Variant №112 Qaysi qatordagi so'zlarda faqat jarangli undoshlar bor?



Download 29,48 Kb.
Sana20.09.2019
Hajmi29,48 Kb.
#22361
Bog'liq
2 5325511442743428142


VARIANT № 112

1. Qaysi qatordagi so'zlarda faqat jarangli undoshlar bor?

A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak

B) bardosh, ko’klam, badnafs

C) bilag’on, maydon, jadval

D) paxsa, sukut, sochiq

2. b va p undoshlari uchun biriashtimvchi belgi noto’g’ri berilgan javobni belgilang.

A) lab undoshilik, portlovchilik

B) portlovchilik

C) jarangli-jarangsizlik

D) lab undoshilik

3. v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub bo’la olmaydi?

A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra

B) hosil bo’lish usuliga ko’ra
C) hosil bo’lish o’rniga ko’ra


D) tarkibiga ko’ra

4. Tarkibidagi qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat so’zlarni belgilang.

A) darz, davr, fayz B) farzand, darz, ranj

C) sabr, hukm, darz D) zulm, fayz, farzand

5. Qaysi qatorda Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramoni Akbarali haqidagi ma’lumot berilgan?

A) U «yigitlik qasamidan kecha olgan, onasining vujudini kemirayotgan dardni pisand qilmagan»; «el-yurt oldida uzr so’ratmoqchi, diliga insof solmoqchi» bo'lgan otasi qo’lidan qochib, «ota diydoridan, ona mehridan, yor-birodarlari davrasidan olisda. chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg'in bo'lib, olamdan o’tadi».

B) «... qasd qilib qo’ydim: kecha-yu kunduz ishga sho’ng’ib ketay. Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rsin.

Mehnat! Mehnat! Mehnat! ... Shundagina bir kuni borib, xotinim bilan qizimning oyog’iga

bosh qo'ysam, balki guhohimdan o'tishar» degan niyatda edi.

C) U yordamga muhtoj insonning yoniga bormay, bir umrlik vijdon azobida qoladi, jasoratli o'lim topgan insonning mardligi uning nomi bilan bog’langanidan yanada azoblanib, xatosini «yana qo’rqoqlik» bilan tuzatmoqchi bo'ladi.

D) Yaqinlariga begona bo’lib qolgan bu qahramon «... ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi», chunki «ona tili qadim- qadim zamonlardayoq unutilib ketgan Shumer tili qatori tumanlar orasida qolib ketgandi».

6. Otamday rozi bo’l, onamday sevgin,

Men ham senikiman, o'ksik qizingman.

Bag'ringda ming yillik toshlar to’sig’in

Yorib chiqayotgan bir ildizingman! She’riy parchada fonetik o’zgarishga uchragan nechta yasama so z ishtirok etgan?

A) 2 В) 1 C) 4 D) 3

7. Charxi ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,

Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin! Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.

A) tanosub B) talmeh C) ruju’ D) tazod

8. Quyida berilgan qaysi gapda fonetik o’zgarish asosida yozilgan yasama sifat ishtirok etgan?

A) Bu o’rmonda odamsimon maymunlar yashaydi.

B) Mening bolaligim o’tgan joylar Qo’ng’irtov etaklaridir.

C) Samig’ aka eliiklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, haziikash, shirinso’z odam.

D) Tiniq osmonda yengil bulutlar asta kezadi.

9. Bobur g’azalidan keltirilgan quyidagi parchada qo’llangan badiiy san’at turini aniqlang.

Qaro zulfing firoqida parishon ro’zg’orim bor,

Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u qarorim bor.

Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,

Nechun holim yamon qildi, men andin bir so’rorim bor.

A) ruju’ B) talmeh C) tazod D) tanosub

10. Qaysi javobda keltirilgan gapda fonetik o’zgarish asosida yozilgan fe'l ishtirok etgan?

A) Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi.

B) Chin do'st uldirkim, do’stidan hech qachon raniimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi.

C) Qarindoshingni yomoniab, Qaydan tug’gan toparsan?

D) Aqlliga aytdim, angladi - bildi, Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.

11. Ishq aro Farhod ila Majnung’a o’xshatmang meni,

Kim, bu rasvoyi dijam. avvalg’ilarg’a o’xshamas.

Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.

A) tajnis B) radif C) iyhom D) talmeh

12. Yigitga qo’yilgan ayblovlar shundan dalolat beradiki, tergovchilar uning o’matilgan tartibni yaxshi anglamaganini hisobga olmasdan xulosa chiqarishga shoshilgan. Yuqoridagi gapda qo’llangan ism asosli yasama so’zlarda qanday tovush o'zgarishlari sodir bo'lgan?

A) 1 ta tovush orttirilishi, 1 ta tovush tushishi va 3 ta tovush almashishi
B) 1 ta tovush tushishi va 2 ta tovush almashinishi


C) 4 ta tovush almashinishi
D) 3 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi


13. Orol bo’ylarida yashagan qadim amazonkalar (jangchi ayollar) hayotidan olib yozilgan "Tilsim saltanati” romani muallifl kim?

A) U.Abdulvahob B) L.Bo’rixon

C) S.Vafo D) Z.Qurolboy qizi

14. Quyida berilgan gapdagi tovush almashinishi yuz bergan so’zlar sonini aniqlang. Ahmoqlarning yuragi og’zida, donolarninig tili esa yuragidadir.

A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta

15. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang.

1) shavqat; 2) tagcharm; 3) tussiz; 4) af'tomat; 5) tavsif; 6) afzal; 7) avg'on

A) 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6

C) l, 3, 5, 7 D) 1, 2, 6, 7

16. Qaysi shoir o’z bolaligi haqda «Jo’xori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qo’shilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va o’zim kechgacha yig’lagimni unutmayman» deb yozgan?

A) O’tkir Hoshimov B) Abdulla Oripov

C) Erkin Vohidov C) Asqad Muxtor

17. Quyida keltirilgan gapda fonetik o’zgarish asosida yozilgan so'z qanday bo’lak vazifasida kelgan? Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog’i yo’q.

A) ega
B) sifatlovchi-aniqlovchi


C) murakkab ot-kesim

D) qaratqich-aniqlovchi

18. Oshiqning imoni kafolat bo'lgani uchun, o'zini unga dadil topshirmoqchi bo’lgan qiz obrazi qaysi asarda berilgan?

A) "Otello” B) “Yevgeniy Onegin”

C) “Atta Tirol” D)“Germaniya. Qish ertagi”

19. Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o’zgarish гоу bergan?

A) tovush tushishi va almashishi

B) tovush orttirilishi va tushishi

C) tovush almashishi

D) tovush almashishi va orttirilishi

20. Nuqtalar o’rnida u unlisi yoziladigan so’zlarni aniqlang.

1) junj...kish: 2) juld . r; 3) zug’...m; 4) ibratom...z

A) 1, 3, 4 В) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4

21. Tarkibida 3000 dan ortiq she'r saqlagan asar va uning muallifi?

A) «Devoni Kabir», Jaloliddin Rumiy

B) “Hamsa” Alisher Navoiy

C) “Devoni lug’ti turk” M.Qoshg’ariy

D) «Zarbulmasal» Gulxaniy

22. Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand,

Sening ham martabang bo’lg’usi baland.

Urug’ aralashib avval tuproqqa,

So’ngra bo’y cho’zadi osmon-falakka.

Ushbu she’riy parchada nechta so’z fonetik yozuv asosida yozilgan?

A) 2 ta В) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta

23. Kim yozgan? O’zining pokiza yoshligi haqida “ Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat”

A) Erkin Vohidov B) Eshqobul Shukur

C) Furqat D) Abdulla Oripov

24. Qaysi so’z imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan?

A) tavsilot B) tashviqot

C) tanavvul D) taksiya

25. Quyida berilgan so’zlardan nechtasida qo’sh undoshlar to’g’ri qo’llangan?

Gallaktika, inkassator, kilovatt, gippoteza, plastillin, kristall.

A) 4 tasida B) 5 tasida

C) 6 tasida D) 3 tasida

26. Qaysi javobda mutlaq tashbehga to’g’ri ta’rif berilgan?

A) Baytda o’xshatish asosi berilmasa ham, o’xshatuvchi vosita aniq ko’rinib turgan o’xshatish san’ati

B) Tashbehning to’rt unsuri qatnashgan o’xshatish san'ati
C) O’xshatish tushib qolgan, o’xshatilmish o’xshatishga ishora qilgan o’xshatish san’ati
D) Baytda asos va vositaning qo’llanish yoki qo’lianmasligidan qat’i nazar o'xshamish va o’xshatilmish ishtirok etgan o’xshatish san’ati


27. Qaysi gapda daraja-miqdor holi ishtirok etgan?

A) U o’qish uchun shaharga keldi.
B) Oybek bir ming to’qqiz yuz beshinchi yilda tug’ilgan.


C) Qushlar duv-duv uchishdi.

D) Shu yo'ldan xiyla yurish kerak edi.

28. Ravish hollari faqat bir xil so’z turkumi bilan ifodalangan gapni belgilang.

A) G’avvos apil-tapil o’midan turdi va dod solib, arava orqasidan ergasha boshladi.

B) Ona sekin eshikni ochib qaradi va berilib kitob o'qiyotgan bolasini ko'rib, xotirjam bo’ldi.

C) Aravalar birin-ketin yura boshlagach, G’avvos bir ilonni sekin Zavrakning tizzasiga qo’ydi.

D) Onasi qizchasiga mchr bilan. sekin tushuntira boshladi.

29. Qaysi ijodkor Akmal taxallusi bilan ijod qilgan?

A) Maxmur B) Ogahiy

C) Zavqiy D) Feruz

30. Qaysi gapda barcha to’ldiruvchilar mustaqil to'ldiruvchilar sanaladi?

A) Uning osongina yozilgandek ko’ringan misralarini o’qigan muxlislar yig’laydi, kuladi, hayajonga tushadi.

B) U dastlabki ta’limm ona shahrida oladi, yoshligidan aniq fanlarni organadi, til va adabiyot bilan ham shug’ullanadi.

C) Muhammad Yusuf qo’shiqlari bilan emas, avvalo, xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimnikiga o'xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi.

D) Odamlar uning she'rlarini hayajon bilan o’qir, kitoblarini do’konlardan sotib olishga shoshilar edilar.

Download 29,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish