Vatan haqidagi maqollarning o‘ziga xosligi va g‘oyaviy ahamiyati



Download 15,39 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi15,39 Kb.
#589864
Bog'liq
21.04 maqola


VATAN HAQIDAGI MAQOLLARNING O‘ZIGA XOSLIGI VA G‘OYAVIY AHAMIYATI
Tursunboyeva Saida Ilhomjon qizi
Namangan davlat universiteti
lingvistika (o`zbek tili) yo’nalishi
2-kurs magistranti
Xalq og’zaki ijodi har qanday davrda ham xalqning orzu umidlarini, maqsadlarini va uning qay darajada yetuk xalq ekanligi ko’rsatuvchi vosita bo’lib kelgan. Xalq og’zaki ijodi bir vaqtning o’zida xalqning eng asosiy tarbiya beruvchi manbalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa xalq og’zaki ijodida o’z o’rniga ega bo’lgan maqollarning ham tarbiyaviy ahamiyuati juda katta desak mubolag’a bo’lmaydi. Maqollar zamonlar osha xalqning tajribalarida sinalgan haqiqatlar asosiga qurilgan kichik hajmli, chuqur ma’noli birliklardir. Maqollarning mavzu ko’lami juda keng, shuning uchun maqollardan eng asosiy tarbiya vositasi sifatida bemalol foydalanish mumkin bo’ladi. Biror bir maqol yo’qki, unda hayot haqiqati yashinmagan, o;z isbotini topmagan bo’lsa. Maqollar orasida katta hajmni tashkil qiluvchi vatan mavzusidagi maqollar ham uzoq yulllar davomida xalq yajribasidan o’tgan, hayotda o’z isbotini topgan haqiqatlar evaziga yaratil;gan so’z birliklaridir. Bunday maqollarda vatnning qanday bebaho makon ekanligi, uning inson uchun qadri va qimmatining balandligi, inson hayotida vatanidan o’zga tinch, osuda va yoqimli go’shani topa ol;masligi, vatanining qadriga yetmaganlar, vatnni tashlab ketganlar, boshqa vatanlarni o’z vatanidan ustun ko’rib, o’sha joyylarga ketganlar albatta xor bo’l;ishlari, bir kun kelib shu vatnning bir siqim tuprog’iga zor bo’lishlari juda chiroyli jumlarga joylangan. Yosh avlod tarbiyasida maqollardan ko’p foydalish juda yaxshi natija beradi. Vataning tinch- sen tinch aynan shu birgina maqola bilan bir olam ma’nolarbi ifodalashimiz mumkin. Bugun kunda dunyoning turli yerlari turlicha vaziyatlarni hukm surayotganini ko’roib turibmiz. Qancha-qancha yeuitlarda urushlar,mojarolar,nizolar avjiga olib turibdi. Shundoqqina qo’shni davlatimiz Afg’onistondagi vaziyat ham fikrimizga dalil bo’la oladi. Vatanda tinchlik yo’q ekan hech bir fuqaro tinch yashay olmaydi. Bu maqolada vatan tinchligi va osiyishtaligi, uning ravnaqai uchun hissa qo’shish joizligi, vatanda tinchlik bo’lmas ekan biz ham tinch yashay olmasligimiz uqtirilgan.
Har bir inson uchun eng qadrli maskan o’zi tug’ilib o’sgan maskanidir. Inson qayerda yashamasin, qanday yurtlarda yurmasin uning ko’ngli har doim bir go’shaga, o’zi tug’ilgan maskanga, talpinaveradi. O’tmish afsonalarda podsholarning vatan tinchligi, daxlsizligi uchun kurashganlari, xattoki bir qarich yuer uchun qancha jang-u jadallar qilganliklari ma’lum. Inson o’z shanini qanday himoya qilsa, asrasa vatanini ham shunday asrab avaylashi lozim. Vatan bizning g’ururimiz, shanimiz, iftixorimiz bo’lib qolmog’i lozim.
Qur’on va hadislarda ham vatan tushunchasi nimani anglatishi keng yoritilgan. Qur’onda va hadislarda uchraydigan vatan haqidagi parchalar va ulamolarimiz, din peshvolari, allomalarning vatan haqidagi fikrlari bilan quyida tanishib o’tamiz.
Buyuk mufassir imom Faxriddin ar-Roziy raxmatullohi alayh fikrilaricha vatanga bo’lgan muhabbat inson tabiatida bo’lgan his bo’lib, bu tuyg’u insonda mustahkam o’rnashgan bo’ladi. Imom bunga misol qilib Niso surasi 66-oyatini keltiradilar:
وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُواْ أَنفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُواْ مِن دِيَارِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلاَّ قَلِيلٌ مِّنْهُمْ
Agar biz ularga : “o’zlaringizni o’ldiring yoki yurtingizdan chiqib keting”,-deb buyurganimizda edi, ozchiligidan boshqasi uni qilmagan bo’lur edilar.
Tafsirul Kabir”da bu oyatda Alloh taolo vatandan ajralishni o’zi insonni o’ldirishga tenglashtirilyapti deyilgan. Ya’ni go’yoki, Alloh : “Agar men ularga bu ikki sinovdan birini tanlashni yozganimda, ular bu ishni qilmasdilar” demoqda.
Bundan olimlar vatandan ayrilish bu qiyin ish ekanligi va uning alami jonidan ayrilishga tenglashtirilishini hamda vatan muhabbati inson qalbiga chuqur o’rnashishini aytishgan. Aslida, haqiqatdan ham, inson uchun vatanidan ayrilish, undan boshqa joylarga badarg’a bo’lish o’limdanda og’ir judolik hisoblanadi. Yengil va yaxshi hayotga erishaman deb vatanidan boshqa yurtlarga bosh olib ketgan insonlarni oradan vaqtlar o’tishi bilan afsus nadomatlar bilab vatanlariga qaytib kelganliklari yoki shu vatan sog’inchi, vatan dog’I bilan yuraklari kuyib olamdan o’tib ketganliklari haqida ko’plab afsona va haqiqatlar insonlar orasida og’izdan og’izga o’tib keladi.
Buyuk olim Mulla Aliyul Qoriy rohimahulloh esa, o’zlarining mashhur “Mirqotul mafotix” kitoblarida: “Vatandan ayrilish katta sinov ekanligini aytib, bunga misol Allohning quyidagi so’zlaridir: “…va sizlarni chiqargan joydan ularni chiqaringiz!” Fitna qotillikdan ham ashaddiyroqdir (Bqara 191-oyat)deganlar.
Alloh o’z bandalariga vatan uchun jasorat ko’rsatish kerakligini uqtirganligini guvohi bo’lishimiz mumkin bu misolni o’qiganda. Janjal qilish, birov bilan urushish, inson o’ldirish dinimizda juda qattiq qoralangan illatlardan ekanligi hammaga ma’lum, lekin vatan uchun urushish va uni tortib olmoqchi bo’lganlarni kuch ishlatish bilan bo’lsa ham ortga qaytarish joiz ekanligi aytib o’tilgan[3].
Imom Buxoriy, ibn Hibbon va imom Termiziy rohimahullohlar Anas roziallohu anhudan quyidagi hadisdan rivoyat qilishgan: “ Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam har safardan qaytganlarida Madina shaxri devorlarini ko’rishlari bilan Madinaga tezroq kirish uchun tuyalarini tezlatardilar va uni yaxshi ko’rardilar”
Ushbu hadisdan ko’rinib turibdiki, payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o’z vatanlarini shunchalar qattiq sevganlarki, unga kirish uchun safardan qaytishda shoshilganlar. Har bir ish-amalda musulmonlarga o’rnak bo’lgan payg’ambarimiz vatanni sevish va unga mehr bilan talpinish borasida ham namuna bo’lgan ekanlar.
Imom ibn Hajar al-Asqaloni rohimahulloh o’zlarining “Fatxul bori fi sharhi saxixil Buxoriy” asarlarida ushbu hadisni sharxlab, shunday deganlar: “Bu hadis Madina shahrining fazlini bildirish bilan birga vatnni sevish joiz ekanligi ham ishora qiladi”. Bu fikrni Badriddin Ayniy rohimahulloh ham o’zlarining “Umdatul Qori” kitoblarida bildirib o’tganlar. Ushbu sunnat payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning boshqa sunnatlari kabi qadrli hisoblanadi va bu musulmonning boshqa odamlar bilan samimiy munosabatlarda bo’lishini anglatadi.
Imom Zaxabiy rohimahulloh o’zlarining “Siyaru a’lamin nubalo” kitoblarida shunday deganlar: “Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oisha roziallohu anhoni, uning otasi (abu Bakr roziyallohu anhu)ni, Usoma roziyallohu anhuni, ikki nabiralari (Hasan va Husan roziyallohu anhumo)ni, shirinliklarni, asalni, Uxud tog’ini, o’z vatanlarini, ansorlarni roziyallohu anhum va sanalmagan boshqa ko’plab odamlarni va narsalarni yaxshi ko’rar edilarki, bularni bilmoq har bir musulmonga joizdir”[4,5]
Ulamolar fikricha vatndan uzoqdagi musofir uchun uning muhabbati haqiqiy sinovdir. Imom Ahmad va imom Tabariy rohimahullohlar Uqba ibn Omir al-Juxaniy roziyallohu anhudan keltirgan hadisda patg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “ Uch kishining duosi mustajobdur: ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi, musofirning duosi, mazlumning duosi” musofirning duosini Alloh qabul qilishining bir sababi u vatani va oilasi sog’inchida qiynalganligidadir.
Agar tafakkur qilsak, Alloh subhanahu va taoloning yaratgan barcha mahluqlarining fitratida, ya’ni asl tabiatida o’z uyi, vatani muhabbatini joylagan. Tabiatga nazar solsak, hayvonlar ham o’z uylariga tomon talpinishadi: ayiq o’z g’origa, chumoli o’z iniga va hokazo… shunday ekan ongli mavjudod bo’lgan inson hayvonotdan ko’ra o’z vatanini ko’proq sevishi va qadrlashi, uni muhofaza qilish uchun joninida berishga doim tayyor turishi lozimdir.
Faqihlar Haj qilishning fazilati va hikmati hamda unga beriladigan ulkan ajrlar sabablaridan qilib, insonning qalbini poklash mashaqqatida o’z vatanidan ayrilishini aytishgan.
Abu Nuaym rohimahulloh o’zlarining “Hilyatul avliyo” asarlarida sanadini Ibrohim ibn Adham quddisa sirrohuga yetkazib u kishining quyidagi so’zlarini keltirganlar: “Men vatandan ayriliq sinovidek og’ir sinovga duchor bo’lmaganman.
Al-Asmaiy rohimahulloh shunday deydilar: “Tuya hatto o’z uyidan uzoqda bo’lsa ham unga tomon talpinadi. Qush ham hattoki uni uyi buzilgan bo’lsa ham unga tomon talpinadi. Odam ham hatto boshqa jou unga ko’p foyda keltirib turgan bo’lsa ham o’z uyi tomon talpinaveradi”
Vatan muhabbati borasida ko’plab din peshvolari, olimlar va fozillarning fikrlarini keltirish mumkin. Ular o’z asarlarida vatan va unga bo’lgan muhabbat borasida juda iliq va go’zal fikrlarni keltirganlar. Ochiq qalb bilan o’qib vatan nimaligini tushunish, uni sevish kerakligini anglash uchun yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarish qiyin emas.


Adabiyotlar

  1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. - Toshkent: Sharq, 2010.

  2. Jamoixonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent, 2008. 2-kitob

  3. Abdumajidov F « O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonuniga sharhlar. - Toshkent: Adolat, 1999

  4. Mahmudov N. Tilimizning tilla sandig‘i. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012.

  5. Uluqov M., Tojiboev Sh. llm hikmati. - Namangan, 2014.

  6. Hojiev A. O‘zbek tili so‘z yasahshi tizimi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2007

Download 15,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish