Variant Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni



Download 38,52 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi38,52 Kb.
#821778
  1   2
Bog'liq
Variant


  1. Variant




  1. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni.

Javob: Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish ko’pgina olimlarning olib borgan tadqiqotlarida investitsiya loyihasining hayotiyligi bosqichlarini va tahlil natijasiga ko’ra keladigan daromadini aniqlashni belgilab berishi ta’kidlab o’tilgan. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni chuqur tahlil etgin olimlardan A.Damodaranning olib borgan tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o’tish mumkin. Ushbu olimning fikricha, korxona va tashkilotlarda investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda ularning iqtisodiy holatiga, fond bozoridagi ishtirokiga, pul oqimlari, chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligiga, uning faoliyatining hayotiylik tsikliga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydi. Ikkinchi tomondan, manfaatdor tomonlarning loyihasini foydaliligini, unga ta’sir etuvchi risk darajasini va investitsiyaning hayotiy tsiklini baholash zarur, deb hisoblaydi1. L.E.Bosovskiy tadqiqotlarida investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni 4 bosqichda olib borish zarurligini keltirib o’tadi. Uning ikkitasida loyihani o’zida amalga oshirayotgan korxona va tashkilotlarni barcha ko’rsatkichlarini tahlil qilish zarur deb hisoblasa, keyingi ikkita bosqichda manfaatdor tomonlarning talablarini tahlil qilish zarur, deb hisoblaydi2.
Bir qator olimlar investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish firmaning moliyaviy salohiyati va iqtisodiy samaradorligini baholash asosida xulosa qilish mumkin, deb ta’kidlab o’tadilar3.
Respublikamiz iqtisodchi-olimlari fikricha, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni o’tkazishda investitsiya samaradorligini, risk va noaniqlikni, texnik baholash va tahlil etish, investitsiya loyihalari monitoringini o’tkazish muhim, deb hisoblaydilar4. Iqtisod fanlari doktori, professor D.G’.G’ozibekov ilmiy tadqiqotlarida loyiha tahlili uslubiyoti investitsiya loyihalarini amalga oshirish ehtimoli jihatidan ularni identifikatsiyalash, tekshirish, batafsil ko’rib chiqish, ma’qullash va kompleks ekspertizadan o’tkazish bosqichlarini nazarda tutadi. Kompleks ekspertiza loyiha mahsulotlariga erishish imkoniyatlarini izlashga, loyihani cheklangan resurslar bilan belgilangan vaqt mobaynida va makonda ta’minlash, shuningdek, tegishli texnik vazifalarni hal qilishga qaratiladi, deb ta’kidlab o’tgan5. Yana bir iqtisod fanlari doktori, professor A.V.Vahobov fikricha, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda davlatdagi investitsiya muhitini inobatga olish asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etadi. Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri – qabul qiluvchi mamlakat ichki bozorining sig’imi hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich YaIM hajmi va aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromadlar bilan o’lchanadi6.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish – loyihani jalb etayotgan va manfaatdor tomonlarga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni iqtisodiy, moliyaviy, texnik tahlil qilish hamda risklar ta’sirini tahlil qilish va baholash asosida qaror qabul qilishdir.
Har qanday investitsiya loyihasi, garchi u ko’pgina ijobiy tavsiflarga ega bo’lsada, unga qo’yilgan mablag’lar, ya’ni qilingan investitsiya xarajatlari loyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan qoplanmasa, ko’rilgan foyda darajasi ko’zda tutilgan darajada bo’lmasa, u amalga oshirilmay qoladi.
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy maqsad, aynan ko’zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
Demak xulosa qilib aytish mumkinki, investitsiya loyihasini jonlantiruvchi dastlabki tahlillar asosida investitsiya loyihasining ekspertizasini amalga oshirish, ya’ni loyihaning tijorat, texnik, iqtisodiy-moliyaviy, institutsional va ijtimoiy tahlilini bajarish investor ko’zda tutgan natijalarga erishishning realligini aniqlashtirib beradi. Investitsiya ekspertizasi orqali ushbu loyihani qabul qilish kerakmi yo’qmi, agar qabul qilinsa investitsiyadan keladigan samaradorlik qancha va qanday muddatlarda bo’ladi degan asosiy masalalarga yechim topiladi.

  1. Xorijiy investor daromad olish maqsadida, bankdagi depozit hisobvarag’iga 400 dollar mablag’ qo’ydi. Yillik foiz stavka miqdori 15% ni tashkil qilsa, investor 3 yildan keyin qancha mablag’ga ega bo’ladi?

Berilgan: PV=400dollar, r=15%, n=3yil.
Topish kerak: 3 yildan keyingi mablag’=FV=?
Topish formulasi: FV=PV*[1+r]n
Topish: FV=400*[1+0.15]3=400*1.520875=608.35
Javob: Investor 3 yildan keyin 608.35 dollarga ega bo’ladi.



  1. Tijorat bankida yiliga 20% li stavka asosida mablag’lar jalb qilinmoqda. Investor to’rt yildan so’ng 500 dollar mablag’ga ega bo’lishi uchun bugun qancha mablag’ qo’yishi talab etiladi? Berilgan: FV=500dollar, r=20%, n=4yil.

Topish kerak: Bugungi mablag’=PV=?
Topish formulasi: PV=FV/[1+r]n
Topish: PV=500/[1+0.2]4=500/2.0736=241.126543
Javob: Investor 4 yildan so’ng 500 dollarga ega bo’lishi uchun bugun 20% li stavkada 241.13 dollar mablag’ qo’yishi kerak.



  1. Investor Alyuminiy ishlab chiqarish zavodining aktsiyalarini sotib olish uchun mablag’ kiritdi. Bu aktsiyalar har bir donasi 5000 so’m bahoda taklif etilib, emissiya prospekti shuni ko’rsatadiki, 4 yildan so’ng ularning qiymati eng kamida (minimum) ikki marta ortadi. Agar investor yillik 10 % daromad keltiruvchi boshqa variantlarga mablag’ kiritishi mumkin bo’lsa, u holda bu aktsiyalarni investorga sotib olish arziydimi, yo’qmi?

Berilgan: 1ta aktsiya=5000so’m va 4yilda qiymati=10000so’m
Agar PV=5000so’m va r=10%, n=4yil
yoki I0=5000so’m va r=10%, CF1, CF2, CF3, CF4=1250so’mdan bo’lsa
Aktsiyalarni sotib olish arziydimi?
Topish kerak: FV=? NPV=?
Topish formulasi: FV=PV*[1+r]n bo'yicha FV>10000 bo'lganda bu variant qabul qilinadi
yoki NPV=[CF1/[1+r]1+CF2/[1+r]2...+ CFn/[1+r]n]-I0 bo’yicha
NPV>0 bo’lganda bu variant qabul qilinadi.
Topish: 1. FV=5000*[1+0.1]4=5000*1.4641=7320.5
FV<10000 bo’lib chiqdi.

2. NPV=[1250/[1+0.1]1+1250/[1+0.1]2+1250/[1+0.1]3+1250/[1+0.1]4]-5000=
1.11=1.1 1.12=1.21 1.13=1.331 1.14=1.4641

=[1136.36364+1033.05785+939.143501+853.766819]-5000= - 1037.66819
NPV< 0 bo’lib chiqdi.

Download 38,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish