti:
|
-
|
Faollar zali
14.01.2021 Soat: 12:00
|
KUN TARTIBI:
1. “Vatanni himoya qilish – sharafli burch” mavzusida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari” fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida faollar zalida “Vatanni himoya qilish – sharafli burch” mavzusida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani o‘rinbosari J.Bakirov so‘zga chiqib, quyidagilarni takidladi.
1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda “ Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda.
Bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlaridir. Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatgaaylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi deb ta’kidladi.
Tadbir davomida fakultet talabalari vatan madhini kuylovchi she’r, qo‘shiq va konsert dasturlarini namoyish etdi.
Ushbu kundagi bayram ko‘ranki ruhda bo‘lib o‘tdi. Fakultetimiz prafessor-o‘qituvchilari hamda talabalarining mard, jasur navqiron bollarini bayram bilan tabriklab tadbir yakunlandi.
Muhokama qilingan mavzusi yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib,
QAROR QILINDI:
1. Fakultetda o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilari rag‘batlantirilsin.
2. Fakultetda talabalarning qiziqishlarini oshirish maqsadida muntazam ravishda tadbirlar olib borilsin.
3. O‘tkazilgan tadbir bayonnomasi filial Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirilsin.
I bosqich T V M21.a grux talabasi Mansurjonov Qodirali
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat
va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: I.Xayrullayev
Filial yoshlar yetakchisi F.Xaitnazarova
“Vatanni himoya qilish – sharafli burch” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan
FOTOLAVHALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |