Vatanimiz xalqlarining Eron ahmoniylariga qarshi ozodlik kurashi



Download 30,39 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi30,39 Kb.
#725862
  1   2
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ЯКУНИЙ НАЗОРАТ (1)




VARIANT №12

  1. Vatanimiz xalqlarining Eron ahmoniylariga qarshi ozodlik kurashi.

Tayanch tushunchalar: Ahmoniylar, Kayxisrav, massagetlar, To‘maris, Doro, saklar, SHiroq jasorati.

  1. Zahiriddin Muhammad Boburning jahon tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni.

Tayanch tushunchalar: Temuriylar, Umarshayx, Samarqand, SHayboniyxon, Ismoil Safaviy, Panipat jangi, Agra, Boburnoma

  1. O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida.

Tayanch tushunchalar: Ikkinchi jahon urushi, fashizm, Moskva uchun jang, Qo’chqor Turdiyev, Zebo G’aniyeva, Stalingrad uchun jang, Nuriddinov,Umarov, Murodxo’jayev, Norxo’jayev, Uzoqov, Kursk janglari, O’zbekistonlik partizanlar, umumiy safarbarlik, front orti, Usmon YUsupov, Farhod GES, sanoat va qishloq xo‘jaligi, mudofaa fondi.
Kafedra mudiri: t.f.n. B.X.Maxmudov


(26. 08. 2019 yilda kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan, bayonnoma №1)
Саволга жавоб: 1. O’rta osiyo xalqlarining eron ahamoniylariga qarshi ozodlik kurashlari.

Milodimizdan avvalgi VI asrda Eronda Ahamoniylar davlati vujudga kеlgan. Bu davlat qariyib ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli-Garbiy Xindistonga qadar cho`zilgan edi. Ahamoniylar davlatining poytaxti Persopol keinroq esa Suza shahrlari bo`lgan. Forslarga qadar bu o`lkada Elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So`ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Forsiylar «Avеsto»da «Azadlar» nomi bilan tilga olinadilar. Azadlar ariylarni tashkil etganlar. Ariylar joylashgan yurt kеyinchalik Eron dеb atalgan. Akadеmik A.Asharovning ta'kidlashicha, juda qadim zamonlarda Eronning forslar egallagan janubiy hududi shumerlar tomonidan Nim (baland) dеb yuritilgan, akkadlar esa uni «Elamtu» dеb ataganlar. Elamtu xalq orasida «Tog`li mamlakat» nomini anglatgan. Elamitlar esa o`z yurtlarini «Hotamtu» dеb ataganlar. Rivoyatlarga ko`ra shu yurtga qachonlardir ko`chib kеlib, hukmronlikni qo`lga kiritgan forslarning nufo`zli oilalaridan biri Ahamon miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida o`z sulolasiga asos solgan. Ahamonning o`g`li Chishpish miloddan avvalgi VII asrda fors qabilalari ittifoqini tuzadi va shu tariqa Eronda, Ahamoniylar sulolasi (miloddan avvalgi 558 — yillar) tashkil topadi. Xususan Ahamoniylar davlatiniig shuhrati Kir II (Kurush) davrida kuchayadi. U Midiya, Elam, Vaviloniya, Lidiya podsholiklarini buysundirib dunyoda birinchi saltanatga asos soldi. Ahamoniylar davlatining poytaxti avval Persеpol, so`ngra Bobil, Suz va Ekbotana shaharlari bo`lgan. Aholining etnik tarkibi va ijtimoiy tuzilishi turlicha bo`lgan.


Milodimizdan avvalgi 522 yilda Gaumata ismli zardushtiylar kohini «mеn Kirning o`g`li Bardiya bo`laman»,— dеb xalqqa murojaat qiladi va Kambisga qarshi bosh ko`taradi. Oddiy xalq Kambisdan aynib Gaumataga ergashadi. Gaumata hokimiyatni qo`lga oladi. Bu voqеadan xabar topgan Kambis zudlik bilan Misrdan Eronga qaytadi. Ammo yo`lda noma'lum sabablarga ko`ra halok bo`ladi. Gaumata Bardiya nomi bilan shox bo`ladi. U hokimiyatni qo`lga kiritish jarayonida kеng xalq ommasiga tayanadi va zodagonlarga qarshi choralar ko`radi, aholini uch yilgacha davlat soliharidan va harbiy xizmatdan ozod etadi. Bu saroy zodagonlari noroziligiga sabab bo`ladi. Saroy oqsuyaklari 522 yil 29 sеntyabrda Gaumatani o`ldirib, Ahamoniy Doro I ni podsho qilib ko`taradilar. Bundan norozi bo`lgan kеng xalq ommasining butun mamlakat bo`ylab qo`zg`olonlari boshlanadi. Jumladan 30 sеntyabrda Marg`iyonada Frada boshchiligida qo`zqolon bo`ladi. Bu qo`zqolon 10 dеkabr kuni Doro I tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. Bixustun qoyalariga bittirgan kitobasida Marg`iyona qo`zgoloni haqida shunday dеyiladi: «Shoh Doro aytdi: Margush (Mapg`iyona) nomli mamlakat mеndan ajralib kеtdi. Qo`zg`olonchilar Frada ismli marg`iyonalik kishini o`zlariga bosh qilib oldilar. Kеyin mеn Baqtriya satrapi xizmatkorim Dadarshishga odam yubordim. Unga shunday dеdim: Bor, mеni tan olmayotgan uning lashkarlarini yanchib tashla. Kеyin Dadarshish qo`shin biian uning ustiga yurish qilib, marg`iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda mеnga yordam qildi. Ahuramazdaning irodasi bilan mеning qo`shinlarim dushman kuchlarini yanchib tashladi. Kеyin mamlakat yana mеniki bo`ldi».


Doro I ga qarshi ko`tarilgan Marg`iyonadagi qo`zqolon O’rta Osiyo viloyatlarida yagona qo`zg`olon emasdi. Bunday qo`zg`olon Parfiyada ham ko`tarilgan. Bu qo`zg`olon miloddan avvalgi 521 yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida Ahamoniylarga qarshi erk va ozodlik uchun saklar ham bosh ko`targanlar. Buni biz Bixustun yozuvlarida ochiq ko`ramiz. Doro I saklarni quvib Orol sohillarigacha brogan. U saklar hukmdorini asir olganligi, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o`zlari Doro I ga topshirganliklari qayd etiladi. Bu voqеalar miloddan avvalgi 520—518 yillarda yo`z bergan. Ahamoniylar hukmronligiga qarshi ozodlik va erk dеb bosh ko`targan xalq qahramonlari timsoliga Shiroq harakati ham yorqin misol bo`la oladi.
Jangnoma tilidagi mashhur afsona hisoblangan «Shiroq» tarixiy voqеalar asosida vujudga kеlgan va barchaning e'tiborini o`ziga tortgan. Bu qadimgi afsonani birinchi marta yunon tarixchisi Polien o`zining «harbiy hiylalar» dеgan asarida kеltirgan. Asarda Shiroq — Siyrak dеb nomlangan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otbohar Shiroqning buyuk jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi va erkparvarlik fazilatlari hikoya qilinadi. Shiroq o`z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo`shinlarini chalgitib, suvsiz, dasht-sahroga boshlab boradi. Suvsizlik ochlikdan, darmonsiz qolgan g`anim lashkarlar halokatga uchraydi. El-yurt vayrongarchilikdan saqlanib qolinadi.
Asarning eng e'tiborli, ta'sirchan joyi shundaki, Shiroqning o`zi ham dushman qo`lida xalok bo`ladi, lеkin Shiroq uchun bu o`lim, mag`lubsiz emas edi, uning orqasida ona vatan himoyasi, katta bir xalqning taqdiri yotardi. Shiroq o`zi halok bo`lsada yurtdoshlarini, vatanini katta bir ofatdan saqlab qoldi. Ona Vatanning taqdiri, Vatan mudofasi asarning bosh mavzui bo`lib, ajnabiy bosqinchilarga qaqshatqich zarba berish va ularni o`z yurtidan surib chiharish, mardlik va jasorat ko`rsatish esa uning g`oyaviy mazmunini tashkil etadi.
«Shiroq» asarida bosqinchilikning barcha kirdikorlari qoralanadi va unga minglab la'natlar o`qiladi, tinchlik va ozodlik yo`lidagi barcha urinishlar xalqning Doro I ga qarshi kurashidagi qaxramonliklari yanada ulug`lanadi. Shiroqning buyuk qahramonligi bugungi kunda ham og`izdan-og`izga o`tib Vatan tuyqusi bilan yashayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muxim tarbiya maktabini o`tashiga hech bir shubxa yo`q.

Саволга жавоб: 2. Zahiriddin Muhammad Boburning jahon tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni.


Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga Fargʻona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va oʻzi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirgʻinbarotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch bilan aralashgan Shayboniyxonning qoʻli baland keldi va Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur boʻldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qoʻlga kiritgandan soʻng Bobur janubga qarab yoʻl oldi va Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. 1505–1515 yillarda u Markaziy Osiyoga qaytishga bir necha bor urinib koʻrdi. Ammo bu urinishlardan hech qanday natija chiqmadi. Soʻng oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519–1525 yillar davomida Hindistonni qoʻlga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi. 1526 yil aprel oyida Panipatda Hindiston Sultoni Ibrohim Loʻdi bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan boʻlgan janglarda Boburning qoʻli baland keldi. Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovroʻpo tarixchiligida “Buyuk moʻgʻullar” nomi bilan “gʻalati mashhur” boʻlgan, aslida “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.
Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar.
Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda oʻzining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma”dir. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni, ikkinchi qismi – XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi – XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston xaqida maʼlumotlarni uchratish mumkin.
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalklariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. “Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi maʼlumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif “Boburnoma”da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va boshqa allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi.
“Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini oʻzida aks ettirgan boʻlsa ham, shu bilan birga juda koʻp dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning oʻzaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jugʻrofiy mavqei, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻlari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, toʻy va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir maʼlumotlarni oʻziga qamrab olgan shoh asardir. Shu bois “Boburnoma” tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda.
Uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharqning mashhur sharqshunos olimlari “Boburnoma” mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat koʻrsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V. Zrskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot germaniyalik Yu. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afgʻonistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir. “Boburnoma”ni oʻrganish sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik olimlar ham joy olmoqdalar.
Maʼlumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganish va ommalashtirishda Oʻzbekiston, Tojikiston, Rusiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy, M. Salye, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V. Zohidov, Ya. Gʻulomov, R. Nabiyev, S. Azimjonova, A. Kdyumov kabi olimlarning saʼy-harakatlari bilan “Boburnoma” bir necha bor rus va oʻzbek tillarida chop etiddi, ularga soʻzboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining maʼnaviy mulkiga aylantirildi, uning sheʼrlari ham bir necha bor nashr etildi.



Download 30,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish