Va korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib



Download 49,88 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2022
Hajmi49,88 Kb.
#434427
  1   2   3
Bog'liq
AT dan mustaqil ish



K I R I SH

Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini izlab topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o‘rni va ahamiyati bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatni zamonaviy kompyuterlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda ma’lumotlar va bilimlar bazasi texnologiyalarining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilinmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashlikorxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyutertexnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kengayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishga, yangi xususiyatga ega bo‘lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi.
Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagima’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protsåduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
- fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;
- ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
- har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;
- bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.
MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadiki, ularning hech biri amaliy jihatdan quyidagilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lmaydi:
- ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi;
- so‘raladigan ma’lumotlarni izlash måxanizmi;
- bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammosi (amaliy dasturlar bilan);
- mumkin bo‘lmagan va ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullari;
- ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina MBBT funksiyalarini aktiv holatda ta’minlash.
MBBTning bu asosiy funksiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma’lumotlar tavsiflanadi. Albatta, ma’lumotlar bazasini loyihalashni qo‘llash (predmet) sohasini tahlil qilishdan va alohida foydalanuvchilar (masalan, korxona xodimlari, ular uchun ma’lumotlar bazasi tuziladi) talablarini aniqlashdan boshlash kerak. Oldin umumlashgan holda rasmiy bo‘lmagan tavsifga egatuzilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tuziladi. Bu ma’lumotlar bazasini tuzish har bir foydalanuvchilardan so‘rovlar natijasida olingan tasavvurlarni birlashtirilib amalga oshiriladi. Insonlarga tushinarli bo‘lgan tabiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalar yordamida bajarilgan bu tavsif ma’lumotlar bazasini loyihalash ustida ish yuritishda ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi.



Predmet soha


Download 49,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish